Transport va turizm taraqqiyotining hozirgi zamon bosqichi. Sayohat
industriyasi taraqqiyotini tezlashishiga havo transportida uning liberlashtirish bilan
bog‘liq tub o‘zgarishlar yangicha to‘rtki berdi. Rivojlangan mamlakatlarda
aviatashish bozori uzoq vaqt milliy avia kompaniyalar tomonidan monopollashtirib
olingandi. Jumladan, Buyukbritaniyada «British Eyrveyz», Fransiyada «Er Frans»,
Sobiq SSSRda «Aeroflot» va boshqalar. Ular bozorni va xalqaro tashishdan
tushadigan daromadlarni taqsimlab olish uchun o‘zaro bitim tuzishgandi.
Shunday bitimlar masalan, «British Eyrveyz» va «Er Frans» o‘rtasida tuzilgan
bo‘lib, eng gavjum Yevropa marshruti – London –Parij, Parij-London yo‘nalishiga
xizmat ko‘rsatgan. Yo‘nalishdan olingan daromad aviakompaniyalar o‘rtasida bo‘lib
olingan.
Natijada narx masalalari, turistik talablar aviakompaniyalar uchun ikkinchi
darajali bo‘lib qolgan, aviabozor taraqqiyoti rejalari, strategik marketinga zarurati
chetga surib qo‘yiladi.
Ichki yo‘nalishlarda havo aloqasi davlat tomonidan tartibga solingan.
AQSH g‘arbda havo transportini davlat tomonidan tartibga solinishidan voz
kechgan birinchi mamlakat bo‘ldi. Avia tashishlarni liberallashtirish turizmga
to‘g‘ridan –to‘g‘ri ta’sir etdi. Birinchidan, havo marshrutlariga xizmat ko‘rsatishda
cheklovlar olib tashlandi. Yuqori sof daromad aviatashish sohasini yanada jozibador
qilib yubordi. Juda ko‘p aviakompaniyalarda parvozlarni qayta muvofiqlashtirish
jarayonlari boshlandi. Ular o‘rtasida raqobat kurashining o‘tkir tus olishi
aviatransport korxonalarini turizmga bo‘lgan munosabati strategiyasini o‘zgartirishga
majbur etdi. Endilikda bu turistik xizmatlarni bozorga chiqarishda istiqbolli yo‘l
hisoblanmoqda.
Ikkinchidan, muntazam avia yo‘nalishlarda aviatariflarga katta chegirmalar
kiritiladi. Bundan foydalangan turistik firmalar samolyotlarga biletlarni raqobatli
narxlarda sotish va aviakompaniyaning mijozlarini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘ladi.
AQShda havo transportini liberallashtirish natijasida ichki va tashqi havo
aloqalarida narxlarni arzonlashtirish mumkin bo‘ldi. Bu esa aviasayohatlarga
177
talablarni ko‘paytirish imkonini berdi. Amerika aviakompaniyalarida yo‘lovchi
oboroti aholi o‘sish soniga taqqoslanganda ikki martadan ziyodroqqa ko‘paydi.
Narxlarning kamayishidagi yo‘lovchi-kilometr hisob-kitoblarida harajatlarni
kamaytirish evaziga erishildi. Bu o‘z navbatida aviayo‘nalishlarning yuklanishi bilan
bog‘liq edi. Ilgari biletlarga narx o‘rinlarni 60 % gacha band bo‘lishiga qarab
belgilanadi. Bo‘sh qolgan 40 % o‘rin zarari yo‘lovchilar undirilishi uchun
aviatariflarga qo‘shilardi. Bugun aviakompaniya yuklanish normasini 70-80 % dan
yuqori bo‘lishiga harakat qilmoqda. Bu bilan narxni kamaytirish, ma’muriy
harajatlarni tejash ko‘zda tutilmoqda.
Aviayo‘nalishlar yuklanishining sezilarli ko‘payishi va bekor turishlarni
qisqarishiga marshrut tizimini o‘zgartirish tufayli erishilayapti. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
reyslarga asoslangan eski tashish tizimi, «Gupchak va kegay» modeli bilan
almashinadi. Aeroport hududiy transport tuguni (XAB) ga aylandi. 1980-yillar
o‘rtalarida AQSH aviatransporti ana shu taraqqiyot modeliga o‘tdi.
Bugungi kunda har bir yirik Amerika aviakompaniyasi o‘zining XABiga – ayni
shunday tuguniga ega. Misol uchun, Chikago va Denverda «Yunayted Eyrlaynz»
qo‘nib o‘tish manzillari joylashgan. Aviakompaniya «Ti-Vi-Ey»niki esa Sent Luisda,
«Ameriken Eyrlaynz» esa Dallasda joylashgan. Bu joylarda ushbu aviakompaniyalar
amalga oshiradigan juda ko‘p reyslar boshlanadi va yakunlanadi. Uzoq uchishlarda
esa samolyotlar almashtiriladi. «Delta» Eyrlaynz aviakompaniyasi foydalanadigan
tranzit transport tuguni Atlantada joylashgan.
Yo‘nalishlarning Markaziy-radial tizimi albatta yo‘lovchilarga ham, yuk
tashuvchilarga ham qulaylik tug‘diradi. Uchishlar soni ko‘payadi, mashina parkidan
samaraliroq foydalaniladi: bekor turishlar qisqaradi, yuklanish o‘sadi. Bu
qulayliklarning barchasi aeroportda tranzit yo‘lovchilarni kutish davomiyligi
minimumga tushirilgandagina samara beradi.
Qulayliklarga ega Markaziy – radial marshrutlar sxemasi vaqt o‘tishi bilan
ko‘zda tutilmagan oqibatlarga ham olib keldi. U Amerika aviatashishlar bozorini
kelgusida monopollashtirishda foydalanishdi. Ularning har biri o‘zining tranzit
transport tuguniga ega. Ularga boshqa aviatashuvchilarning kirishi juda cheklangan
va undan bozorga chiqishda to‘siq va raqobatchi o‘rnini zaiflashtirish uchun
foydalaniladi. AQShda tartibga solish siyosati o‘zgargandan boshlab o‘tgan besh yil
ichida «Pan Ameriken» va «Istern» kabi aviakompaniyalar bozordan siqib chiqarildi.
Vaholanki ular bozorning katta segmentini nazoratda ushlab turishgandi. Moliviy
qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar bankrotligi to‘g‘risidagi
qonunga muvofiq ular endi o‘z terminallari va samolyotlarini sotishga majbur edi.
Ularni «Ameriken Eyr-laynz», «Yunayted Eyrlaynz» va «Delta Eyrlaynz»
kompaniyalari sotib oldilar. Bu uch kompaniya bugungi kunda AQSH ichki
bozorining 60 % ni nazorat qilib turishibdi, ilgari bu ulush 30 % dan oshmasdi.
Monopollashtirish jarayonlari aviatariflarning oshirilishi bilan kechdi. Havo
transportini liberallashtirish ketidan narxlar kamayishi ro‘y berganda uchishga va
sayohat qilishga otlangan shaxslar yutishgandi, lekin keyinchalik aviatariflar yana
o‘sa boshladi.
Monopollashtirishning kuchayishdan tashqari, marshrutlar markaziy-radial
sxemasi yana shunga olib keldiki, ko‘pgina yirik shaharlar qo‘nib o‘tilmasligi sababli
178
avia aloqasiz qoldi. Qo‘nib o‘tilmaslik esa ko‘pgina yo‘lovchilarni boshqa
samaholyotlarda uchish uchun odamlar gavjum markaziy aeroportlarga kelishga
majbur etdi. Ana shunday sharoitda aviakompaniya bozorga mutloqa yangi
«ortiqchasiz uchish» konsepsiyasi bilan chiqdi. HABlardan voz kechib, u past
narxlarda hududiy reyslarni bajara boshladi. Bu strategiya birinchi bo‘lib,
«Sautvestern Eyrlaynz» aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. U Texas
shtatini yaqin atrofdagi rayonlar bilan bog‘lovchi uzoq davom etmaydigan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri marshrut ochdi. Ko‘p o‘tmay aviakompaniya o‘z faoliyatini butun mamlakat
miqyosida keng yoydi. Mayda hududiy korxonadan qiymati 4 mlrd. Amerika dollari
bo‘lgan konsernga aylandi. Bu Shimoliy-Amerika firmalari o‘rtasida daromad rasman
qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
«Sautvester Eyrlaynz», uning izidan boshqa avia kompaniyalar ham nafaqat
marshrutlar sxemasini, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatishning butun tizimini qayta
ko‘rib chiqdilar. Ular biletlarni o‘tkazish taloniga almashtirdilar. Yo‘lovchilarni
tinkani quritadigan registratsiya tashvishlaridan xolos etdilar. Harajatlarni qisqartirish
maqsadida parvoz davomida ovqatlantirish va salqin ichimliklar taklif etishdan voz
kechildi. Komission agentlarni tejash uchun biletlarni bevosita telefon orqali sotishga
o‘tildi. Ular past narxlarda kamtarona xizmatlarni taqdim etadi. Chunki ularni ko‘p
hollarda «Firmali emas» deb ataydilar. Bugungi kunda bunday tipdagi
aviakompaniyalar AQSH ichki marshrutlarning yarimigacha xizmat ko‘rsatmoqda.
Bozorda yangi o‘yinchilarning paydo bo‘lishi tariflar dinamikasida o‘z aksini
topdi. Nofirma aviakompaniyalar AQShda ichki kiruvchilarni tashishda narxni
tushirishga muvaffaq bo‘ladilar. Bu shubhasiz dam olish va ko‘ngil ochish maqsadida
turizmni rivojlantirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kategoriyadagi turistlar
ishbilarmonlardan farqli ravishda avia tariflar o‘zgarishga juda sezgir. Ular uchun
hashamdan ko‘ra, narx darajasi muhimroq.
Nofirma aviakompaniyalar tomonidan kiritilgan innovatsiyalar, balki
jahondagi boshqa mamlakatlardan o‘zlashtirib olingandi. «Yunayted Eyrlaynz» va
«Lyuftganza» yo‘lovchi tashishning biletsiz tizimiga o‘tdi. «Singapur Eyrlaynz»
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur va Pinang yo‘lovchilarni qayd qilish
(registratsiya) qilishni soddalashtirdi.
Bu ish maxsus bo‘limga olib kelinadigan kredit kartochkalarini ko‘rsatish
bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qayta
tartiblanish
natijasida
mustahkamlangan
Shimoliy
Amerika
aviakompaniyalari jahonda havoda tashish bozori sarhadlaridan oshishiga intildi.
1990 - yillar boshida ular uchish mashinalari eng yirik parklari bilan jihozlangan va
xalqaro va ichki yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha yetakchilik qilgandi.
Tashqi bozorda o‘z aviakompaniyalari harakatiga hamkorlik qilgan AQSH
«ochiq osmon» tashabbusi siyosati bilan chiqdi. Shimoliy Amerikani jahonning
boshqa hududlari, eng avvalo Yevropa bilan bog‘lovchi xalqaro yo‘nalishlarida
havoda tashishda qayta tartib o‘rnatish va aviaxizmatlarning Yevropa bozorini
liberallashtirish ko‘zda tutilgandi.
Yevropa aviakompaniyalari ta’sir doirasi cheklanib qolish xavfi ostida qoldi.
Hatto AQSH aviakompaniyalarining kuhna dunyoda yo‘lovchi tashishda 10%
ishtiroki ham Yevropa osmonlarini Amerika tomonidan monopollashtirib olish uchun
179
yetarli edi. Shu bilan birga aviatransportni liberallashtirish ustunliklari yaqqol edi.
1992 yilda 12 ta Yevropa davlatlari transport vazirlari «Osmon ochishga», Birlashgan
Yevropa ichki havoda tashishlarga yangi qoidalar joriy etishga va uning
chegaralarida proteksionist to‘siqlarni saqlab qolishga qaror qildilar.
EIda havo transportini qayta tartiblashdan maqsad quyidagilarga erishish edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |