Gidning individualligi. Har bir inson uni boshqalardan ajratib turuvchi
o‘ziga xos xususiyatlarga ega (nutqi, ma’lumotni yetkazishi, imo-ishoralari va
sh.k.).
Marshrutda gidning hikoyasini eshitib, shuni anglash mumkinki, u ba’zi
detallarni o‘zicha bayon qiladi, fikrlar qo‘shadi, imo-ishoralar, tabassumidan
foydalanadi. Bir gid yozma manbalarga murojaat qilsa, boshqasi mavzuni
boyituvchi she’rlar o‘qiydi, uchinchisi hujjat ma’lumotlaridan foydalansa, boshqasi
tanaffusni to‘g‘ri belgilaydi. Ko‘p yillik ish tajribasiga ega gidlarda ekskursiyani
olib borishning individual yondashuvi shakllangan bo‘ladi va yillar davomida
qo‘llab kelayotgan usullarni o‘z o‘rnida boshqa usullar bilan uyg‘unlashtirib
ishlatishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |