O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Jadval 13  AQSH joylashtirish korxonalarining turlari va tavsifi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Jadval 13 
AQSH joylashtirish korxonalarining turlari va tavsifi 
 
Joylashtirish 
vositalari turi 
Katta –  
kichiklik 
Yashash joyi 
Xizmatlar 
asssortimenti 
va sifati 
Narx  
darajasi 
Haridorlar 
Joylashish 
xususiyatlari 
Joylashtirishni 
boshqarish 
xususiyati  
Xususiy 
mehmonxona 
Uncha katta 
bo‘lmagan 10 dan 
50 nomergacha 
Shahar atrofii 
yoki qishloq 
joyi 
Uy sharoitida 
kontinental 
nonushta va 
vaqtli, kechki 
ovqat 
 O‘rtacha 
Biznemenlar 
va 
marshrutdagi 
turistlar uy 
shinamligiga 
intiluvchilar 
Shinamlik 
ko‘kalamzor- 
likning mo‘l-
ko‘lligi 
Mehmonxonalar 
zanjirida xususiy 
egalar yoki 
assotsiallashgan 
a’zolar 
Otel turi 
kondominium / 
taimshering 
Har xil, odatda 50 
tadan 250 tagacha 
nomerlar, 4-5 
nomerli 
mehmonxonalar 
ham uchraydi. 
Ko‘proq  
kurort 
joylarda  
Xizmat 
turlarining 
to‘liq to‘plami 
O‘rtachadan 
yuqori, 
ehtimol 
yagona 
narxdagi 
kompleks 
xizmat 
Xususiy egalar 
va binolarni 
ijaraga 
olganlar 
Apartament 
tipidagi nomerlar, 
majlislar zali va 
boshqa yirik sport 
inshootlarining 
mavjudligi 
Mustaqil kasbiy 
boshqaruvchi 
kompaniya 
Joylashtirish 
vositalari idorasi 
Katta, nomerlar  
bo‘yicha an’anaviy 
taqsimlanishning 
yo‘qligi 
Territoriya 
tashkilotlar 
(harbiy 
bazalar, 
kolledjlar, 
klinikalar va 
boshq.) 
Ko‘pincha o‘z-
o‘ziga xizmat 
qilish 
Unchalik 
yuqori 
bo‘lmagan, 
yashash va 
ovqatlanishga 
yagona narx 
o‘rnatiladi. 
Dastlabki 
to‘lov 
Ushbu 
tashkilotga 
xizmat safari 
bilan kelgan 
shaxs 
Odatda 
komfortabelli 
kvartiraga 
o‘xshash 
Federal hukumat, 
mahalliy 
hokimiyat, kasbiy 
boshqaruvchi 
kompaniya 
 
Manba: 
A.Yu. Aleksandrova. Mejunarodniy turizm. M., 2004. 
 
 


                      
186 
Mulkchilikka  munosabat  o‘zgarishi  kondominium  tizimida  o‘z  aksini  topgan. 
Ya’ni bir necha shaxs birgalikda bitta mulkni egallaydi. Bu g‘arbda keng tarqalgan va 
mamlakat turistik bozoriga taymsher ko‘rinishida kirib kelgan. 
Taymsher.  (Timshare,  inglizchadan  tarjima  qilinsa  «Vaqt  qismi»  degan 
ma’noni  beradi)  -    bu  birgalikdagi  egalik,  aniqrog‘i  klubli  joylashtirish  vositalarini 
ulardan  ma’lum  vaqt  ichida  foydalanish  huquqi  bilan  uzoq  muddatga  ijaraga  olish 
(misol  uchun,  30-50  va  ko‘proq  yil  davomida  har  yili  bir  haftaga)  dir.  Klassik 
taymsher xususiyatlari shundan iboratki, dam olishning ma’lum davriga  mulk egasi 
ekanligi  haqida  sertifikat  mavjud  bo‘ladi.  Bir  qator  mamlakatlarda  taymsher  meros 
qilib  berilishi,  garov  vositasi,  kreditni  ta’minlash  va  boshqa  vositalar  sifatida 
foydalanishi mumkin. 
«Dam olishni egallash» tizimi birinchi marta Yevropada paydo bo‘lgan bo‘lib, 
Shimoliy Amerika (AQSH)da takomillashtirildi. Klassik ko‘chmas mulk va otellarda 
joylashtirish  bo‘yicha  xizmatlar  sotuv  ob’ekti  bo‘lib  o‘rtaga  chiqdi.  Kurotlarda 
apartamentlar  sotila  boshladi.  Yil  davomida  ulardan  foydalanish  bir  yoki  bir  necha 
hafta bilan cheklangan edi. Taymsher bozorining o‘zi esa ancha keyin shakllanadi va 
15  -20  yildan  buyon  –  bu  haftalar  bilan  almashinish  imkoniyati  paydo  bo‘lgandan 
beri amal qilib kelayapti. 
Bugungi  kunda  taymsherda  biznesning  maxsus  kompaniyalari  –  A  –  SI-AY 
Resort  Sopdminium  International)    va  Ay-Ay  (Interval  international)    va  boshqalar 
orqali almashtirish operatsiyalarini o‘tkazish va appartamentlarni muddatga sotishdan 
hosil  bo‘layapti.  Ularning  yordami  bilan  qo‘shimcha  to‘lov  evaziga  dam  olish 
sharoitini  yaxshilash,  didga  mos  apartament  topish,  ta’tilni  o‘tkazish  muddati  va 
joyini tanlash mumkin. Bunda ancha mashhur region bo‘lish davomiyligi uzoqroq va 
sharoiti  yana  ham  yaxshiroq  kurortga  almashtirilishi  mumkin.  Masalan,  Kanar 
orollarida bir hafta, Kanadada ikki hafta,  yoki Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy 
Afrikaning uch haftasiga teng.  
Dam olish xaftalarini almashtirish bo‘yicha taymsher va kompaniya egalaridan 
tashqari,  joylashtirish  vositalari  (apartamen)  egalari  ham  taymsher  biznesi 
ishtirokchilari  hisoblanishadi.  Klub  dam  olishini  tashkil  etishga  mo‘ljallanganlar, 
taymsher  -  loyiha  ishlab  chiquvchilar,  marketing  kompaniyalar,  bozorda  taymsher-
mahsulotlar  harakatiga  javob  beruvchilar  va  ularni  iste’molchilarga  sotuvchilar, 
klublarni  boshqaruvchi  kompaniyalar  va  ularning  xizmat  ko‘rsatishlari  shular 
jumlasidandir.  Ixtisoslashgan  turistik  birjalar  ilgari  sotib  olingan  va  egalari 
tomonidan  sotishga  topshirilgan  tegishli  dam  olish  haftalariga  egalik  sertifikatlarini 
komission  savdosi  bilan  shug‘ullanadi.  Taymsher  –  mahsulotlar  yaratish  va  sotish 
jarayonlariga 
professional 
konsultantlar 
(kredit 
tashkilotlaridan 
moliyaviy 
maslahatchilar  huquqshunos  konsultantlar  va  advakatlar,  analitiklar  va  boshq.)  jalb 
etiladilar.  Taymsher  bozorining  so‘zsiz  ishtirokchilari  savdo  assotsiatsiyalari  – 
notijoriy  tashkilot  professional  operatorlari,  loyihachilar  va  marketing  kompaniyalar 
hisoblanadilar.  Ular  qonunchilik  doirasida  bozorda  qabul  qilingan  ish  standartlarini 
ishlab  chiqadilar  va  qo‘llab-quvvatlaydilar,  hukumat  organlarida  soha  manfaatlarini 
himoya qiladilar. 
Dam  olish  klubi  ko‘p  sonli  a’zolari  ham  assotsiatsiyalarga  birlashadilar. 
Bundan tashqari ularning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus kompaniyalar yoki 


                      
187 
qo‘llovchi  kengashlar  tuziladi.  Ular  klublarning  o‘z  majburiyatlarini  bajarishda 
kafolat  bo‘ladilar.  «Klubdan  olishiga  egalik»  industriyasi  klassik  turistik  biznesga 
qaraganda murakkab strukturaga ega. Bu taymsher hafta (haftalik) sini oldi-sotdisi va 
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish shartlariga rioya etish zarurati bilan bog‘liq. 
G‘arbda taymsherni ko‘pincha jamg‘arma dam olish deb ataydilar. Haqiqatdan ham, 
u o‘z egasiga yuqori soliq to‘lovchi, ko‘chmas mulkini saqlash katta harajatlarni talab 
qiluvchi  va  shuning  uchun  eng  badavlat  kishilargagina  nasib  etadigan  uy  egalariga 
nisbatan  ko‘p  qulayliklar  yaratadi.  O‘rta  hol  shaxs  oddiy  otellarning  arzonroq 
usullaridan  foydalaniladi.  Ammo  bu  tur  joylashtirish  kelajakda  «Bo‘lingan  vaqt» 
tizimi  erishadigan  darajada  vositalarni  tejashni  ta’minlay  olmaydi.  Yana 
mehmonxonada    yashash  uchun  sarflangan  harajat  qaytmaydi,  mulkni  esa  sotish, 
ijaraga berish garovga qo‘yish mumkin.  
Kelajakda katta qulaylik yaratishiga umid 
qilinayotgan taymsherni sotib olish oldi-sotdi momentida sezilarli pul harajatlari talab 
qilinadi.  Albatta  «Ta’tilga  mulk»  uning  egasiga  10  dan  30  minggacha  Amerika 
dollariga  tushadi.  Bu  albatta  apartamentlar  sifati,  ular  joylashgan  joy,  foydalanish 
muddatiga bog‘liq. Avstriyada qizg‘in pallada haftalik dam olish masalan, 22 ming 
amerika  dollari  turadi.  Xuddi  shunday  Shveysariyadagi  klublar  ham  qimmat. 
Buyukbritaniyada haftaning o‘rtacha bahosi pastroq va 5-6 amerika dollarini tashkil 
etadi. 
Taymsherni  uning  yuqori  qiymati  ko‘rinishida  sotish  g‘oyat  nazokatli  ish 
hisoblanadi.  Asosiy  axborot  mijozga  shaxsan  ma’lum  qilinadi  va  uchinchi  shaxs 
orqali  yetkazilishi  mumkin  emas.  Barcha  muzokaralar  va  erishilgan  bitimlar  qat’iy 
konfidensial  harakterdadir.  Bozorda  taymsherlarni  harajatlashtirish  maqsadida 
kompaniya  mijozlar  bilan  ishlashda  sinalgan  usullarini  qo‘llaydi,  ya’ni  individual 
taqdimotdan foydalanadi. Bular nozik psixologik o‘yinlardir. Bunda firmalar xodimi 
ehtiyot bo‘lib taklif qilinayotgan tovar afzalliklarini namoyish qiladi. Ortiqcha xiralik 
qilmasdan  haridorni  o‘ziga  rom  etadi,  uni  uzil-kesil  xulosa  –  oldi-sotdiga  rozi 
bo‘lishga olib keladi. 
«Dam  olishni  egallash»  tizimi  turistik  biznesning  eng  tez  o‘sayotgan  sohasi 
hisoblanadi. Taymsher biznesi harakteri ham o‘zgarmoqda. Yangi soha boshlang‘ich 
faoliyati asosan mayda tadbirkorlarni jalb etdi. Ammo taymsher nufuzi o‘sa boshlashi 
bilan unga yirik kompaniyalar ham intila boshlashadi. 
Bugungi kunda ta’tillarga mulk «Bozori mashhur, eng avvalo «Xilton Xoutelz 
Korporeyshn»,  «Marriot  Interneshnl»,  «Disney»,  «Ay-Ti-Ti  Sheraton»,  «Bar-rat», 
«Uimpey»,  «Xolidey  Inn  Uorlduaayd»  kabi  Amerika  korporatsiyalari  tomonidan 
taqsimlab olingan. 
Taymsher  industriyasi  geografiyasi  to‘xtovsiz  kengayib  bormoqda.  Ko‘pgina 
qabul  qiluvchi  regionlar  uning  bilan  mavsumiy  tebranishlarni  tekislashni,  davomiy 
iqtisodiy  yuksalish  va  investitsiyalash  istiqbollarini,  yaxshilashni  bog‘lamoqda, 
turistik  bandlik,  moliyaviy  va  xo‘jalik  boshqa  sektorlarida  undan  foydalanayapti. 
Bugun klub kurortlari tarmog‘i 89 mamlakatni qamrab olgan, «Ta’tilga mulk» egalari 
esa 191 davlatda faoliyat ko‘rsatishadi. 
Taymsher  biznesi  AQShda  juda  keng  tarqalgan  bo‘lib,  birgina  Koliforniya 
shtatida 80 tadan ortiq klub kurortlari mavjuddir. Bu yerda dam olishning o‘rtacha bir 
haftalik  narxi  9  ming  amerika  dollarini  tashkil  qiladi.  Har  yili  Koliforniya  shtati 


                      
188 
xazinasiga  300  mln.  dollardan  ortiq  dam  oluvchilarga  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun 
turli xil to‘lovlar kelib tushadi. 
«Ta’tilga  mulk»  bozori  bo‘yicha  ikkinchi  ahamiyatga  egalari  Yevropada 
joylashgan.  Ko‘hna  qit’ada  barcha  taymsher  kurortlarining  uch  qismi  to‘plangan. 
Ularda  bo‘lish  o‘rtacha  davomiyligi  1,7  haftaga  baholanadi.  Jamg‘arma  dam 
olishining  uzluksiz  nufuzi  oshishi  inglizlarda  ayniqsa  keng  foydalaniladi. 
Taymsherga  egalik  qiluvchi  jahondagi  4  mln.  oiladan  400  mingi  Buyukbritaniya 
aholisidir. 
AQSH,  Buyukbritaniya,  Meksika,  Karib  havzasi,  Avstriya  va  Kanadada 
o‘tkazilayotgan doimiy sotsiologik so‘rovlar natijalari ko‘pchilik taymsher egalari o‘z 
haridorlaridan mamnun ekanligini ko‘rsatmoqda. 85 % so‘raluvchilar jamg‘arma dam 
olishidan  qoniqishadi.  75  %  so‘ralganlarning  yarimidan  ko‘prog‘i  qo‘shimcha  klub 
haftalarini sotib olishga xohish bildirishgan. 
Afsuski,  bu  jozibador  istiqbollar  Rossiya  va  MDH  davlatlariga  taaluqli  emas. 
Taymsher  g‘oyasi  paydo  bo‘lmasidan  u  inkor  etilgan.  Taymsher  kompaniyalari 
«Ta’tilga  mulk»ni  yuqori  narxda  sotdilar.  Eng  muhimi  mijozlarga  keyingi  xizmat 
ko‘rsatish  kompleksini  ta’minlamaydilar  (bazaviy  qo‘llab  –  quvvatlash,  klub 
haftalarini  almashlash  va  boshq.).  Oqibatda  ularning  ko‘pchilik  egalari  o‘zlarini 
aldangan  his  etdilar  va  sotib  olingan  appartamentlarni  sotishga  muvoffaqiyatsiz 
o‘rinishmoqda. 
Taymsher  biznesi  qayerda  unga  qulay  sharoit  yaratilgan  bo‘lsa,  o‘sha  yerda 
gurkirayapti  va  eng  avvalo  iste’molchilar  huquqiy  himoyasi  kafolatlangan. 
Yevropada  taymsherlar  egalari  huquqlari    Yevroparlament  direktivalarida,  milliy 
qonunchiliklarda,  Angliya  qirolichasi  Yelizaveta  II  aktlari  va  boshqalarda 
mustahkamlab  quyilgan.  Yaqindan  buyon  Rossiyada  taymsher  bozori  huquqiy 
doirasini  belgilovchi  standartga  zarurat  anglab  yetildi.  Uni  ishlab  chiqish  uchun  bir 
qator  kompaniyalar  Rossiya  kompaniyalari  assotsiatsiyasini  tuzdilar.  Ular  klub  dam 
olish  bozorida  (taymsher)  harakatlanuvchi  kompanilardir.  Ammo  vujudga  kelgan 
vaziyatni sindirish va yana potensial haridorlar ishonchini qozonmoq uchun taymsher 
firmalarga yillar kerak bo‘ladi. 
Hozirgacha  gap  «Mehmonxonalar»  umumiy  nomi  ostida  joylashtirish 
vositalari guruhlari haqida borgandi. Uning bilan bir qatorda BTT mehmonxonalarga 
o‘xshash muassasalar guruhini ajratadi. Ular otellar singari nomer prinsipida tashkil 
etilgan va zarur xizmatlar ruyxatini taqdim etadi. Bular pansionatlar, mebelli xonalar, 
turistik yotoqxonalar va boshqalardir.  

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish