O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-rasm. Ekskursiya xizmatining to‘liq vaqti



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

 
 
 
4.1.-rasm. Ekskursiya xizmatining to‘liq vaqti 
 
Har  qanday  ekskursiya  xizmatini  yuqoridagi  sxema  bo‘yicha  tuzish 
ekskursiya jarayonining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.  
 
     
 
 
Ekskursiya 
xizmatining  
to‘liq vaqti
 
 
Ob’ektlarni 
ko‘rsatish vaqti 
 
Hikoya  
qilish vaqti
 
 
Tanaffus- 
lar
 
 


76 
 
 
4.2. Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va  
 
mavzusini aniqlash 
 
 
Yangi  ekskursiya  xizmatini  tayyorlash  jarayoni  uning  aniq  maqsadini 
belgilashdan 
boshlanib, 
mualliflarga 
keyinchalik 
ekskursiya 
xizmatini 
tashkillashtirishga  yordam  beradi.  Gidning  hikoyasi  ham  ushbu  maqsadga 
bo‘ysunadi.  Ekskursiya  xizmatining  bir  nechta  maqsadlarini  sanab  o‘tamiz: 
ekskursantlarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash,  ijtimoiy  foydali  mehnatga 
chorlash,  boshqa  millatlar  madaniyatiga  hurmat  hissini  uyg‘otish,  estetik  tarbiya, 
dunyoqarashni  kengaytirish,  ilm-fan  va  madaniyat  to‘g‘risida  qo‘shimcha 
ma’lumotlar berish va boshqalar. 
Bir  xil  ekskursiyalar  bo‘lmaydi,  ular  eng  avvalo  mavzusi  bilan  farqlanadi. 
Mavzu  biror  nimaning  mazmuniga  tegishli  tushunchadir.  Ekskursiya  xizmatining 
mavzusi ob’ektni ko‘rsatish va hikoya qilishning predmeti hisoblanadi. 
Ekskursiya  xizmati  mavzusi  uning  mazmunini  qisqa  va  lo‘nda  ifodalaydi. 
Mavzuni  tanlash  potensial  talabga,  aniq  buyurtmaga  maqsadli  yo‘naltirilgan 
bo‘lishi  mumkin.  Mavzu  ekskursiya  xizmatining  ob’ekti  va  mavzuostilarni 
birlashtiruvchi  negiz  hisoblanadi.  Ijodiy  guruh  ekskursiya  xizmatini  tayyorlash 
jarayonida  ob’ektlarni  mavzuga  oid  ma’lumotlar  bilan  solishtiradi.  Ob’ektlar 
tanlash  masalaning  bir  tomoni,  mavzuni  to‘liq  va  ishonchli  yoritib  beruvchi  aniq 
ma’lumotlarni  topish  ham  muhimdir.  Ishchi  guruhning  ko‘p  oylik  mehnati 
natijasida  yangi  mavzudagi  ekskursiya  xizmati  tayyor  bo‘ladi.  Ekskursiya  xizmati 
mavzusi  ob’ektlarni ko‘rsatish  va  mazmunli  hikoya  qilish bilan  uzviy  bog‘langan 
bo‘ladi  va  uning  mazmunini  boyitadi.  Ekskursiya  xizmatining  tarqoq  qismlarini 
mavzu birlashtiradi, ob’ektni qanday ko‘rsatish va qaysi ma’lumotni hikoya qilish 
kerakligiga yo‘naltiradi. 
Ba’zi  ob’ektlarni  bir  nechta  ekskursiya  xizmatlarida  ko‘rsatish  mumkin. 
Masalan,  Samarqand  viloyatidagi  «Registon»  maydoni  haqida  ekskursiya  xizmati 
mavzusidan  kelib  chiqib,  turli  hajmda  ma’lumotlar  berish  mumkin.  Guruh 


77 
 
harakatlanadigan  yo‘l  ustidan  ekskursiya  xizmatining  mavzusiga  tegishli 
bo‘lmagan ob’ektlar «chiqib turadi». Ushbu ob’ektlar haqida ma’lumotlar qiziqarli 
bo‘lishi mumkin, lekin yoritilayotgan mavzu uchun ikkinchi darajali bo‘ladi va gid 
ular  haqidagi  savollarga  faqatgina  qisqa  javob  beradi.  Har  bir  mavzu  kichik 
mavzuostilardan  tashkil  topadi.  Mavzuostilar  to‘liq  va  mantiqiy  tugallangan 
bo‘lishi lozim.  

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish