Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


Munavvar Qori Abdurashidxon o’g'li



Download 10,96 Mb.
bet102/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Munavvar Qori Abdurashidxon o’g'li (1878—1931)
Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li Turkiston tarixida milliy maorif va madaniyat, ijtimoiy-siyosiy sohada tub burilish yasagan, jadidchilik harakatining tashkilotchilaridan biri bo’lgan.
U o’z millati fidoyisi sifatida Turkiston musulmon xalqlari milliy-ozodlik harakati rivojiga katta hissa qo’shdi.
Abdurashidxon Sotiboldixon Olim o’g’li Munawar qori 1878-yili Toshkent shahrining markaziy dahasi — Shayx Xovand Tahurning Darxon mahallasida mudarris Abdurashidxon va Xosiyat otin oilasida dunyoga keladi. U etti yoshida otasidan ajraydi. Dastlabki talimni onasi Xosiyat otindan oladi, xat-savodi chiqgach, o’sha davrdagi yirik maktab-dorlardan biri — Usmon domlada o’qiydi, so’ng Toshkentdagi Yunusxon madrasasida tahsil ko’radi. Biroq, o’sha davrda o’rta Osiyoda ilm markazi Buxoro edi. Shuning uchun u 1898 -yili Buxoroga borib, madrasalardan birida tahsil ola boshlaydi. Ammo ko’p o’tmay, moddiy qiyinchiliklar tufayli Toshkentga qaytib keladi va Darxon masjidida imomlik qiladi. Shu davrda Toshkentda ham jadidchilik harakati kuchayib boradi. Mu-navvar qori taraqqiyparvarlar safiga qo’shilib, tezda uning yo’lboshchisiga aylanadi. U ayniqsa Ismoilbek G’aspiralining «usuli savtiya» maktabiga, chor hukumati mustamlaka o’lkalardagi aholini qanday ma'naviy-madaniy uzlatda saqlagani va undan qutulish choralari haqidagi fikrlariga havas va ixlos bilan qaraydi. Chunki bu davrda birinchidan, eski arab va fors maktabi uslubida faoliyat ko’rsatuvchi ibtidoiy maktablar, madrasalarning o’quv-pedagogika ishlari ancha es-kirib qolgandi. Ikkinchidan, chor hukumati Turkiston o’lkasida maorif ni rivojantirmaslik uchun astoydil harakat boshlab yuborgandi. o’lka aholisini ruslashtirish siyosati birinchi o’rinda turardi.
Pirovard maqsad millatni yo’q qilishdan iborat bu ma'naviy tajovuzni, ayniqsa, O’zbek ziyolilari har qadamda sezib yurishgan va his qilishgan. Bundan tashqari, mustamlakachilar Turkistonga och nazar bilan qarab, uning boyliklarini shafqatsiz tashiyotganliklari, milliy-ozodlik harakatlarini qonga botirayotganliklari faqat oddiy mehnatkashlarning emas, balki boylar va ziyolilarning ham ko’zini ochib borayotgan edi. Xalqni bu balolardan faqat maktab ta'lim-tarbiyadagi keskin islohotlar qutqara olardi. Shu bois, Munavvar qori rus-tuzem maktablariga qarshi o’z yangi maktablarini ochishga ahd qildi.
Shunday qilib, Munavvar qori 1901-1904-yillari Toshkentda «usuli savtiya» maktabini ochadi, ayni vaqtda maktabda imomlik ham qiladi. 1906-yili esa, yangi usul maktabi sohasidagi faoliyatini o’z uyining tashqari hovlisida davom ettiradi, oradan ko’p vaqt o’tmay maktab uchun ikki xonali qo’shimcha bino qurdiradi. Qisqa muddat ichida bu maktab dovrug’i ortadi, bolalar soni ko’payib ketadi. Natijada qori akaga hammahalla bo’lgan Buvaxon to’ra Poshshaxon o’g’lining tashqi hovlisida ham maktabning ikki sinfli sho’basi ochiladi. Bu erda 1-, 2-sinflarni bitirgan bolalar o’qishni Munavvar qori hovlisida davom ettirganlar.
1913-1914 o’quv yilida maktabda yuqori sinflar (5- va 6-sinflar) ochiladi. To’rtinchi sinfdan rus tili ham o’quv fani sifatida o’rgatiladi. U maktabni isloh qilmay turib, odamlarning ongida o’zgarish yasab bo’lmasligini yaxshi tushunib etgan edi. Munawar qori farzandlarining taqdiri uchun otalar zimmasida katta mas'uliyat borligini ta'kidlaydi.
Munavvar qori maktab tartib-qoidalariga qat'iy amal qilishni muallimlardan ham talab qilgan, bolalar bilan qo’pol muomalada bo’lishni, ularni urish va jerkishni taqiqlagan. U bolalarga beriladigan jazo va tanbeh demokratik va insonparvarlik ruhida bo’lishi lozim, deydi.
Munavvar qori ziyoli yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm-fanni o’rganishni targ’ib qiladi.
Munavvar qori 1909-yili Ubaydulla Xo’jaev, Abdulla Avloniy, Toshpo’latbek Norbo’tabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkor-likda toshkentlik bir boyning raisligida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi. Bu jamiyat orqali qashshoq va kasalmand kishilarga, o’quvchilarga yordam ko’rsatadi va bu bilan cheklanmaydi, u Rossiya va Turkiyadagi oliy o’quv yurtlariga talabalar yuborish bilan ham shug’ullandi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda shu jamiyatning yordami bilan Mirmuhsin Shermuhamedov Ufadagi «Oliya» madrasasida o’qigan...
Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan, ko’p ulug’ adiblarning asarlarini mutolaa qilgan. Munavvar qori o’lkaning qoloqligi sababini axtarar ekan: «Bizning Turkiston mamlakati tuproq, suv va havo jihatidan eng boy mamlakatlardan bo’la turib, na uchun o’zimiz bundan foydalana olmaymiz?» deb afsus-nadomatlar qiladi. «Mana, ketma-ket yetgan bunday savollarga javob bermak uchun nodonlik va olamdan xabarsizlik, demakdin boshqa chora yo’qdir. Bu nodonlik va dunyodan xabarsizlik balosidan qutilmak uchun avval oramizda hukm surgan buzuq odatlarning buzuqlig’ini bilmak va o’rganmak kerakdir», deydiu.
U insonning ma'rifatli bo’lib, ko’zi ochilmaguncha, vijdoni uyg’onmasa - na o’zini, na xalqining erkini muhofaza qila olishini, bu iymonsizlik ekanini o’z asarlarida ifoda etadi. «So’nggi ikki yil ichida, - deydi u, -Turkiston xalqining boshina kelgan falokatlar har biri yolg’iz nodonlik va maorifsizlik orqasidangina bo’lganligi har kimga malumdir. Kelajakda bunday falokatlardan qutulmoq va Turkiston xalqi tilagan ravishda idora qilmoq va dushmanlardan saqlamoq yolg’iz maorif vositasi ilagina mumkindir».
Ha, bu Munavvar qorining iymon-e'tiqodidan, vijdonidan dalolat edi. Zero, toshkentlik jadidlar — taraqqiyparvarlar millatni asoratdan ma'rifatgina qutqaza olishi haqidagi xulosaga keladilar.
Umuman, Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li ma'rifatparvar inson, istiqlol uchun kurashgan, pedagogik fikr rivojiga munosib hissa qo’shgan mutafakkir olim sifatida shuhrat qozondi.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish