Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet53/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy (806-866) substantsiyani barcha ilmiy bilimlarning bosh predmeti sifatida koʼrib chiqishda eng avvalo miqdor va sifatni hissiy idrok etish zarurligini tasdiqladi. Kimki miqdor va sifatni bilmasa, u substantsiyani bilishdan ham mahrumligini oʼqitirdi. Olim oʼzining didaktik gʼoyalarida hissiy va ratsional bilishni ifodaladi. Hissiy bilish – yakka narsalarni bilishdan iborat boʼlsa, ratsional bilish – umumiy narsalarni bilish ekanini taʼkidladi. Uning fikricha, hissiy bilish faqat aql uchun material beradi.
Sabablar haqiqatni bilishda va oʼzining ana shu haqiqatga muvofiq xatti-harakatlarini anglashda insonning aqliga koʼmaklashadi. «Haqiqat», – deb yozgan edi al-Kindiy, – har qanday narsani va uning barqarorligini
bilishning sababidir, binobarin hayotdagi mavjud hamma narsa haqiqiyligi
bilan mavjuddir. Hakiqatni bilish zarur va shunga koʼra mavjud narsalarni
bilish mumkin».
Аbu Nasr al-Forobiy (870-950) oʼqitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa oʼqitishning amaliy yoʼnalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bogʼliqligi gʼoyalarini olgʼa surgan. Olim oʼqitishning tajriba – koʼrsatmali, induktiv va deduktiv amaliy metodlariga alohida eʼtibor bergan. Barcha metodlarni oʼquvchi-talabalarning hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtirgan. Oʼquv jarayonini tashkil etishga koʼyiladigan talablarni ishlab chiqishda deduktiv metodini ustun koʼyib, oʼquvchi-talabalarga materialni tushuntirishda nimalarga alohida eʼtibor berish haqida, eng muhim narsalarni fanga ishonchli bilimlar beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va hokazolar boʼyicha oʼkituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan. Forobiy matematika fani misollari asosida oʼkitishning ilmiylilik, koʼrsatmalilik, tushunarlilik va izchillik printsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayonining va fandagi bilim shakllarini moxiyatini yoritgan. Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qoʼpol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali oʼtishi kerak. Mantiq obʼekti anglashga qaratilgan va aql yetadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining toʼgʼriligini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam beradi. Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish masalalari boʼyicha ham anchagina mufassal tavsiyalarni ishlab chiqqan. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi boʼlish uchun nazariya qaysi fanga taalluqli boʼlsada, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart: 1. Mazkur fan asosidagi hamma printsiplarni toʼliq bilish; 2. Mana shu printsiplardan va mazkur fanga doir maʼlumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish: 3. Notoʼgʼri nazariyani rad eta bilish va hakiqatni yolgʼondan farqlash, xatolarni toʼgʼrilash uchun boshqa mualliflarning fikrlarini tahlil qila bilish. Borliqning aks etishi sifatidagi hissiy bilish muammosi va eng asosiy masala – bilishning manbalari masalasi doimo Аbu Rayhon Beruniy (973-1048) nazariy bilish faoliyatining dikqat markazida turdi. Olim bilishning nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon sifatida tahlil hamda talqin qildi. U qadimgi davr olimlari ishlab chiqqan bilishning ilmiy metodlarinirivojlantirib didaktik yoʼsinda muhim xulosalar chiqardi. «Oʼqish va takrorlash orqali, – deb yozgan edi Beruniy, – dunyoning tuzilishini, osmonning va yerning shakllarini bilish astronomiya fani uchun gʼoyatda foydalidir. Binobarin ana shu tariqa taʼlim oluvchi malaka hosil qiladi va mazkur sanʼat ahli ishlatadigan soʼzlarni oʼrganadi, bu soʼzlarning maʼnosini anglaydi. Keyinchalik astronomiya fanidagi turli sabablar va isbotlarni oʼrganishda ana shunday soʼzlar uchrasa, ularni bemalol tushunib boraveradi va u yoki bu narsalarni oʼzlashtirishda charchamaydi».
Beruniy taʼkidlaganidek, oʼqitish izchil, koʼrsatmali, maqsadga muvofiq boʼlishi va maʼlum tizimda olib borilishi lozim. Binobarin koʼrsatmalilik taʼlimning tushunarliroq, muayyanroq va qiziqarliroq boʼlishini taʼminlaydi, tafakkurni rivojlantiradi.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish