Tanishuv qismi – qoidaga ko‘ra 2 qismdan iborat:
- tashkiliy, ya’ni gid guruh bilan tanishadi, xavfsizlik qoidalari, marshrutda
o‘zini tutishi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazadi;
- axborot, ya’ni gid ekskursantlarga mavzu haqida, marshrutning masofasi,
davomiyligi, jo‘nash va qaytish vaqti, sanitar bekatlar va ekskursiya xizmatining
tugash joyi haqida ma’lumot beradi.
Asosiy qism – aniq ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish va hikoya qilish asosida
tuziladi. Asosiy qism bir nechta mavzuostilardan iborat bo‘lib, bitta umumiy
mavzuda umumlashadi va ob’ektlarda yoritiladi. Mavzuostilar odatda 5 tadan 12
tagacha bo‘lishi mumkin. Ekskursiya xizmatini tayyorlashda shunday ob’ektlarni
tanlash kerakki, vaqt bo‘yicha aniq rejalashtirilgan va ekskursiya xizmati
mavzusining mazmunini yoritishga yordam qilsin.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |