Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


II mavzu: Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar. III mavzu



Download 10,96 Mb.
bet114/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

II mavzu: Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.
III mavzu: Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi.
IV mavzu: Milliy g‘oya va ma’naviy hayot.
V mavzu: Ma’naviyat va jamiyatning yangilanishi.
VI mavzu: Islohotlar va ularning ma’naviy mezoni.
VII mavzu: Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar.
VIII mavzu: Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya.
IX mavzu: Inson qalbiga yo‘l.
X mavzu: Eng buyuk jasorat.
Mustaqillik va u bergan imkoniyatlar.

  • Mustabid tuzum, mustamlakachilik davrida biz kim edik?

  • Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo‘lida edi?

  • Ka’ba deb qaerga sig‘inar edik?

  • Har tong “Assalom!..” degan madhiya ohanglari ostida kimlarga qulliq qilib uyg‘onardik?

  • Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi?

  • Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas xoklariga e’tibor bormidi?

  • Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqa ulug‘ bobokolonlarimizning buyuk nomlari qaysi tuproqlarda qorishib yotgan edi?

  • Milliy g‘ururimiz, insonlik sha’nimiz, urf-odatlarimiz qanday tushunchalarga almashtirilgan edi?

  • O‘zimiz o‘zligimizni bilarmidik?

  • Qanday mo‘‘tabar zamin, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas meroslari bilan oziqlangan elning farzandlari ekanimizni anglarmidik?

  • O‘sha kezlari O‘zbekistonni dunyoda tanisharmidi?

  • Birov biz bilan hisoblasharmidi?

  • YUrtimiz qanday va qancha beqiyos boyliklarga ega ekanligini bilarmidik?

  • Milliy iftixor deyilgan paxta, haqiqatda milliy g‘urur o‘rniga bo‘yunturuq bo‘lgan, xalqimizni yalangoyoq qilgan, boshimizga azob-uqubat, ta’na – malomatdan boshqa nima keltirgan?

Mamlakat taraqqiyotini belgilovchi strategik maqsadlarni amalga oshirishning manbai va garovi xalq ekanligi.
Ma’naviy tarbiyada hushyorlik, qat’iyat va mas’uliyatlilik taraqqiyot kafolati.
Tarixiy xotira. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Milliy o‘zlikni anglash. O‘zlikni anglash, millatning kelajagini ta’minlaydi.
Sobiq mustabid tizimning milliy ma’naviyatga munosabati. YUksak ma’naviyat xalqimizga xos xislat ekanligi.Uning tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillari. Mehr-oqibat tushunchasi, uning tarixiy milliy, diniy ildizlari. Bu tushunchalarning mutafakkirlar merosida o‘z ifodasini topishi. Milliy mentalitet.
G‘arbona individualizm. SHarqona jamoaviylik. Mahalla tarixiy qadriyat. Ma’naviyat xalqning buguni, taqdiri, kelajagini belgilovchi asosiy mezonlardan biri ekanligi.
Ma’naviyatimizga qarshi g‘arazli munosabatlar. Ma’naviy tahdid. Ma’naviyatga tahdid jamiyatga tahdiddir. Mafkuraviy xurujlar. Mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurash omillari. Mafkuraviy xurujlarga qarshi hushyorlik, yoshlar tarbiyasida takomillashtirilgan ota-ona – mahalla – ta’lim muasasasi faoliyatining ahamiyati.
Ma’naviyat tushunchasi, uning mazmun – mohiyati. Ma’naviyat tushunchasining har bir inson, jamiyat, millat va xalq hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi.
Ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlari. Insonning ruhiy poklanishi va qalban uyg‘onishi. Muqaddas kitoblarimiz, qadriyatlarimiz, buyuk mutafakkirlarimiz merosida halol mehnatdan topilgan rizqqa yashash, mardlik, sahovat va kamtarlikka da’vat.
Sabr-qanoat. Hayotdan qoniqish hissi - har bir fuqaroda, har bir yoshda soflik, poklik, halollikka yo‘g‘rilgan holda shakllanmog‘i kerak.
Hayotdan qoniqmas, kishilarning umr mazmuni faqat moddiy boylik orttirishdan iborat ekanligi. Ularning bu qarashlari va amallari nafaqat o‘zlari, balki jamiyat uchun ham zararli ekanligi.
Milliy g‘urur. Millatimizning e’tiqodi va iymonidagi, etnogenezisidagi tabiiy mag‘rurlik doimo sun’iy kamtarlikdan ustun bo‘lib kelganligi. Qolaversa, ajdodlarimizda kasb-hunar egallash, halol mehnat evaziga yashash tarzi odat tusiga kirganligi. Masalan, Bahouddin Naqshband naqqoshlik, Fariduddin Attor attorlik, Pahlavon Mahmud dehqonchilik bilan shug‘ullanganliklari, Abu Nasr Forobiy esa qozi bo‘lish bilan birga qorovulchilik qilganligi. Bu yoshlar uchun ibrat namunasi ekanligi to‘g‘risida.
Milliy ruh. Har bir millat, jumladan o‘zbek xalqi o‘z milliy xususiyatlariga urf-odat, an’analariga, madaniy merosiga, boshqa millat va xalqlarda takrorlanmaydigan xususiyatlariga egaligi, bularning psihologik omilda uyg‘unlashuvi.
“YApon mo‘jizasi”, “koreys mo‘jizasi”ning millat ma’naviy fazilatlariga bog‘liqligi.
Vijdon tushunchasi. Vijdon uyg‘oqligi inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri ekanligi. Jamiyat hayotida adolat va haqiqat, mehr – shafqat, insof, diyonat kabi tushunchalarni qaror toptirishda vijdon uyg‘oqligining o‘rni va ta’siri.
Uzluksiz ma’naviy tarbiya ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi orqali amalga oshirilishi.Tabiatga, go‘zallikka munosabat. Erkin fikrlash muhiti va ma’naviy yuksalish imkoniyatlari davlat va jamiyat taraqqiyotining asosidir. Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak.
Erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish dolzarb vazifa. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, milliy qadriyatlarning saqlanishi, madaniyat, san’at rivoji va jamiyat tafakkurining o‘zgarishi hamda yuksalishi bilan bog‘liq. 1990 yil 24 martda O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi milliy madaniyatimiz, ma’naviy boyliklarimizni asrash va yanada boyitishga qaratilgan o‘z mustaqil siyosatimizni ishlab chiqish va amalga oshirishga xizmat qildi. Ma’naviy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadga erishishning asosiy omillaridan biri.
Axloqiy madaniyat. Madaniyatsiz jamiyat rivojlanmaydi. Madaniyatning tarkibiy qismlari bo‘lmish ilm, fan, ma’rifat taraqqiyot negizi. Iqtisodiy taraqqiyot uchun ulkan moddiy - madaniy zamin zarur.
Milliy qadriyatlar. Qadriyat atamasi.
Milliy qadriyatlarimizning oliy belgisi bu vatanparvarlik. Vatanparvarlik tuyg‘usining milliy ong, milliy iftixor, o‘zlikni anglash singari komil insonga xos fazilatlar bilan shakllanishi.
Milliy qadriyatlar yoshlarimizni ruhiy yuksalishga da’vat etuvchi, inson ichki olamini boyituvchi, uning irodasi, e’tiqodini mustahkamlovchi, vijdonini uyg‘otuvchi qudratli botiniy kuch.
Ona tili – bu millatning ruhi. Mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi.1989 yil 19 oktyabrda oliy kengash sessiyasida ushbu masalaning muhokama etilishi.O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi. Davlat tili maqomining Konstitutsiyada huquqiy jihatdan belgilanishi va mustahkamlanishi. Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasining kengayishi va xalqaro miqyosda faol muloqot vositasiga aylanishi.
1993 yil 2 sentyabrdan yurtimizda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar.
Vatanga muhabbat o‘zlikni anglashdan boshlanadi. YOsh avlodni yaxlit o‘zbek xalqining farzandi ekanligini anglash ruhida tarbiyalash. YAshab turgan joy nomlarining atalishida tarixiy xotira va vatan tuyg‘usi. Dunyoviy davlatda dinga munosabat. Sobiq mustabid tuzum davrida din va diniy qadriyatlarga munosabat. Dunyoviy va diniy qadriyatlarning uyg‘unligi tarixiy zarurat.
Xalq ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf – odatlar va tarixiy xotiraning ahamiyati. Milliy urf-odatlar. Mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, muammolarni birgalikda xal qilish, hashar. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida Xotira va qadrlash kunining joriy etilishi. Xotira maydonlari, Motamsaro ona haykalining barpo etilishi, ”Xotira” kitobining chop etilishi. Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunining joriy etilishi. SHahidlar xotirasi” hiyoboni va “Qatag‘on qurbonlarini yod etish” muzeyining barpo etilishi.
Globallashuv fenomeni. Goballashuv jarayonining hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi. Globallashuv jarayoni, uning ijobiy va salbiy tomonlari. Zamonaviy axborot maydoni va undagi harakatlar tig‘izligi. Globallashuv mafkuraviy ta’sir o‘tkazish quroli sifatida. Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchli.
Og‘ir sinov yillari. 1991 yil oktyabr voqealari, 1991 yil 8 dekabr Namangan voqealari, 1992 yil yanvar, 1999, 2000, 2001, 2004 yil 28 mart-1 aprel, 30 iyul Toshkent voqealari. 2005 yil 13 may Andijon voqealari. Andijon voqealari to‘g‘risida uydurma va haqiqat.
Mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlashning muhim omili ogohlik ekanligi. “O‘zingni, o‘z uyingni o‘zing asra!”, “Ogoh bo‘ling odamlar!”, “Tinchlik uchun kurashmoq kerak!”, “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi”.
Ma’naviy bo‘shliq va zamonaviy axborot maydoni xavfi. Beparvolik, loqaydlikning ma’naviyatga etkazadigan zararlari. Xalqaro maydondagi turli siyosiy kuchlarning milliy va strategik maqsadlari yo‘lidagi “Erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish” hamda o‘tish davridagi g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlariga asoslangan “ommaviy madaniyat” niqoblari ostidagi harakatlari.
Ma’naviy tahdidlar va ularning ta’sir qilish ko‘rinishlari. Mustaqil dunyoqarash. Sog‘lom fikrlash. Mafkuraviy va ma’naviy ta’minlanganlik. Komil inson , sharqona axloq me’yorlari. Or-nomus, uyat, andisha, sharmu hayo, ibo va iffat tushunchalari.
Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish. Mafkuraviy profilaktika va uning zarurati. Mafkuraviy immunitet. Ma’naviy tajovuzlar. Xudbinlik, loqaydlik, manfaatparastlik, hasad, sotqinlik kabi illatlardan yosh avlodni himoya qilish yo‘llari.
Iroda. Ma’naviy boylik – inson irodasining quvvati. Beparvolik, loqaydlik ma’naviyatga zid illat. Jamiyat mafkuraviy immunitetini kuchaytirishning samarali usul va usullari. SHaxs va davlat, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning yangicha mazmuni va shakli, yangi tamoyillar asosida takomillashib borishi. Ma’naviy hayotimizni turli tahdid va xurujlardan himoya qilish har bir fuqaro, har bir insonning mas’uliyatli burchi ekanligi. Ma’naviyat targ‘ibot markazi. Milliy g‘oya va mafkura ilmiy – amaliy markazi. Fuqarolar qalbi va ongida milliy tafakkur hamda sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash. Zamonaviy texnologiyalar. Ommaviy axborot vositalari. Virtual kutubxonalar, axborot resurs markazlari. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq maqsadga qaratilgan holda olib borish.
YOshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash vositalari.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish