Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o’tkazilganidan so’ng xalq ta'limi va pedagogik fikr (1924-1941)
1924-yili amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa xaritasi qaytadan tuzildi.
Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi.
To’ntarishning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakatda birtomonlama madaniy inqilobning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat qaratildi, maktablarda o’quv-tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o’zgardi. Din va Qur'oni Karimga umuman e'tibor berilmadi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa, ko’proq rus yozuchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi.
Sho’rolar tuzumi davrida kommunistik firqa qarorlari asosida pedagogika fanini shakllantirishda rus pedagoglari asarlaridan unumli foydalanib asarlar yozishga zo’r berildi. Aksariyat hollarda esa rus pedagog olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o’zbek pedagogikasi markscha-lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi. Bu davrda faqat pedagogika emas, balki boshqa fanlarning ham rivojlanishi sust kechdi. Masalan, «O’zbekiston tarixi» aslida «SSSR tarixi» darsligining ilovasi edi. «SSSR tarixi» esa, Rossiya tarixidan iborat bolganligi ma'lum. Xuddi shu kabi o’zbek pedagogikasi ham sovet pedagogikasining tarkibiy qismiga aylandi. o’sha davrlarda yozilgan ko’pgina pedagogik asarlar bugungi kunda o’z ahamiyatini yo’qotdi. Chunki o’zbek pedagogikasi nihoyatda siyosiylashgan edi. Pedagog olimlar tadqiqotlarida Marks, Engels, Lenin asarlaridan ko’chirmalar asosiy o’rinni ishg’ol qilardi.
Bolalar va o’smirlarga umumiy ta'lim berishni tezlashtirish hamda kattalar o’rtasida savodsizlikni tugatish harakatiboshlandi. 1930-yil 14 avgustda SSR ittifoqi markaziy ijroiya komiteti va xalq komissarlari soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang’ich ta'limni joriy etish va savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi.
30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy ettiyillik ta'limni amalga oshirishga kirishildi.
Biroq bu borada jiddiy xatoliklarga yo'1 qo’yildi. Jumladan, maktab yoshidagi bolalarning bir qismi o’qishga tortilmadi. Mahalliy millat bolalari orasida o’qishni tashlab ketish hollari ko’paydi. Ko’pgina maktablarda muallimlarning bilim darajasi etarli bo’lmaganligi tufayli o’qish saviyasi talabga javob bermas edi. Maktablar soni muttasil ortib borayotgan bo’lsada, ularning o’quv-moddiy bazasi nochor ahvolda qolayotgan edi.
Malumki, bolsheviklar mafkurasi negizida sinfiy kurash g’oyasi ustivorlik qildi.
Ta'lim sohasini «sinfiy dushmanlar»dan tozalash maqsadida hatto maxsus qarorlar qabul qilindi. Masalan, VKP(b) MQ o’rta Osiyo byurosi 1933-yil 27 martda o’qituvchi kadrlar safini tozalash haqida qaror qabul qiladi va uning natijalari shu yilning 25 aprelida bolib o’tgan o’rta Osiyo bo’yicha partiyaning madaniy sohaga bag’ishlangan kengashida muhokama qilinadi. Bunda mavjud 700 o’qituvchidan faqat 120tasi maktablarda ishlashga loyiq deb topiladi.
Bunday «tozalash»dan maqsad saviyasi past bo’lsada, mehnatkash tabaqalardan chiqqan kishilarni tanlab olib, eng zakovatli omilkor kishilarni siqib chiqarib, «shaklan milliy, mazmunan proletar madaniyati»ni vujudga keltirishdan iborat edi. «Tozalash»da kishining qobiliyati, madaniy saviyasi va ma'lumot darajasi emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy mezon qilib olindi.
SSSRMQ va XKKning 1929-yil 7 avgust qaroriga asosan arab alifbosi o’rniga lotin alifbosi qabul qilindi. Arab yozuvining lotinlashtirilishi dinga qarshi tashviqotning bir shakli edi. Bu «islohot» oqibatida Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini o’zida mujassam qilgan minglab arab yozuvidagi qimmatbaho manbalardan o’zbek xalqini mahrum qildilar. O’sha davrning taniqli tilshunos olimi G’ozi Olim Yunusov va ilg’or pedagoglar bu «islohot»ni madaniy bilimsizlik deb baholadilar.
1940-yilning may oyida O’zbekistonda «O'zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi o’zbek alfavitiga ko’chirish to'g’risida» qonun qabul qilindi.
Mazkur siyosatlar tufayli o’zbek xalqi o’z tarixi, milliy urf-odatlari, an'ana va umuminsoniy qadriyatlarini bilish, o’rganish imkoniyatlaridan mahrum bo’ldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun jon fido qilgan, erkin, hur fikrli alloma ma'rifatparvarlar—Abdurauf Fitrat, Munawar qori Abdurashidxonov, Elbek, Otajon Hoshimov, Cho’lpon, Abdulla Qodi-riy qatl etildilar. Usmon Nosir, Botu va boshqalar surgun qilindi...
Do'stlaringiz bilan baham: |