270
Liderlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar jamoadagi
psixologik iklimning
muhim tomonidir. Bundan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga jamoa
a‘zolari o‗rtasidagi shaxslararo munosabatlar ham katta ta‘sir ko‗rsatadi. Bunda
jamoa a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning qanchalik chuqur bo‗lishi
muhim rol uynaydi. Bu jihatdan o‗zaro munosabatlarning 3 hil darajasini ajratib
ko‗rsatish mumkin:
1
- daraja: simpatiya yoki antipatiya asosida vujudga keluvchi o‗zaro
munosabatlar.
2
- daraja: ish yoki o‗qish yuzasidan bo‗ladigan o‗zaro munosabatlar.
3
- daraja: insoniy munosabatlar yoki chuqur ishonchga asoslangan
o‗zaro munosabatlar.
Jamoadagi normal psixologik iqlimni belgilovchi bevosita ko‗rsatkichlar
ham mavjud:
• Jamoadagi erkinlik atmosferasi.
• Muloqot turli shakllarining mavjudligi.
• Umumiy maqsadni tushunish va unga erishishga intilish.
• Fikr - mulohazalarni ochiqchasiga aytish imkoniyatining mavjudligi.
• Tanqid qilish erkinligi. Nizolarning ham mavjud bo‗lishi.
• Jamoa a‘zolari o‗rtasida vazifalarning to‗g‗ri taksimlanishi.
• Boshliqning norasmiy lider bo‗lishi.
• Hodimlar qo‗nimsizligining kamligi.
Bulardan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga bir qancha omillar ta‘sir
ko‗rsatishi mumkin.
Uquvchi,
talabalar
jamoasidagi
ma‘naviy
psixologik
iqlimning
tashkilotchisi - o‗qituvchi, guruh rahbari hisoblanadi. Har bir guruh rahbari
jamoada normal psixologik iqlimni yaratish uchun unga ta‘sir etuvchi omillarni
yahshi bilishi zarur. Chunki yahshi tashkil etilgan jamoada normal psixologik
iqlim mavjud bo‗lganda guruh a‘zolarining o‗zlashtirishi,
tartib -intizomni
saqlashi ham yahshi yo‗lga qo‗yiladi.
Guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o‗rganishda kuzatish,
eksperiment va suhbat metodlaridan foydalaniladi. Shaxslararo munosabatlarni
o‗rganish metodlaridan yana biri - sosiometriya metodidir. Bu metodning
mohiyati shundan
iboratki, inson u yoki bu ko‗rsatkich bo‗yicha guruh a‘zolarini
tanlaydi, qilingan tanlashlar asosida kishining
guruhdagi shaxslararo
munosabatlar tizimida tutgan o‗rni haqida hulosa chiqaradi. Demak,
sosiometriya metodi yordamida guruh a‘zolari o‗rtasidagi simpatiya yoki
antipatiyani aniqlash mumkin, sociometriya metodini operativ tarzda o‗tkazish,
uning natijalarini esa matematik ravishda qayta ishlash va grafik tarzda ifodalash
mumkin.
Sosiometriya metodini tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda
uning ba‘zi kamchiliklarini ham ko‗rsatib o‗tish zarur. Asosiy kamchilik
271
shundan iboratki, sosiometriya metodi mavjud munosabatlar to‗zilishining
sabablarini aniqlash imkonini bermaydi. Shuning uchun ham sosiometriyadan
olingan ma‘lumotlar kuzatish, suhbat, psixologik - pedagogik eksperiment
natijalari bilan to‗ldirilishi lozim.
Sosiometriya metodidan guruh jamoa a‘zolari o‗zaro
bir-birlarini yahshi
bilgan holatlardagina bo‗ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o‗rnini
aniqlash, birlamchi guruhlar mavjudligi yoki mavjud emasligini topish,
birlamchi guruhlarning paydo bo‗lish va tarqab ketish sabablarini aniqlash
mumkin.
Sosiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga
qilinadigan ishlar yoki guruh a‘zolarining ishlarini birgalikda bajarishga
hohishlari to‗g‗risida savollar beriladi. Beriladigan
savollar tanlash
ko‗rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz ko‗rsatkichlar farqlanadi. Kuchlshari
chukur va barqaror munosabatlarni, kuchsizlari esa yuzaki va beqaror
munosabatlarni aniclashga imkon yaratadi.
Kuchli va kuchsiz ko‗rsatkichlar mazmun jihatdan turlicha bo‗lishi
mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa natija, ya‘ni sherik tanlashdir.
Sosiometrik tadqiqotdan olingan ma‘lumotlar asosida sosiogrammalar
to‗ziladi. Agar guruh a‘zolari soni 20 tadan ko‗p bo‗lsa,
sosiometrik matrisa
to‗zish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, natijalarni grafik ravishda,
zanjir, uchburchak yoki yulduzcha shaklida ham ifodalash mumkin. Shunday
qilib, sosiometriya metodi ob‘ektiv va aniq ma‘lumotlar, ya‘ni shaxsning guruh
yoki jamoadagi real holatini aks ettiruvchi ma‘lumotlar olishga imkon beradi va
amaliy maqsadlarda foydalanishi mumkin.
Guruh
— bu muayyan belgiga, masalan birgalikda faoliyat ko‗rsatishning
mumkinligiga va uning harakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar
asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham
shunga muvofiq tarzda bo‗lib, kichik va katta guruhlarga bo‗linadi - o‗z
navbatida
ular ham real, shartli, formal hamda noformal, rivojlanish darajasi
turlicha bo‗lgan, ya‘ni, rivojlangan va etarli darajada rivojlanmagan yoki kam
rivojlangan guruhlartg. bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: