Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta-maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti ximmatov ibodilla, abduraxmanov muxtor



Download 6,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/170
Sana25.10.2022
Hajmi6,13 Mb.
#856169
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170
Bog'liq
e8c4cf93f29e87a66f8031109e51623c AXBOROTNI HIMOYALASH

 
 
 
 
 
 
 


135 
3.3. ELEKTRON POCHTADA AXBOROTLARGA NISBATAN MAVJUD 
XAVF-
XATARLAR VA ULARDAN HIMOYALANISH ASOSLARI
Reja:
1. Elektron pochtadan foydalanish
 
2. Elektron pochtada mavjud xavflar 
3. Elektron pochtani himoyalash 
4. Elektron pochta yaratish va roʻyxatdan oʻtish jarayoni 
 
Tayanch soʻz va iboralar:
elektron pochta, e-mail, parol, axborotni
himoyalash, maxfiylik, SMTP, IMAP, POP, aniqlik, joʻnatuvchining qalbaki 
manzili, domen, pochta qutisi, akkaunt, gmail.com. 
 
Elektron pochtadan foydalanish
Elektron pochta yoki e-mail hozirgi kunda internetdan foydalanish 
jarayonining eng mashhur qismi hisoblanadi. e-mail orqali dunyo boʻyicha istalgan 
joyga bir zumning oʻzida xat yuborish yoki qabul qilish hamda yozilgan xatlarni 
faqatgina bir kishiga emas, balki manzillar roʻyxati boʻyicha joʻnatish 
imkoniyati mavjud. e-mail orqali munozaralar oʻtkazish imkoniyati mavjud va bu 
yoʻnalishda USENET serveri qoʻl keladi.
Koʻpgina korxonalar oʻz faoliyatida bevosita e-mail tizimidan foydalanishadi. 
Demak, korxona va tashkilotlar rahbarlari ma‘lum bir chora-tadbirlar orqali oʻz 
xodimlarini E-mail bilan ishlash, undan oqilona foydalanishga oʻrgatishi lozim. 
Ushbu jarayonning asosiy maqsadi muhim hujjatlar bilan ishlashni toʻgri yoʻlga 
qoʻyish hisoblanadi.
Bu yerda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha takliflarni e‘tiborga olish zarur:
-
e-mail tizimidan tashkilot faoliyati maqsadlarida foydalanish;
-
shaxsiy maqsadda foydalanish;
-
maxfiy axborotlarni saqlash va ularga kirish:
-
elektron xatlarni saqlash va ularni boshqarish.
Internetda asosiy pochta protokollariga quyidagilar kiradi:
-
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol);
-
POP (Post Office Protocol);
-
IMAP (Internet Mail Access Protocol);
-
MIME (Multi purpose Internet Mail Extensions).
Bular bilan birma-bir tanishib chiqamiz:
SMTP - ushbu protokol asosida server boshqa tizimlardan xatlarni qabul 
qiladi va ularni foydalanuvchining pochta qutisida saqlaydi. Pochta serveriga 
interaktiv kirish huquqiga ega boʻlgan foydalanuvchilar oʻz kompyuterlaridan 


136 
bevosita xatlarni oʻqiy oladilar. Boshqa tizimdagi foydalanuvchilar esa oʻz 
xatlarini POP-3 va IMAP protokollari orqali oʻqib olishlari mumkin;
POP - eng keng tarqalgan protokol boʻlib, serverdagi xatlarni, boshqa 
serverlardan qabul qilingan boʻlsa-da, bevosita foydalanuvchi tomonidan o ʻ q ib 
olinishiga imkoniyat yaratadi. Foydalanuvchilar barcha xatlarni yoki hozirgacha 
o ʻ q ilmagan xatlarni koʻrishi mumkin. Hozirgi kunda POP ning 3- versiyasi 
ishlab chiqilgan boʻlib va autentifikatsiyalash usullari bilan boyitilgan;
IMAP - yangi va shu bois ham keng tarqalmagan protokol sanaladi.
Ushbu protokol quyidagi imkoniyatlarga ega: pochta q utilarini yaratish, 
oʻchirish va nomini oʻzgartirish; yangi xatlarning kelishi; xatlarni tezkor oʻchirish; 
xatlarni qidirish; xatlarni tanlab olish. IMAP sayohatda boʻlgan foydalanuvchilar 
uchun POPga nisbatan qulay boʻlib hisoblanadi;
MIME - Internet pochtasining koʻp maqsadli kengaytmasi soʻzlari qisqartmasi 
boʻlib, u xatlarning formatini aniqlash imkonini beradi, ya‘ni:
-
matnlarni har xil kodlashtirishda joʻnatish;
-
har xil formatdagi nomatn axborotlarni joʻnatish;
-
xabarning bir necha qismdan iborat boʻlishi;
-
xat sarlavhasida har xil kodlashtirishdagi ma‘lumotni joylashtirish.
Ushbu protokol raqamli elektron imzo va ma‘lumotlarni shifrlash vositalaridan 
iborat boʻlib, bundan tashqari uning yordamida pochta orqali bajariluvchi fayllarni 
ham joʻnatish mumkin. Natijada, fayllar bilan birga viruslarni ham tarqatish 
imkoniyati tug‗iladi.
Elektron pochta bilan ishlash jarayonida quyidagi hatolarga yoʻl qoʻyish 
mumkin: xatni tasodifan joʻnatish, xatning notoʻg‗ri manzil boʻyicha joʻnatilishi, 
xatlar arxivining keskin oshib ketishi oqibatida tizimning ishdan chiqishi, 
yangiliklarga notoʻg‗ri obuna boʻlish, xatni tarqatish roʻyxatida xatoga yoʻl
qoʻyish.
Agar tashkilotning pochta tizimi bevosita Internetga ulangan boʻlsa, yoʻl 
qoʻyilgan xatolar oqibati keskin oshib ketadi. Ushbu xatolarning oldini olish 
usullarining ba‘zi birlari quyidagilar:
-
foydalanuvchilarni oʻqitish;
-
elektron pochta dasturlarini toʻg‗ri konfiguratsiyalash;
-
internetdagi protokollarga toʻliq amal qiluvchi dasturlarni qoʻllash.
Bundan tashqari elektron pochtaning shaxsiy maqsadda ishlatilishi tashkilot 
rahbariyati uchun ba‘zi bir muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki
e-mail manzilida tashkilot nomlari aks ettirilgan boʻlishi ehtimoldan holi emas. 
Natijada, shaxs joʻnatayotgan xat tashkilot nomidan deb qabul qilinishi mumkin. 
Shu bois, telefonlar kabi e-maildan shaxsiy ishlar uchun foydalanishni cheklab
qoʻyish zarur boʻladi. Albatta, buni joriy qilish qiyin masala.


137 
Internet tizimidagi elektron pochta juda koʻp ishlatilayotgan axborot almashish 
kanallaridan biri hisoblanadi. Elektron pochta yordamida axborot almashuvi 
tarmoqdagi axborot almashuvining 30%ini tashkil etadi. Bunda axborot 
almashuvi bor-yoʻg‗i ikkita protokol: SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) va 
POP-3 (Post Office Rgolosol)larni ishlatish yordamida amalga oshiriladi. POP-
3 multimedia texnologiyalarining rivojini aks ettiradi, SMTP eca Appranet 
proyekti darajasida tashkil etilgan edi. Shuning uchun ham bu protokollarning 
hammaga ochiqligi sababli, elektron pochta resurslariga ruxsatsiz kirishga 
imkoniyatlar yaratilib berilmoqda:
-
SMTP server - dasturlarining nokorrekt oʻrnatilishi tufayli bu 
serverlardan ruxsatsiz foydalanilmoqda va bu texnologiya «spama» texnologiyasi 
nomi bilan ma‘lum;
-
elektron pochta xabarlariga ruxsatsiz egalik qilish uchun oddiygina va 
samarali usullardan foydalanilmoqda, ya‘ni quyi qatlamlarda vinchesterdagi 
ma‘lumotlarni oʻqish, pochta resurslariga kirish parolini oʻqib olish va hokazolar.

Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish