3-mavzu: ZAMONAVIY TA’LIM–TARBIYANING MOHIYATI, TAMOYILLARI,
MAZMUNI VA METODLARI
Reja:
1. Didaktika haqida tushuncha
2. Ta’lim-arbiya nazariyasi va mazmuni
3. Ta’lim-tarbiya tamoyillari va ularga tavsif
4. Ta’lim-tarbiya metodlari va ularning mazmuni
5. O‘zbekistonda ta’limni isloh qilish tamoyillari va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” ning asosiy yo‘nalishlari
1. Didaktika haqida tushuncha. Ta’lim mazmuni
Ta’lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri
bo‘lib u o‘qitish, bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan
shug‘ullanadi. Ta’lim nazariyasini “Didaktika” tushunchasi bilan ham
ifodalanadi. “Didaktika” so‘zi grekcha “Didasko” so‘zidan olingan bo‘lib,
“Uqitish, o‘rgatish” degan ma’noni bildiradi. Didaktikaning o‘rganish ob’ekti
o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, o‘qitish
tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati
tarixan to‘plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga etkazish, avlodlar
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ma’lum tizim orqali amalga oshirish bo‘lib
hisoblanadi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |