116
— impilitsit yoki yashirin reaksiyalar (masalan,
ichki tafakkur, ichki
nutq);
— instinktiv va emotsional irsiy (masalan, aks urish, uxlash);
— yashirin irsiy xarakatlar (masalan, organizmning hayot tarzi).
Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o`ziga
xoslikka ega:
3. Bixeviorizm metodlari
Psixoterapiyadagi
bixevioral
yondashuv
eng
oddiy
holatlarda
qo‗llaniladistandart fobiyalardan qutilish, zararli odatlardan qutulish, kutilgan
xulqni shakllantirish. Murakkab shaxs muammolarida
mazkur yondashuv
unchalik samara bermaydi.
1. Bixeviorizm motivasiya modelini topish bilan shug‘ullanib va
xulq prinsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda
kashf etilgan xulq motivasiyasi qonuniyatlariga asoslanib insonning
xulq motivasiyasi yuzasidan xulosa chiqarishga harakat qiladi.
2. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga
biologik jabhada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy
mohiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi.
3. Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo‘lgan xulqning
umumiy prinsiplarini topishga intiladi.
4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini
ifodalovchi o‘ziga xosligini yo chetlab o‘tadilar yoki o‘ta sodda
tarzda izohlashga moyildirlar.
5. Hayvonlarning xulq motivasiyasi shakllarini juda sodda tarzda
tushuntirishga asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va
boshqa bir sifat bosqichidagi motivasiyasiga ko‘chirish ishonchli
dalillarga ega emas.
6. Inson motivasiyasini o‘rganishda foydalanilayotgan
bixeviorizmning tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar,
organizmni qitiqlovchi tug‘ma eshtiyojlar kabilar odamning
motivasiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki ocha oladi,
xolos.
117
Bixeviorizm introspeksiyani inkor etadi va quyidagi metodlarni
qo‗llashni tavsiya etadi:
•
Oddiy kuzatish;
•
Test;
•
So‗zma-so‗z qayd etish;
•
SHartli reflekslar
metodi
Oddiy kuzatish metodi o‗z-o‗zini kuzatish metodiga teskari ravishda
joriy etiladi. Unga ko‗ra, introspeksiyadan ko‗ra oddiy kuzatish orqali shaxs
haqida to‗liqroq ma‘lumot to‗plash mumkin.
Test o‗tkazish orqali inson psixologik xususiyati haqida to‗liq ma‘lumot
to‗plash mumkin.
So‗zma-so‗z qayd etish metodi biroz murakkabroqdir. Uni qo‗llash
introspeksiyaning muhim tomonini yoritib beradi. Dj.Uotson o‗zining
qarashlarida chuqur psixologik jarayonlarni kuzatishni rolini inkor etmaydi.
Uning fikricha, kuzatish mumkin bo‗lgan xulq atvorni nutq va o‗z
fikrini
so‗zlarda aks ettirish uni chuqurroq tahlil qilishga yordam beradi. Obektiv
kuzatib bo‗lmaydigan holatlar bular qatoriga kirmaydi (fikrlar, obrazlar,
sezgi). Olimlar mazkur jarayonlarni tabiiy va maxsus yaratilgan laboratoriya
sharoitlarida kuzatadilar. Ular o‗zlarining eksperimentlarining
aksariyat
qismini hayvonlarda o‗tkazib, ularni to‗g‗ridan-to‗g‗ri inson xulq-atvoriga
ko‗chirib o‗tkazadilar. Hayvonlardagi tajribalar oraliq omillar va ichki
yashirin motivlar tajriba natijalarini tahlilini osonlashtirgan.
SHartli reflekslar metodi Pavlov va Sechenov ta‘limotini to‗g‗ridan-
to‗g‗ri tushunish imkonini beradi. Uotson stimul va qo‗zg‗atuvchiga reaksiya
orasidagi qonuniyatni o‗rgangan va uning oddiygina ―stimul-javob‖ tarzidagi
bog‗lanishini izohlab bergan.
Bixeviorizmning terapevtik metodlari quyidagilardir:
•
Do'stlaringiz bilan baham: