O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


Xususiyat va tiplarning neyrofiziologik asoslari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/167
Sana19.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#930261
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   167
Bog'liq
25111 (1)

Xususiyat va tiplarning neyrofiziologik asoslari
Ayzenk ishlaridagi eng e‘tiborga loyiq jihatlardan biri – bu uning shaxs 
xususiyatlari yoki tiplarining neyrofiziologik asoslarini topishga harakat 
qilishi bo‗ldi. Introversiya-ekstraversiya bosh miya qobig‗i aktivatsiyasi bilan 
bog‗liq. Bu narsa elektroensefalografik tadqiqotlarda ko‗rilgan. Ayzenk 
―aktivatsiya‖ terminini qo‗zg‗alish darajasini aniqlash maqsadida qo‗llagan. 
Bu qo‗zg‗alish darajasi quyi chegaradan (uyqu holati) yuqori chegaragacha 
(vahimalanish holati) o‗zgarishi mumkin. Uning fikricha, introvertlar o‗ta 
qo‗zg‗aluvchan, ya‘ni tashqi stimullarga nisbatan yuqori darajada sezgir 
bo‗lishadi. Shu sababdan ham, introvertlar ularga kuchli ta‘sir qiluvchi 
holatlardan qochishga harakat qilishadi. Va aksincha, ekstravertlar esa 
unchalik qo‗zg‗aluvchan bo‗lmay, tashqi stimullarga nisbatan sezgir emas. 
Shuning uchun ham ekstravertlar doimo ularni qo‗zg‗ata olishi mumkin 
bo‗lgan holatlarni qidirishadi.
40
Р.7 


151
Ayzenkning fikricha, barqarorlik-neyrotizm bo‗yicha individual farqlar 
avtonom nerv sistemasining stimullarga bo‗lgan reaksiyasi kuchini aks 
ettiradi. Xususan, u bu holatni motivatsiya va emotsional xulqqa ta‘sir 
qiluvchi limbik sistema bilan bog‗laydi. Neyrotizm yuqori bo‗lgan shaxslarda 
barqaror shaxslarga nisbatan kasalliklarga, xavotirli vaziyatlarga reaksiya 
tezroq bo‗ladi. Bunday toifa shaxslarda stimullar yo‗qolishiga qaramay 
reaksiya uzoq mudat davom etishi ham mumkin.
Psixotizm sabablarini aniqlashga bag‗ishlangan tadqiqotlar hali 
nihoyasiga yetmagan. Lekin shunga qaramay, Ayzenk gipotezesiga ko‗ra, bu 
holat anrogen ishlab chiqarish tizimi (ichki sekresiya bezlari ishlab 
chiqaradigan kimyoviy moddalar bo‗lib, qonga tushganda erkaklarning jinsiy 
belgilari rivojlanishi va saqlanishini boshqaradi) bilan bog‗liqdir. Ammo bu 
sohadagi empirik tadqiqotlar juda kam bo‗lib, jinsiy gormonlar va psixotizm 
aloqasi haqidagi Ayzenk gipotezasini tasdiqlash yetarli emas.
Ayzenk tomonidan taklif etilgan shaxs xulq-atvorining neyrofiziologik 
interpretatsiyasi uning psixopatologik nazariyasi bilan bog‗liqdir. Turli xil 
simptomlar va buzilishlar shaxs nerv sistemasining funksiyasiga bog‗liq. 
Misol uchun, yuqori darajadagi introversiya va neyrotizmga ega shaxsda 
obsessiv-kompulsiv buzilishlar, shuningdek, fobiyalar kabi xavotirli holatlar 
bilan bog‗liq kasalliklarning rivojlanish ehtimoli yuqoridir. Va aksincha, 
yuqori darajadagi ekstraversiya va neyrotizmga ega shaxslarda psixopatik 
(antisotsial) kasalliklarga chalinish ehtimoli kuchli. Lekin, Ayzenk shuni 
qo‗shimcha qilib aytadi-ki, insondagi psiik buzilishlar uning genetik 
tuzilishining avtomatik natijasi emas. Genetik irsiylik shaxs ma‘lum bir 
vaziyatlarga tushganda o‗zini qanday tutishiga sababchi bo‗ladi. Ayzenkning 
fikricha, psixik buzilishlar genetik asosga ega bo‗ladi, lekin atrof-muhit 
omillari uni rivojlanishini ma‘lum darajada o‗zgartirishi mumkin.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish