Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet103/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

ls'hoqxon Ibrat (1862 — 1937)
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan yirik allomalardan biri Is'hoqxon Ibratdir. U ma'rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaachilaridan biri, sayyoh, xattot, naqqosh, otashin publisist va ilg’or pedagogdir.
Ibratning asli ismi Is'hoqxon, otasining ismi Junaydulladir. Ibrat uning adabiy taxallusidir. Is'hoqxonning o’ziga «Ibrat» taxallusini olishining boisi shundaki, u ijodining dastlabki yillaridan boshlab ma'rifatparvar shoir, olim sifatida nom chiqardi va kishilarni zamon ilmidan, ilg’or madaniyatdan, ta'lim-tarbiyadan o’rnak olishga chaqirdi. Shuning uchun ham o’ziga «Ibrat» taxallusini tanladi.
Is'hoqxon 1279-hijriy (1862-milodiy) yili Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on qishlog’ida tug’ildi. Uning otasi Junaydullaxo’ja Sunnatillaxo’ja o’g’li ancha bilimli sohibkor bog’bonlardan edi. U adabiyotga, she'riyatga ixlos qo’ygan va «Xodim» taxallusi bilan birmuncha she'rlar bitgan kishi bo’lgan. Onasi Huribibi davrining o’qimishli, oqila ayollaridan bo’lib, o’z uyida qishloq qizlarini o’qitardi. Huribibi adabiyot ixlosmandi bo’lib, u ham she'r yozgan. Lutfiy, Navoiy, Jomiy, Bedil, Mashrab kabi buyuk shoirlarning asarlarini mutolaa qilish bu xonadon uchun sevimli mashg’ulot hisoblanardi. Oiladagi bunday ma'naviy muhit Is'hoqxonda adabiyotga muhabbatning erta paydo bo’lishida asosiy omil bo’ldi.
1870-yili Junaydullaxo’ja vafot etib, Is'hoqxon otadan erta etim qoldi. Endi oila qiyinchiliklari butunlay onasi Huribibi zimmasiga tushdi. Mushtipar ona otinlik qilib zo’r-bazo’r ro’zg’or tebrata boshladi.
Huribibi o’z maktabida o’quvchilarga darsni yod oldirish bilan cheklanmay qizlarga yozishni, husnixatni o’rgatar edi. Is'hoqxon ham yoshligidan husnixatga qiziqdi va o’zining bo’sh vaqtlarini ana shu san'at sirlarini o’rganishga bag’ishladi. Adabiyot va san'atga zo’r muhabbat qo’ygan Is'hoqxon ancha mukammal savodga ega bo’lgach, o’qishni davom ettirish uchun uni Qo’qonga yuboradilar. U Muhammad Siddiq Tunqotar madrasasiga 1878-yili o’qishga kiradi.
Is'hoqxon madrasa beradigan ilmlar bilan cheklanib qolmadi. U o’qish mobaynida buyuk Sharq mumtozlari asarlarini mustaqil tarzda qunt bilan mutolaa qildi va bu asarlar umrining oxirigacha unga eng yaqin hamroh bo’ldi. Is'hoqxon madrasada arab va fors tillarini chuqur o’rganish bilan birga, bo’sh vaqtlarida rus tilini ham mustaqil o’rgandi.
Is'hoqxon Ibrat 1886-yili madrasani tugatib, o’z qishlog’i To’raqo’rg’onga qaytib keldi va maktab ochdi. Is'hoqxon maktabiga tovush (savtiya) metodini tatbiq qildi.
1887-yili Huribibi o’g’liga Makkaga olib borishni iltimos qiladi va ular yo’lga otlanadilar. Biroq onaizorga o’z diyoriga yana qaytib kelish nasib etmadi. U yolda qattiq shamollab qoldi. Olti oy betoblikdan so’ng Huribibi Jidda shahrida vafot etdi. Is'hoqxonning Sharq mamlakatlariga safarga chiqishidan asosiy maqsadi, birinchidan, onasini hajga olib borish bo’lsa; ikkinchidan, chet el xalqlari hayoti, madaniyati bilan yaqindan tanishish, bu mamlakatlarni o’z ko’zi bilan ko’rish edi.
Is'hoqxon onasini Jidda shahrida dafn etib, Sharq mamlakatlari bo’ylab sayohatni davom ettirdi va Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim singari markaziy shaharlarida boldi. Ancha vaqt Afg’onistonning Kobul, Arabistonning Jidda kabi yirik shaharlarida istiqomat qildi. Arabistonning Makka shahridan Qizil va Hind dengizlari orqali Hindistonga bordi. 1892-1896-yillari Hindistonning eng katta port shaharlari - Bo’mbay va Kalkuttada yashadi. Is'hoqxon Ibrat u erlarda ko’p ishlatiladigan to’rt tilni: arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini o’rgandi. U chet ellarda o’sha yerlik xalq hayotini, madaniyati va san'atini o’rgandi. Sharq mam lakatlariga bosqinchilar orqali kirib kelgan Yevropa madaniyati, tili va san'ati bilan yaqindan tanishdi. «Lug’ati sittati al-sina», «Jome' ul-xutut», «Tarixi Farg’ona» kabi ilmiy asarlari uchun materiallar to’pladi. U bu davrda Sharq xalqlari tillari bilan birga, G’arb xalqlari tillarini ham bilish zarur deb hisobladi va Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz tilini, shu bilan birga, eng qadiraiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini o’rgandi.
Is'hoqxon 1896-yili Hindistondan Birma orqali Xitoyga, so’ngra Qashqarga o’tdi. Qashqardan Namanganga qaytib keldi. U chet ellardan bir qancha madaniyat ashyolari, Hindistondan «Santur» nomli musiqiy asbob keltirdi.
Ibrat bu mamlakatlardan yana grammafon, turli millat musiqa va qo’shiqlari yozilgan plastinkalar olib keldi. Bu qo’shiq va musiqani o’z uyida hamqishloqlariga eshittirgan.
Is'hoqxon Ibrat chet ellarda olim va fozil kishilar bilan, ular qaysi din yoki qaysi millatga mansub bo’lishidan qatfi nazar, yaqin aloqada boldi.
U olti tildagi: arabcha, forscha, hindcha, turkcha, O’zbekcha va ruscha so’zlarni o’z ichiga olgan «Lug’ati sittati al-sina» nomli lug’at kitobini yaratdi. Muallif ruscha yozuvni bilmaydiganlarga ham qulay bo’lishi uchun rus so’zlarini arab yozuvi bilan beradi. Malumki, rus va Yevropa so’zlarini arab yozuvida ifodalash ancha murakkab ish, lekin Is'hoqxon Ibrat bu murakkab ishni muvaffaqiyatli hal etdi.
Is'hoqxon Ibratning mazkur «Lug’ati sittati al-sina» asari bir necha yillik sarguzashtlardan so’ng 1901-yili Toshkentda nashrdan chiqdi.
Mazkur lug’at ilg’or pedagoglar tomonidan ochilgan usuli savtiya mak-tablarida ham rus tilini o’rganishda birdan-bir darslik-qo’llanma sifatida foydalanib kelindi.
Tilshunoslik fanining bu murakkab sohasida Is'hoqxon Ibrat ancha mukammal «Jome'ul-xutut» («Yozuvlar majmuasi») nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarda muallif yozuvlarning eng ibtidoiysi piktografik yozuvlardan so’nggi davr eng mukammal yozuvlarigacha bosib o’tilgan tarixiy taraqqiyotni yoritib berishga harakat qildi. Olimning bu asari anchagina katta hajmda — 132 betdan iborat bo’lib, 1912-yili o’zining bosmaxonasi «Matbaai Ishoqiya»da nashr qilindi.
Is'hoqxon Ibratning tilshunoslik sohasida chuqur ilmga ega ekanligi mazkur asarida namoyon bo’ldi. Asarda piktografik yozuvlardan keyin vujudga kelgan eng qadimiy tovush-harf yozuvlari: finikiya, hind, lotin, armani, gruzin, ibroniy va boshqa qirqdan ortiq yozuv, ularning kelib chiqishi, taraqqiyoti haqida ma'lumot beriladi. Ibrat faqat o’z vatanidagi yozuvlarning namunalarini o’rganish bilan cheklanmay arab mamlakatlaridagi qadimiy yozuvlarni ham o’rgandi, bu yozuvlarni to'g’-ri o’qishga harakat qildi. U eramizdan 2000 yil ilgari finikiyaliklar tomonidan vujudga keltirilgan yozuv yodgorliklarini, Kipr orolidagi g’orlardan topilgan yozuvlarni o’z asarida aks ettirdi. Ibrat yozuvlar tarixini o’rganar ekan, tovush-harf yozuv sisteraasi birinchi marta Finikiya xalqlari tomonidan yaratilgan va boshqa qo’shni xalqlar: yahudiy, Suriya, arab yozuvlari Finikiya yozuvlari asosida yaratilgan, degan ilmiy xulosaga keldi. Muallif arab yozuvlari tarixi, ularning takomiliga alohida to’xtaladi. U o’z tekshirishlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: arab yozuvlari Finikiya yozuvlaridan kelib chiqqan bo’lib, VII asrdan kufiy va nash yozuvlari shaklida rivojlangan. Kufiy va nash yozuvlari asosida nisbatan sodda bo’lgan «suls» yozuvi yaratildi.
«Jome' ul-xutut» asarida dunyoda mashhur bo’lgan 41 xil yozuv sistemasi haqida, shu jumladan, arab xatining suls, rayhon, zulf, humoyun, turra kabi shakllari haqida ma'lumot berilgan, husnixat san'atiga oid fikrlar bildirilgan. Ibrat bu asarida ingliz, fransuz, nemis, lotin kabi chet tillarni o’rganish ham ilm-fan va madaniyatni egallashda katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlaydi.
Ibratning jahon xalqlari tarixiga bag’ishlangan mazkur «Jome' ul-xutut» asarining nashr etilishi o’zbek matbaachiligi madaniyati tarixida, yozuvlar tarixini o’rganishda g’oyat muhimdir.
U o’zining «Tarixi madaniyat» asarida xabar berishicha, keyingi 20 yil ichida 14 ilmiy tarixiy, lingvistik, pedagogik asarlar va 30 yillik poetik ijodining majmui bo’lmish «Devoni Ibrat» she'rlar to’plamini yaratdi. Is'hoqxonning tilshunoslikka oid «Lug’ati sittati al-sina», «Jome' ul-xutut» asarlaridan tashqari, tarixshunoslikka oid «Tarixi Farg’ona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uz-zamon» ilmiy asarlari bizgacha etib kelgan.
Is'hoqxon Ibrat «Tarixi Farg’ona», «Tarixi madaniyat», «Mezon uz-zamon» asarlarida ham o’zining pedagogik-ma'rifatparvarlik qarashlari-ni ilgari surdi. Is'hoqxon chet el sayohatida texnika va madaniyat rivojlangan ulkan shaharlarda bo’ldi. U Turkiston shaharlari ham vaqti soati etib madaniy shaharlar qatoridan o’rin olishiga ishondi. Buni amalga oshirishning birdan-bir yo’li ilm-fandan, o’qish-o’rganishdan deb bildi.
Is'hoqxon Ibrat 1886-yili eski maktablarga nisbatan birmuncha ilg’or bo’lgan maktabni ochdi. 1907-yili esa ikkinchi marta qishloq bolalari uchun eski maktablardan butunlay farq qiluvchi bepul yangi usuli savtiya maktabi ochdi. Bu maktabda o’z farzandlari Abbosxon, Vaqqosxon, Fayozxonni ham 25 nafar qishloq bolalarini o’qitdi. Maktab o’z uyida, yorug’ derazali xonaga joylashgan bo’lib, u yangicha o’quv qurollari – parta, stol, stul, yangi kitoblar, darsliklar, daftar, doska kabilar bilan jihozlangandi. o’qish-o’qitish ishlarini bo’lsa, u o’zi tuzgan dastur asosida olib bordi. Is'hoqxon maktabda o’zining«Lug’ati sitati al-sina», «San'ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy» asarlaridan, Turkistonda rus-tuzem maktablarining asoschisi va bunday maktablar darsliklarining birinchi avtori S.M.Gramenitskiyning uch qismdan iborat «Kniga dlya chteniya» (o’qish kitobi), rus-tuzem maktablarining birinchi o’zbek o’qituvchisi va bu maktablar uchun o’zbek tilida darslik yaratgan Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval», Ali Asqar ibn Bayramali Kalininning «Ta'limus soniy», Namangan rus-tuzem maktabining o’qituvchisi M.M.Oraqulovning 1887 -yili nashr qilingan «Samouchitel russkogo yazika dlya russko-musilmanskix shkol» kabi darslik va qo’llanmalaridan foydalandi.
Is'hoqxon yangicha talim-tarbiyaning katta afzalliklarini isbotlashda ko’proq o’zi erishgan yutuqlarga, o’zi amaliyotga tatbiq qilgan yangi metodlarga tayanadi. Is'hoqxon o’z maktabiga haftalik dars jadvalini joriy qildi.
Is'hoqxon bolalarni maktabdan bezdiruvchi, ularda o’qituvchiga nisbatan nafrat uyg’otuvchi tan jazosiga birinchilardan bo’lib barham berdi. U faqat maktabda emas, oilada ham bolani kaltaklab tarbiyalash o’ta noto’g’ri usul ekanligini alohida ta'kidlaydi.
Ibrat ilg’or pedagoglar orasida birinchi bo’lib 1914-yili To’raqo’rg’onda rus maktabi ochdi va uni «Uchitel» nomi bilan atadi. Bu maktabda 1916-yilgacha To’raqo’rg’on va qo’shni qishloqlardan 30 nafar o’quvchi tahsil ko’rdi. Ibrat bu maktabiga rus o’qituvchilarni jalb qildi, o’zi ham o’qituvchilik qildi. Maktab 1916-yili yopildi.
Ibrat rus madaniyati va texnikasini o’z ko’zi bilan ko’rish maqsadida 1907-yili Rossiyaning Orenburg shahriga boradi. U erdagi madaniyat, san'at va texnika yangiliklari bilan yaqindan tanishadi. U Orenburgdagi Gaufman degan matbaachidan pulini 10 yil mobaynida to’lash sharti bilan qarzga litografik mashina sotib oladi. Is'hoqxon litografiya'ni va harflarni mashaqqatlar bilan Orenburgdan Qo’qonga poezdda, Qo’qondan To’raqo’rg’onga tuyalarda olib keldi. 1908-yili o’zi qurdirgan hammom o’rnida «Matbaai Ishoqiya» tashkil etadi.
Turkistonning chekka qishlog’ida matbaaning vujudga kelishi o’zbek xalqining fan va madaniyat sohasidagi katta yutug’i edi. Bu litografiya o’z faoliyatini ilm-ma'rifat tarqatishdan, maktablar uchun darslik-qo’llanmalar nashr qilishdan boshladi. U bu erda birinchi marta 1908 -yili savod chiqarishga bag’ishlangan «San'ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy» asarini nashr qildi. Savod chiqarishda va husnixat namunalari-ni o’rgatishda bu asarning ahamiyati, shubhasiz, katta bo’lgan.
Is'hoqxon matbaaga nur taratayotgan quyoshning tasvirini ishlab, quyosh ichiga «ilm» so’zini yozgan. Bu bilan ma'rifatparvar Ibrat ilmni nur sochayotgan quyoshga o’xshatadi. Bu ramziy belgi matbaada chop etilgan kitoblarning ko’pida mavjud edi.
Xalq o’rtasida kitob va turli risolalarga talabning ortishi natijasida Ktografiya 1910-yili Namangan shahriga ko’chirildi va tipolitografiyaga aylantirildi. Bu davrda matbaa Turkiston miqyosida katta ahamiyat kasb etdi, «Matbaai Ishoqiya»da katta hajmdagi asarlar ham nashr qilina boshlandi.
Is'hoqxonning husnixatga, xat-savod chiqarishga bag’ishlangan «San'-ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy» risolasi, «Ilmi Ibrat» norali she'rlar to’plami, yozuvlar tarixiga bag’ishlangan «Jome' ul-xutut» kabi ma'rifatparvarlik ruhi bilan yug’irilgan risola va kitoblari o’zi tashkil qilgan matbaada nashr etildi.
Namangan matbaasi mahsulotining kun sayin ortib borishi shahar va qishloqlarda kitob do’konlari va kitob bozorlarining birmuncha ko’payishiga sabab boladi. 1910-yildan boshlab Namangan shahrida 13ta, Chustda 2ta, Popda 2ta, Yangiqo’rg’onda 1 kitob do’koni ochildi. Bu do’konlarda asosan «Matbaai Ishoqiya»da nashr qilingan kitoblar arzon narxlarda sotilar edi.
Ma'rifatparvar Is'hoqxon xalqning bilim saviyasini oshirish niyatida kutubxona tashkil qilishga kirishadi, u yana tashabbusni qo’lga olib o’z uyida anchagina boy kutubxona tashkil qiladi va uni «Kutubxonai Ishoqiya» deb ataydi. Malumotlarga qaraganda, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanuvchi Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarining Namangan nusxasi, deb nom olgan nodir qo’lyozmasi «Kutubxonai Ishoqiya»ga mansubdir.
Ibratning ma'rifatparvarlikka oid faoliyatining tub mohiyati shundaki, uning xoh ilm-ma'rifatga chorlovchi she'rlarida, xoh publisistik, xoh ilmiy asarlarida, xoh amaliy faoliyatida bolsin, inson taqdiri birinchi o’ringa olib chiqiladi. U o’z ijodida xalqning iqtisodiy-madaniy hayotiga xizmat qiluvcbi ilm-fanni, texnikani kuylaydi. Shu nuqtai nazardan uning«Tarixi chofxona», «Madaniyat haqida masnaviy», «Turkiston ahliga xitob», «Gazeta xususida», «Tabrik Namangandin», «Qalam», «Tarixi manzumai vagon Ibratdin yodgor», «Muxammasi Ibrat» kabi she'rlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Shoir bu she'rlarida ilg’or fan-texnika, madaniyat-ning otashin kuychisi sifatida maydonga chiqib, mamlakatni, xalqni qoloqlikka etaklovchi amaldagi qonun-qoidalarni keskin fosh qiladi.
Is'hoqxon Ibrat o’z she'rlarida xalq farzandlarini dunyoviy bilimlardan bahramand bo’lishga chorlaydi:

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish