Nazorat uchun savollar
1. Abdurahmon Jomiyning ta'lim-tarbiya haqidagi fikrlari va uning pedagogik faoliyatini aytib bering?
2. Alisher Navoiyning asarlarida ta'limiy-axloqiy g’oyalarning yoritilishi.
3. Alisher Navoiy maktab-madrasalar va o’qituvchi-ustozlar haqida.
4. Alisher Navoiyning ilmiy-ma'rifiy faoliyatini aytib bering?
5. Husayin Voiz Koshifiyning futuwat (javonmardlik) ilmi haqidagi fikrlarini aytib bering?
15-mavzu Turkistonda ta’lim va tarbiya
Reja:
1.Turkiston o‘lkasida islom-diniy tarbiyaviy muassasalarning an’anaviy tizimi. Turkistonda chorizm maktab siyosatining boshlanishi. Musulmon maktablariga bo‘lgan salbiy munosabat.
2.Turkiston o‘lkasida pedagogik fikrlarning paydo bo‘lishi. Siddiqiy, Hamza, Shakuriy, Avloniy, Behbudiy va boshqalarning maktab va maorifning rivojlantirishdagi xizmatlari.
3.Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining paydo bo‘lishi. I.Gaspirali faoliyati. Munavvar Qori, Avloniy, Shakuriy, Behbudiylarning yangi usul maktablarini tashkil etish borasidagi faoliyati. Said Rasul Said Azizovning “Ustodi avval” darsligi.
4.Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida ta’lim-tarbiya tizimi. Hamza, Fitrat faoliyati va milliy pedagogik merosi.
Markaziy Osiyoda temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin bu o’lkani qolga kiritish uchun jahonning ko’pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi.
Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g’oyasi Petr I dan boshlanib, uning vafotidan so’ng Yekaterina II hukumati tomonidan davom ettirildi...
Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Chunki bu davrda sobiq imperiya o’rnida uch xonlik - Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo’qon xonliklari bo’lib, bular o’rtasida nizolar kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati o’zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib, dastlab Qozog’istonni o’zlariga tobe qildilar. So’ngra 1864-yili Turkmaniston, Chimkent, Avliyota, 1865-yili Toshkentni zabt etdilar. 1867-yili Ettisuv, 1868-yili Samarqand, 1876-yili Farg’ona Rossiya qo’liga o’tdi.
1876-yil 19 fevralda podsho Aleksandr II Qo’qon xonligi tugatilganligi to’g’risidagi buyruqqa imzo chekdi. 1885-yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma yerlari Rossiya tasarrufiga o’tdi va O’lkada Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi.
Markaziy Osiyo mustamlakaga aylantirilgach, chor hukumati mustamlakachilik siyosatini yurgizdi, bu siyosatga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’olonlarini esa ayovsiz bostirdi. U Markaziy Osiyo hududida istiqomat qiluvchi turli xalqlarni bir-biriga qarshi qo’yish bilan ular o’rtasida nizolarni avj oldirdi.
Chor hukumati xalqimizning milliy madaniyatiga va uning rivojiga tish-tirnog’i bilan qarshilik qildi, milliy zulmni kuchaytirdi. Bu zulm birinchi navbatda madaniyat, fan, san'at, ijtimoiy va pedagogik fikr, turmush tarziga o’z ta'sirini ko’rsatdi. Xalq o’zining milliy merosi, qadriyatlari va g’ururidan mahrum bola boshladi. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman imperatorga yollagan bir maktubida Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ijtimoiy taraqqiyoti uch yuz yil orqaga surib yuborilganini maqtanib yozgan edi. Oktabr to’ntarishidan oldin masjid XX asr boshlariga kelib, Turkiston o’lkasidagi yirik markaziy sha-harlarda oliy ta'lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar:
Buxoroda-80, Qo’qonda-40, Samarqandda-22, Marg’ilonda-28, Toshkentda-17, Xiva xonligida-130 madrasa mavjud bo’lib, ularda 400 dan 5000 ta gacha talaba tahsil olardi.
1906-yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o’zida 1510 musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 o’qituvchi 12740 talabaga saboq bergan.
Umuman olganda, Turkiston o’lkasida 1905-1906 -yillari 5290 maktab bo’lib, ularda 70955 talaba ta'lim olgan.
Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xiva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni Soniy -Feruz (1844-1910) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 -yili o’z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o’qituvchisi va Mirzo, Rahmonquli qori kabi mahoratli ta'lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish bilan shug’ullandilar.
Feruz farmoniga muvofiq 1904-yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo’shaev degan Turkiyadan kelgan o’qituvchi yoshlarga talim-tarbiya bera boshladi.
Husayn Qo’shaev 1906-1907 o’quv yilida xonlikdagi ilg’or ma'rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag ajratib berdi.
Feruz homiyligidagi bu qizlar maktabida Husayn Qo’shaevning turmush o’rtog’i Komila Qo’shaeva bilim bera boshladi.
1909-yilga kelib Feruz qo’li ostidagi madrasalar soni 130taga etib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.
Feruz Xeva ziyolilari orasida nufuzli o’rinni egallagan ma'rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahridagi gimnaziya va maktablardagi o’qitish usulini o’rganib kelishi maqsadida safarga jo’natadi. Safardan qaytgach Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.
Mazkur maktab o’quv dasturi hamda rejasiga - riyoziyot, tarix, jo'g’rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik fanlarini o’qitish belgilanadi. Mashg’ulot jarayonida Sharq mutafakkirlari - Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa'diy Sheroziy, Mashrab, So’fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o’rganildi. Feruz vohada san'at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda «Podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi.
«Litografiya» - yunoncha so’z bo’lib, «litos» - tosh va «grafos» yozaman degan ma'noni bildiradi. Bu atama o’zbek tilida toshbosma tarzida qo’llanib kelingan.
Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Forobiyning «Nisob us - sibiyon» (Bolalar nasibasi), Alisher Navoyning«Xamsa» asaridan parcha, «Hayrat ul-abror» dostoni, Shermuhammad Munisning «Munis ul-ushshoq» devoni, Yoqubxo’ja ibn Ibrohimxo'janing «Devoni Xolis» to’plami, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o’nlab asarlar nashr etilgan.
Turkiston o’lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, chor ma'murlari ming-minglab rus oilalarini Markaziy Osiyoga ko’chirib keltiradi. Farg’ona viloyati, Sirdaryo, Samarqand va boshqa viloyatlardagi dehqonlarning serunum yerlari tortib olinib, ularga beriladi. Ularning bunday xatti-harakatlaridan g’azablangan atoqli shoir Cho’lpon «Hazon» sarlavhali she'rida qahr ila yozgandi:
Ay, savuq ellardan muz kiyib kelganlar, Uqo’pol tovushingiz qirlardayo’q boisun! Ey, manim bog’imdan mevamni terganlar, Qop-qora boshingiz yerlarga ko’mulsun!
Do'stlaringiz bilan baham: |