O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Turistlarni  joylashtirishning  jamoaviy  (kollektiv)  vositasi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

 
Turistlarni  joylashtirishning  jamoaviy  (kollektiv)  vositasi.  Bunga 
mehmonxonalar va ularga o‘xshash muassasalar, maxsus ixtisoslashgan muassasalar 
va  boshqa  jamoaviy  (kollektiv)  joylashtirish  vositalari  kiradi.  Ularning  har  birida 
o‘rinlar  soni  belgilangan  minimumidan  ziyod  bo‘lishi,  joylashtirish  ob’ekti  yagona 
rahbarlikka ega bo‘lgan, boshqarish esa  tijoriy asosga qurilgan bo‘lishi lozim. 
Mehmonxonalar.  Turistlarni  joylashtirishda  klassik  tipdagi  bosh  korxonadir. 
Uning  asosiy  belgilaridan  biri  nomerlar  mavjudligidadir.  Mehmonxonalar  barcha 
zaruriy  xizmatlar  turlarini  taqdim  etadi.  Har  kuni  to‘shakni  tartibga  keltirish,  xona 
(nomer)  va  sanitariya  uzellarini  yig‘ishtirish,  shuningdek,  qo‘shimcha  va  yo‘l-
yo‘lakay  talab  qilinadigan  xizmatlarni  bajarish.  Mehmonxonalarning  turli 
klassifikatsiyalari  mavjud.  Mehmonxona  xo‘jaligi  nazariyasi  va  amaliyotida 
xizmatlar  turlari  va  maishiy  qulayligidan  kelib  chiqilib  otellarni  guruhlarga  bo‘lish 
keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan 
otel  kattegoriyasiga  muvofiq  belgilanadi.  Attestatsiya  natiajalari  bo‘yicha  har  bir 


                      
181 
mehmonxonaga razryad beriladi. Bu uning binosi sifat va son xususiyatlariga, nomer 
fondiga,  infrastrukturasi,  turmush  ta’minoti,  shuningdek  shinamlik  darajasi,  asosiy 
assortimentlari,  qo‘shimcha  va  yo‘l-yo‘lakay  xizmatlari,  xodimlar  malakasi,  servis 
madaniyatiga  bog‘liqdir.  Razryadga  ega  bo‘lish  otel  narxnomalari  va  mijozlar 
tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida 
erkin  munosabatda  bo‘lishga  ko‘maklashadi.  Mehmonxonaning  sifati,  xizmat 
ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga imkon 
beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq miqdorining 
taqsimlanish  mezoni    sifatida  foydalaniladi.  Mehmonxona  biznesi  sohasida  narx 
siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi. 
Xizmatlar  xili  va  maishiy  qulaylik  darajasi  jihatidan  otellar  klassifikatsiyasi 
butun  jahon  sivilizatsiyasida  qabul  qilingan  ko‘pchilik  Yevropa  mamlakatlarida 
bunday  turdagi  klassifikatsiyalar  davlat  tarkibi  (Fransiyada  markaziy,    Ispanida 
mahalliy) ishiga kiradi va maxsus qonunchilik aktlarini ko‘rib chiqish predmeti bo‘lib 
hisoblanadi.  Boshqa  mamlakatlar  (jumladan  Shveysariya)da  ular  rasmiy  harakterga 
ega  emas,  balki  mehmonxona  biznesi  vakillari  tashabbusi  bilan  kelishib  olinadi. 
Bundan  tashqari  ko‘pgina  mehmonxona  zanjirlari,  assotsiatsiyalar  va  ittifoqlar  o‘z 
klassifikatsiyalariga  ega.  Ularning  umumiy  soni  30  dan  ko‘p.  Shu  jumladan, 
yulduzlar tizimi (birdan beshgacha), tizimi (A-V-S-O), «tosh» yoki «kalitlar», ballar 
va  boshqalar.  Ularni  faqat  toifa  (kategoriya)lari  miqdori,  ramzlari,  balki  xizmat 
ko‘rsatish  standartlari  bilan  ham  farqlanadi.  Bu  farqlar  davlatning  tarixiy  madaniy 
xususiyatlaridan kelib chiqadi va milliy an’analar, urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqdir. 
Otellarning  asosiy  mijozlari  ichki  turistlar  hisoblanadi. Ular  yil  davomida  70-
90  %  yuklanishni  ta’minlaydi.  Amalda  ana  shular  mehmonxona  bazasiga  talab  va 
servis darajasini belgilaydilar. 
Avstriya va Germaniyada eng yaxshi otel eng avvalo keng assortimentda vino 
va pivoga, Ispaniya va Portugaliyada  esa tamaki mahsulotlariga ega bo‘lishi lozim. 
Agar  Fransida  otel  klassida  bide  mavjudligi    muhim  bo‘lsa,  Gresiya  va  boshqa 
Janubiy Yevropa  mamlakatlarida nomerda konditsioner borligi hasham hisoblanadi. 
BTTning  Yevropa  Ittifoqi  mehmonxonalar  va  restoranlar  Qo‘mitasi,  Xalqaro 
mehmonxonalar assotsiatsiyalarining jahondagi otellarga yagona klassifikatsiya joriy 
etishga ko‘p bor urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Vazifaning mushkulligi shundaki, 
mehmonxonalardan tashqari boshqa turdagi juda ko‘p joylashtirish vositalari mavjud, 
ularning har birida o‘ziga xos xususiyatlari bor.  
Vujudga  kelgan  vaziyatda  xorijiy  turistik  katologlar  mijozlarni  mehmonxona 
tanlashini  yengilllashtirish  uchun  intilib,  piktogramma  tizimiga  o‘tishmoqda.  Ular 
yuzdan  ortiq  turli  xil  ramzlar  va  belgilardan  iborat.  Afrikada,  BTT  tomonidan 
boshlangan  piktogrammalarni  standartlashtirish  ham  tez  natijalarni  bermayapti. 
Ayrim  mehmonxona  xizmatlarining  grafik  tasviri  avvalgidek  juda  bir-biriga  zid. 
Shunga  qaramasdan  piktogramma  asta-sekin  yagona,  hamma  tushunadigan  tasvirga 
yaqinlashayapti  va  ko‘p  hollarda    ikki-uch  tilda  qisqa  izohlar  bilan  qulaylik 
tug‘dirmoqda (34-rasm). 
BTTning nomerlar hajmi, ularni joylashgani, qulayligi va jihozlanishi, boshqa 
binolari  mavjudligi,    mehmonlar  dam  olishi  va  ishbilarmonlar  ishlashi  uchun 
jihozlangan  binolar  borligi,  ularga  xizmat  ko‘rsatish  qanday  yo‘lga  qo‘yilganiga 


                      
182 
qarab otellar yulduzli  klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya qildi. Mehmonxona 
korxonalarini  yulduz  bilan  ajratish  eng  ko‘p  tarqalgan  lekin  u  ham  universal  emas. 
Misol  uchun,  Ispaniyada  birdan  besh  yulduzagacha  mehmonxona  kategoriyalari 
belgilangan  bo‘lib,  unda  xizmat  ko‘rsatishning  yuqori  sifatlisi  alohida  ajratilgan. 
Xuddi  shuncha  kategoriya  Fransiyada  ham  amal  qilinadi:  yulduzsiz,  birdan  to‘rt 
yulduzgacha  va  to‘rt  yulduz  «lyuks».  Vengriyada  otellar  esa  bosh  razryadga  ega 
bo‘lib  u  birdan  besh  yulduzgachadir.  Marokkoda  ham  shunday  yulduzli  
klassifikatsiyaga  amal  qilinadi.  Mavjud  farqlarga  qaramay,  bir  kategoriyadagi 
mehmonxonalar bir-biriga o‘xshash xildagi xizmatlar va  maishiy qulayliklarni taklif 
qiladi. Yuqori razryadli mehmonxonalar, qulay va shinam nomerlardan iborat bo‘lib,  
odatda  keng  xolligi,  milliy  taomlar  restorani,  diskoteka,  sauna,  suzish  hovuzi  va 
boshqa  dam  olish,  sport  bilan  shug‘ullanish,  ko‘ngil  ochish    binolarga,  sinxron 
tarjima, teletayp va kongress zallariga egadir. 
Korxona  moddiy  bazasi  xilma-xil  talablariga  asoslangan  va  uning 
ekspluatatsiya  holati,  servis  madaniyati  va  sifati  hisobga  olingan  mehmonxonalar 
klassifikatsiyasi  harakterlidir.  Tashrif  buyuruvchilarni  qabul  qilish  qanchalik  yaxshi 
tashkil etilsa, joylashish vositasining kategoriyasi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Lyuks  klassidagi  «Manila»  oteli  Filippinda  joylashgan.  Uning  xodimlari 
barcha  kelgan  sayyohlarni  o‘sha  kunning  o‘zidayoq  ismi-shariflarini  bilib  olishadi. 
Liftchi  xodim  esa  qaysi  mehmon  qaysi  xonada  yashashini  aniq  biladi.  Bularning 
barchasi individual xizmat muhitini yaratadi. 
«Liding Xoutelz of Uorld» xalqaro kompaniyasi yarim asrdan ko‘proq vaqtdan 
buyon  (21  regional  bo‘limlariga  ega)  jahondagi  mehmonxona  ishlari  holati  ustidan 
monitoring  o‘tkazib  keladi.  U  otellar  ishini  baholaydi  va  ulardan  eng  yaxshilarini 
aniqlaydi.  Mehmonxona  korxonalari  reytingi  ularning  qisqacha  harakteristikasi, 
fotosuratlari, joylashgan o‘rni, nomerlar soni va narxlari bilan «Yillik ma’lumotnoma 
(spravoch)nik»da  e’lon  qilinadi.  Ularning  asosiy  qismi  AQShda  (40  otel,  shu 
jumladan,  Nyu-Yorkda  10  ta),  qolganlari  esa  Italiya,  Shvesariya,  Germaniya, 
Fransiya  va  Ispaniyada  joylashgan.  Keyingi  15-20  yilda  mehmonxona  sektorida 
yangi  kategoriya  otellar  paydo  bo‘lishi  kuzatildi.  Ular  iqtisodiy  klass  (Budget 
economic hotels)  deb atalmoqda. 
Bu  uncha  qimmat  bo‘lmagan  ixcham  va  qulay  mehmonxonalar  juda  ko‘p 
G‘arb  mamlakatlari,  birinchi  navbatda  AQSH,  Buyukbritaniya,  Fransiya  turistik 
bozorida  o‘zining  afzalliklarini  namoyon  etdi.  Ular  xizmat  ko‘rsatish  yuqori 
standartlarini ta’minlaydi, maqbul narxlarda ko‘ngil istagan nomerlarga joylashishni 
kafolatlaydi. 
Yangi  kategoriya  afzalligi  uning  nomida  ham  aks  etgan.  Bunda  «Iqtisodiy» 
(tconomic)  atamasi  «tejamli»  degan  ma’noni  anglatadi.  Bu  bilan  shu  narsa 
ta’kidlanadiki, qiymatning pasayishiga servis xizmati sifatini yomonlashtirish evaziga 
emas, balki qat’iy tejamkorlik rejimini yo‘lga qo‘yish orqali erishiladi. Tejamkor klas 
mehmonxonalar  namunaviy  qurilish  harakteri,  dizayn  soddaligi,  bino  ichida 
hashamatli pardoz-andozning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Shahar chekkasidagi arzon 
yerlarda joylashgan bu joylashish vositalari cheklangan xizmatlar xillarini taklif etadi 
va shu yo‘l bilan ovqatlanish sohasida yirik operatsiyalarga mablag‘ni tejab qoladilar. 
Ular shuningdek ma’muriy – boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni yarimiga 


                      
183 
qisqartirib,  asosiy  harajatlar  stateyalaridan  biri  bo‘lgan  ish  haqi  harajatlarini  ham 
kesib tashlashlari mumkin. 
Tilga  olingan  tadbirlar  ularga  korxona  rentabelligiga  zarar  yetkazmasdan 
yashash uchun tariflarni 20-50 % ga qisqartirish imkonini berdi. Bu otellarda o‘rtacha 
yuklanish koeffitsiyenti 80 % dan oshadi. 
Mehmonxonalar  o‘rtasida  jihozlanishi  va  ko‘rsatayotgan  xizmatlari 
xususiyatlariga  qarab,  keng  profildagi  mehmonxonalar  ajralib  turadi.  Ya’ni  ular 
apart-otel  (kvartira  tipida),  motellar,  kurort  mehmonxonalari,  klublar  yashash  bilan 
birga va boshqalar. 
Turistik  biznesda  keyingi  yillarda  «Pucopte»  (inglizchadan  report  -  kurort) 
klass otellar tarmog‘i tez rivojlana boshladi. Odatda ular manzarali qirg‘oq bo‘ylarida 
joylashgan.  Tropik  bog‘lar  va  parklar  ko‘rinishidagi  yam-yashil  daraxtlarga 
burkangan  «risorts»  lar  jannati  dam  olish  joylaridir.  Bu  kategoriyadagi  otellarga 
tijorat xizmat «hammasi bor» tizimi muvaffaqiyatni keltiradi. 
Ular  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  xizmatlarga  joylashish,  ovqatlanish 
(«shved dasturxoni»), ko‘ngil ochish barlardan tez-tez bepul foydalanish, shuningdek 
samolyotga imtiyozli biletlar, transfer, ekskursiyalar kiradi. Shinam va uncha qimmat 
bo‘lmagan  dam  olish  a’lo  darajada  transport  xizmati  ko‘rsatish  bilan  uyg‘unlashib 
ketgan.  Bolalar  va  uy  hayvonlarini  nazorat  betida  qoldirish  mumkin.  Shuningdek 
boshqa  qulayliklar  «Risorte»ni  turistlar  uchun  ayniqsa  o‘rta  xol  sayyohlar  uchun 
yanada jozibador qiladi. 
Ularning  tarmoqlari  to‘xtovsiz  kengayib  borayapti.  Fidji  va  Malayziya, 
Portugaliya    va  Seyshel  orollari  –  ularni  qamrab  olgan.  Bu  ruyxatni  yana  davom 
ettirish mumkin. Braziliyada bunday dam olish maskanlari kurort modasining so‘nggi 
kashfiyoti  bo‘ldi.  1995  yilda  uning  5000  kilometrlik  qirg‘oqlari  bo‘ylab  yoyilgan 
yirik  14  «Risorts»  larida  170  ming  kishi  dam  oldi.  Braziliya  yaqin  kelajakda  yana 
shunday  o‘zining  43 ta    markazini  ochishni  mo‘ljallayapti.  Ularni  kurish uchun 3,5 
mlrd. Amerika dollari ajratilgan.  
Mijoz uchun kurashda mehmonxona korxonalari butun guruhlari va har bir otel 
alohida  xizmat  turlarini  doimiy  ravishda  kengaytirib  borayapti  va  turizm  bozorga 
talabi (original) takliflar kiritishayapti. 
Klassik  otellar  bilan  bir  qatorda  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlarning  katta 
shtatiga  ega  va  mijozlarga  keng  xizmatlar  taklif  etuvchi,  shinamlik  darajasi  yuqori 
bo‘lgan  mehmonxona  tipidagi  sof  milliy  motellar  AQShda  paydo  bo‘ldi  va  keng 
tarqaldi. XX asr boshlarida yo‘l yoqalari bo‘ylab «Turistik kulbalar» qurila boshladi. 
Bu  ob’ektlar  joylashishning  elementar  qulayliklariga  ega  bo‘lib,  odatda  fermerlar 
dam olishlari uchun to‘xtab o‘tishga mo‘ljallangandir. 
«Motel»  atamasi  1935  yilda  paydo  bo‘ldi.  AQSH  statistikasida  motel 
avtomobilda sayohat qiluvchi turistlarni qabul qiluvchi muasasa sifatida talqin etiladi. 
Bu muassasalar yil davomida yoki mavsumda mehmonxona ekspluatatsiya xizmatlari 
(xudi  oteldagidek,  lekin  «lyuks»  kategoriyadan  pastroq)  va  texnik  xizmatlar  to‘liq 
majmuasi (garajlar, avtomobil sag‘lanadigan maydon, yoqilg‘i qo‘yish stansiyasi va 
avtomobilni ta’mirlash ustaxonasi)ni taqdim etadi.  Odatda ular shahardan tashqarida 
tashkil etilgan bo‘lishadi. Mijozlarning to‘xtab o‘tishi davomiyligiga qarab motellar 


                      
184 
tranzit  va  oxirgilarga  bo‘linadi.  Birnchisi  shosse  yo‘l  va  bosh  magistrallar  bo‘ylab 
joylashadi. Ikkinchisi esa daryo qirg‘oqlari, ko‘l va suv dambalar yaqinida bo‘ladi. 
60-yillarda  AQShda  mototellar  shuhrat  qozona  boshladi.  Bu  tipdagi 
mehmonxona  korxonalari  o‘sha  motel  xizmatlarini  taklif  qiladi.  Lekin  xizmat  sifati 
yuqoriligi va qulayliklar yaxshilangani otellarga xosdir. Bu joylashish ob’ektlarining 
yaxshi  moliyaviy  ko‘rsatkichlari  juda  ko‘p  otellarni  mototellarga  aylanishiga  zamin 
yaratdi.  Asosiy  bino  oldingi  mehmonxona    shaklini  saqlab  qoldi.  Unga  tutash 
hududlarda  esa  avtomobillar  uchun  to‘xtash  joyi,  garaj,  texnik  xizmat  stansiyalari 
jihozlanadi.  20  yil  davomida  otellar  soni  mutloq  va  nisbiy  ifodalarda  ikki  marta 
kamaydi. 
Motellar  va  mototellarda  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlar  umumiy  soni 
mehmonxona  muassasalarida  bandlikni  urushdan  keyingi  30  yil  davomida  uch 
martadan  ziyodroqqa  ko‘paytirdi.  Motellarda  nomer  fondi  yuklatish  koeffitsenti 
otellar uchun shunga o‘xshash ko‘rsatkichlardan ziyod bo‘lib, munosib ravishda 72 % 
va  62  %  ni  tashkil  qiladi.  Motelda  sutkalik  to‘lov  o‘rtacha  hajmi  otelga  nisbatan 
yarmiga  kam.  Shunga  qaramasdan  motelda  yillik  tushumlar  sur’ati  o‘sishi  yuqori 
darajada qolmoqda. 
Mehmonxona  korxonalari  xizmat  sifati  va  xillari,  maishiy  qulayliklari 
darajasidan tashqari xususiy  mulkligi shakli bilan ham farqlanadi. Bu belgiga ko‘ra 
davlatniki,  munitsipial  va  shaxsiy  otellarga  ajratiladi.  Keyingi  kategoriya  bozorda 
turistik xizmatlarni mustahkam egallab turibdi. Parij, London, Amsterdam, Bryussel, 
Madrid,  Frankfurt  –  na  Mayn  kabi  Yevropa  turizm  markazlarida  mehmonxona 
tipidagi  joylashtirish  vositalarining  50  %  dan  ko‘prog‘i,  Milanda  esa  90  %  unga 
to‘g‘ri keladi. Munitsipal otellar salmog‘i ancha past bo‘lib, Frankfurt – na – Maynda 
10 %, Bryussel va Londonda 40 % ni tashkil qiladi. Mehmonxona xo‘jaligida davlat 
sektori  bir  muncha  sust  rivojlangan.  Uning  ulushi  20  %  dan  oshmaydi.  Bryussel, 
London, Madrid va Milanda u umuman yo‘q. AQShda shaxsiy joylashtirish vositalari 
bilan  bir  qatorda,  idora  va  muassasalarga  tegishli  mehmonxona  korxonalari, 
shuningdek  kondominimum  (taymshering)  tipida  otellar  tarqalgan.  Uning  qisqacha 
harakteristikasi 13-jadvalda keltirilgan. 
 
 
 


                      
185 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish