O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O„ZBEKISTONDA SEYSMIK JARAYONLAR. SEYSMIK



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

O„ZBEKISTONDA SEYSMIK JARAYONLAR. SEYSMIK 
XARITALASH 
Aksariyat hollarda zilzila bo‗lib o‗tgandan so‗ng xavf to‗g‗risidagi 
tasavvurimiz keyingi zilzilagacha so‗nib boradi. Ya‘ni, faqat zilzila sodir 
bo‗lganidagina unga tayyorgarlik ko‗rish, ma‘lum chora-tadbirlarni 
amalga oshirish to‗g‗risida o‗ylab qolamiz. Vaholanki, O‗zbekiston 
zamini yuqori seysmik faollashgan zonada bo‗lganligini e‘tiborga olgan 
holda zilzila to‗g‗risida aholiga yetarli ma‘lumot berishning o‗zi shu 
xavfning oldini olish borasida bajarilishi lozim bo‗lgan tadbirlarga katta 
hissa qo‗shishga olib keladi. 
Muammoning muhimligiga birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
ham e‘tibor berib ―O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka 
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ kitobida shunday 
yozadilar: ―O‗zbekiston seysmik jihatdan faol zonada joylashgan bo‗lib, 
tabiiy falokatlarning achchiq oqibatlarini bir necha bor boshdan 
kechirgan. Shu sababli olib borilayotgan tadqiqotlarning yetakchi 
yo‗nalishlaridan biri seysmologiya va inshootlarning zilzilaga 
bardoshligi bo‗yicha nazariy va amaliy ishlar hisoblanadi‖. 
Shu maqsadda zilzilaning yuzaga kelish sabablari, tarixi va hozirgi 
vaqtdagi geografik o‗rni to‗g‗risida batafsil ma‘lumot beramiz. 
Avvalo, zilzilaning yuzaga kelish sabablari turlicha bo‗lib, hozirgi 
vaqtda mukammal o‗rganilgan. Lekin zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti 
qachon, qayerda, qanday kuchlanishda yer silkinishi bo‗ladi, degan 
savolga hamon to‗liq javob berolmayapti. Muammoning o‗ziga yarasha 
obyektiv sir-sinoati va hali-hamon mavhum tomonlari mavjud. 
O‗ylaymizki, bu savollarga XXI asrda albatta javob topiladi. 
Yerning paydo bo‗lishi va uning rivojlanish bosqichlari bilan, 
albatta, yer silkinishlari uzviy bog‗likdir. Yer bo‗laklarining harakati 
tufayli zilzilalar bo‗lgan va hozirgi vaqtda ham bo‗lib turibdi. Yerning 
litosfera bo‗laklari va muhim seysmik zonalari xaritasiga nazar solsak 
ularning deyarli ustma-ust tushishini ko‗ramiz. 
Buning sababi nimada? 
Asosiy sabab, yer bloklari bo‗lingan joylarda (okean o‗rta 
tog‗liklari va quruqlik bloklari tutashgan joylarda) keskin yer harakati 
bo‗lganligi uchun, shu joylarda yer tebranishi kuzatiladi. Yer bloklari 
harakatining sabablari murakkab jarayon bo‗lib, ular yer ichkarisidagi 
qovushqok issiq modda (mantiya)ning harakatidan, yer aylanma harakati 
natijasida hamda issiqlik konveksiyasi natijasida, okean va tog‗liklarda 


97 
yer ichki moddalarining yuqoriga oqib chiqishi va boshqa omillar 
natijasida sodir bo‗ladi. 
Vatanimiz hududlarida esa nisbatan harakatchan tog‗lar 
joylashgani uchun seysmik holat faol hisoblanadi. Yuqorida qayd 
qilingan bloklardan Hindi-Xitoy plitasi Yevrosiyo plitasi bilan 
to‗qnashgan joyda Tyan-SHan va Pomir tog‗lari vujudga kelgan. 
Hozirgi zamon yer harakatlari bu joylarda keskin va faol bo‗lgani uchun 
shu maydonlarda yer qimirlashlari nisbatan ko‗proq uchraydi. 
Ilmiy ma‘lumotlarga asoslanadigan bo‗lsak, seysmik faollik 
kuzatiladigan joylarda zilzilalar ma‘lum qonuniyat asosida bo‗lib, o‗z 
davriyligiga ega ekanligiga guvoh bo‗lamiz. Halokatli zilzilalar vohada 
har 100 yilda bir marta bo‗lishi olimlar tomonidan aniqlangan. Toshkent 
zilzilasining dahshati hali ko‗pchilik aholining yodidan ko‗tarilganicha 
yo‗q. 
Bir necha daqiqada shaharni chang-to‗zon bosib, ko‗pgina 
iqtisodiyot ob‘yektlari, turar-joy maskanlari vayronaga aylandi. O‗sha 
vaqtdagi aniq asboblar tabiiy ofatning kuchini Rixter shkalasi bo‗yicha 8 
ball, magnitudasi 5,3, zilzila o‗chog‗i yer yuzasidan 8000 metr 
chuqurlikda ekanligini ko‗rsatdi
.
―Toshkent‖ seysmik markazining ma‘lumotiga ko‗ra asosiy 
zarbadan so‗ng 3 oy mobaynida 600 dan ortiq yer tebranishlari bo‗lib 
o‗tgan. Tarixiy manbalarga murojaat etadigan bo‗lsak, Toshkent 
zaminida bundan yuz yil avval ham shunday halokat bo‗lganligi qayd 
etilgan. Toshkentlik muarrixning ―Tarixi Jadidayi Toshkand‖ asarida 
ro‗y bergan zilzila to‗g‗risida quyidagicha bayon etiladi: ―O‗ninchi 
zulhijjadan o‗n birinchiga o‗tar kechasi, sahar paytida Toshkand 
shahrida kuchli zilzila sodir bo‗ldi: mozorlarning o‗n bir gumbazi, 
Hazrat Ahror valiy masjidi jome‘ning gumbazi kunpayakun bo‗ldi, ko‗p 
kishilar, g‗aflatda yotgan aholi imoratlar tagida qoldi. Baroqxon 
madrasasi gumbazi tagida to‗rt tolibi ilm mullavachcha halokatga etdi. 
Zilzila yarim soat davom etib so‗ng qaytdi. Xususan oxirgi marta 
silkinishda taxminan to‗rt daqiqa davomida shunday larzaga keldiki, 
agar yana to‗rt dakiqa shu qabilda davom etsa, yer yuzida hech bir tan 
turgan narsa boqiy qolmas edi. Zilzila tinchlangandan keyin ham 
kechalari bedor bo‗lgan kishilarga qariyb bir oy davomida yer harakati 
asari ma‘lum bo‗lib turdi‖. 
Matnda zilzila bo‗lgan vaqt hijriy 1282 yil deb ko‗rsatiladi. Ayrim 
asarlarda milodiy 1866 yoki 1868 yillar deb qayd qilingan. 


98 
Vatanimiz va unga tutash bo‗lgan maydonlarning yer qimirlash 
tarixi juda boy va ular to‗g‗risidagi ma‘lumotlar Fanlar 
Akademiyasining 
Sharqshunoslik 
va 
Seysmologiya 
institutlari 
fondlarida saqlanayotgan noyob qo‗lyozmalarda o‗z aksini topgan. 
O‗lkamizda sodir bo‗lgan yer qimirlash haqidagi dastlabki ma‘lumotni 
Abu Said Gardiziyning ―Kitobi Zayn al-Axbor‖idan Farg‗onadagi zilzila 
haqida, Zahiriddin Muhammad Boburning ―Boburnoma‖sidan Farg‗ona, 
Andijon, Toshkent, Zarafshon va Samarqand shaharlaridagi kuchli 
zilzilalar haqida; Muxammad Toxir ibn Abdul Qosimning ―Ajoyibot 
Tabokat‖ asaridan Axsikentdagi zilzila to‗g‗risida; Muhammad Yoqub 
ibn Muhammad Danial-biyning ―Gulshanim-mulk‖ asaridan Urgut 
qo‗rg‗onidagi zilzila haqida; Muhammad Hakimxon to‗raning 
―Muntahab at-Tavarix‖ qo‗lyozma asari va boshqa asarlaridan zilzila 
to‗g‗risida ma‘lumotlarni olish mumkin. 
XX asr boshida tarixga ―Andijon fojiasi‖ deb muhrlangan Andijon 
zilzilasi (3 dekabr 1902 y.) 50 ming aholi yashaydigan shaharni bir 
necha soniyada vayronaga aylantirgan. Toshkent zilzilasigacha va undan 
so‗ng respublikamizning turli burchaklarida har xil kuchga ega bo‗lgan 
zilzilalar bo‗lgan va sodir bo‗lmoqda. 
Zilzilalarni o‗rganishga, sir-sinoatlarini yechishga umrini baxshida 
qilgan olim, akademik B.Golitsin ―Zilzilalar yer bag‗rini bir lahza 
yorituvchi chiroqqa o‗xshaydi‖, deb bejiz ta‘kidlamagan. Shubhasiz, 
zilzilalar qanchalik dahshatli bo‗lmasin, ular zaminimizning ayrim 
jumboqlarini yechishga, ilm-fan ravnaqiga katta hissa qo‗shadi. 
Binobarin, zilzilani xavfsiz hayot kechirishimizda, ulardan keladigan 
zararni kamaytirish bo‗yicha doimo hushyorlikka chorlovchi tabiiy 
qo‗ng‗iroqlar deb qarash mumkin. Zilzila to‗g‗risida kengroq 
ma‘lumotlar berar ekanmiz, uning kuchi qanday aniqlanadi, o‗lchash 
ishlari nimaga asoslangan, degan savollarga javob berishga harakat 
qilamiz. 
XV1-XVP asrlardan boshlab zilzila kuchini o‗lchash uchun turli 
usullardan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtgacha ko‗pgina 
mamlakatlarda olimlar tomonidan ellikdan ortiq seysmik shkalalar taklif 
etilgan. Ulardan eng ko‗p tarqalganlari va ko‗pchilik mutaxassislarga 
ma‘qul bo‗lgani uchta bo‗lib, birinchisi 1917 yilda Xalqaro seysmik 
assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli-Kankani-Ziberg 
shkalasi hisoblanadi va undan hozirgacha bir qancha Evropa davlatlarida 
foydalanib kelinmoqda. Ikkinchisi, 1931 yilda AQSH tadqiqotchilaridan 
Vud va Nyumanlar Merkalli shkalasiga bir oz o‗zgartirishlar kiritib, 


99 
mukammallashtirgan 12 balli MM shkalasi hisoblanadi. Uchinchisi 
Rossiyadagi (Sobiq Ittifoq davrida) Yer fizikasi institutida proffessor 
S.V.Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 10 balli GOST-6249-52 
shkaladir. 
1964 yili mavjud seysmik shkalalar boshqa mamlakatlarning 
olimlari bilan birga qayta ko‗rib chiqilishi natijasida Xalqaro seysmik 
shkala ishlab chiqilgan. Xususan, bu ishda S.V.Medvedev (Rossiya), 
V.Shponxoyer (Yena, Olmoniya) va V.Karnik (Praga, Chexiya)larning 
xizmatlari katta. YUNESKOning 1964 yili Parijda o‗tkazilgan Xalqaro 
yig‗ilishida seysmologiya va seysmik bardoshli qurilish bo‗limida 
mazkur shkala foydalanishga tavsiya etilgan. 
Bu so`z seysmik olimlar orasida juda ko`p ishlatiladi. Mamlakat 
iqtisodiyotida juda katta ahamiyatga ega. Xo`sh, seysmik xaritalash 
nima va uning mamlakat iqtisodiyotiga qanday foydasi bor? 
2005-yilda Yaponiyaning Kobe shahrida yuz bergan zilzila 
munosabati bilan o`tkazilgan Xalqaro anjumanda olimlar zilziladan 
himoyalanishning yo`llari haqida gapirib, binolarning seysmik bardoshli 
qilib qurish undan himoyalanishning asosiy omillaridan biri, degan 
xulosaga kelishdi. 
Biroq, bino va inshootlarni, yashash joylarini zilzilaga bardoshli 
qilib qurish aholi va davlatga anchagina qimmatga tushadi. Bu esa 
davlat byudjeti yoki oilalarning iqtisodiga salbiy ta`sir etadi. Chunki, 
olimlar hisob-kitobiga qaraganda bino va inshootlarning 1 ballga 
seysmik bardoshligini oshirish uning jami tannarxini 10-25% gacha 
oshirishni talab qiladi. Deylik, 5 balli seysmik bardoshli imorat 10 mln 
so`mga tushsa, uni seysmik bardoshliligini 6 ballga oshirish 11,0-12,5 
mln so`mni talab etadi. Albatta, bu hol butun bir mamlakat miqyosida 
olib qaralsa, juda katta mablag`ni talab etadi. Yoki 6 balli seysmik 
hududda imoratlar 8 ballga mo`ljallab qurilsa, sarf bo`layotgan ortiqcha 
va foydasiz mablag` hamda uning keltirib chiqarishi mumkin iqtisodiy 
zararni oddiy arifmetika bilan hisob qilish qiyin emas. 
Zilzilalar yuz berishi mumkin bo`lgan hududlarda ortiqcha sarf 
xarajatlarni hamda iqtisodiy zararlarni, insonlar nobud bo`lishini oldini 
olish uchun ham seysmik xaritalash o`tkaziladi. Seysmik xaritalarning 
qanchalik puxta, har tomonlama mukammal qilib tuzilishiga yer va 
uning tuzilishini juda chuqur o`rganish muhim ahamiyatga ega. 
Umumiy 
seysmik 
rayonlashtirish 
bilan 
birga 
seysmik 
mikrorayonlashtirish xaritalarini tuzish lozim bo`ladi. Bu xarita har bir 
joyga zilzila kuchi o`rtachadan qancha ballga farq qilishini ko`rsatadi. 


100 
Bu esa xaritalanayotgan joylarning geologik, tektonik tuzilishiga, tog` 
jinslarning fizik xossalari va tarkibiga, yer osti suvlarining yer sathidan 
qanchalik chuqurlikda joylashganiga va boshqa omillarga bog`liq. 
Masalan, granit, ohaktosh, marmar kabi qattiq tog` jinslarida zilzila 
kuchi 1 ballga qirqiladi. Soz tuproq, qum tuproq va bo`shroq jinslarda 
zilzila kuchi 1 ballga ortadi. Demak, 5 balldagi yer silkinishi 6 ballik yer 
silkinishi zararini sodir qilishi mumkin. Shu sabab, aholi zich 
yashaydigan shahar va boshqa manzillar, yirik ishlab chiqarish 
obyektlari, bino va inshootlar joylashgan hududlarning mikroxaritalarini 
tuzish muhim ahamiyatga ega. Mikroxaritalar tuzilgandan so`ng ham 
hududni doimiy nazorat ostiga olish zarur. Chunki, hozirgi kunda 
tabiatga antropogen ta`sirning ortib ketishi zilzila keltirishi mumkin 
bo`lgan zararning ortishiga sabab ham bo`lishi mumkin. Masalan, yer 
osti suvlarining yo`lining to`sib qo`yilishi, dehqonchilik va boshqa 
maqsadlarda yerlarning ko`plab sug`orilishi yer osti suv sathini 
ko`tarilishiga olib kelishi yoki yer qa`ridan mlrd. tonnalab neft, gaz va 
boshqa moddalarning qazib olinishi texnogen tusdagi yer silkinishlarini 
keltirib chiqarishi mumkin. Shu sabab, yer osti qatlami o`zgarishlarini 
doimo nazorat qilib borish muhim o`rin tutadi. 
Avvalo, yer silkinishi:

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish