O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


SEL, SUV TOSHQINI HAQIDA TUSHUNCHA. ULARNING



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

SEL, SUV TOSHQINI HAQIDA TUSHUNCHA. ULARNING 
BIRLAMCHI VA IKKI-LAMCHI OQIBATLARI VA YUZAGA 
KELGANIDA HARAKATLANISH TARTIBI 
Suv suyuq holatda o‗z massasini tutib tura olmaydi. Suvning aynan shu 
xususiyati uni yuqoridan pastga, tog'lardan jilg'alarga, ulardan soy va 
daryolarga qo'shilishini, dalalar va bog‗- rog‘larga oqib borishini, yam-yashil 
maydonlar paydo bo‘lishini ta‘minlaydi. 
Suv insoniyatga, uning yaratuvchilik ishlariga kattagina talofatlar 
keltirgan va hamisha real xavf solib turgan. Tarixda antik dunyo 
madaniyatining namunalari bo‗lgan dunyoning yetti ajoyib mo‘jizalarining 4 
tasi turli tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatida vayronaga aylangan. 2004-
yilning dekabrida Hind okeanida yuz bergan zilzila natijasida paydo bo‘lgan 
sunami 230 mingdan ortiq kishini nobud bo'lishiga olib kelgan. 
Suvning shu xususiyati okean va yirik dengizlardan uzoq bo‘lgan 
mintaqa mamlakatlariga, shuningdek, mamlakatmizga ham sel, suv toshqini 
kabi xavflarni paydo qilib, og‗ir oqibatlarga olib kelgani ma‘lum. 


104 
Tasavvur etishingiz uchun 2011-yilning martida Yaponiyadan uncha 
uzoq bo'lmagan suv ostida yuz bergan zilzila va uning oqibatlarini 
keltirishning o‗zi yetarli, deb bilamiz. Xonsyu oroli yaqinida yuz bergan 
zilzila natijasida Okean ostida uzunligi 380 va kengligi 190 km bo‘lgan yoriq 
paydo bo‘ldi. Aynan shu yoriqning paydo bo‘lishi natijasida o‗ziga xos 
chuqurlik vujudga keldi. Oqibatda juda katta massaga ega bo‘lgan suv har 
tarafdan bu chuqurlikka oqib keldi va bir necha daqiqalar ichida ulkan suv 
minorasini barpo etdi. «Suv minorasi» tezda orqaga qaytib, baland to‘lqin 
hosil qildi va katta tezlik bilan Tinch okeani sohillariga urildi. Yaponiyaning 
Fukusima shahri bu ulkan suv to‘lqinini o‗ziga qabul qilishga majbur bo‗ldi. 
Bu ulkan suv to‗lqini Yaponiya uchun juda katta yo‗qotishlarga sabab bo‘ldi. 
Ma‘lumki, sel - arabcha so‗z bo‗lib, shiddatli tog‗ oqimi, 
yaponcha yasunami - tog‗ to‘lqini ma‘nosini beradi. Sel sekundiga 2-4 
m. tezlikda harakat qiladi. Sel o‗z oqimiga ko‗ra o'zi bilan juda ko'p 
miqdorda tuproq, qum, tosh va boshqa jinslarni olib ketadi. Shu sabab, 
tiniq suvning vazniga nisbatan 2-3 baravarga ortadi. 
Sel qachon, qay vaqtda, qanday kuch bilan kelishini oldindan 
aytish ancha mushkul. Shu sabab, xalqimiz selni tabiatning o‗ta 
xatarli, falokat keltiradigan, kutilmagan ofati, deb bejiz aytmaydi. 
Chunki, u kun ochiq, jazirama issiq bo‘lgan paytida ham paydo 
bolishi va og‗ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Sel toshqinlari juda katta hududdagi qishloq xo'jaligi ekinlarini 
nobud qiladi, ko‗plab yerlarni ko‗mib tashlaydi, ko‗prik hamda 
ko'plab gidrotexnik inshootlarni qo‗porib, aholi yashaydigan 
punktlarni yuvib ketadi, asfalt va temir yo‘llariga shikast yetkazib 
izdan chiqarib tashlaydi. 
Mamlakatimizning 
janubiy 
hududlari 
hamda 
umumiy 
hududining 90 %dan ortig'i tog‘liklardan iborat bo'lgan Qirg‗iziston 
va Tojikiston Respublikalarida juda katta sel kelish xavfi saqlanib 
kelmoqda. 


105 
Mutaxassislar selni keltirib chiqaruvchi omillarni quyidagilar, 
deb bilishadi: muntazam jala quyishi va kuchli yomg'irlar yog‗ishi yuz 
berayotgan sellar 85 %ini, tog‗ qorlarining erishi 4 %ini, tog‗ suv 
havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg'oqlarining 
o‗pirilib ketishi 1,3 %ini va boshqa sabablar 9,7 %ini tashkil qilishi 
mumkin. Mamlakatmizda sel va suv toshqinlari mavsumiy xarakterga 
ega bo‘lib, u ko‗proq mart-iyul oylarida yuz beradi. Ayniqsa, aprel-
may oylarida ularning ko‗plab yuz berish xavfi yanada ortadi. 
Qishki yog'ingarchilik me‘yoridan ortiq bo'lgan yerlarda sel 
toshqinlari ko'proq kuzatiladi. Aksincha yog'in kam bo'lgan yillarda 
esa toshqin kam yuz beradi. Toqqa yaqin va tog'li hududlarda qor-
yomg‗irlar tushgan yillari sel toshqinlari havo haroratiga hamda 
yong'ingarchilik miqdoriga qarab har xil bo‗lishi mumkin. 
O‗zbekistonning toqqa yaqin va adir zonalaridagi kichik-kichik 
soylardagi jala va yomgirlardan hosil bo‘lgan sel toshqinlari o‗zi bilan 
ko'p miqdorda mayda tuproqlarni olib kiradi, shiddat bilan o‗tib, katta 
yemirish kuchiga ega bo‘ladi ( l rasm). 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish