Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet112/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

XX asrning 70—80-yillarida O’zbekistonda xalq ta'limi
Xalq ta'limi tizimida muhim o’rinni egallagan umumiy talim maktablari respublikamiz hayoti bilan chambarchas bog’langan bo’lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun ham respublikamiz hukumati umum ta'lim maktablarini rivojlantirish, ularni yangi binolar bilan ta'minlash, o’quv va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda yuqori bilimga ega bo’lgan o’qituvchilar bilan ta'minlash borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.
Umum ta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari, yosh avlodni har tomonlama shakllangan barkamol shaxs sifatida shakllantirish uchun ta'lim tizimini isloh qilish zarur edi.
Islohotda umumiy o’rta talim o’n bir yillik bo’lib, I-IV sinflar - boshlang’ich, V-IX sinflar esa to’liqsiz o’rta va X-XI sinflar – umumtalim maktabini tashkil qiladi. Mazkur tuzilishga binoan o’rta umumiy ta'lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o’qitish nazarda tutiladi.
Hunar-texnika ta'limi tubdan o’zagrtirilib, «o’rta hunar-texnika bilim yurtlari»ga aylantirildi.
O’rta ma'lumotga ega bo’lmagan, ishlab chiqarishdagi faol yoshlar uchun kechki (smenali) va sirtqi maktablar saqlanib qolindi.
Umumiy o’rta va hunar talimi tizimining o’zgarishi bilan, oliy o’quv yurtlari, bilim dargohlariga qabul qilishning yangi qoidalari, talablari ishlab chiqiladi.
Umumiy o’rta va hunar talirai bilan unda beriladigan ta'limning mazrauni, shakllari, metodlari va usullarini ham tashkil etilishini o’zgartirishni taqozo etadi. Buning uchun islohot taqozo etganidek, ta'limning mazmunini takomillashtirish zarur. Ta'limning mazmunini takomillashtirishning muhim shartlari o’quv dasturlari va darsliklari materiallarini o’quvchilarning yoshiga mos holda soddalashtirish, ortiqcha ikkinchi darajali materiallardan xalos etish zarur.
O’quv fanlarining amaliy yo’nalishini kuchaytirish, mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga o’rgatishni yo’lga qo’yish, ta'lim mazmunining politexnik yo’nalishini ta'minlash masalasi asosan amalga oshiriladi.
O’quv darsliklari, metodik qo’llanmalar yaratildi; o’quv rejasiga «Atrof muhit bilan tanishish» (I-II sinflarda), «Informatika fa hisoblash texnikasi asoslari» (X-XI sinflarda), «Oila etikasi va psixologiyasi» (X-XI sinflarda), «Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash» (VIII-X sinflarda) kabi fan asoslari talim dasturiga kiritildi va o’qitilmoqda, o’qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib haq to’lash joriy etildi, o’qituvchilar malakasini oshirish va qaytadan tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar ro’y berdi, o’quvchilarni mehnat talimi va tarbiyasining mazmuni takomillashti-rildi; hunar-texnika ta'limi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlarining munosabatlari birmuncha o’zgargandek tuyuldi. Biroq, bu o’zgarishlar ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun etarli emas edi. Islohot birinchidan, «qayta qurish» sharoitida, maktab islohotining evolyutsion xarakterga egaligi, maktab ishining mazmuni, ilmiy-pedagogik kadrlar, moddiy-texnikaviy ta'minlanish, boshqarishning tubdan o’zgartirilmaganligi ta'lim-tarbiyaning rivojlanishiga to’siq bo’ldi. Islohni amalga oshirishdagi tashkilotchilik ishlarining etarli bo’lmayotganligi, boshqarishdagi byurokratik metodga asoslanilayotganligi, xalq xo’jaligining ehtyojiga mos ravishda kadrlar tayyorlash mo’ljallanmaganligi ham islohot talablarini qiyinchilik bilan hal etilayotganligiga sabab bo’ldi. Bular esa o’z navbatida talim-tarbiya saviyasini oshirishga salbiy ta'sir etdi.
Shuni qayd etish zarurki, o’zbek maktablari sobiq ittifoq davrida milliy zamindan batamom uzilib qolgan edi. o’qish-o’qitishda Ovro’po, xususan o’rus tizimi qabul qilindi. Yangi davrdagi zamonaviylashtirishning «bilimdon» va «zukko» tashkilotcbilari ming yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirilishi, natijasida maktablari o’quv-tarbiyaviy ishlar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi, avlod-ajdodlarimizning dunyoviy, ma'naviy-axloqiy, ma'rifiy merosi esa umuman o’qitilmay, o’rgatilmay tashlab qo’yildi.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish