O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/128
Sana17.12.2022
Hajmi1,84 Mb.
#889884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
2bf1e79796e890d1ae2fe78669ebfa4f Innovatsion menejment.

 
 
 
 
 
SamDU kengashining 2020 yil 28 yanvardagi 6-sonli qarori bilan nashrga 
ruxsat berilgan. 
 
 
 
ISBN 978-9943-7041-8-3 
 
© Samarqand Davlat universiteti, 2020



KIRISH 
Bugungi kunda ko`plab rivojlangan va jaxon iqtisodiyotida yetakchi o`rin 
tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so`zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka 
erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil islox 
etish, tarkibiy jixatdan o`zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, 
yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining 
jadal rivojlanishini ta`minlash, faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya 
qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi 
mumkin. 
Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo’llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, 
ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy 
etish O’zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. 
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, 
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida 
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar 
bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab 
chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Harakatlar strategiyasida eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab 
chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika 
infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun 
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini 
rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilgan. 
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani
islohotlarni mamlakatimizning jaxon tsivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish 
yo’lida tez va sifatli ilgarilanishini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g’oyalar, 
ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon va shu kabi tushunchalar 
bizning har kungi hayotimizda, korxona faoliyatida va iqtisodiyot tarmoqlarining turli 
jabhalarida 
mustahkam 
o`rnashib 
olmoqda. 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
korxonalarning raqobatdoshliligini oshirishda, bozorda mavqeini mustahkamlashda 
va xaridorgir maxsulot ishlab chiqarishda innovatsiyalar muhim omillardan biri 
hisoblanadi.Innovatsion 
faoliyat 

bu 
ishlab 
chiqarishda 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan maxsulot turini o`zlashtirish, yangi yoki takomillashtirilgan 
texnologik jarayonni amaliyotga joriy etish, iste`molchilar uchun yoki maxsulot 
raqobatdoshliligini oshiruvchi yanada sifatli tarkibga ega bo`lgan maxsulotlar ishlab 
chiqarish jarayonidir. Innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmi u yoki bu 
sub`ektning innovatsion rivojlanish maqsadi yo`nalishidan kelib chiqib, o`zida turli 
usul va vositalar yig’indisini mujassamlashtiradi. Innovatsion sohadagi boshqaruv 
qarorlarining natijaviy tayyor maxsulotga aylanishini ta`minlovchi samarali 
mexanizmni ishlab chiqish milliy korxonalarimizning bugungi kundagi dolzarb 
masalalaridan biridir. 
Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan 
iborat bo’ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan 



bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga oshirilgan, foydalanilgan 
o’zgarish - innovatsiya paydo bo’ladi. Zamonaviy innovatsion jarayonlar murakkab 
bo’lib, ularning rivojlanishi qonuniyatlari tahlil qilinishi lozim. Buning uchun 
yangilik kiritish har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug’ullanuvchi 
mutaxassislar innovatsion menejerlar talab etiladi.Chunki bozor iqtisodiyoti rahbarlar 
va mutaxassislarga jiddiy talablar qo’yadi. Bu talablar tashkilotlarni rivojlantirishning 
samarali strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish zaruruyati bilan bog’liq 
bo’lib, bunday muammolarni faqatgina boshqaruv munosabatlarini tushunuvchi 
mutaxassislargina hal qilishadi. 
"Kadrlari menejmenti" ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlanayotgan bo’lajak 
mutaxassislar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda innovatsion menejment tizimini 
tashkil etish va rivojlantirish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniq baholay olish
innovatsion menejment tizimining boshqa tizimlar bilan o’zaro aloqasini ta’minlash, 
innovatsion loyihalarni tuzish va amalga oshirish, xodimlar tomonidan 
innovatsiyalarning qo’llab-quvvatlanishiga erishish va boshqa shu kabilarni 
o’rganishda “Innovatsion menejment” fanining ahamiyati kattadir. 
“Innovatsion menejment” fanining maqsadi talabalarga innovasion faoliyat 
tajribalari, yangiliklar, ixtirolarni boshqarish haqida tushuncha berib, ishlab chiqarish 
kollektivi boshqarishning obyekti va subyekti sifatida, rahbar mehnat jamoasining 
asosiy boshqaruvchisi, bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat jamoalarining 
boshqarishda 
mehnatkashlarning 
o’z-o’zini 
boshqarishdagi 
innovasion 
munosabatlari, hozirgi davrda innovasiyalarni moddiy rag’batlashtirishning 
aspektlari, 
mehnat 
jamoasida 
innovasion 
iqlimni 
boshqarish, 
innovasion 
menejmentning chet el tajribasini o’rgatishdan iborat. 
Bugungi yangi xo’jalik sharoitida yangiliklar (innovasiyalar) ni boshqarish 
aspektlari, boshqaruv tizimida innovasiyalarni prognozlash va rejalashtirish, 
innovasion boshqaruvda qarorlarni ishlab chiqish va tadbiq etish usullari, innovasion 
boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash, innovasion boshqaruvda ilmiy 
tadqiqotlarning roli, kapitalistik jamiyatda innovasion boshqaruvning nazariyasi va 
boshqalarni talabalarga o’rgatish “Innovatsion menejment” fanining asosiy vazifasi 
hisoblanadi. 
Ushbu o’quv qo’llanma Davlat oliy ta’lim standarti talablariga muvofiq 
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida “Innovatsion menejment” fani bo’yicha 
ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan 2015 yil 8 iyulda tasdiqlangan va 2015 yil 1 iyulda № BD 5230200-2.10 
bilan ro’yxatga olingan O’quv fan dasturiga muvofiq tayyorlangan “Kadrlar 
menejmenti” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga muvofiq “Innovatsion menejment” fani 
shu yo’nalaishdagi 2 kurs talabalari uchun 1Y semestrida 34 soat ma’ruza va 34 soat 
amaliy mashg’ulotlar shaklida o’tiladi. 
O’quv qo’llanmada innovatsion menejmentning nazariy asoslari va xorij 
tajribasi, innovatsiyalarni boshqarishning ilmiy asoslari, tashkilot xodimlarini 
boshqarish, investitsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon vositalari 
tavsiflangan fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturlarini tayyorlash 
shuningdek, innovatsion faoliyat dasturini shakllantirish hamda innovatsion 



loyihalarga talablari bayon etilgan.Har bir mavzu so’ngida nazorat va muhokama 
uchun savollar berilgan. 
“Innovatsion 
menejment” 
fani 
boshqaruvchi-mutaxassislar 
bilimini 
shakllantiruvchi bazaviy fanlardan biri hisoblanadi va “Menejment”, “Iqtisodiy 
nazariya”, “Marketing”, “Mikroiqtisodiyot”, “Tadbirkorlik asoslari” kabi 
umumiqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. 
Mеnеjmеnt mazmuniy nuqtai nazardan – bu boshqarish, rahbarlik qilish, 
muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli, mеhnat sarmoyalar va boshqalar kabi 
rеsurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. Shunday nuqtai nazar asosida 
innovatsion mеnеjmеnt – bu innovatsion faoliyat, uning rеsurslari, yangiliklarini 
ishlab chiqish va tadbiq etishda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili 
sifatida innovatsiyalarning kattaroq samaradorligiga erishish maqsadida ishtirok 
etayotgan odamlarni boshqarishning maqsadga qaratilgan tizimidir. 

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish