124
bergandan keyin ma‘lum mustahkamlash bo‗ladi degan fikriga ko‗ra ta‘sir
ko‗rsatadi.
3.
Insonning xulq-atvoriga inson uchun ahamiyatli bo‗lgan
mustahkamlash (chet ta‘sirlar), qadriyatlar ta‘sir ko‗rsatadi.
4.
Insonning xulq-atvoriga uning shaxs tipi,
uning lokus nazorati
ta‘sir ko‗rsatadi.
Shuningdek, DJ.Rotterning ta‘kidlashicha, xulqiy potensial ―texnik
mavjud‖ bo‗lgan beshta asosiy reaksiyalar blokini o‗ziga qamrab oladi:
1.
Muvaffaqiyatga erishganlikka yo‗naltirilgan, natijada sotsial
e‘tirof etishni asoslashga xizmat qiladigan xulqiy reaksiyalar.
2.
Ijtimoiy me‘yorlar, boshqa insonlarning talablarisha moslashish
bilan bog‗liq adaptatsiyani ta‘minlovchi xulqiy reaksiyalar.
3.
Ayni
damdagi
vaziyatning
ta‘sirida
foydalaniladigan
himoyalovchi xulq-atvor reaksiyalari.
4.
―Zo‗riqish maydonidan chiqish‖, qochish, dam olishga yo‗nalgan
qochish texnikasini ifodalovchi xulq-atvor reaksiyalari.
5.
Agressiv xulq-atvor reaksiyalari-boshqalarning tanqidi, kinoyasi,
pichingi, qiziqish va manfatalariga zid harakatiga
nisbatan jismoniy
agressiyaning namoyon bo‗lishi.
DJ.Rotter singari A.Bandura ham shaxs muammosiga o‗ziga xos
yondashuvlarini taqdim eta oldi. A.Bandura bixeviorizmning S R
sxemasiga o‗zining to‗rta oraliq reaksiyasini kiritdi:
1.
Taqlid uchun harakat namunasiga bolaning e‘tibori. Aniqlik,
farqlanuvchanlik, emotsional jozibadorlik, funksional ahamiyatga egalik
namunaga qo‗ladigan talablardir.
2.
Namuna, xulq-atvor modeli ta‘siri haqidagi ma‘lumotlarni
saqlovchi xotira.
3.
Bolaning taqlid namunasini
idrok qilishi uchun sensor
imkoniyatlar va harakat ko‗nikmalariga ega bo‗lishi.
4.
Bolaning taqlid modelini bajarishi uchun xohish-istaklarini
belgilovchi motivatsiya.
Bola ilk davrlaridagi uning shaxsiy muvaffaqiyatlari o‗zining boshqalar
kutayotgandek tutishiga tayyorligiga bog‗liq. U ota-onasi kutayotgandek va
unga qoniqish keltiradigan harakatlarni amalga oshirib boshlaydi va
boshqalarnikidek harakatlanishni boshlaydi.
Bandura taqdim etgan sotsial kognitiv nazariyaga ko‗ra tashqi va sotsial
muhit insonning xulq-atvoriga ta‘sir ko‗rsatadi,
u inson faolityatining
mahsuli sanaladi.Demak, inson o‗zining xulq-atvori tufayli atrof olmani
o‗zgartiradi, o‗zining muhitiga va shaxsiy xulqatvoriga ta‘sir ko‗rsatadi.
Inson o‗zining xulq-atvor oqibatlarini ko‗ra oladi, oldindan kutilish mumkin
125
bo‗lgan xavf-xatarning odini olishga harakat qiladi va bo‗lg‗usi natijalarni
timsolini hosil qiladi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‗rinadiki klassik bixeviorizm, ularning
zamonaviy izdoshlari –sotsial kognitiv nazariya vakillari shaxs muammosiga
nisbatan yondashulari bilan boshqa shaxs nazariyalaridan o‗zlarining
g‗oyalaridagi metodologik masalalar va tadqiqot metodlari bilan farq
qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: