Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet85/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Ahmad Yassaviy
Ahmad Yassaviy 1041-yili Saryom (Sayram) qishlog’ida Shayx Ibrohim xonadonida tug’iladi. Etti yoshida otasidan, so’ng onasidan etim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo’lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U erda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o’rganib, so’ng Turkistonga qaytadi va o’z tariqatiga asos soladi. U so’fiylik g’oyalari, o’z tariqati asoslarini targ’ib etishda she'rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o’zi asoslagan g’oyalarni she'riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to’g’ridan-to’g’ri «Qur'on» g’oyalari va payg’ambarimiz Muhammad alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida Muhammad alayhis-salom talimotida ulug’langan ma'naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat, rostgo’ylik targ’ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Ollohga tobe bolishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida so’fiylik tariqatining a'mollari – haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g’oyalar o’z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina inson axloqida ko’zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Zero, tasawuf - nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs –ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma eyish orqali inson Haq bilan «ko'risha» oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg’on, Har kim topsa, rozi boiib, bo’yi sung’on Yaxshilarga xizmat qilib duo olg’on, Andoq oshiq rnahshar kuni armoniyo’q.
Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg’on, Bu gumrohdin so’rmang savol, yo’lda qolgan, Haqni topgan o’zi pinhon, so’zi pinhon, Ul sababdan oltmish uchda kirdim erga.
Banda bo’lsang mehnat tortg’il g’ofil odam, Oqil ersang g’animatdur senga shul dam. Omonatdir aziz joning yurma beg’am, Eshitib o’qib erga kirdi qul Xoja Ahmad.
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razo-lat hukm surgan joyda, ma'rifat bo’lmagan o’lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o’tadi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa etish yo’lini targ’ib qilar ekan, insonni jaholat botqog’idan xalos qilish lozimligini alohida ta'kidlaydi. U «shariatda orif-billoh bo’lishni, tariqatda voqif-asror bo’lishni, haqiqatda komil-mukammal bolishni, ma'rifatda daryoi ummon bo’lishni talab qiladi».
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g’oyalar insonni yomon illatlar, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo’lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari etaklaydi.
Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G’azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik -Haqqa etishish, unga muhabbat qo’yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to’g’rilik, rostgo’ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g’olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta'minlanishi uchun turli yo’llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar yassaviya talimoti g’oyalariga ko’ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta'kidlanganligidan guvohlik beradilar.
XIV asrning boshlariga kelib, Movarounnahrda so’fiylikning yana bir oqimi - naqshbandiya tariqati shakllandi.
Naqshbandiya ta'limoti o’zining hayotiy g’oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining ildizi uzoq davrlar, ya'ni Sharq Uyg’onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim - Abulqosim al-Xaraqoniy (1034-yili 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084-yili vafot etgan)ning so’fiylik talimoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta'kidlaydilar. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G’azzoliy va Yusuf Hamadoniy (1049-1140 -yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.
Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy(Barkiy), Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy tasawuf ilmi bo’yicha Yusuf Hamadoniy qo’lida chuqur ta'lim olgan to’rt mashhur shayxlar sanaladilar.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish