Bahovuddin Naqshband
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy – Bahovuddin Naqshband bijriy 718 (milodiy 1318) -yili Buxoro shahxiga yaqin Ko’shki Hinduvon (qasri Orifon) qishlog’ida tug’iladi. Naqshband uning laqabi bo’lib, ota kasbi -kimxobboflik bilan shug’ullanganligi uchun berilgan bolsa kerak.
Muhammadning bobosi so’fiylar bilan yaqindan munosabatda bo’lganligi uchun ham, unda tasavvuf ilmiga qiziqish bolalikdan paydo boladi va shu yoida tarbiyat topadi.
Muhammad ibn Muhammad tariqat sulukiga oid ilk saboqlarni shayx Hoja Muhammad Boboyi Samosiy va Sayyid Amir Kuloldan oladi. Ajnmo Hazrat Hoja Bahovuddin Hoja Abdulholiq G’ijduvoniyni o’ziga ustjoz bilib, uning yo’lini qabul qiladi.
Avvalo, naqshbandiya suluki halol mehnat qilish orqali kun kechirish g’oyasini targ’ib qiladi. Bahovuddin Naqshband tomonidan ilgari surilgan «Dil ba yoru dast ba kor» (Dil yorda, qol ish (mehnat)da) shiori fikrimizning yorqin isbotidir. Shuning uchun ham naqshbandiya sulukiga kirgan kishilar mehnat qilish evaziga hayot kechirar edilar. Tunu kun toat-ibodat bilan shug’ullanib, oila, jamiyat yumushlarini tark etish emas, balki oilani farovon, mamlakatni obod etish yo’lida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab hadislar mazmunida olg’a surilgan g’oyalarga toia mos tushadi. Bahovuddin Naqshbandning o’zi ham oddiy, pok inson boiib, mehnat qilish evazdga kun kechirgan.
Naqshbandiya tariqatining boshqa suluklardan yana bir farqi shu ediki, boshqa suluklarning tarafdorlari pir oldiga yig’ilib, «Zikri aloniya»ni amalga oshiralar, ya'ni ovoz chiqarib zikr tushsalar, Naqshbandiya tariqatining tarafdorlari «Zikri xufiya»ni amalga oshirganlar, ya'ni ular tomonidan Ollohga qilinayotgan toat-ibodat ovoz chiqarmasdan bajarilar edi. «Zikri aloniya»ning mohiyatiga ko’ra Olloh ismi yoki «Lo iloha illolloh» kalimasi bor ovozda ohang yordamida aytilib, raqsu samo’ asosida bajarilgan. Ahmad Yassaviy sulukida zikrning mazkur shakli «Zikri arra» deb yuritilar edi. Mazkur amalni ado etish chog’ida zikr tushayotganlarning ovozi yog’och kesayotgan vaqtda arradan chiqadigan ovozga o’xshar edi. «Maqomati naqshbandiy» asarida keltirilishicha, Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya sulukidagilar ham ana shu odatga amal qilganlar.
«Zikri xufiya» amalini bajarish vaqtida esa muridlar bir joyga to’planishlari shart emas, har kim o’z uyida tinch, osuda, shovqin-suronsiz, raqsu samo’siz Ollohning ismi va muqaddas so’zlarni dilda yod etib, kunduzlari o’z ishi bilan mashg’ul bolaveradi. «Zikri xufiya» amalini Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshband yuqorida qayd etib o’tilganidek, Abdulholiq G'ijduvoniydan o'zlashtirgan. Mutafakkirlar – Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ham shu suluk vakillari bo’lganlar.
Uchinchi farq shundan iborat ediki, naqshbandiya sulukining valiylari bemordan o’zlariga kasallikni tortib olib, so’ngra kasallikni o’z vujudlaridan chiqarib tashlash xislatiga ega bo’lganlar.
To’rtinchi farqi, naqshbandiya sulukidagi avliyolar boshqa ba'zi avliyolardek, karomatfurushlikka yo'1 qo’ymaganlar. Har bir muridning Ollohga etishishi hamda vahdat hosil qilishi uchun ma'naviy va ruhiy poklanish maqsadi yo’lida uning har qanday bid'atga qarshi kurashishi talab etilgan. Avliyolik kuch-quvvatini esa faqat ezgu ishlar: ilm-ma'rifatni rivojlantirish, xalqning ma'naviy jihatdan poklanishini ta'minlash yolida har qanday zulm va bid'atga qarshi kurashishga sarflaganlar. Ushbu suluk valiylari shu kabi ezgu amallari bilan xalq orasida katta obro’ qozonganlar. Buni «Maqomati Hoja Naqshband» asarida bayon etilgan voqealar va Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshband tomonidan ifoda etilgan hikoyatlar mazmunidan ham anglash mumkin. Xususan, Bahovuddin Naqshband musulmonlikning mohiyatini quyidagicha yoritgan edi: «Musulmonlik, bu - iloji boricha hukmlarga bo’ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorchilikdan uzoq bo’lish. Bularning hammasi nuri safo va rahmat hamda valoyat darajasiga etishish vositasidir. Avliyolarning aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat va parvarish orqali etiladi». Ushbu fikrning mantiqiy davomi sifatida o’z tariqatining maqsadini
Naqshbandiya tariqati asosida har bir insonning halol, pok bo’lishi, o’z mehnati bilan hayot kechirishi kerakligi, sabr-qanoatli bo’lishi, kamtar, samimiy bo’lishi, iymon va e'tiqodini mustahkam tutishi, dilga xudoni jo etib, amalda xalq bilan birga bo’lish kabi olijanob xislatlarni tarkib toptirish yotadi. Bu xislatlarni o’zlashtirib borish jarayonida inson poklana boradi va ruhan Ollohga etishishga o’zini tayyorlaydi.
Naqshbandiya tariqati kishilarni mehr-oqibat, samimiylik, halollik, mehnatsevarlik, rostgo’ylik, sabr-qanoatga ega boiish sari yo’llar ekan, ularda yomon illatlar: harom ishlar, ya'ni o’g’rilik, nopoklik, xasislik, yolg’onchilik, firibgarlik, ta'magirlik, boylikka hirs qo’yish kabilarni qoralaydi. Buni biz Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshbandning quyidagi fikrlaridan ham bilsak boiadi:
«Shamga o’xshagin, toki hammaga ravshanlik bag’ishla, o’zing esa qorong’ida bo'1, «Hoyu havas va nafs ahllari tutgan ishlar asosining barchasi zalolat(adashuv)dan iboratdir. Ishlarda niyatni to’g’ri qilish eng muhim narsadir», «Kishi o’zining nafsiga tuhmat qilishi kerak. Kimki Haq subhonahu inoyati bilan o’z nafsining yomonligini tanigan, uning hiyla-nayrangini anglagan bo’lsa, bunday qilish unga oson bo'ladi». Bu yo’ldan yuruvchilarda o’zgalarning gunohini ham o’zlaridan deb bilish hollari ko’p boladi.
Bu hikmatlarda komil insonni tarbiyalash uslublari ham bayon etilgan: «Suhbatimizga etishadigan guruhlardan ba'zilari shundayki, ularning ko’ngillarida muhabbat urug’i bor, ammo xalaqit beruvchi xasu hashaklar tufayli o’solmaydi, bizga esa uni poklash lozim. Ba'zilarida muhabbat urug’i yo’q, bizga esa uni paydo qilish lozim»; «Murshid tolibning o’tgan, hozirgi va kelajak kabi uch holidan boxabar bo’lishi kerak, shundagina uni tarbiya qila oladi»; «Tolib amal qilishi zarur bolgan shartlardan biri shuki, u Haq taolo do’stlaridan biri bolgan do’st bilan hamsuhbat bo’lib, o’z holidan voqif bo’lishi zarur. Suhbat zamonini o’zining o’tmish zamoni bilan solishtirib ko’rsin, nuqsondan kamol sari ketayotganini o’zida mushohada qilsa, bu azizning suhbatida mulozamatda bo’lishni o’zi uchun farzi ayn hisoblasin».
Xulosa qilib aytganda, naqshbandiya tariqati ikki muhim tariqat: Abdulxoliq G’ijduvoniy hamda Ahmad Yassaviy yolini birlashtirdi va hayotga moslashtirdi.
Naqshbandiya suluki (xudoga yaqinlashish yoii) o’n bitta axloqiy qoidani ishlab chiqdi va amaliyotga tadbiq etdi.
So’fiyning poklanish va xudoga etishish darajasi ma'naviy murabbiy -shayx, murshid yoki pir tomonidan amalga oshiriladi.
Va nihoyat, murshid bilan murid o’rtasidagi ma'naviy-ruhiy aloqaning paydo bo’lishi muridning kamolotga etishganligini ko’rsatadi va murshid-muridga o’z hirqasini echib beradi. Bu yol muroqaba, mushohada, musohaba kabi uch bosqichdan iborat bo’ladi. Naqshbandiya sulukiga kirgan inson o’zini ham ruhan, ham jismonan chiniqtirishi, ma'naviy poklashi va qalbga sayqal berishi lozim.
Naqshbandiyaning asosiy yo’li Haqqa etishga intilish, xufiya zikr qilish boiib, ba'zi bid'atlarni rad etadi. Masalan, darbadarlik, qashshoqlik, musiqa chalib, ashula va raqs tushib, zikr tushish (samo’) va ovoz chiqarib (jahr) zikr qilish va boshqalar. Aziz-avliyolar, ularning mozorlariga sig’inish man etilib, har qanday madadni faqat Ollohdan so’rash kerakligi ta'kidlanadi. Ruhan poklanib, manmanlik, kibru havodan voz kechib, oddiy o’z mehnati bilan kun kechirishga davat etadi.
Demak, naqshbandiya tariqatining asosini insonning ham ruhan, ham jismonan poklanishi tashkil etib, bu jarayon hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Bugungi kunda yosh avlodni etuk inson etib tarbiyalashda naqshbandiya tariqatining axloqiy sistemasi, yo'1 va usullari qo'1 keladi. Zero, aqliy, axloqiy, jismoniy kamol topgan shaxsni shakllantirishda mazkur tariqat g’oyalari muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Haqiqiy so’fiylik tarkidunyochilik g’oyasini ilgari surmaydi, u insonni ma'naviy poklanishga yo’llaydi. Lekin ba'zi johil va nodon kishilar (hatto din peshvolari ham) insonning ruhan xudo bilan birlashishi, «Anal haq»lik, ya'ni «Men xudoman» degan ifodaning mohiyatini tushunmasdan, ularni ta'qib etdilar. Aslini olganda, so’fiylik, bu - muruvvat, saxovat, mehnat, qanoat va diyonatdir. Ular inson xulqida mavjud bo’lgan illatlarga qarshi kurashuvchilardir. So’fiylar hayotni qabohat va razolatdan tozalash yo’lida har bir insonning ma'naviy jihatdan pok bolishini ta'minlash uchun kurashganlar.
Xulosa qilib aytganda, Islom er yuzida keng tarqalgan dinlardan bolib, u musulmon madaniyatining tarkib topishida muhim o’rin tutdi. Islom talimotining muqaddas kitobi - «Qur'on»da ilgari surilgan xulq-odob, turmush tarziga oid qarashlar musulmonlar axloqiy tarbiyasining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qildi. Barcha musulmon mamlakatlarida «Qur'on»ning sharhlovchilari tomonidan shariat qonun-qoidalari, axloqiy talablarini targ’ib etilishi keyinchalik musulmon adabiyotida axloqiy-didaktik mazmundagi asarlarning paydo boiishiga turtki boidi.
Islom barcha musulmon mamlakatlarida bolgani kabi, Xuroson va Movarounnahrda ham asosiy din hisoblanadi. Shuning uchun xalq hayotida Islom ta'limotida ifodalangan xulq-odob qoidalari mohiyatini chuqur o’rganish asosida yosh avlodda ma'naviy-axloqiy xislatlarni tarbiyalash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |