Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet94/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lgach quyosh.
Bilimlarni chuqur o’zlashtirgan Alisher Navoiy xalq orasida hurmat-e'tibor qozonadi. Bolalikdan birga ulg’aygan do’sti sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning iste'dodi, bilimi hamda hayotiy qarashlarini yuksak qadrlagan holda uni o’ziga vazir etib tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat olib borgan Alisher Navoiy fan va san'atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, xattotlik, tasviriy san'at hamda me'morlikning rivoji yo’lida amaliy harakatlar olib borish bilan birga, yoshlarga ta'lim va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-e'tibor qaratdi. Ulug’ mutafakkir o’zining «Xamsa», «Mahbub ul-qulub», «Munojot», «Vaqfiya», «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lug’atayin», Abdurahmon Jomiyning «Arba'in» nomli asarining tarjimasi sifatida yaratilgan «Chihil hadis» («Qirq hadis») kabi asarlarida ta'lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi.
Alisher Navoiy o’z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida namoyon boiuvchi ma'naviy-axloqiy sifatlarni uluglagan bolsa, talimiy-axloqiy muammolarni yorituvchi asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, ushbu jarayonning o’ziga xos jihatlari, yo’llari, shakl va usullari borasidagi mulohazalarni bayon etadi.
Alloma tomonidan yaratilgan asarlar mazmunidan anglashiladiki, ularda ilgari surilgan qarashlarning markazida inson va uning kamolotini ta'minlash g’oyasi turadi. Bunaqda navoiyshunos olim V.Zohidov quyidagi fikrni bildiradi: «Navoiy ijodi hamda amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, yo’nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yaxshi yashashi, buning uchun zarur jamiyat masalalaridir».
Allomaning tasavviridagi komil inson o’z qiyofasida eng yuksak insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi lozim. Chunonchi, u ijodkor, qobiliyatli, shu bilan birga, ilm-fanga muhabbatli bo’lmog’i zarur. Alisher Navoiyning qarashlariga ko’ra, ana shunday sifatlarning sohibi bo’la olgan insongina o’z kuchi hamda aqlu zakovatiga ishonadi. o’z kuchi va aqlu zakovatiga qattiq ishongan insongina turli qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, u o’ta murakkab muammolarni ham hal qila olishga qodir
Navoiy ilm-fanning inson kamolotidagi o’rni, bilimlarni o’rganish asosida hosil bo’lgan aql va idrokning inson hayotidagi ahamiyati, aqliy tarbiya va uning mohiyatini yoritishga alohida e'tibor qaratadi. Alloma insonga xos bo’lgan ma'naviy-axloqiy xislatlar xususida so’z yuritadi harada mazkur sifatlarning har biriga ta'rif berib o’tadi. Qanoat, sabr, tavoze(adab), o’zgalarga nisbatan mehr-muhabbatli bo’lish, ishqda vafodorlik, saxovat, himmat, karam, muruvvat, yumshoqko’ngillik (hilm) kabi xislatlarni ijobiy fazilatlar sirasiga kiritadi va ularning har biriga ta'rif berganidan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy qarashlarini dalillar bilan to’ldiradi. Asarda axloqiy fazilatlarning antonimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo’llari ham bayon etilgan.
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo’lish insonga atrofdagi kishilar o’rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bolishga yordam beradi. «Adab kichik yoshdagilarni ulug’lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo’ladi, - deydi adib. - Adab, kichkinalar mehrini ulugiar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’ngilda abadiy qoladi. Yoshlarni ko’zga ulug’ ko’rsatadi. Ularning yurish-turishini xalq ulug’vor biladi. o’ziga qarshi xalq tomonidan bo’ladigan hurmatsizlik eshigini bog’laydi va kishini hazil-mazaxdan va kamsitilishidan saqlaydi. Kishi tabiatini insonlik yo’liga soladi va odam mizojiga odamgarchilik manzilida orom beradi. Kichiklarga undan muncha natija hosil bo’lgach, kattalarga allaqachon bo’lishini ko’rarsan.
Adabdan muhabbatga bezak va pardoz yetadi, adab tarkidan do’stlikning ravnaq va bahosi ketadi. Adab va tavozu do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki tomondan yorug’lik yetkazadi.
Tavozuli va adablilarga ta'zim va hurmat yetadi va u urug’ni ekkan bu qimmatbaho hosilni to’plab oladi. Xalq muomalasida yaxshi axloqning boshlang’ichi shu xislatlar va bu xislat qattiq o’rnashsa, muhabbatga xalal etishi maholdir. Agar har ikki tomonda yaxshi xulq bo’lsa, adabi va tavozu evaziga ta'zim paydo bo'ladi».
Demak, yaxshi xulqning asosi bo’lgan odob Alisher Navoiyning talqinida barcha insoniy xislatlarning bosh bo’g’ini sanaladi. Qanoat, sabr, tavoze, ishq, vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, hilm kabi fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bolishini uqtiradi. Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma'naviy-axloqiy xislatlar xu- susidagi fikrlarini ularning har biriga ta'rif berish asosida davom ettiradi. Chunonchi, «Qanoat - buloqdir - suvi olgan bilan qurimaydi. Xazinadir - naqdinasi sochilgani bilan kamaymaydir. Ekinzordir - urug’i izzat va shavkat mevasi beradir. Daraxtdir - shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi etkizadi.
Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod boladi. Qanoat qo’rg’ondir, u erga kirsang nafs yomonligidan qutularsan, tog’liklardir - u erga chiqsang dushman va do’stga qaramlikdan xalos bo’larsan; tubanlashishdir - natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir - foydasi ehtiyotkorlik urug’ining mevasi farovonlik».
Alisher Navoiy qanoatni toldiruvchi insoniy fazilatlar sabr, saxiylik, karam, muruvvat, himmat ekanligini ta'kidlab o’tadi. Mazkur xislatlarning bir-biriga yaqinligi hamda ularni insonning obro'-e'tiborini yuksak darajaga ko’tarishga xizmat qiluvchi xislatlar sanalishini aytib o’tadi. Ayni o’rinda sabr deb ataluvchi xislatga shunday ta'rif beradi: «Sabr achchiqdir – ammo foyda beruvchi, qattiqdir – ammo zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.
U o’rtoqdir - suhbati zeriktirarli, ammo maqsadga olib boruvchi; u ulfatdir - umidi uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi.
Ulovdir - yurishi taxir, ammo manzilga etkazuvchi; tuyadir - qadami og’ir, lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq so’zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminida maqsad hosil bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so’ngida sog’liq yuz beradi».
Asarda saxiylik sifatiga esa insoniylikning haqiqiy mezoni deya ta'rif beriladi. Navoiy talqinicha, saxiylik, saxovat odamlarning mushkulini oson qilish maqsadida ularga beriladigan minnatsiz yordamdir. Alloma insonlarni bir-birlariga nisbatan saxovat ko’rsatishga da’vat etadi. Himmatlilik, muruvvat, karam kabi xislatlar esa saxovatning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu fazilatlarga ta'rif berar ekan, mutafakkir quyidagi fikrlarni qayd etadi: «Saxiylik (qo’li ochiqlik) kishilik bog’ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir; odamgarchilik o’lkasining to’lqinli daryosi, balki u to’lqin daryosining asl gavharidir. Yaxshilik, karam - bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko’tarmoq va uni o’sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam birovning mashaqqat tikani og’irligini ko’tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq va o’sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, og’ziga olmaslik, kishiga min-nat qilmaslik va uning yuziga solmaslik». «Muruvvat karamning urug’-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu xislatlarga ega bo’lsa, izzat va hurmatga sazovor bo'ladi» kabi fikrlar asosida esa muruvvat deb ataluvchi xislatga ta'rif beriladi. Navoiy karam va muruvvat sifatlarini ota-onaga qiyoslasa, vafo va hayoni egizak farzandlardir, deya ta'kidlaydi.
Biroq alloma har qanday ko’rinishdagi ehsonni ham saxiylik deb tushunmaydi. Saxovat ko’rsatayapman deb isrofgarchilikka yo'1 qo’yish, yordamini ta'kidlab ko’rsatish va minnat qilishni qoralaydi. Alisher Navoiy saxovat va himmat kabi sifatlarga ta'rif berar ekan, ularning ma'nosini keng ochib beradi. Shu bois ularni ijtimoiy munosabatlar darajasida yoritadi.
Mutafakkir fikricha, qanoat - sharaf va izzatning tantanasidir, molu davlatga ega, biroq ta'magir odamlar xor va pastkash kishilardir.
Asar mazmunida Alisher Navoiy yoshlikning qadriga etish, eng yaxshi xislatlarni o’zida tarbiyalash, nafsni tiyishni ulug’laydi. Takabburlik, manmanlik, faqat o’z foydasini ko’zlab ish yuritish, hasad, g’iybat, yolg’onchilik, nodonlik, johillik, ikkiyuzlamachilik, ta'magirlik, shoshmashosharlik, bachkanalik, pala-partishlik, fisqi-fasod, yalqovlik, haromdan hazar qilmaslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo’lish borasida so’z yuritadi.
Quyidagi ruboiy yomon illatlarga ega inson boshiga turli falokatlar yog’ilishi mumkinligi to’g’risida ogoh etadi:

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish