Uch fe'l erur kishiga qotil oxir, Qotillik aro zahri halohil oxir. Buxl angla birin, birin hauo bir oxir, Qil ujbni ham alarg’a doxil oxir.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy o’zining badiiy asarlari bilan birga, talimiy-axloqiy asarlarida ham o’zi orzu etgan yetuk inson qiyofasini yaratadi.
Navoiy asarlarida tasvirlangan qahramonlar - Farhod, Qays, Iskandar obrazlarida jismoniy yetuklik hamda axloqiy kamolot o’z ifodasini topgandir. Insonning sog’lom, baquvvat va axloqli bo’lib yetishishi xususidagi o’gitlar allomaning didaktik-axloqiy asarlarida markaziy o’rinni egallagan.
Aksariyat asarlarda yigit kishi yoshligidanoq o’zlashtirishi shart bo’lgan harbiy-jismoniy xislatlar borasidagi fikrlar ilgari surilar ekan, yoshlarda ularni tarbiyalash yo’llari ko’rsatiladi. Navoiy ham, boshqa mutafakkirlar singari, har bir yigitga quyidagi fazilatlar xos bo’lishi lozimligini aytadi: kamondan ota olish - merganlik, qilichbozlik, suvda suzish, kurash tusha olish. Mutafakkir asarlarida bosh obraz sifatida talqin etilgan qahramonlar o’zlarida ana shu xislatlarni tarkib toptirishga muvaffaq bo’la olgandirlar. Xususan, Farhod, Bahrom hamda Iskandar chavandoz, yengilraas bahodir va mohir mergan bo’lib yetishgandirlar. Ularning jismoniy kamolotga erishish jarayonlarini yoritishga xizmat qiluvchi lavhalar «Farhod va Shirin», «Sab'ai sayyor» va «Saddi Iskandariy» dostonlarida o’z ifodasini topgan. «Sab'ai sayyor» dostonida asar qahramoni Bahromning mohir mergan ekanligini ifodalovchi shunday lavha mayjud: Diloromning istagi bilan shoh Bahrom ovga chiqadi. Ov chog’ida u kamondan o’q otib, bir kiyikning avval ikki oyog’ini juftlaydi, keyin esa ikkinchi o’q bilan kiyikning bo’g’ziga o’q otib, bo’g’izlaydi. Lavha tasvirlangan holat Bahromning naqadar usta mergan ekanligidan dalolat beradi.
Bizga yaxshi malumki, ajdodlarimiz har bir yigitning harbiy-jismoniy mahoratni puxta o’zlashtirishiga alohida e'tibor berib kelganlar. Merganlik, suvda suzish, qilichbozlik, kurash tushish sirlari yosh, o’ktam yigitlarga bu borada chuqur bilim hamda katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan murabbiylar tomonidan o’rgatilgan. Mavjud an'anaga muvofiq Alisher Navoiy ham o’zining badiiy hamda talimiy-axloqiy asarlarida yoshlarda ushbu xislatlarni tarbiyalash katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab o’tadi.
Navoiy bilim olish jarayonida barcha fanlar asoslarini chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir, deb hisoblaydi. Shu bois alloma turli fanlar yo’nalishlarida yetuk bilimlarga ega va xalq o’rtasida alohida hurmat-e'tiborli boigan olimu fozillarni yig’ib, ularning yordami bilan ilm-fanning rivojini ta'minlashga e'tiborni qaratadi. Ana shu maqsadda shaxsiy mablag’i evaziga madrasalar barpo etadi, maktablar ochadi. Madrasalarda o’ziga xos tartib-qoidalarga muvofiq faoliyat yuritilgan. Talabalardan mavjud tartib-qoidaga qafiy rioya qilish talab etilgan.
Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug’ullanish, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna usulidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida e'tiborni qaratadi. Tarbiya va talim ishlari o’qituvchi, ota-ona tomonidan olib borilisbi lozim. Adib bolalarga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, xushmuomalalik bilan yo'1 qo’yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o’rinda me'yorga amal qilish zarurligini aytadi. Navoiy o’qituvchining talabchan bo’lishi bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Alloma fan asoslari yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o’rganishga layoqatli, iste'dodli bola-larni tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga urinish befoydadir, degan xulosa-ga keladi,ya'ni: «Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qobiliyatsizga xislatga ta'rif beriladi. Navoiy karam va muruvvat sifatlarini ota-onaga qiyoslasa, vafo va hayoni egizak farzandlardir, deya ta'kidlaydi.
Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogika fani asoslari sistemasida muhim o’rin tutuvchi omil o’z-o’zini tarbiyalash masalasining mohiyati ham yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr mazmuniga ko’ra, bolaning o’zi yo'1 qo’ygan xato va kamchiliklarini o’zi anglab olishi hamda ularni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish zarur. Mutafakkirning e'tirof etishicha, kimki bu borada yaratilgan imkoniyatdan to’g’ri foydalansa, o’z xatosini anglay oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi; kimki yo'1 qo’yilgan xatoni anglash va uni to’g’rilashga harakat qilish o’rniga turli bahonalarni ro’kach qilaversa, xatolari yana bittaga oshishi uchun shaxsan o’zi sharoit yaratadi. Keltirayotgan bahonasi qancha ko’p bo’lsa, uning yanglishishi, xatosi shunchalik katta ko’rinadi, kamchilikning mayjud ekanligini ko’rsatgan kishi bilan tortishish qancha kuchli bo’lsa, el oldida uning obro’si shunchalik pasayadi.
Xatog’a tadorik nedur bexilof, Ayon qilmoq o’z sahviga e'tirof. Vagar qilsa sahvig’a ijro dail, Ki yaxshidur aylar iki ancha bil.
Mutafakkirning ilm olish yo’llari xususidagi qarashlari ham muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy bilimlarni tinmay, uzluksiz o’rganish zarur, deydi. Bu yo’lda duch keladigan har qanday qiyinchilikni engib o’tish mumkin deb hisoblaydi. Aniq hayotiy maqsadni belgilab olgan holda ana shu maqsadning ro’yobga chiqishi yo’lida qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, bu yo’nalishda olib borilayotgan harakatni oxiriga etkazishda chidamli, matonatli va sabotli bo’lishni maslahat beradi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglashiladiki, alloma o’z davrida ilm olish prinsiplarini to’g’ri ko’rsatib, ta'lim mohiyatini ochib bera olgan. Alisher Navoiy tomonidan asoslangan ta'lim sistemasi o’zida quyidagilarni aks ettiradi:
maktab yoki madrasada tahsil olish;
olim, hunarmand yoki san'atkorlarga shogird tushish asosida ta'lim olish;
d) mustaqil ravishda ilm o’rganish.
Yoshlarga chuqur bilim hamda axloqiy tarbiya berishda muallimlarning o’rni beqiyosdir. Muallimlik faoliyatini olib borish o’ta mas'uliyatli va sharafli, ayni vaqtda, murakkab ish sanaladi. Ushbu faoliyatni samarali yoiga qo’yish mudarris hamda ustoz-murabbiylarning muayyan talablarga javob bera olishlariga bog’liq. Eng muhim talab – ularning chuqur bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy xislatlarga ega bo’lishlaridir. o’qituvchining samarali ta'lim berish yo’llari va ularning mohiyatidan xabardor bo’lishi nihoyatda muhimdir. Navoiy mazkur fikrlarni ilgari surar ekan, nodon, mutaassib hamda johil muallimlar va ularning xatti-harakatlarini tanqid qiladi. Xususan, «Mahbub ul-qulub»da maktabdorlar va ularning faoliyatlari mazmuni xususida to’xtalar ekan, o’qituvchi mehnati, murabbiylik haqqini xolisona baholaydi, biroq shu o’rinda ularning johil va ta'magir bo’lishlarini qoralaydi:
«Uning ishi odam qolidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim, bunga nima etsin. Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar boladi, undan kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. Har qanday bo’lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko’pdir, agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluk qilsa arziydi.
Haq yoiida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, Aylamak boimas ado oning haqin yuz ganj ila».
Ayni o’rinda adib har bir yoshning aqliy va jismoniy kamolotga yetishida ilm-fan va tarbiyaning ahamiyatini ko’rsatib berish bilan birga, jamiyat taraqqiyotining ta'minlanishida ilm ahli, olirau fozillarga nisbatan hurmat ko’rsatish, ularning turmush darajasini yaxshilash masalalariga ham e'tiborni qaratadi.
Mutafakkir o’qituvchining hurmatini qay darajada yuqori baholasa, uning shaxsi va faoliyatiga nisbatan talabni shu darajada oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil, dono, kamtar va ma'naviy jihatdan pok bo’lishlarini talab etadi. Bu boradagi qarashlarini quyidagicha ifodalaydi:
«Mudarris (dars beruvchi) kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgizmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va g’avg’o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. Yaramasliklardan qo’rqsa va nodonlikdan qochsa, nainki: o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa; ishlarni qilmoq undan sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir».
Alisher Navoiyning talimiy-axloqiy asarlarida o’z ifodasini topgan aksariyat hikmatli fikrlar asrlar davomida insoniy munosabatlar jarayonida takror-takror qollanilib kelishi natijasida maqollarga aylanib ketgandir. Chunonchi:
Dardlik ko’ngil - shulalik chiroq, Yoshlik ko’z - buloq.Tuyaqushga yuk ortib ko’chib bo’lmas.
o’t ishi qovurmoq, Yel ishi sovurmoq.
Oshning ta'mi tuz bilan, Kishining yaxshiligi so’z bilan.
Sog’lik tilasang, ko’p ema, Izzat tilasang, ko’p dema.
To’magirdan yaxshilik tilama, Gadoydan aqcha so’rama.
Baxilning omonatni asrashi ajab, Vafodorning xiyonat qilishi ajab.
Buzuqidan hayo tilama, Zolimdan shafqat tilama.
Do'stlaringiz bilan baham: |