Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet92/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Sohibqiron Amir Temur(1336-1405)
Amir Temur Ko’ragon ibn Amir Tarag’ay Kesh(Shahrisabz)ning Xo’ja Ilg’or (hozirgi paytda bu qishloq Yakkabog’ tumaniga qarashli) qishlog’ida 1336-yilning 9-aprelida tavallud topgan. Uning otasi Amir Tarag’ay o’ziga to’q, badavlat kishi bo’lgan. Onasi Tegina begim esa buxorolik taniqli olim Ubaydullohning qizi bo’lgan.
Temur 7 yoshidan bilim ola boshlaydi. U bolalikdan raard, dovyurak, jasur bo’lib o’sadi. Harbiy san'atni mukammal egallaydi. Qur'oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o’rganadi. Dunyoviy bilimlarga ega boladi. Shuning uchun ham iymon-e'tiqodli, halol-pok, aql-zakovatli, o’z e'tiqodiga mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo’lib etishadi.
Amir Temur o’z davlati qudratini yuqori ko’tarib dunyoga tanitadi. Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo’ravonlikni yoqtirmasdi. Insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, «Temur tuzuklari» hukmdor-ning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me'yorini belgilab beruvchi yo’riqnomadir. Taniqli olim Bo’riboy Ahmedov «Temur tuzuklari» podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta'riflaydi.
Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, hulq-odob qoidalari tartib berilgan an'anaviy asarlar qatoriga qo’ysak boladi. Zero, tarixan talimiy-axloqiy asarlarning barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so’ng axloq me'yorlari bayon etiladi. Shunga ko’ra, bu asardan talimiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amir Teraur asarda insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to’g’rilik, do’stlik va hamkorlik, mehr va muruvvat ko’rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug’laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda «rosti-rusti» qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o’zi naqshbandiylik tariqatidagi «Dil ba yoru, dast ba kor» prinsipiga ko’ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy va boshqalar tomonidan targ’ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli hukmdor uchun zarur bo’lgan quyidagi o’n ikki qoidani o’ziga yo’riq qilib olganini ko’ramiz:
Har erda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o’n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko’rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko’rsatish, saltanat ishini yurg’izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko’rish; davlat ishlariniyurg’izishda davlat qonun-qoidalariga qafiy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko'rish(aytganigarioyaetish), buzuqchilikningoldiniolish; fuqaroning ahvolidan ogoh boiib turish; barchaga hurmat-e'tiborda boiish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do’st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo’lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g’amxo’rlik qilish.
Ko’rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi, davlatining nufuzi oshib, faqat Sharqdagina emas, balki G’arbda ham mashhur bo’ldi.
Bu o’n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o’zining hayoti prinsiplari haqida shunday degan:
«Men o’z hayotim mobaynida besh narsaga qafiy e'tiqod qo’ydim va hamishalig’ ularga amal qildim, ular ushbulardir:
Olloh – ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang, istagan murodu maqsadingga etkazadi;
tafakkur – fikrlash va mushohada qobiliyati;
qilich – ul yigitning yo’ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday dushmanni mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin;
imon – ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi;
kitob (bitik)–barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir».
Demak, Amir Temur hayoti va faoliyatida o’zi qafiy rioya etgan, haqiqiy etuklik belgisi sanalgan din, imon, aql bilan ish yuritish va ilmga e'tiqodni boshqalarga ham tavsiya etgan hamda avlodlarni ham shu ruhda tarbiyalashga e'tibor bergan.
Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san'ati rivoj topib, yoshlarga she'r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, kitobxonlik, lison ilmi, husnixat o’rgatilar edi. Bu san'at turlari o’sha davr tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Sohibqironningbuyuk saltanatida ijod qilgan shoirlar, rassomlar, mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda hatto shahar hunarmandlari ham ashula, raqs, suxandonlik bilan shug’ullanganlari haqida Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida qayd etilgan.
Amir Temur jismoniy tarbiyaga katta e'tibor bergan. Sharqda dilovarlik tarbiyasi, ya'ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan merganlik, chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik, shaxmat o’yini kabilarni mohir murabbiylardan o’rganib, bu borada mashq qilar edilar. Amir Temurning o’zi kuchli lashkarboshi sifatida harbiy ilmning «Ming askar» uslubi asoschilaridan biri bo’lgan. Buyuk Sohibqiron shunday ta'kidlaydi: «Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim:
Birinchidan, yigitning kuch-quvvatiga;
Ikkinchidan, uning qilichni o’ynata olishiga;
Uchincbidan, aql-zakovatiyu kamolotiga e'tibor qildim. Shu uch fazilat jamuljam bo’lsa, navkarlik xizmatiga oldim. Negakim, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamli bo’ladi, qilich o’ynata oladigan kishi raqibini mag’lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog’i mumkin». O’g’illari - Amirzoda Muhammad Jahongir, Umarshayx, Mironshoh, Shohrux, nabiralari - Amirzoda Muhammad Sulton, Amirzoda Pirmuhammad mohir jangchilar bo’lib, katta-katta janglarda shaxsan ishtirok etganlar. Amir Temurning o’zi aqlni charxlash vositasi bo’lgan shaxmat o’yinida ham mohir bo’lgan. Zero, o’sha davr tarbiyasi — shatranj o’yinini har bir yosh o’rganishi zarur sanalgan. Hatto Amir Temurning suyukli o’g’li Shohruxga ism qo’yilishi ham shaxmat o’yini bilan bog’langanligi haqida rivoyat yuradi.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik siyosati – mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan birga tarix oldida ma'rifiy xizmatlari ham beqiyos. Uning ta'lim-tarbiyaga oid o’gitlari, tutgan siyosati hozir ham o’z qimmatini yo’qotmagan.
Amir Temurning ta'lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi barkamol insonni shakllantirishda katta ahamiyatga egadir.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish