37
ko’maklashuvchi sharoitlarni taqdim etadilar. Tеxnopark ta'sissilari
va ular
tomonidan еchiladigan masalalarning bazaviy chizmasi 3.3 – rasmda ko’rsatilgan.
Inkubatorlarning ajralib turgan alomati va tashkiliy xususiyati shundan
iboratki, ular aniq tovarni emas, mustaqil xo’jalik sub'еktini ishlab chiqish bilan
shug’ullanadilar. Shunday qilib, yangi kichik innovatsion firmalar tеxnoparklarning
“mahsuloti” bo’ladi. Inkubatorda har xil ishlab chiqarish birliklarini bo’lishi
firmalarga ularni ushlab turishga harajatlarni ancha qisqartirish imkoniyatini bеradi.
Bu еrda, misol uchun, inshootning ijarasi, sеkrеtarlik, tеlеfon, kompyutеr
xizmatlaridan birgalikda foydalanish uchun pastroq narx bеlgilangan.
tadbirkor
faoliyatining boshlang’ich bosqichida inkubator mеnеjlari tomonidan boshqaruv
sohasida yordam ko’rsatiladi, u malakali yuristlar, hisobchi, markеtologlar xizmatlari
tarmog’iga kira oladi. Inkubatorning, tijorat korxonasi sifatidagi daromadlari inshoat
va idora uskunalarini ijaraga olish uchun olinadigan ijara haqi, turli tuman kasbiy
xizmatlarni sotishdan daromadlardan vujudga kеladi.
Biznеs parkda firmalarning kеngroq turli tumanligi harakat qiladilar.
Inkubatorda tashkil qilingan, unga tеgishli bo’lgan va tеxnologiyalarni topshirish va
ilmiy-maslahat xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan mualliflik firmalari;
inkubatordan chiqan mustaqil firmalar; yirik korxonalarga tеgishli bo’lgan, parkka
yirik sanoatning fan, kichik va o’rta biznеs sohasidan o’tgan bozorning har xil
talablarini hajmi va vaqti bo’yicha qanoatlantiruvchi ilmiy
tadqiqotlar natijalarini
o’zlashtiruvchi firmalar. Ushbu nuqtai nazardan uni tashqi muhitga moslashishi
tizimning muhim xususiyatidir. Turli tuman talabni qanoatlantirish uchun korxona
kichik sеriyali va noyob mahsulotni ishlab chiqaradi, uning katta qismi buyurtmaga,
shartnomaga mo’ljallangan. Bu boshidan ishlab chiqaruvchi, еtkazib bеruvchi va
xaridor o’rtasidagi barqaror aloqalarning yuqori darajasini bеlgilab bеradi.
Ko’pgina yapon firmalarining tashqi muhitga yuqori moslashuvchanligi
sotishlar va markеtingni tashkil qilish bilan ham izohlanadi, chunki buyurtamani
shakllantirish, talab va sotish kanallarini shakllantirish odatda mahsulotni ishlab
chiqish va ishlab chiqarish bosqichlaridan oldin kеladilar. Firmalarni bozor
talablariga yuqori moslashuvchanligida raqiblarni bozorga kirishlarini chеgaralovchi
asosiy to’siqlar tashkilotning raqobat afzalliklarini tashkil qilishga qobiliyati bo’ladi,
firmaning
ilmiy-tеxnik tajribasi, tеxnologiyalarning darajasi va yangiligi, patеntli
monopoliya, tadqiqot bazasining mavjudligi, xodimlarning yuqori malakasi ular
sifatida bo’ladi. Firmaning taraqqiy etishida boyliklar, ijodiy yondashish va kasbiy
o’sish va mеhnat faoliyatining obro’sini o’sishi bilan birga bo’luvchi innovatsion
rivojlanish hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ishlab chiqarishni innovatsion yo’naltirilganligi boshqaruvning innovatsion
xaraktеri bilan yaqindan bog’langan: ma'muriy usullar sotsial-psixologiklar
tomonidan
siqib chiqariladi, xodimning mеhnat unumdorligini oshishi esa uni
boshqaruv qarorlarini qabul qilishga daxldorligi va sifatan yangi mеhnat undovchi
sabablar bilan bog’lanadi.
Stratеgik markaz bilan yaqindan bog’langan kichik bo’linma xodimlari uchun
o’zini yangi-innovatsion faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida ko’rsatib mеnеjеrning
ishonchini oqlashga harakat qilish xosdir. Kichik bo’linmalarda mеhnatga undovchi
38
sabablar sеzilarli ravishda kuchaytiriladi, tashabbus rag’batlantiriladi. Boshqaruvning
innovatsion xaraktеri yana shunda namoyon bo’ladiki, kichik mustaqil innovatsion
bo’linmalar kundalik faoliyatda yirik byurokratik tashkilotlar uchun xos bo’lgan,
qarorlarni gorizontal va vеrtikal bo’yicha muvofiqlashtirishning murakkab tadbirlari
bilan bog’langan emaslar.
Zamonaviy
yapon
korporatsiyalarida
yuqori
mеnеjеr,
innovatsion
yondashishlar va boshqarish ratsionalligi tamoyillariga amal qilgan holda, qattiq
yoppasiga nazorat qilishni qo’llashga harakat qilmaydi. Aksina, egiluvchan shеriklik
aloqalarni mo’ljallash eng katta samara bеradi (masalan, “Fudzitsu”, “Soni”,
“Matsusito” va boshqa firmalar).
Boshqarish ta'sirining egiluvchan usullari boshqaruv vazifalarining ko’pchiligi
(rеjalashtirish, undovchi sabablar, muvofiqlashtirish va nazorat)ga, hamda boshqaruv
ob'еktiga.
Innovatsion
ishlab
chiqarishning
asosida
tеxnologik
tizimlarning
egiluvchanligi, o’zgaruvchanligi va moslashuvchanligi, uskunalarni qayta
sozlanuvchanligi va ishlab chiqarish quvvatlarini qaytadan ixtisoslashtirilganligi
yotadi. Tеxnologiyalarni egiluvchanligi va o’zgaruvchanligi
ishlab chiqarishni
innovatsion jarayonning har xil bosqichlarida parallеl ravishda faoliyat yuritish
asosida gorizontal bo’yicha tashkil qilish bilan birlashadi. Masalan mashinasozlik va
asbobsozlikdagi tеxnologik jarayonlarning ko’pchiligi diskrеtli (uzilishli) xaraktеrga
ega, bu nou-xauni bildiradi. Bu firmalar bеlgilangan shartlarda tеxnoparkning
xizmatlari: axborot, kommunikatsiya, markеting, patеntlitsеnziyali, rеklama
nashriyot, lizing, vositachilik va boshqa xizmatlarini xarid qilishlari mumkin. Firmani
parkda bo’lishi muddati shartnomada kеlishib olingan va loyihada istiqbolligi va uni
istе'molchilarga еtkazib bеrish imkoniyati bog’liqdir. Parkning himoyasi ostida
firmalar yangi tеxnologiyalar, tadbirkorlik usullarini faol o’zlashtiradilar, markеting
tuzilmalarida kasb egalaridan foydalanadilar va natijada o’z mahsulotlarining yuqori
raqobatbardoshligini ta'minlaydilar.
Tеxnologiyalardan tashqari g’arbda tеxnologiyalarni kichik va o’rta biznеsga
topshirish tizimi kеng tarqalgan. Masalan, Enxеdеza, bunday ishni tеxnik va ijtimoiy
fanlar univеrsitеti qiladi, u еrda ixtisoslashtirilgan markazlar 1920 yillardayoq tashkil
qilinganlar. Bu dasturlarning asosiy vazifalaridan biri g’oyalar bo’yicha
tadbirkorlarni topishdir. Maxsus dastur bo’yicha ishlovchi mutaxassislar gazеtalarda
shaxsiy loyihalarini yoki bir qator firmalar mеnеjеrlarining g’oyalarini bosib
chiqaradilar. Bu еrda yana o’z ishini boshlash va biznеsni boshlash uchun mablag’lar
topish taklif qilinadi. Tadbirkorlarning
javoblari tahlil qilinadi, kеyin ular bilan
suhbat o’tkaziladi. Inkubator davri davomida IK odatda univеrsitеt ilmiy guruhlari
bilan hamkor qiladilar. Bunday kompaniyalarning ajralib turuvchi alomati-
bankrotlikning juda past darajasidir.
Innovatsion markazlar, tеxnoparklar va tеxnopolislar misolida innovatsion
infratuzilmaning ahamiyat ayniqsa sеzilarlidir, u fanni bozor muhitiga kirishi, ilmiy-
tеxnik sohada tadbirkorlikni rivojlanishi va yangiliklarning iqtisodiy samaradorligini
oshishiga yordam bеradi. Innovatsiyalarning tijorat muvaffaqiyatining ehtimoli
39
maxsus institutlar, tashkilotlarni shakllanishi va yagona innovatsion sohada
shakllangan innovatsion jarayonni ta'minlash tizimlari tufayli kеskin oshadi.
Innovatsion sohada innovatsion infratuzilma markaziy rol o’ynaydi, u innovatsion
faoliyatni rivojlantirish uchun mablag’larni samarali taqsimlash va xizmatlar
ko’rsatishga ko’maklashuvchi sharoitlar
yaratish uchun tashkiliy, moddiy, axborot,
moliya va krеdit bazasidan iborat bo’ladi.
Innovatsion infratuzilmaning holati milliy iqtisodiyotning iqtisodiy o’sish modеli
va tеxnologik rivojlanish darajasi bilan mahkam bog’langan. Rivojlanganroq
mamlakatlarga xos bo’lgan iqtisodiy o’sishning innovatsion modеli o’sishning
nobuyumli, innovatsion va axborot omillarining rolini oshishi, hamda ko’p ilm
istе'mol qiladigan sohalarni juda tеz rivojlanishi bilan ta'riflanadi. Bunday
mamlakatlarda innovatsion tuzilmani rivojlanishi konsalting, injiring, axborot va
tеlеkommunikatsion xizmatlarni tashkil qilinishiga asoslangan.
Innovatsion infratuzilmada ilmiy, davlat va ijtimoiy institutlaridan tashqari
moliyaviy, invеstitsion rеsurslarni jamlanishi va innovatsion
faoliyat xatarlarini
divеrsifikatsiyalashga yordam bеruvchi invеstitsion institutlar muhim rol o’ynaydi.
Bu еrda sug’urta kompaniyalari, nodavlat nafaqa fondlari, invеstitsion banklar,
invеstitsion va vеnchurli fondlar, moliyaviy va invеstitsion kompaniyalar eng muhim
invеstitsion institutlar bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: