Foydalanilgan adabiyotlar:
Karimov I.A. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi. –T.: O‘zbekiston, 2010.
Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008.
Ushinskiy K.D. Tanlangan pedagogik asarlar. T. «O‘quvpeddavnashr», 1959.
Pedagogika nazariyasi va tarixi // M.X.To‘xtaxo‘jaeva tahriri ostida. – T.: Moliya-iqtisod, 2008.
Pedagogika tarixi. Maruza matni. Qo‘llanma II qism T.,(tuz. S.Nishonova, B.Hasanova ) TDPU 2002 y
Pedagogika tarixidan Xrestomatiya (Tuz. O. Hasanboeva) T., O‘qituvchi, 1973
Rajabov.S.Pedagogika faning buyuk allomalari. T. «O‘kituvchi», 1990
Hasanov R. K.D.Ushinskiy. (voizga yordam) T. MRDI 1999.
Hasanboeva O., Hasanboev J., Hamidov H. . Pedagogika tarixi T., «O‘qituvchi» 1997 .
Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. T, «Ukituvchi» 1996 y.
Hoshimov K., Nishonova S Pedagogika tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., A.Novoiy nomidagi O‘z.Res “milliy kutibxona” nashryoti, 2006
7-mavzu:Yagona pedagogik jarayon.
Reja:
1.Hozirgi davrda dunyoda ta’limning ahvoli muammolar va yechimlar. Dunyoning turli mamlakatlarida ta’lim tizimi.
2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida bakalavr - o‘qituvchining asosiy xizmat vazifalari va uning shaxsiga qo‘yilgan talablar.
3. O‘qituvchi - murabbiyning o‘ziga xos fazilatlari ilmiy dunyoqarashi va insonparvarligi. Uning ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazari, barkamol avlod tarbiYasi uchun o‘qituvchi - murabbiyning jamiYat oldidagi mas’uliYati, uning kasbiy bilimlari va ko‘nikmalari.
4.Pedagog iste’dodi va qobiliYati. O‘qituvchi-murabbiyning pedagoglik axloq-odobi va nazokati, uning o‘quvchilar, ota-onalar va hamkasblari bilan muloqati.
AQSH ta’lim tizimi
Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining to`zi lishi quyidagicha:
- bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiYalanadigan maktabgacha tarbiYa muassasalari;
- 1- 8 - sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);
3 - 9-12 - sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qo‘shma SHtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib, u 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir. AQSHda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv yurtlari davlat, jamoa tasarrufida, xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin. Amerikada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiYasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar, shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat. 9 - sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga qabul qilinadi. O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi. 1 - kasb-hunar ta’limi, 2 - biznes ta’limi, 3 - savdo va sanoat ta’limi hamda 4-qurilish ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi. 1-kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2- bakalavr 4 yillik kollejlarda , 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirishi mumkin. Bu 1-2 yillik magistr maktabi. 4 – bosqich esa doktorantura. Oliy ta’limda ikki yo‘nalish mavjud: 1-ta’limni individuallashtirish; 2-talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish. O‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
YUqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, AQSH o‘rta maktablarida o‘z o‘quvchilariga uch yo‘nalishda: akademik, kasb-hunar, umumiy yo‘nalishlarda bilim beradi. Ayni paytda o‘quvchilarga to‘rt yo‘nalishda: qishloq xo‘jaligi, biznes ta’limi, savdo va sanoat qurilishi bo‘yicha hunar, kasb-kor asoslari o‘rgatiladi. AQSHda har bir o‘quvchiga fanlar bo‘yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o‘qish istagida hujjat topshirgan o‘qituvchilar yuqori o‘rta maktabning so‘nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o‘tkaziladi. O‘g‘il- qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliYati ham aniqlanadi. Maktablarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiYa va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) ta’lim televideniesi, qo‘lda ko‘tarib yuradigan elektron til laboratoriYasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.
XXI asr arafasida AQSH Yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim strategiYasi» dasturi e’lon qilingan edi. Turli yo‘nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari, aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo‘lishi, o‘quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiYa fanlari bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarini namoyish eta olishlari, talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda jahonda eng oldingi o‘rinlarga chiqishlari, har bir voYaga etmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari, maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish, o‘qish uchun barcha shartsharoitlarni Yaratish ko‘zda tutilgandi. AQSH ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi mazkur dastur asosida o‘tgan yillar davomida juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha AQSH jahon mamlakatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag‘ning 48 foizini davlat tomonidan, 50 foizini firma, konsern, sindikatlardan undiriladi, qolganlarini oliy o‘quv yurtlarining manbalari tashkil qiladi.
YAponiYada ta’limtizimi
YAponiYa ta’limining shakllanishi 1867—1868 yillarda boshlangan. YAponiYa o‘z oldiga ikki vazifani: 1—boyish, 2-G‘arb texnologiYasini YAponiYa ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo‘Yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligi aytiladi.
1872 yili «Ta’lim haQida qonun» Qabul Qilindi. Bunda Yapon ta’limi G‘arb ta’limi bilan uyg‘unlashtiriladi. 1908 yil YAponiYada boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893 yili kasb yo‘nalishidagi dastlabki kollej paydo bo‘ldi.1946 yili qabul qilingan KonstitutsiYa fuqarolarning ta’lim qsidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi zamon Yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: bog‘chalar, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlari. Bolalar yosh xususiYatlariga qarab 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi.
YAponiYada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9% xususiy, 40,8% munitsipal, 0,3% davlatnikidir.Majburiy ta’lim. Ta’limning pog‘onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. 6 yillik boshlang‘ich ta’lim va 3 yillik kichik o‘rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi va u bepuldir, tekin darsliklar bilan tahminlangan. Muxtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o‘quv qurollari, tibbiy xizmat bilan tahminlanadi. Zarur bo‘lgan taqdirda ularning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. SHu qatorda xususiy maktablar ham mavjud.YUqori bosqich o‘rta maktab 10, 11, 12 sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo‘limlari mavjud. O‘quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o‘qiydilar.YAponiYada o‘quv yili 240 kun (AqSH 180). o‘quv yili 1 apreldan boshlanib martda tugaydi. YOzgi kanikul iyung‘ oyining oxirida boshlanib, avgustda tugaydi. Darslar 7 soatdan o‘tiladi.Dorilfununlarga katta o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U erda 460 ta universitet bo‘lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1-toifadagi universitetlarda har bir o‘qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to‘g‘ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi: buning uchun Yapon, eski Yapon tili, matematika, fizika, ximiYa, jamiYatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.Bu sinovlardan o‘tgan o‘quvchilar universitetlarga yo‘llanma oladilar va Yana sinovdan o‘tadilar. Xususiy universitetlarga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri test topshiriladi. Bir qator xususiy universitetlar o‘zining uzluksiz shaxobchasiga esa (bog‘chadan boshlab hamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Lekin o‘qish muddatini cho‘zish mumkin (4 yillik o‘qish 5-6 yilgacha cho‘zilib ketishi mumkin).
Kollejlar:1-kichik kollej;2-texnik kollej; 3-maxsus kollejlarga bo‘linadi.
Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning 3 yoki 4 kurslariga qabul qilinadi.
Janubiy KoreYada ta’lim tizimi
Janubiy KoreYada ta’lim haqidagi qonun 1948 yilda qabul qilingan. Ta’lim tizimiga asos qilib anhanaviy g‘arb modeli olingan: 6 yil Quyi maktab, 3 yil o‘rta, Yana 3 yil oliy maktab; so‘ngra to‘rt yillik kollej va bakalavr unvoni beriladi; tanlangan fan Yana 2 yil chuqur o‘rganilgandan so‘ng magistr unvonini olish mumkin. Fan doktori bo‘lish uchun Yana 3 yil vaqt sarflash lozim.
Mamlakatda oliy o‘quv yurtlarining ishlari Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. KoreYada 104 ta oliy o‘quv yurti bor, ularning 80 foizi xususiydir. Hozir mamlakatda oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga qiziqish juda kuchayib ketgan. Har yili maktablarni bitiruvchilarning 40 foizi o‘qishga kiradi. Talabalar soni bo‘yicha KoreYa dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Lekin maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muammolar bor. Talab ehtiyojni qondira olmaYapti. SHuning uchun 1982 yilda maktabgacha tarbiYa haqida Qonun qabul qilindi. Bu erda tarbiYaga bolalar bog‘chasida asos solinishini Yaxshi tushunishadi. SHu tufayli bu tarmoq keyingi yillarda 60 foizga kengaydi. Bunda diniy tashkilotlarning hissasi kattadir.Boshlang‘ich maktab masalasiga kelganda (bu maktabga olti yoshlilar kelishadi) sinflarning tig‘izligini kuzatish mumkin. Har sinfda 50 nafargacha bola o‘qiydi. Dars nagruzkalari ham ko‘proq. Lekin o‘yinlar dam olish o‘quv dasturiga kiritilgan. SHuning uchun dam olishga imkoniYat bor.
Boshlang‘ich maktabda dars 40 minut davom etadi. O‘rta maktabda esa darslar 45 minut.Oliy maktabda darsning davomiyligi 50 minutga teng. Bu erda ikki muhim jihatga to‘xtalib o‘tish zarur. Oliy maktabga, albatta, kirish imtihonlari topshirib kiriladi, o‘qishlar pullik.Boshlang‘ich maktabda 9 ta fan o‘qitiladi. Koreys tilini o‘rganishga alohida ehtibor beriladi. Bundan tashqari arifmetika, ayrim ijtimoiy fanlar ham o‘qitiladi.O‘rta maktabda fanlar Yana 4 taga ko‘paytirilgan. 7-sinfdan boshlab chet tillar o‘rgatiladi. Mamlakatda ingliz tiliga ehtibor kuchli. Ko‘pchilik bu tilda bemalol gaplasha oladi. CHet tillarni o‘qitishga haftasiga 4—5 soat ajratilgan. Koreyslar Yana bir tilni klassik xitoy tilini majburiy ravishda o‘rganadilar. 8-sinfdan boshlab Xitoy tarixi o‘rganiladi.Hunar maktablari KoreYada 600 tani tashkil etadi. Bu maktablarning 45 foizi bo‘lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari etishib chiQadi. qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo‘jalik ixtisoslari o‘zlashtiriladi.SHunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Ta’lim haqidagi qonun talablaridan biri shudir.
KoreYada ham alohida iqtidorli bolalarga ehtibor kuchli. So‘nggi yillarda 5 ta sport, 6 ta ilmiy maktab ochilgan. Jismoniy tarbiYaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko‘rsatgan.
KoreYada nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni har qadamda kuzatish mumkin. Aytaylik, bu erda aravachalar yordamida harakatlanuvchilar uchun er osti liftlari mavjud, maxsus jihozlangan past qilib qurilgan telefon-avtomatlardan nogironlar bemalol foydalanadilar, rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Bu maktablarning aksariYati xususiy yoki diniy tashkilotlarning xayriYa mablag‘lari hisobiga qurilgan. Davlat maktablarida din o‘qitilmaydi. Lekin 3-sinfdan boshlab «Odobnoma» kabi maxsus fan joriy etiladi. Bu fan 12-sinfgacha o‘qitilib, haftasiga 2 soat vaqt ajratilgan. Bu fan o‘z ichiga dinni ham qabul qiladi. U qotib qolgan bir narsa sifatida emas, qadriYat sifatida o‘qitiladi. Bu butun tarbiYa tizimi natijasidir. Ehromlarga borish, tarixiy yodgorliklar bilan tanishish, ma’naviy tarixni o‘rganish maktab fanining majburiy davomi hisoblanadi. Maktablar uchun o‘qituvchi kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta ehtibor beriladi. KoreYadagi barcha talabalarning 6,5 foizi bo‘lajak pedagoglardir. Mamlakatda 11 ta o‘qituvchilar kollejlari mavjud. Har bir provinsiYa o‘z kollejiga ega. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi bo‘lish uchun 2 yil o‘qish kerak. Fan o‘qituvchisi birmuncha ko‘proq o‘qiydi.KoreYada o‘qituvchining ish haqi 700 dollarga teng. Agar bunga pedagogika oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishdagi yuqori tanlovni ham qo‘shadigan bo‘lsak, bu mamlakatda o‘qituvchi kasbining ehzozlanishi sabablari ayondir.Janubiy KoreYada ta’limning obro‘si naqadar kattalagini quyidagi misoldan ham ko‘rsak bo‘ladi:Soliqlar tizimida ta’limiy soliq joriy qilingan: ishlab chiqaruvchilar foydaning Ma’lum foizini maorifga yuboradilar. Davlat byudjetining 24 foizi ta’limga sarflanadi.
Mamlakat prezidenti (u xalq ta’limi Davlat kengashini boshQaradi) shaxsan provinsiYalar ta’lim boshqarmalari (bizdagi xalq ta’limi boshqarmalari kabi) boshliqlarini tayinlaydi. Bu ham ushbu mamlakatda maorifga qanchalar zo‘r ahamiYat berilishini ko‘rsatib turibdi.
FransiYada ta’lim tizimi
FransiYa ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan. FransiYa davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim strategiYasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o‘quv predmetlarining integratsiYalari va boshqalar sabab bo‘ldi.FransiYada ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini tahminlash, uni mustaqil faoliYatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga Yarasha kasb-korga ega Qilishdan iboratdir.
Bu erda: 1. Davlat maktablari; 2. Xususiy maktablar; 3. Oraliq maktablari mavjud.
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiYatga molik bo‘lib hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O‘rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi esa 60 minut. o‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarida o‘qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiYa, mehnat, jismoniy tarbiYa predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.FransiYa ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oYat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiYalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga FransiYada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan.
Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
FransiYada boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. o‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. Tayyorlov bosqichi; 2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi); 3. CHuqurlashtirilgan bosqich.
Dasturlarda o‘quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo‘yicha aniq, alohida-alohida talablar qo‘yiladi.1990 yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliYatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan holda to`zi sh huquqi berildi.O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4 o‘rta sinf, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar umumiy o‘rta ta’lim, 4-3 sinflar esa o‘quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchi bosqichni tugatgach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar. So‘ngra ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil o‘qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan o‘quvchilargina oliy o‘quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega bo‘ladilar.
FransiYada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy mahmuriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi.Birinchi turkum: umumiy bo‘lib, o‘qish muddati ikki yil davom etadi.Ikkinchi turkum: o‘qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan Yakunlaydi.Uchinchi turkum: o‘qish 1—2 yil davom etadi. Bu siklda:
biron bir predmetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi haqida diplom 1 yil;
ixtisoslashtirilgan oliy Ma’lumot to‘g‘risida diplom 1-yil;
uchinchi turkum doktorlik dissertatsiYasi 1—2 yil;
davlat doktorlik dissertatsiYasi biron-bir qni mukammal o‘rganib dissertatsiYa yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
FransiYada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi.
Sirtqi ta’lim shoxobchalari juda keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiYa eta oladi.
FransiYada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada Yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadi. O‘qishni Yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘tadilar. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliYatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. SHu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliYat ko‘rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi.
Maktab o‘quvchilariga qo‘yilgan talab FransiYada o‘ta yuqori. Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi o‘z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim.O‘qituvchilar o‘z nazariy uslubiy malakalarini oshirishga ahamiYat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab qo‘yilmagan. O‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar.
SHu imtihonlar davrida o‘qituvchi faoliYatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o‘z vaqti va mablag‘lari hisobiga malaka oshiriladi.
2000 yilda FransiYa maktablaridagi ahvol sinchiklab o‘rganilib, o‘quvchilarning ko‘pchilik darslarga kirmay boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib yurishi aniqlangach, bu kamchilikni tuzatish uchun jiddiy choralar ko‘rilmoqda. PolitsiYani bu ishga jalb etib, dars vaqtida boshqa joylarda yurgan bolalarni tutish, ularga jarima solish va maktabga eltib qo‘yish yuklatiladi. O‘z farzandlarini maktabga yubormogan ota-onalarni esa sud hukmi bilan jazolanadi. Unda hatto qmoq jazosi xam elgilab o‘yilgan. CHunki aynan darsga Qatnashmay yurgan bolalar o‘rtasida narkomaniYa va huquqbuzarlik kabi holatlar ko‘p uchraydi. Umuman FransiYada ta’lim tizimini rivojlantirish uchun bu yil juda katta mablag‘ ajratilgan. GermaniYada ta’lim tizim
Maktabgacha tarbiYa tizimi GermaniYa ta’lim tizimida ham muhim bosqich
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni mablag‘ bilan tahminlash turli jamoat tashkilotlari, hayriYa birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiYalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog‘chalarga qatnaydi. GermaniYada odatda bolalar bog‘chada tushgacha tarbiYalanadilar. Kunning Yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. GermaniYada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, Yahni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (bao‘zi joylarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qiishda o‘qiydi. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ozroq. O‘qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu erda 5-6 sinf bosqichidagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: bular asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. DeYarli 30% bola asosiy maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar o‘qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o‘rtasida turadi. qoidaga ko‘ra bu erda o‘qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to‘la o‘rta Ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. GermaniYada gimnaziYalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. GimnaziYani bitirganlik haQidagi etuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish imkonini beradi. GermaniYa ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiYatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. AksariYat hollarda o‘qish muddati 3—3,5 yilni tashkil etadi. O‘qish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O‘quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o‘tishi sinov imtihonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi Yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiYa tomonidan qabul qilinadi. KomissiYa ahzolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, federal erlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga asosan oshiriladi.
oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshQarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. o‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliYaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliYa yordamida oladilar. Bu yordamning Yarmi stipendiYaga qo‘shib berilsa, ikkinchi Yarimi qarz tariqasida beriladi.Mamlakatda ta’limning isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliYatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
GermaniYada Xalq universitetlari mavjud bo‘lib, ular partiYa va dindan tashqari muassasa. Ularning ko‘pchiligi kechki bo‘lib, faqat 1989 yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida tinglovchilarga mablag‘ bilan moliYaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z malakasini oshirish imkoniYatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. YArim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan tahminlanadi. CHerkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Evangelg‘ cherkovi o‘zining 15 akademiYasida dolzarb mavzular bo‘yicha konferensiYalar tashkil etadi.
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiYa va madaniYat qlariga katta ahamiYat beradilar.Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy anhanalaridan biri. O‘tgan asr boshlarida Vilg‘gelg‘m fon Gumbolg‘dt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri «Tadqiqot va o‘qtish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bo‘lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriYalari Yaqindan yordam beradi. GermaniYa ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. SHu bilan bir qatorda hozirda GermaniYada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida Yangi izlanishlar olib borilmoqda.
Modulli-kredit tizimi.
Modulli-kredit tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi. Bugungi kunda taraqqiyparvar insoniYat davlatlar o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy sohalarda o‘zaro kelishuvga erishish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning Yangidan Yangi yo‘llarini izlashda davom etmoqda. Binobarin, yuqorida aytib o‘tilganidek, insoniYatning omon qolishi va rivojlanishda davom etishining Yagona chorasi irqiy, etnik, diniy ziddiYatlarga barham berish va o‘zaro birlik, hamkorlik, hamjihatlikka erishishdir. XX asrning ikkinchi Yarmidan boshlab barcha sohalarda bo‘lgani kabi oliy ta’lim tizimida ham xalqaro hamkorlikka erishish, oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga Yagona yondashuvni qaror toptirish yo‘lida amaliy harakatlar olib borilmoqda. 1954 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Evropa kengashining Evropa madaniYati konvensiYasi ham dastlab mazkur mintaqa davlatlari miqyosida oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga nisbatan Yagona yondashuvning qaror topishi uchun zamin tayyorlagan edi. Hozirda esa u jahonning ko‘plab mamlakatlari universitet (institut, akademiYa)lari faoliYatining o‘qitish tizimida Yagona malakaviy talablar asosida tashkil etilishida muhim hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur KonvensiYa g‘oYalari Evropa hududida shaxs tafakkurini shakllantirishda ko‘p tillikka asoslanish uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilishdan iborat edi. KonvensiYani imzolovchi tomonlar o‘z hududlarida fuqarolar tomonidan Evropa hududida mavjud bo‘lgan tillar, turli millatlarning tarixi va rivojlanish taraqqiyotini o‘rganish hamda o‘z hududida boshqalarga o‘z tili yoki boshqa tillarni o‘rgatish imkoniYatini Yaratib berishlari zarur edi.
Модуль -мазмуний ва мантиқий якунга эга бўлган, дидактик жиҳатдан ишлаб чиқилган, натижагақаратилган, кириш ва чиқиш назоратларидан иборат бўлган бирликдир.
|
Zamonaviy Evropada Yagona kasbiy ta’lim makonini Yaratilishi uchun ilk qadamlar 1949 yilda qo‘yildi. Xuddi shu yili asosiy maqsadi Evropada ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar kechishi va birligini ta’minlashdan iborat bo‘lgan birinchi xalqaro tashkilot – Evropa Kengashi tashkil etildi.
|
BolonYa jarayoni Yagona Evropa oliy ta’limi makonini Yaratish maqsadida Evropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimining bir-biriga Yaqinlashishi va o‘zaro uyg‘unlashuvi jarayonidir. Ushbu jarayonning rasman boshlanish muddati 1999 yilning 19 iyun deb e’tirof etilgan. Binobarin, xuddi mana shu sanada 29 mamlakat vakil-lari ishtirokida BolonYa deklarasiYasi imzolangan edi. Ayni vaqtda mazkur tizim o‘ziga 1954 yilda Evropa Kengashi tomonidan qabul qilingan Evropa madaniYati KonvensiYasini ratifikatsiYa qilgan (oliy davlat hokimiYati organi tasdiq-lagan) 49 mamlakatdan 47 ishtirokchi mamlakatlarni qamrab olgan.
|
Модуль дастур - бир фан доирасидаги модуль блокларининг йиғиндиси бўлиб, эришиш лозим бўлган дидактик мақсад, қўлланиладиган усуллар ва воситалар йиғиндисидир.
|
.
Ўқув модули– нисбатан мустақил, мантиқий якунга эга бўлган ўқув курсининг бўлагидир. У ўқув методик таъминотдан назарий ва амалий қисмлардан, топшириқ ва жорий ҳамда якуний назорат каби қисмлардан иборат
|
BolonYaning maqsadi ijtimoiy sub-’ektlar tomonidan oliy ma’lumot olish imkonini kengaytirish, Evropa oliy ta’limining sifati va samara-dorligini istiqbolli oshirish, tala-balar hamda o‘qituvchilarning hara-katchanligi, faolligini rivojlan-tirish, shuningdek, akademik daraja va boshqa kasbiy malakalarning meh-nat bozoriga yo‘naltirgan holda bi-tiruvchilarni ish bilan ta’minlash
|
Mazkur tizimni qabul qilgan mamlakatlar oliy kasbiy ta’limni zamonaviylashtirish, oliy o‘quv yurtlarining Evropa komissiYasi tomonidan moliYalashtiriladigan turli loyihalarda teng huquqlilik, hamkorlik asosida qatnashish, talabalar va o‘qituvchilarni o‘zaro akademik almashtirish uchun Yangi imkoniYatlarga ega bo‘lmoqdalar.
Модулли ўқитиш – ўқув жараёнини ўқув ахборотларини модул шаклида тақдим этилиши асосида ташкил этилиш йўли. Модулли ўқитиш мазмуни дидактик мақсадда, касбий ва таълим олувчиларнинг даражасига мўлжалланган автоном ташкилий-методик модуллар мазмуни ва ҳажми асосида ишлаб чиқилади. Модуллар конкрет ўқув материалини ўрганишга (ёки мустақил ўрганиш) йўналтирилган бўлиши лозим.
.
Модулли технологиялар - энг замонавий технология бўлиб, модуль блокларидан ташкил топган ахборотни тизимли равишда қайта ишлаш ва таҳлил қилишга, талабанинг мустақил фаолиятига асосланган, билим, кўникма ва малакалар диагностикасида турли шаклларидан фойдаланган ҳолда ташкил этилувчи яхлит жараён.
Tizimning umumiy asoslari BolonYa shahrida imzolangan deklaratsiYada o‘z ifodasini topgan. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Diplom ilovasiga ko‘ra fuqarolarni ishga samarali joylashtirish, Evropa oliy ta’lim tizimining xalqaro raqobatga bardoshliligini oshirish imkoniYatini Yaratadigan o‘zaro muvofiq keluvchi akademik darajalar tizimni qabul qilish.
2. Ikki siklli: tayyorgarlik va bitiruv ta’limiga o‘tish. Ta’limning birinchi sikli uch yil davom etadi. Ikkinchi sikl esa magistrlik va doktorlik darajalarini olish uchun yo‘naltiriladi.
3. Keng ko‘lamda talabalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash uchun mashaqqatli sinov birliklarini qayta topshirishning Evropa tizimiga o‘tish. Mazkur tizim talabalarning o‘rganiladigan fanlarni tanlash huquqiga ega bo‘lishlari uchun imkoniYat Yaratadi. Buning uchun asos sifatida “Umr bo‘yi ta’lim olish” konsepsiYasi doirasida qo‘llash imkonini beradigan tizim - ESBT (Evropa sinov birliklari tizimi)ni qabul qilish taklif etiladi.
4. O‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish. Evropa hududida ishga sarflanadigan vaqt davrini inobatga olgan holda o‘qituvchilar va b. xodimlar almashuvini kengashtirish. Transmilliy ta’lim standartlarini o‘rnatish.
5. O‘zaro mos mezon va metodologiYalarni ishlab chiqish hamda sifatini ta’minlashda Evropa hamkorligini qaror topshirishga ko‘maklashish.
6. Oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish va oliy o‘quv yurtlari talabalari va xodimlari faoliYatini tashqi baholashga tortish.
7. Oliy ta’limda, ayniqsa, o‘quv rejalarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalariaro hamkorlik, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi va birgalikdagi ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishga oid amaliy tayyorgarlik va ularni olib borish borasida zarur evropacha nuqtai nazarlarning shakllanishiga ko‘maklashish.
DeklaratsiYaga a’zo bo‘lish uchun quyidagi dastlabki talablar qo‘yiladi:
- oliy o‘quv yurtigacha 12 yillik ta’lim;
- ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;
- o‘quv jarayoni va o‘qitish natijalarini baholash ESTS kredit texnologiYasi asosida tashkil etilishi
BolonYa deklaratsiYasiga a’zo davlatlarda ta’lim modul-kredit tizimiga asoslanadi.
1989 yildaEvropadaEvropahamjamiYatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students) va TEMPUS kabidasturlarjoriyetildi. 2001 yilda 29 ta Evropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan BolonYa deklaratsiYasi imzolandi. Bugungi kunda ERASMUS dasturi bo‘yicha Evropa hamjamiYati universitetetlari o‘rtasidagi talabalar almashinuvi 145 ta oliy o‘quv yurtlarini qamrab olgan. Ular o‘rtasida Evropa universitetlari ta’limi natijalarini o‘zaro tan olish tizimi – ESTS (European Credit Transfer System) shakllantirilgan.
Кредит” атамаси (ЕСТS-credit) – “синовдан ўтди” маъносини англатиб, талабанинг ўқув юртида маълум бир курс (модул)ни муваффақиятли якунлаганлиги тўғрисида маълумот беради
|
Kredit birliklarining soni talabalar tomonidan sarflanadigan mehnat sarfiga mos holda belgilanadi. Talabaning mehnat sarfi – auditoriYa mashg‘ulotlari, mustaqil ishlar va o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa faoliYatlarini o‘z ichiga oladi.
|
O`quv fani (moduli)ni o‘rganish uchun talaba tomonidan sarflangan umumiy mehnat sarfi miqdori (auditoriYa va mustaqil ish soatlari) bir o‘quv yilida 750-800 soatni tashkil etishi lozim. Ayni o‘rinda aytib o‘tish zarurki, kreditlar auditoriYa soatlari bilan chegaralanib qolmay, balki talabaning auditoriYadan tashqari sharoitda ham o‘quv fani (moduli)ni o‘zlashtirish uchun sarflaydigan yuklamani ham inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar bo‘yicha ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng. Ba’zan o‘quv fani uchun ajratilgan kredit soni 3 tadan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. Kreditlar barcha (majburiy va ixtiyoriy) tanlangan o‘quv fanlari bo‘yicha taqsimlanadi.
Kreditlarning taqsimlanishida fan bo‘yicha kurs loyihalari va amaliy ishlarining mavjudligi inoatga olinadi. o‘quv fani uchun ajratiladigan kreditlar miqdori fanning murakkabligi hamda talabalar tomonidan uning o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi. ESTSda kreditlar yig‘indisi semestrda – 30 tani, o‘quv yili davomida – 60 tani, bakalavriat davrida esa – 240 ni tashkil etadi.
“Модул-кредит тизими – ҳар бир ўқув фани (модули)нинг талабалар томонидан маълум миқдордаги кредит бирликлари асосида ўзлаштирилишини таъминловчи тизим
ESTS kredit texnologiYasiga o‘tishdan ko‘zlangan maqsad talabalarga xorijda o‘qishni davom ettirish uchun oliy yurtini tanlashda shart-sharoit Yaratish; muayYan davlatdagi mavjud ta’lim olish muddatining xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash; Evropa oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalarini o‘rganish va shu asosida o‘quv jarayonini takomillashtirish; talabalar qobiliYatini to‘la rivojlantirish va o‘qitishning yuqori natijalariga erishish. Modul-kredit tizimi ham muayYan tamoyillarga taYanadi. Ular:
1. Transferancy – ЕСТS тизимига хоҳлаган шахс ёки ташкилотнинг тўсиқсиз киришига шарт-шароит яратиш. Ушбу шарт-шароит кучли ахборот тарғиботи воситасида яратилади, унинг натижасида умумий янгилик, аниқлик ва очиқлик муҳити шакллантирилади.
Axborot targ‘iboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) almashish sxemasiga kiritilgan talabalarning o‘qish natijalari haqida bir-biriga o‘z vaqtida axborot etkazib turish;
2) oliy o‘quv yurtlarining o‘z axbrot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini imkoniYatlarini o‘rganish;
3) oliy o‘quv yurtlarida, ESTS haqida to‘la ma’lumotlarning mavjudligi.
2. Аgreement – талаба билан иккала олий таълим муассасасининг ЕСТS координаторлари орасида тайёрлаш мазмуни, ўқув тартиби ва муддатлари, аттестация тадбирлари, ўқув режаларидаги фарқни бартараф этиш тартиблари ҳақида ўзаро келишувларини англатади.
3. Сredits – Host (талаба қабул қиладиган) университетида муваффақиятли ўтилган барча фанлар Post (талабани бошқа ОТМга юборган) университетда ҳисобга олиниши зарур.
4. Таълимнинг инсонпарварлашуви – шахснинг турли таълим хизматларига бўлган эҳтиёжини қондириши ва таълим жараёнида инсон қобиятининг очилишини англатади. ЕСТS таълимни давом эттириш учун олий таълим муассасасини, ўқув фанларини ва ўқитувчиларни танлиш имкониятини беради.
5. Таълимнинг индивидуаллаштируви ҳар бир талабанинг индивидуал режа ва таълим дастурларига эга эканлигини ифода этади. Талаба танлови асосидаги фанлар 70 % ни, мажбурий фанлар эса 30 % дан ошмайди. Талабанинг мустақил иш ҳажми 70 % ни, аудиториядаги иши эса 30 % ни ташкил этади. Ушбу кўрсаткичлар индивидуал таълимни ташкил қилишга асос бўлиб хизмат қилади.
6. Таълимнинг самарадорлиги гуруҳда индивидуал ўқитишли аудитория машғулотлари ва талабанинг муставқил ишларини уйғунлаштириш орқали таъминланади. Аудитория ўқув вақтининг 70% гача қисмини индивидуал ўқитишга, шунингдек умумий ўқув вақтининг 70%гача қисмини мустақил ишга ажратилиши ўқув фанларининг талабалар томонидан ўз қобилиятлари даражасида ўзлаштиришга имкон яратади. Бу асосида таълимнинг самарадорлиги таъминланади.
Zamonaviy o‘qitish texnologiYasi, OTMning jihozlanganligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi, o‘qitishning yuqori sifatlari – ESTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. o‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o‘ziga xos xususiYatlarga ega. o‘quv rejasi bo‘yicha barcha o‘quv fanlari ikki guruhga bo‘linadi:
1) majburiy fanlar;
2) talaba tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan fanlar.
Ular taxminan 1:2 nisbatda bo‘ladi. Har bir talaba shaxsiy o‘quv rejasiga ega bo‘lishi zarur. Qolaversa, talaba har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qituvchini tanlash huquqiga ega. Modul-kredit tizimi uchun har bir semestrda o‘rganiladigan fanlarning soni kamida 3 ta, ko‘pi bilan 7 ta bo‘lishi, mustaqil ishga ajratilgan soatlarning auditoriYa soatlaridan ko‘pligi o‘ziga xos jihatlar sanaladi.
Асосий ҳужжат транскрипт (transcript of ruords) – унификациялашган ҳужжат бўлиб, ягона шаклга эга.
Transkript ta’lim natijalarining tan olinishi uchun majburiy hujjat sanaladi. Unda talaba o‘qiyotgan davlatda qabul qilingan baholash tizimi hamda o‘z mamlakatida olgan baholari to‘g‘risidagi ma’lumot beriladi. o‘quv fanlari bo‘yicha dasturlar “sillabus” deb nomlanib, ular quyidagi tarkibiy to`zi lmaga ega bo‘ladi:
- o‘quv fanining to‘liq nomi va uning o‘quv rejasidagi tartib raqami;
- o‘quv fanini o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad;
- o‘quv fanining qisqacha mazmuni; - mashg‘ulotlar jadvaliilovasiga asoslangan taqvimiy reja;
- o‘qitish texnologiYasi;
- talabaning mas’uliYati va unga qo‘yilgan talablar;
- talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari; - asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
Modul-kredit tizimiga ko‘ra o‘quv mashg‘ulotlari shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiYalari va talabaning mustaqil o‘qib-o‘rganishiga asoslanadi. Ta’limning birinchi bosqichida har bir talabaga axborot paketi beriladi. Unda ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular talabalarga modul- kredit tizimi bo‘yicha muvaffaqiYatli ta’lim olish shartlaridan xabardor bo‘lish imkoniYatini Yaratadi:
- oliy ta’lim muasasasi haqida ma’lumot;
- o‘quv rejasi;
- o‘quv jarayonining grafigi;
- o‘quv fanlarining mazmuni;
- OTMda mavjud bo‘lgan o‘qitish tizimining - metodik xususiYatlari haqida ma’lumotlar;
- talabalar bilimini baholash tizimi va baholar shkalasi haqida ma’lumotlar;
- ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga oid ma’lumotlar;
- OTM faoliYatining tarixiy taraqqiyoti va uning zamonaviy rivojiga oid ma’lumotlar;
- qo‘shimcha ta’lim xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar.
o‘quv kreditlarini hisoblashda haftalik auditoriYa o‘quv yuklamasi 36, talabalarning haftalik mehnat sarfi o‘rtacha 54 soat miqdorida qabul qilingan. Modul-kredit tizimi bo‘yicha tashkil etiladigan ta’lim uchun ham ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejasi ta’lim jarayoni uchun asosi bo‘lib xizmat qiladi. Aynan o‘quv rejasiga muvofiq o‘quv faoliYatining turlari bo‘yicha talabalar tomonian sarflanadigan mehnat sarflari aniqlanadi. o‘quv faoliYati turlari bo‘yicha mehnat sarflarini hisoblash taxminan shunday kechadi (4-jadval):
o‘quv faoliYati turlari bo‘yicha kreditlar taqsimoti (namuna)
№
|
DTS asosida o‘quv faoliYatining nomi
|
Haftalar soni
|
AuditoriYa soatlari
|
Umumiy o‘quv yuklamasi
|
Kredit
|
1.
|
Nazariy va amaliy ta’lim
|
136
|
[136∙36]
|
136∙54=7344
|
7344∙0,02 9=213
|
2.
|
Pedagogik amaliyot
|
8
|
288
|
432
|
13
|
3.
|
Bitiruv ishi
|
5
|
5∙36=180
|
5∙54=270
|
8
|
4.
|
AttestatsiYa
|
19
|
-
|
|
6
|
5.
|
Ta’til
|
32
|
-
|
|
|
|
Jami
|
204
|
5508
|
8262
|
240
|
Kreditlarni hisoblash va ularni o‘quv faoliYatlari turlari, bloklar - alohida fanlar bo‘yicha taqsimlashda o‘tish koeffitsienti (Ko‘t)ni aniqlash talab etiladi:
Ko‘t= 240:8262-0,029
Bu erda: 240 – bakalavriatning ESTS bo‘yicha umumiy mehnat sarflari yig‘indisi, soat. Jami kreditlar soni talabalarning mehnat sarfiga ko‘ra o‘tish koeffitsienti (0,029)ga ko‘paytiriladi. o‘quv faoliYatining turlari, bloklar va alohida o‘quv bo‘yicha kreditlarni hisoblash quyidagi namuna bo‘yicha amalga oshiriladi (5- jadval)3:
5-jadval
Fanlar bloklari bo‘yicha kreditlar taqsimoti
№
|
Fanlar bloklarining nomlanishi
|
AuditoriYa soatlari
|
Umumiy o‘quv yuklamasi
|
Kredit
|
1.
|
Umumgumanitar va ijtimoiy fanlar
|
1214 (≈25 %)
|
1726
|
50
|
2.
|
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
|
846 (25 %)
|
1292
|
37
|
3.
|
Umumkasb fanlari
|
2034(50 %)
|
3682
|
89
|
4.
|
Ixtisoslik fanlar
|
468 (≈10 %)
|
794
|
23
|
5.
|
Qo‘shimcha fanlar
|
334 (≈5 %)
|
450
|
14
|
6.
|
Malakaviy amaliyot
|
432
6
|
648
9
|
19
|
7.
|
Bitiruv ishi
|
180
|
270
|
8
|
|
Jami
|
5508
|
8262
|
240
|
o‘quv jarayoni modul-kredit tizimi asosida tashkil etilganida, odatda 4 balli yoki 100 foizli baho shkalasi qo‘llaniladi (6-jadval).
6-jadval
Modul-kredit tizimi asosida baholash shkalasi
4 balli baho shkalasi
|
100 foizli baho shkalasi
|
A-4 b
|
mashg‘ulotlarda qatnashishi – 5%
|
V-3,5 b
|
joriy nazorat (test) – 30 % (odatda 10 % dan 3 marta)
|
S-3 b
|
mustaqil ta’lim – 15 % (o‘rtacha 5 % dan 3 marta)
|
D -2,5
|
laboratoriYa ishi – 10 %
|
E-2 b
|
kurs loyihasi (ishi) – 10 %
|
F- 1,5 b
|
Yakuniy imtihon – 30 %
|
F-1 b
|
|
Evropa mamlakatlarida modul-kredit tizimi bo‘yicha faoliYat yuritayotgan universitetlarda baholash mezonlari va darajalari quyidagicha (7-jadval):
Baholash mezonlari va darajalari
Baholar ta’rifi
|
SHartli belgisi
|
O‘zlashtirish %
|
Baholash mezoni
|
Tayyorgarlik darajasi
|
A’lo
|
A
|
90-100 (baholash)
|
Bilimlarni umumlashtira oladi, ma’lumotlarni baholaydi, tahlil qiladi, tushunadi, biladi
|
4-daraja (ijodiy daraja)
|
Juda Yaxshi
|
V
|
80-90 (sintez va tahlil)
|
Bilimlarni sintezlaydi, tahlil qiladi, qo‘llaydi, tushunadi, biladi
|
3-daraja (ko‘nikma va malakalarga egalikni to‘la namoyish etish darajasi)
|
YAxshi
|
S
|
70-80 qo‘llash
|
Bilimlarni qo‘llaydi, tushunadi, biladi
|
3-daraja (ko‘nikma va malakalarga egalik darajasi)
|
Qoniqarli
|
D
|
tushunish
|
Bilimlarni tushunadi, biladi
|
2-daraja (bilimlarni qayta tiklash darajasi)
|
Etarli
|
E
|
50-60 bilish
|
Bilimlardan xabardor
|
1-daraja (tasavvur etish darajasi)
|
Etarli emas, qo‘shimcha Yana ishlash talab qilinadi
|
FY
|
40-50
|
Bilimlardan yomon xabardor
|
0-daraja (yomon tasavvur etish darajasi)
|
Etarli emas, qo‘shimcha Yana juda ham qo‘p ishlash talab qilinadi
|
F
|
40 kam
|
Bilimlardan mutlaqo xabardor emas
|
0-daraja (mutlaqo tasavvur eta olmaslik darajasi)
|
O‘quv fani (moduli) materialining 90-100 % o‘zlashtirilishi uchun “a’lo” baho qo‘yiladi. Bu kasbiy tayyorgarlikni 4-darajasiga teng bo‘lib,“ijod darajasi” deb belgilanadi. Agarda o‘quv fani (moduli) dasturi bo‘yicha materiallar kamida 50 % o‘zlashtirilsa, u holda “etarli” bahosi qo‘yiladi va u o‘zlashtirishning “tasavvur etish darajasi” deb belgilanadi. o‘quv fani materiallarining 40 % dan kam o‘zlashtirishi, tayyorgarlikning 0-darajasi (“mutlaqo tasavvur eta olmaslik darajasi”)ga teng hisoblanadi. Har bir kurs Yakunlangandan so‘ng talaba kreditni Yakunlaganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘ladi.
Masofaviy ta’lim.
Masofali o‘qitish zamonaviy ta’limning eng muhim va tobora ommaviylashib borayotgan shakli sanaladi. Zamonaviy sharoitda axborot- kommunikatsion texnologiYalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jarayonida ularning imkoniYatlaridan foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda etakchi xorijiy mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba to‘plangan.
Internet tarmogini keng tarqalishiga olib keldi, buni esa biz London Iqtisodiyot Maktabini tekshirish natijasida shunga amin bo‘ldik, yoshlarning 74% 9 yoshdan 19 yoshgacha bo`lgan yoshlar orasida internet tarmogidan hattoki uyda foydalanishgan, 98% yoshlar har joylarda internet tarmogidan foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi, 24% yohslar esa doimiy har kuni maktabda internet tarmogidan foydalanishgan. 40 % yoshlar esa doimiy har kuni internet tarmogidan foydalanisgan. Bu esa bizga haqiqatdan ham texnologiYardan foydalanish maktablarda va darsdan tashqarida bo‘lgan pedagogic amaliyotlardan foydalanishda muhim sifat bo‘lib xizmat qilishini kursatadi. SHunga qaramay yoshlar texnologiYalardan darsadan tashqarida bo‘lgan paytlarida faqat maktab mashgulotlarinigina emas balki boshqa narsalarda foydalanishlarini ko‘rsatib berdi, va shu borada turli tadqiqotlar va o‘qituvchilarning fiklarini ko‘radigan bo‘lsak ular ICT dasturini darsdan va sinfdan tashqarida bo‘lgan mashgulotlarni qisqartirish va sinfdan tashqari paytlarida internet tarmogini qisqartirish kerakligini malahat berishni va shuni inobatga olish kerakligi takidlashishdi.
SHu borada Yana bir pedagog Bridget Somekh ham uz etirozini bildirdi:Agar biz ICT dasturini 21 asr boshida qo‘llasak, dars jarayonidagi va darsdan tashqarida bo‘lgan mashgulotlarni o‘rgartirish lozim Ko‘p yoshlar internet tarmogidan bemalol foydalana olishadi o‘zlarining kompyuteri orqali, uYali telefonlari orqali, bunda esa ICT tarmogini ozgina cheklashtirish lozim (Somekh 2006, p.121).
Pedagog Somekh Yana shuni takidlaydiki an’anaviy kitoblarda yozilgan va kursatilgan narsalarni internet turli usullar bilan ko‘rsatib beradi. Kitoblar esa bir uzunlikka bo‘lishi lozim ekanligini bildiradi. YAna shu narsani etiborga olish kerakki kitoblarni o‘qish va o‘rganish ma’lum bir muddatni o‘z ichiga oladi, internetda esa aksincha ozgina vaqt davomida o‘qib o‘rganish muhimligini ko‘rsatib o‘tiladi. Yana shuni e’tiborga olish kerakki internet tarmogidan foydalanish judaa tez, qulay, urgartirish mumkinligi ham ijobiy fikrni bildiradi. Hozirgi kunda dunyoning barcha va turli maktablarida mashgulotlaning xilma xilligi, turi ko‘pligini inobatga oladigan bulsak, dars jarayonida hamda darsdan tashqarida, uyda beriladigan mashgulotlar yoshlarni ishlanishini ta’minlaydi. Pedagog Somekhning takidlashicha shunga o‘xshash mashgulotlarni bajarishda yoshlarning texnologiYalardan foydalanib ishlashi haqiqatdan ham o‘z mevasini beradi deb takidlaydi va hattoki bu yoshlar orasida intizomni Yaxshilaydi diydi. Somekhning aytishicha an’anaviy bilib olish dasturi hozirgi yoshlarga mos emas, ularning xohish istakalrini tadbiq qilishda texnologiYalarning o‘rni haqiqatdan ham yuqori ekanligi bildiradi.
Масофавий таълим – муайян нуқтадан ахборот-коммуникация воситалари (видео, аудио, компьютер, мультимедиа, радио, телевидение ва б.) ёрдамида таълим хизматларини кўрсатиш, таълимий маҳсулотларни тарқатиш ва етказиб беришдаи анъанавий ҳамда инновацион шакл, метод, воситаларга асосланган ҳолда таълим ресурсларидан фойдаланишга йўналтирилган таълим
Masofaviy ta’lim texnologiYasi 1969 yilda AngliYa premer-ministri G.Vilson tashabbusiga ko‘ra shakllantirilgan deb hisoblanadi. Ammo masofadan o‘qitish ancha oldinroq, Ya’ni, birinchi barqaror, muntazam pochta aloqasining shakllanish davrida yuzaga kelgan. 1858 yildan boshlab London universitetida barcha xohlovchilarga ularning mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan. 1938 yildan buyon Sirtqi ta’lim bo‘yicha Xalqaro kengash, 1982 yildan boshlab, Masofaviy ta’lim bo‘yicha Xalqaro Kengash nomi bilan mashhur xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliYat ko‘rsatmoqda. Ochiq universitetlardagi o‘qish xarajatlari an’anaviy institutlarda o‘qitishga qaraganda 8-10 marta arzon. M: AngliYada turg‘un o‘qishga 3000, masofaviy o‘qitish orqali bilim olishga esa atiga 300 funt sterling to‘lanadi. Binolarga xizmat ko‘rsatish, jihozlar va laboratoriYa uchun xarajatlar, o‘qituvchi, ma’muriYatlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi. Ta’lim oluvchilarga filiallar tarmog‘i, telestudiYa va kompyuter tarmog‘i orqali maslahatlar beriladi. AngliYada o‘quvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o‘z ichiga qamrab oladi, ularning ko‘plari fanlararo bog‘lanish xususiYatiga ega. Masofaviy ta’lim AQSHda o‘tgan asrning 60-yillarning o‘rtalaridan, Evropada esa 70-yillarning boshlarida jadal rivojlana boshlandi.
O‘qitishning bu shakli ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilarning bir-birlari hamda o‘qitish vositalari bilan o‘zaro ta’sirining maqsadga yo‘naltirilgan interfaol jarayonidan iborat bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni ularning geografik fazoviy joylashishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ta’lim jarayoni kichik tizimlardan iborat, Ya’ni o‘qitish maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, nazorat, o‘quv- moddiy, moliYaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy va marketing kabi elementlarni qamrab olgan o‘ziga xos pedagogik tizimda kechadi. Axborot-ta’lim muhiti ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, o‘zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan apparat- dasturiy, tashkiliy-uslubiy ta’minot va boshqalar masofadan ta’limning tizimiy-tashkiliy majmui sanaladi. Masofaviy ta’lim o‘qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish, turg‘un sharoitda o‘qish imkoniYatiga ega bo‘lmagan, imkoniYatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida o‘qitish istagida bo‘lgan abiturientlar, ikkinchi mutaxassislikni egallashni xohlovchi kadrlarga juda qulay sharoitni Yaratib beradi. Mazkur ta’limni tashkil etishda o‘qituvchilarning faoliYati faqat o‘quv axborotlarini uzatish bilan cheklanmaydi. SHu sababli bu turdagi ta’limni tashkil etishga bir necha mutaxassis jalb qilinadi. Ular o‘z vazifalariga ko‘ra turlicha nomlanadi. Xususan:
1. Ўқитувчи – масофавий таълимни ташкил этишда фойдаланиладиган ўқув-методик қўлланмаларнинг муаллифи.
2. Модератор – масофавий таълим негизида ташкил этилаётган семинар, тренинг, давра суҳбати ва форумларга бошчилик қилувчи (бошқарувчи) педагог (мулоқот жараёнининг тўғри ташкил этилишини таъминлайди, билдирилаётган фикрларни умумлаштиради, зарур бўлганда уларни тўғрилайди, таълим олувчиларнинг мустақил фикрлаш ва ишлаш қобилиятларини ривожлантиради, билиш фаолиятларини фаоллаштиради).
3. Тьютор (лот. “tutorem”) – ўқув курслари учун интерфаол методларни танловчи, маъруза ўқитувчиси билан талаба ўртасида таълимий алоқани ўрнатувчи педагог (устоз, мураббий).
4. Эдвайзер (фр. “avisen” – “ўйламоқ”, “advisor” – “ўйловчи”) битирув малакавий иши, курс лойиҳаларининг таълим олувчилар томонидан индивидуал, мустақил бажарилиши вақтида методик ёрдам берадиган маслаҳатчи.
5. Фасилитатор (лот. “facilis”, ингл. “facilitator” – енгил, қулай) – масофавий таълим хизматидан фойдаланаётган гуруҳларнинг фаолиятини муаммонинг ечимини топишга йўналтирувчи, гуруҳларда юзага келадиган мулоқотни ривожлантирувчи, шунингдек, гуруҳлар фаолиятини холис, самарали баҳоловчи педагог.
6. Инвигилатор – масофавий таълим асосида ташкил этиладиган ўқитиш натижаларини назорат қилувчи мутахассис-педагог.
Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlari qo‘llaniladi. Mazkur tizimda o‘qitish vositalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
- kitoblar (bosma va elektron shaklda);
- didaktik materiallar;
- kompyuter o‘quv tizimlari (oddiy va multimedia shaklida);
- audio o‘quv axborotlari;
- video o‘quv axborotlari;
- virtual stendlar;
- trenajyorlar;
- ma’lumotlar bazasi;
- texnik vositalar – radio, televidenie, magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, videoproektor, kodoskop, kompyuter, Internet tarmog‘i va b.
O‘quv kurslarida bir tinglovchining o‘rniga boshqa tinglovchi qatnashishi, uning o‘rniga sinov topshiriqlarini topshirishning olini olish maqsadida masofaviy ta’lim tizimida nazorat videokonferensiYalarni tashkil etilishiga asoslanadi. Masofaviy ta’lim tizimiga ko‘ra mashg‘ulotlar ma’ruza, seminar, laboratoriYa mashg‘uloti, kurs ishi, sinov, imtihon, maslahat, mustaqil ish kabi shakllarda yo‘lga qo‘yiladi. Avvaldan yozib olingan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish uchun sharoit Yaratsa, faksimal aloqa, xabar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi. Zamonaviy sharoitda telekommunikatsiYa vositalari – bosma matnlar, audio va videoyozuvlar o‘rni elektron o‘quv-axborot resurslari, dasturlari bilan to‘ldirilmoqda. Masofadan o‘qitishning tashkiliy-metodik modeli sifatida quyidagilar tavsiflanadi:
- eksternat asosida o‘qitish;
- bir universitet negizida o‘qitish;
- bir necha o‘quv yurtining hamkorligi;
- maxsus masofaviy o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta’lim muassasalari;
- avtonom o‘qitish tizimlari;
- multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan masofali o‘qitish;
- Yagonalik modeli va b.
Hozirda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda masofaviy ta’limning quyidagi modellari (YUNESKO, 2000 yil) amal qilmoqda (1-rasm):
Етакчи моделлар
Бирламчи модел
Иккиламчи модел
Аралаш модел
Консорциум
Валидация
Франчайзинг
Узоқлаштирилган аудиториялар
Лойиҳалар
3-rasm. Masofaviy ta’limning etakchi modellari.
Quyidagi ushbu modellarning mohiYati ochib beriladi.
1.Birlamchi model (u faqat masofaviy ta’limni tashkil etishga xizmat qiladi; unga ko‘ra ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi; ta’lim barcha holatlarda masofadan tashkil etiladi; o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘quv faoliYatining shakl, metod va vositalarini erkinlik tanlash huquqiga ega; vaqt va o‘quv jadvallariga qat’iy chegaralar qo‘yilmaydi; hududiy markazlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda ta’lim oluvchilar o‘qituvchilardan maslahat olish, Yakuniy imtihonlarni topshirish imkoniYatiga ega bo‘ladi; Buyuk BritaniYaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University) ana shu model asosida faoliYat ko‘rsatadi).
2. Ikkilamchi model (unga ko‘ra ta’lim qisman OTMda, qisman masofali dastur asosida tashkil etiladi; har ikki holatda ham dars jadvallari, o‘qitish dasturlari, imtihonlar va baholash mezonlari bir xil bo‘lib, e’tibor amaliy tajribaga, pedagogika innovatsiYalarni tadqiq etishga qaratiladi; AvstraliYadagi YAngi AngliYa universiteti (University of New England) shu model asosida ishlaydi).
3. Aralash model (masofaviy ta’limning turli shakllari, bir necha shakllarning integratsiYasiga asoslangan model; ta’lim oluvchilar masofaviy ta’lim kurslari va universitet dasturlarini o‘zaro parallel ravishda o‘zlashtiradi; an’anaviy kurslar doirasida virtual seminar, taqdimot va video-ma’ruzaga asoslangan mashg‘ulotlar tashkil etiladi; bu kabi integrallashgan kurslar YAngi ZelandiYaning Massey universiteti (Massey University, New Zealand)da tashkil etiladi.
4. Konsorsium (lot. “consortium” – “sheriklik”, “birgalikda ishtirok etish”; masofaviy ta’limni tashkil etuvchi ikki universitetdan iborat birlashma; universitetlar o‘quv materiallarini o‘zaro almashtiradi yoki muayYan vazifalarni o‘zaro bo‘lishib olgan holda bajaradi; m: bir universitet masofaviy ta’lim uchun o‘quv materiallarini tayyorlasa, ikkinchisi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofaviy ta’lim dasturlarining akkreditatsiYasini ta’minlaydi; bunday holatda universitet, uning markazlari, fakultetlari, nodavlat tashkilotlari, davlat muassasalari universitetlar bilan hamkorlikka erishishlari mumkin; Kanadadagi Etakchi modellar.
5. Franchayzing (ingl. “franchise” – “litsenziYa”, “huquq”; o‘zaro hamkor universitetlarning bir-birlariga o‘zlari tomonidan tashkil etiladigan masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etish huquqining berishi; ushbu model asosida ta’lim oluvchilar garchi muayYan universitetda tahsil olsalar-da, konsorsiumga a’zo etakchi oliy ta’lim muassasasining talabasi oladigan hajmda sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga, qolaversa, ular kabi diplomga ega bo‘ladi; Buyuk BritaniYaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) bilan o‘zaro hamkorlikka erishgan SHarqiy Evropadagi qator universitetlar ana shu modelga asoslanib faoliYatni tashkil etadi).
6. ValidatsiYa (ingl. “validation” – “qondirish”)- ta’lim mahsuloti, ta’lim xizmatlari yoki ta’lim tizimi iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishi; masofali ta’limning keng tarqalgan bu modeliga ko‘ra o‘zaro hamkor ta’lim muassasalari tenglik tamoyiliga muvofiq masofaviy ta’limni barcha darajada birgalikda tashkil etish xususida kelishib oladi; ularning biri diplom validatsiYasi, ikkinchisi o‘quv kurslari, dasturlarini akreditatsiYa qiladi, uchinchisi namunadagi diplom hamda sertifikatlarni berish uchun mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va h.k).
7. Uzoqlashtirilgan auditoriYalar (unga ko‘ra zamonaviy axborot texnologiYalari va innovatsion xarakterdagi ta’lim vositalari keng qo‘llaniladi; bir oliy o‘quv yurtida tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar undan uzoq masofada joylashgan ta’lim muassasalarining o‘quv auditoriYalarga telekommunikatsiYa vositalari orqali sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman va radioeshittirish ko‘rinishida uzatiladi; o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida talabalarning katta auditoriYasi bilan ishlaydi; AQSHning ViskonsiYa universiteti (Wisconsin University, USA), Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University)da masofaviy ta’limning ushbu modelidan foydalaniladi.
8. Loyihalar (u davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi; asosiy e’tibor o‘quv materiallarini tayyorlovchi etakchi mutaxassislar, xodimlar, masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etadigan o‘qituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni shakllantirishga qaratiladi; markaz tomonidan tayyorlangan masofaviy ta’lim kurslari muayYan davlat hududida katta auditoriYaga uzatiladi; loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar bajarilgach (tugatilgach) Yakunlanadi; Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, ekologiYa bo‘yicha tashkil etiladigan ana shu modelga misol bo‘la oladi).
Masofaviy ta’lim ham barcha ta’lim turlari kasbi muayYan tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ular (2-rasm):
Устувор тамойиллар
Интерфаоллик тамойили
Бошланғич билимларга эгалик тамойили
Индивидуаллик тамойил
Идентификациялаш тамойили
Таълимнинг аниқ вақтга асосланганлиги тамойили
Таълимнинг ошкоралиги ва ўзгарувчанлигини таъминлаш тамойили
Замонавий ахборот технологияларини қўллашнинг педагогик мақсадга эгалиги тамойили
Quyida ushbu tamoyillarning mohiYati ochib beriladi.
1. Interfaollik tamoyili (u talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlab qolmay, balki talabalar o‘rtasida o‘zaro aloqani yuzaga keltiradi).
2. Boshlang‘ich bilimlarga egalik tamoyili (masofaviy o‘qitish tizimida tinglovchilarning oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari, texnik vositalari – kompyuter, model, elektron doska va b. bilan ta’minlanishi, Internet aloqa tizimiga ulanishi, tizimda samarali ishlay olish malakalariga ega bo‘lishlar muhim).
3. Individuallik tamoyili (bu tamoyil real o‘quv jarayonida kirish va oraliq nazoratlari o‘tkazilishini, ularning natijalarini tahlili asosida individual o‘quv rejalari to`zi lishini ifodalaydi).
4. IdentifikatsiYalash tamoyil (u masofaviy o‘qitish tizimida mustaqil ta’lim natijalarini nazorat qilish shakli bo‘lib, talabalarning BKM darajasini o‘rganishda bevosita muloqot videokonferensiYalaridan foydalanish, shu maqsadda samarali texnik vositalarni qo‘llashni nazarda tutadi).
5. Ta’limning aniq vaqtga asoslanishi tamoyili (unga ko‘ra o‘quv jadvali qat’iy rejalashtiriladi va rejalashtirilgan jadvalga qat’iy rioYa qilinishi nazoratga olinadi).
6. Ta’limning oshkoraligi va o‘zgaruvchanligini ta’minlash tamoyili (masofaviy ta’limning yosh, ma’lumoti jihatidan turlicha bo‘lgan talabalar uchun qulayligini, o‘qitishning ochiq rejalashtirilishini; ta’lim vaqti, sur’ati va joyini erkin tanlash imkoniYati mavjudligini; o‘quv mashg‘ulotlarida ixtiyoriy qatnasha olishini, izchillik, tizimlilik, uzviylik nuqtai nazaridan o‘quv materiallarining muntazam o‘zgarib borishini ta’minlash imkoniYatiga egaligi tavsiflaydi).
7. Zamonaviy axborot texnologiYalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga egaligi tamoyili (unga ko‘ra masofaviy ta’lim tizimini loyihalashtirish, Yaratish va tashkil etishda mavjud texnik vositalarini maqsadga muvofiq qo‘llanilishi tahlil qilib borilishi hamda ularni qo‘llashda yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bo‘lgan xatolarning oldi olinishi lozim).
O‘quv yurtlarida masofaviy ta’limning tashkil etilishi muayYan jarayon sifatida kechadi. Tabiiyki, har bir jarayon ma’lum bosqichlarda amalga oshiriladi. Masofaviy ta’limni tashkil etish bosqichlar quyiagilardir: o‘quv muassasaslarida masofaviy ta’limni amalga oshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi (3-rasm):
Амалга ошириш босқичлари
Таҳлил босқичи
Лойиҳалаштириш босқичи
Жорий қилиш босқичи
Ўқув контентларини яратиш босқичи
Ишга тушириш босқичи
Ривожлантириш босқичи
3-rasm. Masofaviy ta’limni amalga oshirish bosqichlari.
Ayni o‘rinda masofaviy ta’limni amalga oshirish bosqichlarining mohiYati xususida so‘z yuritiladi.
1. Tahlil bosqichi (unda o‘quv muassasining masofaviy ta’limni tashkil etishga bo‘lgan ehtiyoji, ta’lim oluvchilarning soni, ta’lim shakli, metod va vositalari, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik, dasturiy va inson resurslari, loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi).
2. Loyihalashtirish bosqichi (unda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami va texnik topshiriqlar loyihalashtiriladi).
3. Joriy qilish bosqichi (ushbu bosqichda masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmua tegishli serverda o‘rnatiladi, tizimga muvofiq domen tanlanadi; masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuadan foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi xodimlarga ish o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi).
4. o‘quv kontentlarini Yaratish bosqichi (unda soha mutaxassislari bilan hamkorlikda masofaviy ta’limning asosiy elementlaridan biri – o‘quv kontentlari Yaratilib, ular ekspertlar tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi).
5. Ishga tushirish bosqichi (unda masofaviy ta’lim jarayoni ishga tushiriladi; o‘quv jarayoni doimiy nazoratga olinadi; tizim xavfsizligi monitoring qilib boriladi).
6. Rivojlantirish bosqichi (unda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklar to‘g‘rilanadi, Yangi o‘quv kurslar Yaratiladi, texnik imkoniYatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan ishlar ko‘lami bajariladi).
Ushbu texnologiYalar ta’lim axborotlarini taqdim etish, ta’lim axborotlarini uzatish hamda ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiYalarini o‘z ichiga oladi. Masofaviy ta’lim texnologiYalari orasida elektron axborot-ta’lim resurslari (EATR) muhim o‘rin tutadi (5-rasm). Masofaviy ta’lim tizimida EATR elektron axborot tashuvchi vositalar – disketa, SD-ROM, DVD kabilarda o‘quv axborotini tashish yoki Internet tarmog‘i orqali elektron pochta orqali yuborish imkoniYatini ta’minlaydi. Masofaviy ta’lim texnologiYalari quyidagicha asosiy talablarga javob bera olishi zarur (5-rasm):
Асосий турлари
ЎМнинг ишчи ўқув дастури
ЭЎММ
Электрон дарслик
Электрон маъруза матнлари
Электрон ўқув қўлланма
Электрон методик қўлланма
Ўқув ва ишчи йўриқномалар
Амалий машғулотлар учун топшириқлар тўплами
Машқлар тўпламлари
Масалалар тўпламлари
Методик кўрсатмалар
Хрестоматиялар
Альбомлар, атласлар
Рақамли видео лавҳалар
Виртуал стендлар
Имитацион тренажёрлар
Электрон луғат ва маълумотномалар
Аудио ва видео материаллар, визуал анимациялар
Лойиҳа ишлари (намуналар)
ЭЎММ ҳужжати
Тақдимотлар
Ишчанлик ўйинлари
Мультимедиа маҳсулотлари
Очиқ on-linе курслари
Педагогик амалиётни ташкил этишга доир ҳужжатлар тўплами (“Педагогик амалиётни ташкил этиш ва ўтказиш тўғрисида”ги Низом, педагогик амалиёт топшириқлари, талабаларнинг амалиётдаги фаолиятини баҳоловчи мезонлар
Назорат-синов ишлари (тест саволлари тўплами, амалий топшириқлар, лаборатория ишлари вазифалари, ижодий лойиҳа, БМИ мавзулари, талабалар БКМни баҳолаш мезонлар
5-rasm. EATRning asosiy turlari.
SHu bilan birga masofaviy ta’lim texnologiYalari quyidagi qo‘shimcha talablarga javob bera olishi zarur:
1. AdaptatsiYa (ta’lim oluvchining o‘z shaxsi, turar-joy sharoiti, moliYaviy ahvoli, psixologik va fiziologik xususiYatlari ko‘ra ta’lim jarayoniga moslasha olishi zarurligini ifodalaydi).
2. Iqtisodiy muvofiqlik (bu talab ta’lim tizimini moliYalashtirishda mablag‘lar miqdorining cheklanganligini bildiradi).
3. O‘zgaruvchanlik (u ta’lim sifati va mazmunini tezkor, izchil, uzluksiz Yangilab borish, o‘quv manbalari va materiallarini modernizatsiYalash zarurligini anglatadi).
4. Nazorat (o‘qitishning barcha bosqichlarida ta’lim natijalarini sifatli nazorat qilish, tinglovchi shaxsini aniqlash muhimligini ifodalaydi)
Axborot texnologiYalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda bu tizimda faoliYat olib boruvchi o‘qituvchilar malakasini oshirishga yuqori talablar qo‘yiladi. O‘qituvchi malaka oshirish tizimiga kelishlari bilan ta’lim berish sub’ektidan ta’lim olish ob’ektiga aylanadi va o‘quv jarayonidagi o‘zaro munosabatlar xarakteri o‘zgaradi.
Blended learning (аралаш ўқитиш) – онлайн ўқув материаллари ҳамда ўқитувчи раҳбарлигида гуруҳда таълим олишга асосланган ўқитиш шакли
|
Blended learning. Blended learning (aralash o‘qitish) zamonaviy ta’limning nisbatan Yangi, biroq, tobora ommalashib borayotgan shakli sanaladi.
Ushbu shakldagi o‘qitish jarayonida talaba mustaqil ta’lim oladi, ammo ayni vaqtda unga guruh va o‘qituvchi tomonidan yordam ko‘rsatiladi.
|
Guruhli mashg‘ulotlar davomida “blended learning” (aralash o‘qitish)ning qo‘llanilishi tufayli har bir talaba o‘quv materiallarini o‘zlashtirish borasida o‘zida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni namoyon etgan holda muloqot ko‘nikmalarini o‘zlashtirib boradi, o‘tilgan materiallarni takrorlaydi va Yangi mavzuni o‘rganishga tayyorlanadi. Blended learning (aralash o‘qitish) ko‘p holatlarda topshiriqlarga taYanadi va asosiy, muhim ma’lumotlar negizida tashkil etiladi, qo‘shimcha materiallar esa talabaga onlayn platforma orqali uzatib beriladi.
Blended learning (aralash o‘qitish) – onlayn o‘quv materiallari hamda o‘qituvchi rahbarligida guruhda ta’lim olishga asoslangan o‘qitish shakli93 Talaba mustaqil ta’lim olar ekan, guruhning boshqa a’zolari bilan onlayn rejimda tashkil etilayotgan muhokamada ishtirok etish orqali hamkorlik qiladi. AuditoriYada va onlayn rejimda tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar vaqt miqdori bo‘yicha o‘zaro mos kelishi turlicha o‘zgarib turishi mumkin. Ta’limning turli bosqichlarida masofaviy va mustaqil ta’lim samarali ravishda qorishtirib yuboriladi. Aralash ta’lima o‘qituvchi rahbarligida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar uchun soatlar hajmi kamaytiriladi degan faraz noto‘g‘ridir. Blended learning (aralash o‘qitish)ning muvaffaqiYati ta’lim vositalarining to‘g‘ri tanlanishi bilan belgilanadi. Bu ta’lim shaklining afzalligi shundaki, talabaning o‘zi o‘quv materialini o‘zlashtirish tezligi va ta’lim jarayonining intensivligini o‘zi belgilaydi. Aralash o‘qitish o‘zida quyidagi Evropa ta’limi modellarini jamlaydi:
Масофавий таълим (distance learning).
Аудиториятаълими (face-to face learning).
Интернеттаълими (online learning).
Узлуксизтаълим (lifelong learning)
Bu shakldagi ta’lim quyidagi shaxslar uchun nihoYatda ahamiYatlidir: ish vaqti qat’iy tartibga solinmagan sohalarning xodimlari; ishlab chiqarish ajralmagan holda ta’lim olishlari lozim bo‘lgan korxona, tashkilot va firmalarning xodimlari; “jonli muloqotga asoslangan ta’lim” muhitida o‘qishni xohlovchi shaxslar uchun. Aralash ta’limning tarkibiy to`zi lmasi ham o‘zgaruvchan hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy mamlakatlarda aralash ta’limning o‘ndan ortiq shakllari mavjud. O‘qitish amaliyotida aralash ta’lim o‘z “o‘lcham” (ko‘rsatkich)lariga ega. Ular quyidagilardir:
- malakali kadrlar guruhining shakllantirilganligi;
- mahorat darslariga asoslangan ta’lim;
- yuqori darajadagi yutuqlari kafolatlovchi muhit;
- talabalarning o‘z shaxsiy ta’limiy yutuqlari uchun javobgarligi4.
OTMda blended learning (aralash o‘qitish) quyidagilarga asoslanadi:
Blended learning – aralash o‘qitish tizimi bo‘lib, ta’limiy konsepsiYa hisoblanadi, qaysiki mustaqil ravishda bilimlarni onlayn orqali va kunduzgi holatda o‘qituvchi ishtirokida o‘rganiladi. YA’ni “shu erda va hozir” degan ma’nolarni tushuniladi. Brick and Mortar (kirpich i rastvor) ingliz tili idiomasi bo‘lib, an’anaviy ma’noni anglatadi. Demak, Brick and Mortar Education kunduzgi o‘qitishning an’anaviy shaklidir. Bu holatda kompyuter ta’limda mediatr bo‘lib xizmat qiladi. Aralash o‘qitish shakllari:
Онлайн маъруза машғулотлари.
Онлан амалий машғулотлар.
Интернет тармоғида муҳокама қилинадиган лойиҳа ва гуруҳ ишлари.
Онлайн режимда ташкил этиладиган лаборатория машғулотлари.
Онлайн режимда мустақил топшириладиган тест.
Онлайн режимда ташкил этиладиган маслаҳат.
Blended learning;
Hubrid learning;
Technology-Mediated Instruction;
Web-Enhanced Instruction;
Mixed-Model Instruction.
XX asrning 60 yillarida mavjud bo‘lib, tushunchasi 1999 yilda amerika pressasi Interctive learning Center markazi EPIC Learning deb o‘zgartirdi. Ularning ma’ruzasida internet orqali o‘qitishni tavsiYa qilingan. Blended learning metodologiYasidan foydalanishi e’tiborga olingan. 2006 yilda Bonk va Grem kitoblarida “yuzma-yuz” va kompyuter orqali o‘qitish ekanligi e’tiborga olingan. 1998 yilda Aleksandr Mak Kenzi tadqiqotida kompyuter yordamida BKMlarini o‘zlashtirishini osonligi qayd etilgan. Blended learning uch qismdan iborat:
Масофали ўқитиш (Distance learning);
Синфда ўқитиш (Face – To – Face learning);
Интернет орқали ўқитиш (Online learning)
Foydali jihatlari: bilimlar to‘plami va baholash imkoniYati hamda o‘qituvchiga ko‘p odamlarni o‘qitish imkoniga ega.
Kamchiliklari: Akt bo‘yicha
Blended learning modellari:
Face – To – FaceDriver (Drayver kunduzgii ta’lim)
Rotation Model (RotatsiYa modeli)
Flex Model (Moslashuvchan model)
Online lab (Onlayn laboratoriYa)
Self-Blend Model (O‘zing aralashtir)
O
Маҳорат дарслари – очиқ ташкил этилиб, илғор педагогик тажрибаларни тарғиб этишга йўналтирилган самарали ўқитиш шакли
nline Driver Model (Drayver onlayn ta’lim)
|
Mahorat darslari. Mahorat darslari zamonaviy ta’limning Yana bir tobora ommalashayotgan shakli sanaladi.
Bu shakldagi o‘qitish bir martalik sanaladi.
|
Mahorat darslarini tashkil etishda ko‘p yillik ish tajribasiga ega, shuningdek, samarali metodika yoki texnologiYaga ega innovator pedagoglarning kasbiy malakalari ochiq tarzda, interfaol muloqot asosida hamkasb pedagoglar hamda talabalarga namoyish etiladi. Malakali pedagoglar tomonidan mahorat darslarini tashkil etishda quyidagi vazifalar bajariladi:
muayYan muammo bo‘yicha tajribali, mahoratli pedagogning ish tajribasining ommalashtirilishi;
tajribali, mahoratli pedagog tomonidan izchil harakatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri va izohli namoyish etish orqali pedagogik faoliYatda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish tartibining ko‘rsatilishi;
malakali, mahorali pedagogning metodik yondashuvlarini belgilangan muammoni hal etish usullari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish;
mahoratli pedagog tomonidan o‘zining kasbiy malakalarining shogird (talaba)larga o‘rgatilishi;
talabalarning kasbiy takomillashuvlari uchun mahorali pedagog tomonidan yoram ko‘rsatilishi;
pedagog xodimlar o‘rtasida innovatsion g‘oYa, texnologiYalarni ommalashtirish;
mahorat darslari ishtirokchilari (talabalar)ning kasbiy kompetentliklarini oshirish;
mahorat darslarning har bir ishtirokchisida individual ijodiy pedagogik faoliYat uslubini shakllantirish.
Mahorat darslarini tashkil etish natijasi sifatida quyidagi mahsulotlar Yaratilishi mumkin:
- pedagoglarning ijodiy ishlari mahsuli (dastur, metodik qo‘llanma); - mashg‘ulotlar uchun tarqatma materiallar;
- pedagogik adabiyot va manbalar kartotekasi;
- ta’lim va tarbiYaning Yangi shakllarini metodik jihatdan asoslash;
- Yangi pedagogik texnologiYalarni shakllantirish;
- malaka oshirish kurslari, seminarlar, praktikumlarning dasturlari;
- ijodiy va ommaviy xarakterdagi tadbirlar Nizomi va b.
Мастер-класс (МК) —ўқитувчи томонидан касбий тажрибасини ҳаракатлар кетма-кетлиги ҳамда натижаси маҳорат билан кўрсатиб бериш.
Mahoratli darslar (Master-klass ta’lim tizimida quyidagi imkoniYatlar asosida tizimlashtiriladi.
1. Ishtiroki asosida:
- masofali tarzda
- pedagogning shaxsiy ishtiroki.
2. AuditoriYa bo‘yicha:
- o‘qituvchilar uchun;
- ta’lim oluvchilar uchun;
- aralash guruh.
3. O‘tkazish joyi bo‘yicha:
- auditoriYa (sinf);
- ustaxonalarda;
- plenerda.
4. AuditoriYani taqsimlash bo‘yicha:
- individual;
- guruhli
SHuningdek:
1. Mahorat darslarini tashkil etishning an’anaviy shakli:
Nazariy qismi
Amaliy qismi
RefleksiYa (amaliy faoliYat bo‘yicha tavsiYalar, savol-javoblar).
2. Mahorat darslari (Master-klass)da materialani tanishtirishning Yangi texnikasi va usullari:
mavzu, maqsadi va vazifalari e’loni;
o‘tkazish joyi;
Topshiriqni bajarish texnikasi va materialari;
Ilgari bajarilgan ishlardan namunalar;
Mavzu doirasida topshiriqlarni bajarish bosqichlari;
YAkuniy bosqich
3. Mahorat darslari (Master klass) fan bo‘yicha o‘qitish metodikasi yoki Yangi dasturlar bilan tanishni hohlovchi o‘qituvchilar uchun:
mavzu, maqsadi va vazifalari e’loni;
o‘tkazish joyi;
o‘qitish metodikasi va dasturi bilan tanishtirish;
Yangi dastur va o‘qitish metodkasi asosida bajarilgan ishlardan namunalar;
tinglovchilar savollariga javob berish.
Zamonaviy ta’limda tyutor, supervizorlik va moderatorlik faoliYati
Zamonaviy pedagog - ta’lim oluvchining qanday o‘qiyotganligi va rivojlanayotganligini to‘liq tushunib, his qila oladigan, Ya’ni uning hayotini o‘z shaxsiy hayoti singari his qilib, o‘quvchining ichki, axloqiy-ma’naviy, umummadaniy o‘sib rivojlanishiga, bolalar hamda kattalar hamjamiYatining mustahkamlanishiga ko‘maklasha oladigan o‘qituvchi.
Tyutor – bu o‘qituvchi. Muhim o‘qituvchi, uning asosiy maqsadi faqat bilim berish emas, bolaning maqsadga erishishi uchun mustaqil ravishda harakat qilishga o‘rgatish. Tyutor – pedagog ta’lim oluvchilarning mustaqil ravishda maqsadini belgilashiga, o‘z kamchiliklarini tushunishga, ajdodlar tajribasini amalda qo‘llashga o‘rgatadi.
Таълим олувчигакерак бўлганбилимни топа олади
Таълим олувчидаиндивидуал ҳаракатланишига ёрдам беради
Тьютор
Таълим олувчигатушунишга ёрдам беради
Таълим олувчида“менга керак” деган тушунчаси шакллантиради
Таълим олувчида“мен ўрганам” деган тушунчани ҳосил қилади
6-rasm. Tyutor.
Supervayzer (ingliz “supervise” – kuzatish ma’nolarini bildiradi) – kuzatuvchi. U ta’lim jarayonidagi kamchilik va yutuqlarini kuzatadi. SHuningdek, adminstator savollarini echishga harakt qiladi u kreativ, ambitsioz, kuzatuvchi, kommunikativlik, analitik, ijrochi, mas’uliYatli, strategik fikrlovchi xususiYatlariga ega shaxs. Uning vazifalari:
shaxsni tanlash va o‘qitish;
ta’lim oluvchilar o‘rtasida topshiriqlarni bo‘lib berish;
ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabatga kirisha olish;
ta’lim sifatini nazorat qilish;
ta’lim oluvchilar faoliYatidan xabardor bo‘lish.
Moderator – axborotlarni tekshiradi, o‘rnatilgan tartibda taxrir qiladi yoki o‘chirib tashlaydi.
Assesment texnologiYasi.
Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalaria ta’lim oluvchilar faoliYatini nazorat qilishda “assesment” sinovi keng qo‘llanilmoqda. Mazkur texnologiYa shaxsning kasbiy tayyorgarligi, mutaxassis sifatida shakllanganlik darajasi hamda kasbiy kompetentlik sifatlariga egaligini aniqlash, baholashga xizmat qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. “Assesment” texnologiYaning Yaratilish tarixi o‘tgan asrning 30-40- yillariga borib taqaladi. Dastlab texnologiYa mavjud harbiy vaziYatlarni to‘g‘ri baholay oladigan, harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o‘rinlarda oqilona harakatni tashkil eta oladigan ingliz hamda nemis harbiylari orasidan bilimdon, tadbirkor, mahoratli harbiylar, shuningdek, ofitserlarni tanlash maqsadida qo‘llanilgan. Keyinchalik ushbu texnologiYa tadbirkorlik sohasiga ham samarali tatbiq etildi.
“Ассесмент” технологияси (ингл. “essesment” – “баҳо”, “баҳолаш”) – талабаларнинг билим, кўникма ва малакалари даражасини ҳар томонлама, холис баҳолаш имкониятини таъминловчи топшириқлар тўплами.
TexnologiYa birinchi marta 1954-yilda “AT&T” kompaniYasi tomonidan tadqiqot dasturlarini amalga oshirish doirasida qo‘llanilgan To‘rt yildan so‘ng malakali menejerlarni tanlash maqsadida qo‘llanila boshlangan texnologiYa negizida tadbirkorlar psixologlar bilan hamkorlikda mazkur texnologiYa yordamida ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish korxona hamda tashkilotlari uchun malakali mutaxassislarni tanlash xizmati – “Assesment-markaz” (“The Assessment Centre”)ni yo‘lga qo‘yildi. 1960 yilda “IBM”, “Standart oyl of Ogayo”, “Sirs Robaks” kabi yirik amerika kompaniYalari o‘z faoliYatlariga texnologiYani samarali tatbiq etdilar. Agarda 1980 yilda 2000 ta firma “Assesment-markaz” asosida malakali mutaxassislarni tanlashni ma’qul ko‘rgan bo‘lsa, ayni vaqtda bu texnologiYa o‘n minglab korxona, tashkilot, firma va kompaniYalarda samarali qo‘llanilmoqda. Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va savdo kompaniYalar malakali menejerlarni tanlash maqsadida mazkur texnologiYandan muvaffaqiYatli foydalanmoqda. So‘nggi yillarda mazkur texnologiYa ta’lim tizimiga ham samarali joriy etildi. Uning yordamida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi har tomonlama, xolis baholanmoqda.
Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari kamida to‘rtta topshiriq bo‘yicha baholanmoqda. M:
Izohli lug‘at
|
Muammoli vaziYat
|
Ijodiy ish
|
Test
|
Ushbu metoddan darsning kirish, asosiy yoki Yakuniy qismida Ya’ni uyga vazifa berish jarayonida qo‘llash mumkin. Darsning kirish qismida talabalarning uyga vazifalarini qay darajada bajarganliklarini aniqlashda yoki mavzuni umumlashtirish jarayonida egallangan bilim, ko‘nikmalarni aniqlashda foydalanish mumkin. “Assesment” metodini dars jarayoniga tatbiq etish muayYan texnologiYaga asoslanadi. O‘qituvchi tomonidan talabalarga jadval ko‘rinishdagi vazifalarni qisqa vaqt ichida bajarishlarni topshiriq sifatida beriladi. Topshiriq bajarilganidan so‘ng, javoblar o‘qituvchi tomonidan e’lon qilinadi talabalar esa aynan javob ko‘ra o‘z-o‘zini tekshirishni amalga oshiradi hamda oldindan e’lon qilingan mezonlar asosida baholaydi. Bunda talabalar mavzu mazmunini qay darajada o‘zlashtirganligi bo‘yicha o‘z-o‘zini tekshirish va baholash orqali xulosa chiqaradi. Assesment texnologiYasini qo‘llash quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Яхлитлик (талабалар турли машқ ва тестлар ёрдамида синовлардан ўтади).
Реаллик (талабаларнинг кузатиб борилаётган хатти- ҳаракати баҳоланади).
Мустақиллик (ҳар бир талаба бир неча мутахассислар томонидан баҳоланади).
Объективлик (хулосалар стандартлаштирилган баҳоларга асосланади).
Ишончлилик (хулосалар талабалар томонидан мустақил бажарилган вазифаларнинг натижаларига асосланади).
Talabalarning umumiy-madaniy kompetentligini baholashda assesment baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
talabalardagi baholanishi lozim bo‘lgan kasbiy kompetentlik sifatlari ro‘yxatini to`zi sh;
kasbiy kompetentlik sifatlari namoyon bo‘ladigan faoliYat turlarini modellashtirishga imkon beruvchi, muammoli vaziYat vazifasini ishlab chiqish;
ma’lum bir kompetensiYalarning shakllanglanlik darajasini belgilar beruvchi mezonlarni ishlab chikish; ekspertlar uchun baholash varaqalarini tayyorlash;
so‘rov anketalarinni ishlab chiqish; assessmentdan imtihon shakli sifatida foydalanish;
savol-javob anketasini to`zi sh;
xulosa chiqarish.
Vebinar texnologiYalar
Vebinar texnologiYalar va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash. Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida vebinar texnologiYalar tobora keng qo‘llanilmoqda.
Вебинар технологиялар (ингл. “webinar” – web-based seminar) – 1) web-технологиялари ва анъанавий таълимнинг ўзаро бирлиги асосида ташкил этиладиган семинар; 2) Интернет технологиялари ва махсус дастурлар қўлланилган ҳолда талаба (тингловчи)лар билан интерфаолўқув машғулотларини ташкил этиш шакли.
G
Тушунча сифатида “вебинар” 1998 йилда Эрик Р.Корб томонидан қўлланилган ва бугунги кунда “InterCall” компаниясининг савдо белгиси сифатида эътироф этилади
archi “vebinar” tushunchasi shu ma’noni anglatsa-da, biroq, ta’lim amaliyotida keng ma’noda qo‘llanilib, turli onlayn tadbirlar (seminar, konferensiYa, bahs-munozara, uchrashuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening, turli hodisalar bo‘yicha tarmoq translYasiYalari (kompyuter yoki Internet tarmog‘ida namoyish etiladigan lavhalar) va ta’lim vositalarini anglatishga xizmat qiladi. Ushbu texnologiYalarni o‘zlashtirish orqali pedagoglar interfaol o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniYatiga ega bo‘ladi. Talabalar uchun esa bu texnologiYalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkoniYatini Yaratadi. CHunki ushbu interfaol ta’lim jarayoni bilan qulay vaqt va qulay joyda tanishish imkoniYati mavjud. Bu esa pedagoglardan vebinar texnologiYalar asosidagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun muayYan ko‘nikmalarga ega bo‘lish, bir qator shart va qoidalarga rioYa etish talab qilinadi. Bu turdagi texnologiYalarning Yaratilish tarixi 1980-yillardan – birinchi marta matnli xabarlarni almashish tizimi Yaratilgan vaqtdan boshlangan. O‘tgan asrning 90-yillarida Yanada takomillashgan muloqot tizimi veb-chat hamda juda qisqa vaqtda xabarlarni almashish tizimlari payo bo‘ldi. 90-yillarning oxirlariga kelib, birinchi konferens-aloqalarni tashkil etish tizimi ishlab chiqildi.
SHundan so‘ng ko‘plab boshqa muloqot tizimlari, jumladan, Internet tarmog‘idagi konferensiYa aloqalarni amalga oshirish imkoniYati yuzaga keldi.
Odatda vebinar mashg‘ulotlar turli shakllarda tashkil etiladi. Jumladan (7-rasm):
Қайтар алоқага асосланган маъруза
Маъруза-тақдимот
Мавзули семинар
Семинар-маслаҳат
Гуруҳли ишлашга асосланган семинар
Амалий машғулот
Лаборатория машғулоти (кўрсатмали тренинг)
Битирув малака ишининг ҳимояси
Веб-конференция (онлайн-конференция)
7-rasm. Vebinar mashg‘ulotlarning asosiy shakllari.
Mashg‘ulot ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqa Veb-ilova xizmati orqali ta’minlanadi. Vebinarga ulanishi uchun ishtirokchi (talaba, tinglovchi) o‘z manzilini sayt manzilidagi brauzer qatoriga kiritishi zarur. Talabalar pedagogni tinglagan holda unga savollarni og‘zaki hamda yozma tarzida berishlari mumkin. Pedagog o‘z kompyuterida o‘quv materiallari (matnli hujjatlar, taqdimot slaydlari va b.)ni namoyish etish, virtual doskaga yozish, chizish imkoniYatiga ega. U ishtirokchilarning barchasini ko‘rib turadi va istalgan talaba, tinglovchiga yoki ularning barchasiga bir vaqtning o‘zida e’tiborni qarata oladi. Boshqacha aytganda mashg‘ulot o‘tayotgan virtual auditoriYa to‘la ravishda pedagogga ko‘rinib turadi.
Ta’lim shaklining tanlanishi pedagog tomonidan qo‘yilgan maqsadan kelib chiqib belgilanadi. Vebinar mashg‘ulotlarni o‘tkazish maqsadlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- талабалар томонидан ўқув материалининг пухта ўзлаштирилишини таъминлаш;
- талабаларнинг мавжуд билимларини мустаҳкамлаш;
- жамоада ишлаш методларини ўзлаштириш;
- ўзаро тажриба алмашиш;
- касбий фаолият кўникма ва малакаларини ўзлаштириш;
- билиш фаолияти мустақил ташкил этишда йўл қўйилган камчиликларини тўғрилаш
Odatda vebinar mashg‘ulotlar talabalar tomoni o‘quv moduli, uning muayYan bo‘limi, mavzulari mustaqil o‘rganilgandan keyin tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotlarning an’anaviy darslardan farqi – ularda har bir talaba, tinglovchi o‘quv materialini muhokama qilish va muayYan ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish masalalarini muhokama etisha faol ishtirok etishi mumkin. Mashg‘ulotning muvaffaqiYati pedagogning mahoratiga, muloqot jarayonining to‘g‘ri tashkillashtirishiga, auditoriYaning faolligiga va mashg‘ulot shaklining maqsali tanlanganligiga bog‘liq. Vebinar mashg‘ulotlar uch bosqichda tashkil etiladi. YA’ni (8-rasm):
Асосий босқичлар
1-босқич
Техник таъминот
Вебинар машғулотни ташкил этишга тайёргарлик
1-босқич
1-босқич
Вебинар машғулотни олиб бориш
8-rasm.Vebinar mashg‘ulotlarning tashkil etilish bosqichlari
Mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi texnik vosita (qurilma)lar kerak bo‘ladi:
Шахсий компьютер (у Интернетга уланган бўлиши лозим).
Веб-камера (компьютерга уланган ёки автоном).
Гарнитура (микрофон ёки овозни қабул қилувчи мослама – қулқочин, овозли кранай (колонка)).
Эхони бартараф этадиган мослама (иштирокчилардан кимнидир компьютеридаги карнай миқрофон олдида бўлиб қолса, у ҳолда бошқаларнинг овози микрофонга “тушиб қолади” ва бу эхо ҳосил қилади).
Дастурий таъминот (шахсий компьютерларда Adobe Flash Player плагинининг сўнгги модели, шунингдек, веб-браузер (Mozilla Firefox, Google Chrome) ўрнатилиши зарур)
Vebinar mashg‘ulotlardan oldin talabalar bu haqida xabardor qilinadi. SHu maqsadda ularga xabarnoma yuboriladi. Unda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
- машғулотнинг номи;
- вебинар машғулотни олиб борувчи ҳақиа маълумот;
- машғулот санаси, бошланиш вақти ва давомийлиги;
- машғулот мақсади ва вазифалари;
- вебинарнинг таркибий тузилмаси ва мазмуни (бўлимлар бўйича) ҳақида қисқача маълумот;
- кутилаётган натижалар
Vebinar turlari:
Virtual laboratoriYa ishi va amaliyoti
LeksiYa
Seminar
KonferensiYa
Breyn ring
Guruhli intervyu
Dumaloq stol
Aqliy hujum
Jamoaviy echim
Guruhli bahs
Disput
Dasturiy mahsulotlardan foydalanishga o‘rgatish.
Бинар – таълим олувчиларнинг билимдонлигини таркиб топтириш имконини берадиган мужассам дарс
|
Qo‘shimcha ravishda ishtirokchilarga “Vebinarda qanday ishtirok etish mumkin?” nomli qisqacha yo‘riqnomani yuborish maqsadga muvofiqdir. Vebinar mashg‘uloti haqidagi xabar masofaviy o‘quv kursining “Yagiliklar forumi”da tarqatilishi va tavqimda qayd etilishi kerak.
|
Agarda vebinar mustaqil tashkil etilayotgan bo‘lsa, u holda ishtirokchilar mashg‘ulot haqida bir hafta oldin xabardor qilinishi, shuningdek, mashg‘ulot haqida Yana bir bor bir kun va bir soat avval xabar yuborilishi maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi mashg‘ulotning dasturiy ta’minoti mutaxassislar tomonidan ta’minlanadi. Ayni vaqtda vebinar mashg‘ulotlar turli tijorat (Webinar.ru, Comdi, Mirapolis Virtual Room va b.) hama erkin tarqatuvchi (OpenMeetings, OnWebinar va h.k.) serverlar yordamida tashkil etiladi.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida bakalavr - o‘qituvchining asosiy xizmat vazifalari va uning shaxsiga qo‘yilgan talablar.
3. O‘qituvchi - murabbiyning o‘ziga xos fazilatlari ilmiy dunyoqarashi va insonparvarligi. Uning ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazari, barkamol avlod tarbiYasi uchun o‘qituvchi - murabbiyning jamiYat oldidagi mas’uliYati, uning kasbiy bilimlari va ko‘nikmalari.
4.Pedagog iste’dodi va qobiliYati. O‘qituvchi-murabbiyning pedagoglik axloq-odobi va nazokati, uning o‘quvchilar, ota-onalar va hamkasblari bilan muloqati.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo‘yicha o‘rtaga quyilayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvi shaxsiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ta’lim- tarbiYadan ko‘zda tutilayotgan maqsadga erishish, o‘quvchilarning xilma- xil faoliYatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, O‘zbekistonning istiqboli ko‘p ejihatdan o‘qituvchiga, uning saviYasi, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o‘kitish va tarbiYalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariYani egallashning o‘zigina etarli emas. CHunki pedagogik nazariYada bolalarni o‘qitish va tarbiYalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g‘oYalar bayon etiladi, o‘quvchilarning yo shva individual xususiYatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariYaga mos kelmaydigan vaziYatlar ko‘p uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy qobiliYat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo‘lishi kerak.
Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog‘lom bo‘lishi, so‘zlarni to‘g‘ri va Yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq va asablari joyida bo‘lishi, boshqalar bilan muomalada o‘zini tuta olishi zarur. SHuningdek, o‘qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo‘lishi zarurdir.
Pedagogik faoliYat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiYa beri shishi Bilan shug‘ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliYatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliYat Bilan shug‘ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda. O‘qituvchilik faoliYati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O‘qituvchining barkamol insonni tarbiYalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. Har bir bola o‘z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiYalashda ularning anna shu o‘ziga xos xususiYatlarini xisobga olish, o‘rganish nihoYatda murakkab. Bunda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliYatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiYatlarini bilishlari lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiYatlari uning kasbnomasida ifodalanadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘tarilgan barcha tadbiru - amallar respublikamizning aqliy salohiYatini oshirishga qaratilgan ekan. Bu eng avvalo o‘qituvchi kasbiga bo‘lgan munosabatni tub jihatdan o‘zgartirishni, uning ma’naviy - axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi.
Demak, bu fikrlarni ilmiy – nazariy tahlil qilish, shunday xulosalarga olib keladi:
Birinchidan - o‘qituvchi pedagogik faoliYatga qobiliYati bor, ijodkor, ishbilarmon, bolajon bo‘lmog‘i
Ikkinchidan – milliy va umuminsoniy qadriYatlarni Yaxshi anglaydigan va mukammal egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy – axloqiy barkamol inson sifatida obro‘ - e’tiborga ega bo‘lmog‘i;
Uchinchidan – imon –e’tiqodi butun, har qanday oqimlarga va ko‘rinishlarga o‘zining qat’iy munosabatini bildira oladigan, eng muhimi O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida maydonga chiqishiga ishonadigan va boshqalarni ham ishontira oladigan bo‘lishi;
To‘rtinchidan - o‘qituvchi vatanparvarlik g‘oYasi bilan sug‘orilgan bo‘lmog‘i va o‘z tarbiYalanuvchilarini ham ana shu yo‘lda fidokorlikka undamog‘i;
Beshinchidan – pedagoglik kasbiga doir bilimlarni Ya’ni psixologik, pedagogik malaka va mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan bo‘lishi;
Oltinchidan – bolalarni sevish, ular ruhiYatini Yaxshi bilishi, shuningdek, ularning yoshi va individual xususiYatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha olishi;
Ettinchidan - o‘qituvchi erkin va ijodiy fikrlay olishi, talabchan, adolatli bo‘lmog‘i;
Sakkizinchidan - o‘qituvchi odobli, iboli va hayo sohibi bo‘lish bilan birga, o‘z tarbiYalanuvchilarini ham ana shunday sifatlar bilan qurollantirishga harakat qilmog‘i;
To‘qqizinchidan - o‘qituvchi o‘z so‘ziga va qilayotgan ishiga bolalarni ishontira oladigan, obro‘ - e’tiborli shaxs bo‘lmog‘i;
O‘ninchidan - o‘qituvchi o‘tkir suxandon, mantiqiy fikrlovchi, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan ma’lumotni izchil va ketma – ketlik printsipi asosida etkazishi;
O‘n birinchidan - o‘qituvchi madaniYatli, estetik didli bo‘lishi bilan o‘zining tarbiYalanuvchilari uchun ibrat bo‘lib qolmog‘i kerak.
Agar o‘qituvchi ana shunday sifatlarni o‘zida mujassam qila olsa kadrlar tayyorlash milliy modelida qayd etilgan o‘qituvchi tamoyiliga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bera oladi deyish mumkin.
O‘qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy qobiliYatlar bilan birga, jismoniy ham ruhiy xislatlar ham shakllangan bo‘lmog‘i darkor. Aks holda o‘qituvchilik kasbini tanlagan bunday shaxslardan na jamiYatga, na o‘zgalarga hech qanday manfaat bo‘lmasligi turgan gap.
Pedagogik faoliYatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiYa berish uchun, layoqatli, talab doirasida barcha aqliy va axloqiy salohiYatga ega bo‘lgan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarning alohida faoliYatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytganda o‘qituvchilarning mehnat faoliYati komil insonni tarbiYalashga qaratilgan murakkab, ziddiYatli va uzoq davom etadigan jarayondir.
O‘qituvchilik kasbini egallagan har bir inson avvalo o‘qituvchi shaxsiga xos xususiYatlarni o‘zida mujassam etishi; shuningdek, o‘qituvchining ruhiy – pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni atroflicha o‘zlashtirgan bo‘lishi; tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga etkaza olish qobiliYatiga ega bo‘lmog‘i juda muhim.
Inson faoliYatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliYat ham o‘z xususiYatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob’ekt va sub’ekt va vositalardan tashqil topadi.
Eng avvalo, pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini tushunishiga harakat qilamiz. Ular quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik faoliYatning maqsadi jamiYat tomonidan belgilanadi, Ya’ni pedagog faoliYatning natijasi jamiYat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.
2. Pedagog faoliYati doimo shaxs faoliYatini boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir.
3. Pedagogik (ta’lim, tarbiYa) jarayonida o‘quvchi faoliYatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog Yaqqolroq tasavvur qiladi. SHunday qilib, pedagogik faoliYat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi: jamiYatning ijtimoiy vazifalarini (masalan, muxandis-pedagoglar tayyorlashni) to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabo‘l qilishi. JamiYat maqsadlarining "o‘sib", uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
muayYan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
o‘quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliYatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. O‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishda bunga e’tibor berish zarur.
Endi pedagogik faoliYat ob’ektining o‘ziga xosligini ko‘rib chiqamiz. Bu faoliYatining ob’ekti insondir. Pedagog- tadqiqotchilarning fikricha, pedagogik ob’ektining o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat:
1. Inson-tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‘zining individual sifatlari, ro‘y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o‘zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. PsixologiYada ta’kidlanganidek, har bir shaxs-takrorlanmasdir". U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir. SHunday qilib, pedagogik faoliYatning ob’ekti bir paytning o‘zida bu faoliYatning sub’ekti bo‘lib hisoblanadi.
2. Pedagog doimo o‘zgarib, o‘sib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
3. O‘quvchilarga pedagogdan tashqari atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham, ba’zan sezilmaydigan, ba’zan esa har tomonlama bir necha yo‘nalishda ta’sir etadi. SHuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida jamiki ta’sirlarga va o‘quvchining o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda to‘tadi. Masalan, diniy ektsremizm va boshqa oqimlarga kirib ketgan yoshlarning adashganligini tushuntirish, ommaviy axborot vositalari orqali berilayotgan axborotlarni to‘g‘ri anglashga undash va h. k. TarbiYa jarayoni o‘z-o‘zini tarbiYalash bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi zarur.
Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.
Mahoratli pedagog deganda - ravon va ta’sirchan nutqqa ega bo‘lgan, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini torta oladigan, qobiliYatli, mavzuga mos ko‘rgazmalar ijod qilib, undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa oladigan, har bir darsi jarayonida bolaning qiziqishi va faoliYatini oshirisha oladigan kishini tushunamiz.
Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiYa bo‘yicha ilmiy bilimlarni, Ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliYat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o‘z ichiga oladi.
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o‘zlashtirishdan iboratdir.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o‘qituvchilar oldiga juda katta va mas’uliYatli vazifalar yukladi. Bu esa o‘qituvchilardan o‘z ustlarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o‘z Vataniga, xalqiga munosib insonlar qilib tarbiYalashni talab etadi.
O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas’uliYatli kasblardan biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo‘lib etilishiga o‘qituvchi sababchi bo‘ladi. Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu-fuzalolar o‘qituvchining mehnati samarasidir. O‘qituvchi mehnatini biror narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. O‘qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir.
Mahoratli o‘qituvchi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarurdir.
1.O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir.
2. Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur egallagan bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta’lim sifatini oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliYatga qiziqish va istak hosil qila oladi.
3.O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq Yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi zarur.
4.O‘qituvchi Yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiYaga qo‘shib, o‘z fanining metodikasini Yaxshi bilmog‘i lozim.
5.O‘qituvchining umumiy madaniYati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san’at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
6.O‘qituvchi pedagoglik odobiga rioYa qilishi kerak. Pedagoglik odobi o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi.
7. O‘qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi kerak, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.
Va nihoYat o‘qituvchida o‘qituvchiga xos bo‘lgan qobiliYatlar mujassam etgan bo‘lishi lozim.
YOsh avlod tarbiYalash murakkab va olijanob vazifa bo‘lishi bilan birga ayni zamonda u g‘oYat darajada murakkab, mas’uliYatli ishdir. Bu vazifani muvaffaqiYat bilan bajarish uchun eng avvalo o‘qituvchi o‘z ishining shaydosi bo‘lishi, bolalarni sevishi, mas’uliYatlarini, burchlarini, hulqlarini anglab etishlari lozim.
Xulosa qilib, aytganda mustaqil O‘zbekistonimizda o‘zining pedagogik faoliYatini olib borayotgan har bir o‘qituvchi o‘z ustida tinmay ishlashi, doimiy izlanishda bo‘lishi, o‘zidan oldingi pedagoglarning ilg‘or tajribalari bilan doimiy tanishib borishi va shu yo‘llar bilan o‘z mahoratining tizimlarini kengaytirishi lozimdir.
QobiliYat, faoliYat jarayonida paydo bo‘ladiva rivojlanadi. Pedagogik faoliYatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliYatning quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiYalab etishtirilmog‘i lozim:
1. Bilish qobiliYati - fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, biologiYa, adabiyot va hokazolarga doir) qobiliYatdir. Bunday qobiliYatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi,o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoYatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
2. Tushuntira olish qobiliYati- o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otish qobiliYatidir. O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi,qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga etkaza olishi darkor.
3. Kuzatuvchanlik qobiliYati - o‘quvchining. tarbiYalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliYati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda Yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiYatidagi ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham tez fahmlab oladi. O‘quvchilar bunday o‘qituvchi haqida: "Qaramayotganga o‘xshaydi - yu, hamma narsani ko‘rib turadi!", "O‘quvchining xafa bo‘lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko‘zidan biladi!", - deydilar.
4. Nutq qobiliYati – nutq yordamida, shuningdek, imo - ishora vositasida o‘z fikr - tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliYati. Bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi Yangi saboqni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bo‘lsa ham, uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrning ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.
O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffo`zi jihatdan yorqin, ifodali,his - haYajonli bo‘lib, unda stilistik grammatik, fonetik nuqsonlar uchrasmaligi lozim. Bir xildagi cho‘ziq,zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni juda tez charchatadi, ularni loqayd qilib qo‘Yadi. Ayrim o‘quvchilar tez gapirishga, boshqalarini sekin gapirishga moyil bo‘ladilar.
5. Tashkilotchilik qobiliYati - birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o‘z ishini to‘g‘ri uyushtirishni nazarda tutadi.
6. Obro‘ orttira olish qobiliYati - o‘quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ faqat shu asosdagina emas, balki o‘qituvchining fanni Yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliYat o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yig‘indisiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga, shuningdek, o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiYa berish mas’uliYatini his etishga, o‘zining haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o‘quvchilarga etkaza olish kabilarga ham bog‘iq
7.To‘g‘ri muomala qila olish qobiliYati - bolalarga Yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
8. Kelajakni ko‘ra bilish qobiliYati - o‘z harakatlarining oqibatini ko‘ra bilishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishini tasavvur qila olishida, tarbiYalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. Bu pedagogik optimizmga, tarbiYaning qudratiga bog‘liqdir.
9. Diqqatni taqsimlab olish qobiliYati- o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiYatlari - hajmi, kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.
E’tiqod, odob, fuqarolik burchini anglash- o‘qituvchining asosiy sifatlaridan biridir. Maktab o‘qituvchisi o‘zi targg‘b qilayotgan g‘oYaning fazilatlarini shaxsiy namunasida ko‘rsatishi kerak.
O‘qituvchining odobi, madaniYati, yuksak bo‘lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo‘la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Buning uchun ochiq ko‘ngil qat’iYatli bo‘lishi, o‘zini tuta bilishi, bardoshli bo‘lishi kerak. Bolalarga nisbatan talabchan bo‘lish bilan birga o‘z shaxsga tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak.
O‘qituvchi pedagogik etikaning normalarini o‘zlashtirib olishi, tajribada qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida pedagogik etikaning qoidalari o‘qituvchining o‘z e’tiqodiga, intilishiga, o‘z axloqiy sifatiga aylanadi. Axloq nazariYasida Yaxshilik eng muhim kategoriYa hisoblanadi. YAxshilik — axloqiy ijobiy fazilat bo‘lib, normativ etikaning idealini, individual axloqda ijobiy – xulqiy fazilatlarning mazmunini inson faoliYati yoki biror hatti - harakatiga ijobiy munosabatning yig‘indisini aks ettiradi.
Pedagogik etikada Yaxshilik tushunchasi o‘qituvchi faoliYati bilan bog‘liq holda aniqlashtiriladi. Unda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o‘quvchi maqsadining birligi, ta’lim va tarbiYaning samarasi uchun ko`rashning birligi aks etadi. YAxshilik fazilati ikkala tomonning ham Yaxshi niYatli, xayrixoh, mehribon bo‘lishini taqozo qiladi. YAxshilik qaror topishi uchun yomonlikka murosasiz bo‘lish lozim. YAxshi istak bilan xushmuomalalik, Yaxshi qiliq, Yaxshi xatti - harakatning birligi zarur.
O‘qituvchining mas’uliYati — mas’uliYat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliYati va ta’lim - tarbiYa jarayonining aniq vazifalarini ham o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas’uliYati yuklanadi. Muallim o‘quvchiga chuqur nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. SHu bilan birga, u boladagi mavjud layoqat va qobiliYatlarni payqab, individual munosabatda bo‘lishi, unda mavjud bo‘lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o‘stirishi darkor.
Muallim sinfda jamiYatning vakili sifatida o‘quvchilar jamoasi bilan yolg‘iz ish olib boradi. Bunday sharoitda o‘qituvchining mas’uliYati uning xulqini tartibga solib turadigan, boshqaradigan kuch, o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish darajasining asosiymezoni hisoblanadi.
O‘qituvchi deYarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol - javob qiladi, ularning Yaxshi ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘Ya hatti - harakatlari uchun tanbeh beradi. Albatta, o‘qituvchining bunday xatti - harakatida mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hamma ayna birdek juda to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi mumkin. Lekin u hamma o‘quvchilarga nisbatan xolis niYatli, Yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i darkor. Sinfda o‘qituvchi "Yaxshi ko‘radigan", "yomon ko‘radigan" o‘quvchilar bor degan taassurot tug‘ilmasligi kerak.
Xullas, obro‘ o‘qituvchilik faoliYati uchun zarur xususiYatdir. Obro‘ kishining chuqur bilim, yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi tufayli orttirilgan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ta’siri nufo`zi dir.
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchining ijodkor bo‘lishini, fanning muhim muommolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o‘quvchilarga etkaza olishi va nihoYat o‘quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab qiladi. SHuning uchun o‘qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O‘qituvchi ilmiy – tadqiqot ishlari olib borish davomida omillarni to‘playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi.
Kommunikativlik shunday qobiliYatki, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘zaro to‘g‘ri muloqat o‘rnatishi natijasida o‘quvchilarda o‘ziga nisbatan ishonch, xayrihoxlik uyg‘otadi. Natijada o‘quvchilar o‘z o‘qituvchisi bilan birga bo‘lishga, o‘qishga, jamoat ishlarida u bilan birga katnashishga xoziru – nozir bo‘lishadi. Kommunikativ qobiliYatlar tashkilotchilik qobiliYatlari bilan birga uyg‘unlashib ketsa o‘quvchilarga Yanada samaralirok ta’sir etishga yordam beradi va o‘zaro shaxslararo to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatishni ta’min qiladi. O‘quvchilarga to‘g‘ri muomala qila olish, bolalarga Yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Kommunikativ qobiliYat – bu o‘qituvchining tarbiYalanuvchilar bilan aloqa o‘rnata olish faoliYatini tashkil qilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikma va tajribasidir. o‘qituvchining kommunikativ qobiliYati pedagogik faoliYat jarayonida shakllanadi. buning uchun quyidagi asosiy shartlar mavjud:
o‘quvchilarning yuz ifodasini o‘qish va o‘qish qobiliYati;
o‘quvchining tashqi ko‘rinishidan uning psixik holatini aniqlaganholda uning adekvat modelini Yasab chiqish;
o‘qituvchi-o‘quvchi bilan muloqot va muomala qilishga imkoniYat Yarata bilishi, unga yo‘l ochib berishi va yo‘l berishi kerak;
o‘qituvchi o‘zini ota – onaning, o‘quvchining o‘rnida qo‘Ya bilishi va yuzaga kelgan vaziYatni ijobiy, ziddiYatsiz echishda ular kabi fikrlay olishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi o‘z tarbiYalanuvchilariga, tinglovchilarga va ularning ruhiy dunyosiga ta’sir etadi. Bu ta’sir o‘qituvchilik mahoratiga, uning so‘zlarni tanlay va qo‘llay olishi bilan bog‘liq. Har bir o‘qituvchi, tarbiYachi dars mavzusini o‘quvchilarga gapirib berish bilan cheklanmay, uni jonlantirishi, badiiy etuk shaklda talqin etib bera olishi lozim. Tilsiz fikr almashlab bo‘lmaydi. Demak, tilga befarq qarash mumkin emas.
Kompetentlilik-bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliYatlilikni rahbarlik faoliYatiga singdirib borish.
O‘z sohasini, ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish. B.D.Elkonin “PonYatie kompetentnosti s pozitsii razvivayuщego obucheniYa”. 2002g
Keyingi yillarda pedagogika sohasida “kompetentli”, “kompetensiYa”, “kompetentlilik” tushunchalaridan tez-tez foydalanilmoqda. Bu ta’lim mazmunini isloh qilish zarurati bilan uzviy bog‘liq. S.I.Ojegov bu tushunchalarni quyidagicha ifodalaydi:
Kompetentli– biror sohani chuqur bilish, ko‘p narsalardan xabardorlik, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta e’tiborga moliklik” (S.I.Ojegov. Slovar russkogo Yazыka. – M.: Russkiy Yazыk.1999.S.248).
KompetensiYa – 1. Biror kishi juda Yaxshi bilgan yoki xabardor bo‘lgan masalalar doirasi. 2. Biror kishining vazifalari, huquqlari doirasi” (S.I.Ojegov. Slovar russkogo Yazыka. – M.: Russkiy Yazыk.1999.S.248).
KompetensiYa– bior soha bo‘yicha har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lgan va shuning uchun ham fikri salmoqli, ishonchli hisoblangan kishining sifati”.
Umuman “kompetensiYa” va “kompetentlik” atamalari pedagog olimlar tomonidan bir xilda talqin etilmaydi.
Rus tilidagi “kompetentnost” atamasidagi “nost” suffiksi ma’lum sifatni egallash darajasini bildiradi va shu bois, “kompetentlilik” atamasi ma’lum sifatlarni, ularni egallash darajasini belgilash uchun qo‘llaniladi.
SHundan, kompetensiYa va kompetenlilik tushunchalari bilim, ko‘nikma, malaka tushunchalaridan ko‘ra kengroq ma’noni anglatadi. CHunki ular shaxsning yo‘nalganligi (motivatsiYasi, qadriYatlarining yo‘nalishlari), uning stereotiplarini engish, muammolarni his etish, kuzatuvchanlik, fikrlash qobiliYatini; xarakterini - mustaqillik, maqsadga intiluvchanlik, irodaviy sifatlarini qamrab oladi.
H
Компетентликка йўналтирилган таълим америкалик тилшунос Н.Хомский (1965 йил, Массачутес университети) томонидан таклиф этилган «компетенция» атамасининг умумий маъносида шаклланади. Европа Кенгаши дастури бўйича Берн шаҳрида бўлиб ўтган симпозиумда (1996 йил) «компетенция» тушунчаси «ўқув», «компетентлик», «қобилият», «маҳорат» сингари тушунчалар қаторига киритилганлиги таъкидланди. Европа давлатларининг таълим вазирлари Болония декларациясида (1999 йил) таълим ислоҳатларининг консептуал асослари сифатида компетентли ёндошувни белгилашди.
ozirgi vaqtda “kompetentlik” tushunchasi va uning tarkibiga kiruvchi kompetentliklar mazmunini aniqlash, faoliYatning turli sohalarida ularni shakllantirish hamda rivojlantirish muammolari bo‘yicha juda ko‘p tadqiqot materiallari to‘plangan. Bu esa, ularni tasniflash muammosini yuzaga keltiradi.
SHu fikrdan kelib chikib Aleks Mur ko‘pqirrali qobiliYat tushunchasiga asos soldi. YA’ni ko‘pqirrali qobiliYatlilik tushunchasi kompetentlik tushunchasiga mos kelib, uning fikricha “..... ko‘pqirrali qobiliYatlar deganda turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi tushuniladi 5
Ko‘pqirrali qobiliYat tushunchasining eng ilg‘or tarafdorlaridan biri asarlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Govard Gardnerdir. (1983,1993). (Yana ko‘rish mumkin bo‘lgan asarlar Armstrong 1994, Xou 1984, 87-92 betlar va Bentli 1998).6
G.V.Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud:
- insonning umumiy kompetentligi (matematik, kommunikativ, informatsion, ijtimoiy, axloqiy va v.h);
- faoliYat turlri bo‘yicha kompetentlik (mehnat, o‘quv, o‘yin, kasbiy va boshqalar);
- faoliYat yo‘nalgan ob’ektlar bo‘yicha kompetentlik (inson-inson, inson-texnika, inson-tabiat, inson-badiiy timsol va v.h,);
- ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha koipetentlik (maishiy, fuqaroviy, madaniy va boshqalar);
- ijtimoiy bilimlar tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (matematikada, gumanitar fanlarda);
- ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha kompetentlik (transport, aloqa, mudofaa va boshqalar);
- qobiliYatlar bo‘yicha kompetentlik (pedagogika, psixologiYa, ijtimoiy, ijodiy, texnik va boshqalar).
Zero, yuqorida aytilgan kompetentlik yo‘nalishlari shaxs umummadaniy kompetentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. SHuningdek, shaxs kompetentligi mazmuniga ko‘ra 3 turga bo‘linadi.
Standart kompetensiYa-ushbu faoliYatga oid doimiy va odatiy vazifalarni bajarish qobiliYati.
Asosiy kompetensiYa-ushbu faoliYatga oid innovatsion vazifalarni bajarish qobiliYati.
Etakchi kompetensiYa-kasb faoliYatining Yangi turlarini Yarata olish qobiliYati.
Pedagog kasbiy kompetentligining to`zi lishi va mazmuni.
Pedagogning kasbiy kompetentligi tasnifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
pedagogning ish sohasi bo‘yicha kompetentligi - uzluksiz ta’lim tizimini o‘z ichiga oladi;
ixtisoslik bo‘yicha kompetentligi - o‘qituvchi, tarbiYachi, psixolog, defektolog, kasb ta’limi o‘qituvchisi, ishlab chiqarish ustasi;
pedagogning faoliYati yo‘nalgan ob’ekt bo‘yicha kompetentligi - o‘quvchilar, ota-onalar, sinf jamoasi, sotsium va boshqalar;
- pedagogning faoliYati turi bo‘yicha kompetentligi motivatsion, gnostik, metodologik, metodik, informatsion, kommunikativ, refleksiv, prognostik, konstruktiv, tadqiqot, texnologik, korreksion va boshqalar;
Psixolog olimlar fikricha “muhim kompetensiYa”larni shaxsning turli kasbiy uyushmalarda moslashish va samarali faoliYat ko‘rsatish uchun ma’lum ishlarni bajarishda zarur bo‘ladigan umumkasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxsiy sifatlar va qobiliYatlar sifatida ta’riflaydi. U to‘rt kichik guruhni alohida ko‘satib o‘tadi: kasbiy yo‘nalganlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy ahamiYatga ega sifatlar va psixofiziologik xususiYatlar.
Jahon ta’lim amaliyotida quyidagi muhim kompetensiYalar keltirib o‘tiladi:
turli axborot manbalari, shu jumladan, ta’lim muassasasidan tashqaridagi axborot manbalaridan bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga asoslangan bilish faoliYati sohasidagi kompetensiYalar;
ijtimoiy faoliYat sohasidagi kompetnsiYalar (fuqaro, saylovchi, ijtimoiy guruh, jamoa ahzosi rolini bajarish);
mehnat faoliYati sohasidagi kompetensiYalar (shu jumladan mehnat bozoridagi holatni tahlil etish va undan foydalanish, o‘zining kasbiy imkoniYatlarini, o‘zini o‘zi uyushtirish ko‘nikmalarini baholash va takomillashtirish);
maishiy sohadagi kompetensiYalar (shu jumladan, oilaviy hayot aspektlarini, salomatlikni saqlash va mustahkamlashni ham qamrab oladi);
madaniy faoliYat sohasidagi kompetensiYalar (shu jumladan, shaxsning ma’naviy va madaniy jihatdan boyishi uchun vaqtdan unumli foydalanish).
Kasbiy kompetensiYaning shakllanish bosqichlari:
3. Pedagog kasbiy kompetentligi yo‘nalishlari.
Pedagogik-psixologik tayyorgarlik bo‘yicha:Ta’lim-tarbiYa jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllarining pedagogik-psixologik asoslari; psixodiagnostika usullaridan foydalanish; o‘qitish shakllarida o‘qitish metodlari va vositalaridan o‘rinli foydalana olish; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uyg‘unligi, uzviyligini ta’minlay olish; pedagogik va axborot texnologiYalarini qo‘llashning nazariy asoslarini.Mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish mahorati bo‘yicha:seminar, amaliy va laboratoriYa mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan didaktik talablarni; didaktik maqsadlar asosida mashg‘ulotning har bir bosqichi uchun reproduktiv o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish; fanlararo, mavzulararo bog‘lanishni amalga oshirish.
Ta’lim jarayonida tarbiYalashning didaktik omillari bo‘yicha: ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriYatlardan samarali foydalanish malakasiga ega bo‘lish, o‘qitish jarayonida talabalar ongiga milliy g‘oYani singdirishning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini bilishi; talabalarni jamoaga birlashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bajarilgan ishni baholay olish, oliy ta’limda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllarini, pedagogik etika me’yorlarini bilish.
Mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha: talabalarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati va nazariy asoslarini bilish; iqtidorli talabalarni aniqlash diagnostikasini bilish, talabalarning mustaqil ishini tashkiliy va o‘quv-metodik ta’minotini Yaratish yo‘llarini bilish, o‘quv materiali mazmuni asosida vosita, metod va shakllarini samarali tanlash va uyg‘unlashtira olish.
Talabalar o‘zlashtirishi monitoringini amalga oshirishga tayyorlik bo‘yicha: talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullarini; reyting tizimi, nazorat turlari uchun differensiallashtirilgan topshiriqlarini tuza olish; talabalarning bilish faoliYatidagi tipik kamchiliklar va ularning javoblaridagi xatoliklarni aniqlashni o‘rganish.
O‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirishga tayyorgarlik bo‘yicha:ta’lim beradigan fanlari turkumini ilmiy-nazariy jihatdan o‘zlashtirish, ularning rivojlanish tarixi, fanda erishilgan yutuqlar, muammolar, ilmiy-tadqiqot va izlanishlar natijalaridan xabardor bo‘lish; darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, ulardan ta’lim-tarbiYa jarayonida samarali va o‘z o‘rnida foydalana olish.
Mutaxassislik bilim, ko‘nikma va malakalari bo‘yicha: fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ekti, asosiy metodlari; fanga qo‘yiladigan asosiy talablar; umumiy yuklama hajmi va uning taqsimoti; fan bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lajak mutaxassisga qo‘yiladigan: umumiy malaka talablari; ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish, kasbiy faoliYat jarayonini tashkil etish va boshqarish; fan taraqqiyotining axborot va kommunikatsiYa texnologiYalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy adabiyotlar; fan bo‘yicha kasbiy kompetentlik darajasi; fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviyligi ta’minlanganligi; fanni taraqqiy etish muammolari va echimlari.
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviYasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiYalash ishida bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiYalab etkazishga intilish bizning milliy xususiYatimizdir. SHu bois, mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk madaniYatimizni tiklash va Yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiYat berib kelinmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida yuqori malakali o‘qituvchi-mutaxassislar tayyorlash masalasi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Kasbiy tayyorgarlikka zamonaviy talablar umumiy va kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning Yaxlit tizimini, muhim kompetensiYalarni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bular hozirgi zamon ta’lim sifatini belgilab beruvchi muhim omillardan sanaladi.
“Muhim kompetensiYalar” tushunchasi chet el olimlari tomonidan taqdim etilgan ko‘plab zamonaviy modellarning asosida yotadi. “Muhim kompetensiYalar” insonning egallagan ko‘nikma va malakalarini kasbiy faoliYat jarayonida qo‘llash, shuningdek amallarni bajarishning umumlashgan usullaridan foydalanish qobiliYati sifatida talqin etiladi.
Pedagog kompetentligi to`zi lishi
Kompetentlik
Darajalari
|
Kompetentlik turlari
|
Kompetentlik tushunchasi
|
|
Muhim funksional kompetentlar
|
Insonning kompetentligi
|
Umumiy kompetentliklar
|
QadriYatiy-ma’naviy
Umummadaniy
Intellektual
Informatsion
SHaxsiy komillik
|
Ta’limiy
Kommunikativ
Ijtimoiy-kasbiy
Ijtimoiy-rolli
|
Pedagogning kasbiy kompetentligi
|
TaYanch kompetentliklar
(ma’lum kasbiy sohada)
|
QadriYatiy-ma’naviy
Umummadaniy
Intellektual
Informatsion
Kasbiy-shaxsiy komillik
|
Operatsion
Diagnostik
Prognostik
Konstruktiv
Tashkiliy
Kommunikativ
Texnologik
Korreksion
Tadqiqot
|
Maxsus kasbiy kompetentlik
|
Maxsus kompetentliklar (faoliYatning aniq sharoitida)
|
Motivatsion
Kognitiv
Refleksiv
|
Operatsion
|
SHaxsiy- kasbiy kompetentlik
|
SHaxsiy kompetentliklar (anik kasbiy vazifalarni echishga yo‘naltirilgan)
|
Motivatsion
Kognitiv
Refleksiv
|
Operatsion
|
Касбий компетенция талаблари
Таълим муҳитига янгилик киритиш
Ахборот коммуникацион технологияларни билиш
Ўз фанини мукаммал билиш
Хорижий тиллардан бирини билиши лозим
Ўз устида ишлаш
Ўқувчиларда мотивацияни шакллантириш
Шахсий компетенция
Маъсулиятлилик
Бағрикенглик
Ишчанлик
Мослашувчанлик
Инсонпарварлик
Соғлом турмуш тарзига амал қилиш
Мулоқатчанлик
Фаолллик ва ташаббускорлик
Етакчилик
Умуммаданий компетенция
Махсус компетенция
Таълимни табақалаштириш
Фанига доир махсус методларни билиш
Турли ёш хусусиятларини билиши
Ўқувчилар эҳтиёжини билиши
A.V. Xutorskiy o‘qituvchining quyidagi kompetensiYalarini tavsiflaydi:
1. Dunyoqarash asnosida, Ya’ni qadriYat va o‘zini anglash -o‘qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriYati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U atrof-muhitdagi voqea va hodisalarning mohiYatini ko‘ra oladi va tushunadi, bunga o‘zini yo‘naltiradi, pedagog sifatida o‘z fikrini asoslay oladi. Muammo echimini topa oladi. Bu kompetensiYa- o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliYatlaridagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmini ta’minlaydi.
2. Umummadaniy – milliy va umuminsoniy qadriYatlarga ega bo‘lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf–odatlarga hurmat; ijtimoiy ko‘nimalarga ega bo‘lish. Ilm-fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga ta’sirini angaly olish va o‘quvchi yoshlarga tushuntira olish.
3. o‘quv va bilish jarayoni - o‘qituvchining mustaqil bilish faoliYati. Mantiqiy fikrlashi.O‘quv-biluv faoliYatini baholashi, bilim va ko‘nikmalarini tahlil qila olishi.
4. Ma’lumotga ega bo‘lish - pedagogik faoliYat va o‘z faniga doir ma’lumotlarni egallash ko‘nikmasi.
5. Muloqotchanlik - til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo‘lishi, jamoada o‘ziga xos o‘rinda turishi.
6.Ijtimoiy - foydali mehnat-oilaviy munosabatlar va ma’suliYat, jamiYat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
7. O‘z ustida ishlashi - jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan o‘z-o‘zini rivojlantirib borish. Hissiyotini boshqarish.
Didaktik kompetensiYa talablari:
Do'stlaringiz bilan baham: |