O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


Introvert va ekstravertlar o„rtasidagi farqlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/167
Sana19.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#930261
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   167
Bog'liq
25111 (1)

Introvert va ekstravertlar o„rtasidagi farqlar
Ayzenk o‗zining nazariy konsepsiyalarida katta e‘tiborni aniq 
o‗lchovlarga qaratdi. Bugungi kunga qadar uning ishlarini katta qismi 
introversiya-ekstraversiyaga bog‗liq ravishda shaxs xulq-atvorida farqlar 
mavjud bo‗lish yoki bo‗lmasligini aniqlashga qaratilgan edi
42
.
Ayzenkning ta‘kidlashicha, xulq-atvordagi individual farqlar faktorli 
analiz orqali aniqlanishi, so‗rovnomalar hamda laboratoriya sharoitlarida 
o‗lchanishi mumkin.
Ayzenk nazariyasi doirasidagi test natijalari orqali olingan tadqiqotlarga 
ko‗ra, bir qator e‘tiborga loyiq faktlar keltirilgan. Masalan, ekstravertlar 
introvertlarga qaraganda, og‗riqqa ancha chidamli bo‗lib, ish paytida suhbat 
qurish va kofe ichish uchun ko‗proq pauza qilishadi. Ulardagi qo‗zg‗alish 
harakat va faoliyatlarini samarali bo‗lishini ta‘minlasa, bu narsa 
introvertlarga to‗sqinlik qiladi
43
.
Ekstravertlar va introvertlar o‗rtasidagi ba‘zi bir empirik o‗rnatilgan 
farqlar quyida keltiriladi.
• 
Introvertlar nazariy va ilmiy ko‗rinishga ega bo‗lgan faoliyat turlari 
bilan shug‗ullanishni yoqtirishsa (masalan, injenerlik ishlari va ximiya kabi), 
ekstravertlar esa insonlar bilan ishlashni ma‘qul ko‗rishadi (masalan, savdo-
sotiq ishlari, ijtimoiy xizmat).
• 
Kolledjda 
introvertlar 
ekstravertlarga 
qaraganda 
ko‗proq 
muvaffaqiyatlarga erishishadi. Kolledjni psixiatrik sabablarga ko‗ra 
qoldiradigan studentlarning aksariyati introvertlar bo‗lsa, akademik 
sabablarga ko‗ra qoldiradiganlarining asosiy qismini ekstravertlar tashkil 
qiladi.
• 
Introvertlar ertalab o‗zlarini ancha tetik his qilishsa, ekstravertlarda 
bunday holat kechqurun kuzatiladi. Bundan tashqari, introvertlar ertalablari 
yaxshi ishlashadi, ekstravertlar esa kunning ikkinchi yarmida.
Introvertlar va ekstravertlar o‗rtasidagi asosiy farqlardan biri ularning 
stimullarga bo‗lgan sezgirligidir. Bu farq ―limon tomchisi testi‖ yordamida 
oson aniqlanishi mumkin. Agar bir odamning og‗ziga 4 tomchi limon suvi 
tomizilsa, introvertlarda ekstravertlarga qaraganda ikki baravar ko‗p so‗lak 
ajralar ekan. Bu holat introvert va ekstravertlar fiziolik faoliyati bilan bog‗liq 
hisoblanadi. Ayzenkning fikricha, introvert hamda ekstravertlarning 
42
Boeree C. G. G. Hans Eysenck /Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University. 
1997. – Р.6
43
/Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg
Р.6 


154
stimullarga bo‗lgan reaksiyasidagi farqning asosiy sababi ularning bosh miya 
stvolidagi retikulyar formatsiyaning faoliyatiga bog‗liq.
Ayzenkning shaxsning to‗liq suratini yaratishda qilgan sa‘yharakatalari 
tahsinga sazovordir. Ko‗pchilik psixologlar uni ilmiy asoslangan shaxs 
strukturasi modelini yaratishda birinchi darajali mutaxassis deb hisoblashadi. 
O‗zining har bir ishida Ayzenk, individual xulqdagi farqlarni tushuntirishda 
neyrofiziologik hamda genetik omillar roliga e‘tibor qaratgan. Bundan 
tashqari, uning ta‘kidlashicha, ishonchli shaxs nazariyasi yaratishdagi asos – 
bu aniq o‗lchov ishlari hisoblanadi. Shuningdek, uning kriminologiya, ta‘lim, 
psixopatologiya va xulqdagi o‗zgarishlar sohalaridagi tadqiqotlarini alohida 
tahkidlab o‗tish joiz. Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, Ayzenk 
nazariyasining shuhrati hali bundanda yuqoriga ko‗tarilib, olimlar tomonidan 
uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan mukammallashtirish davom etadi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish