O'zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-mavzu: PEDAGOGIKANI O‘RGANISH ZARURIYATI



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet433/723
Sana03.09.2021
Hajmi2,47 Mb.
#163506
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   723
Bog'liq
542e7b2351cd3

1-mavzu: PEDAGOGIKANI O‘RGANISH ZARURIYATI
Reja:
1. Pedagogika fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va uni o‘rganish muammolari
2. Pedagogika fanining tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan munosabati
3. Pedagogikaning tadqiqot metodlari va uning asosiy kategoriyalari
4. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablar. Pedagogik faoliyat, mahorat 
va qobiliyat
1. Pedagogika fanini predmeti, maqsadi, vazifalari va uni o‘rganish muammolari
Kelajagi   buyuk   davlatni   qurayotgan   kishilarning   tafakkuri,     yangi   iqtisodiy 
munosabatlarni tiklashga, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib doimo yonib 
yashash  hissi   bilan   sug‘orilgan   bo‘lishi   lozim.   Mana   shunday   ijobiy   xislatlarga   boy  insonni 
tarbiyalash pedagogika o‘quv yurtlarining, o‘quv muassasasi, litsey, gimnaziya, kollej, institut va 
universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Buyuk alloma A.Avloniy ta’kidlaganlaridek: «Tarbiya biz uchun yo hayot. yo mamot, yo 
najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Haqiqatan ham inson hayotini saodatga, sof 
insoniy faoliyatga erishishida tarbiyaning roli nihoyatda muhim.
YOshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, 
o‘chmas   merosimizga   mehr-muhabbat   ularga   sodiqlik   ruhini   shakllanitira   olsak   har   birimiz 
uchun ijobiy natija bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi.
Buning   uchun   avvalo   milliy   g‘urur,   milliy   ong,   milliy   g‘oya,   ma’naviyat,   yuksak 
madaniyat egasi kabi tushunchalarni yoshlarning ongiga singdirishimiz lozim. CHunki tarixni 


bilmasdan, o‘rganmasdan undan ruhiy, ma’naviy ozuqa olmasdan turib, kelajakni, kelajakdagi 
orzu umidlarga erishib bo‘lmaydi.
Demak,   Pedagogika   fanining   predmeti,   o‘qitishning,   ta’lim-tarbiyaning   zamonaviy 
qonuniyatlari,   mazmuni,   usullari,   vositalari   bilan   kishilarni,   yoshlarni,   mutaxassislarni 
qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun ham uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari 
dunyoning   moddiy-ma’naviy   rivojida   shaxs   kamoloti   uyg‘unligi   qonuniyatlari   va   davlatning 
zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
Tarbiya jamiyatning vazifasi bo‘lib, u faqat ishlab chiqarish munosabatlari ta’sirida emas, 
balki turli tarixiy davrlarda ilgari suriladigan u yoki bu tarbiya nazariyasining g‘oyalari ta’sirida 
aniq   shaklga   ega   bo‘ladi,   shuning   uchun   ham   ko‘p   jihatdan   ma’rifatchi   va   pedagoglar 
faoliyatining natijasini ifodalaydi. Agar tarbiya alohida mustaqil vazifa sifatida kishilik jamiyati 
paydo   bo‘lishi   bilan   birga   tarkib   topgan   bo‘lsa,   ta’lim   nazariyasi   fan   sifatida   bir   muncha 
keyinroq shakllangan.
Tarbiya jamiyat hayotida sezilarli rol o‘ynaydi. Jamiyatda tarbiya jarayonida to‘plangan 
tajribani   umumlashtirish   ehtiyoji   tug‘ilib,   o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodni   hayotga   tayyorlash 
imkonini beradigan maxsus o‘quv yurtlarini ochish zaruriyati paydo bo‘lishi bilan birga, ta’lim 
nazariyasi ham fan sifatida rivojlana boshladi.
Ibtidoiy jamoa davrida ham ijobiy tarbiya tajribasini ommalashtirishga urinish ko‘rtaklari 
bo‘lgan.   Masalan,   kattalar   va   yoshlar   o‘rtasidagi   munosabatlar   bilan,   keyinroq   turli   odat   va 
marosimlar bilan bog‘liq o‘zini tutishning ba’zi bir ko‘rinishlari shakllana boshlagan.
Qadimiy va O‘rta SHarq adabiyoti namoyondalari orasida nazariy-pedagogik tusga ega 
qator ilmiy qarashlar mavjud bo‘lgan. Ular orasida Al-Farobiy, Alisher Navoiy va boshqalarning 
asarlarini misol keltirish mumkin.
Feodalizm   davrida   tarbiya   asosan   din   ta’sirida   bo‘lgan.   SHuning   uchun   ham   ta’lim 
nazariyasining asosiy g‘oyalari diniy ilm orqali ifodalangan.
Tarbiya   nazariyasining   g‘oyalari   ancha   oldindan   ilgari   surilgan   bo‘lishiga   qaramay 
pedagogik ilmiy bilim-fan sifatida bir oz keyin shakllangan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi buyuk chex pedagogi YAn-Amos Komenskiy 
(1592-1670)   nomi   bilan     bog‘liqdir.   Komenskiy   tomonidan   taklif   etilgan   tamoyillar,   ta’lim 
jarayonining shakl va uslublari «Pedagogika»ning oltin fondiga kirgan. Uning mashhur «Buyuk 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   723




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish