Fanlar bo‘yicha kompetensiYaga ega bo‘lish
Rus tili va adabiyoti bo‘yicha:
Psixologik-pedagogik, uslubiy bilimga ega bo‘lish
Nutq tajribasi va muloqotchanlik
Til vositasi bilan aloqa qilish, nutq orqali ta’sir qilish
Nutq yordamida muayYan tasavvurlar, fikr va tushunchalar, his-tuyg‘ular hamda turli harakatalar hosil qilish
Rus tili va adabiyotiga doir amaliy va nazariy bilimlarni muntazam ravishda o‘rganib borish
Xorijiy tillar bo‘yicha:
Kommunikativ (nutqiy, ijtimoiy-madaniy, tilni chuqur bilish)
Ijodiy pedagogik faoliYatida o‘zi o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakani, tahlil va sintez qilish
Pedagogik faoliYatini muvofiqlashtirish (shaxsiy kompetensiYa - shaxsiy yutuqlarini boshqarish, o‘zini anglash va kasbiy o‘sish)
Nutq madaniYatiga rioYa qilish
Ilmiy badiiy-nazariy, tarixiy-badiiy bilimlarga va tadqiqotchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lish
D. Xaymz kommuniktiv kompetensiYaga quyidagilarni kiritadi:
Lingvistik ( til qoidasiga rioYa qilish).
Ijtimoiy-lingvistik ( nutqni ifodlash qoidasi).
Diskursiv (mantiqiy fikrlash ketma-ketligi).
Suhbatdoshni qo‘llab quvvatlash qoidasi.
Jismoniy tarbiYa o‘qituvchisining kasbiy kompetensiYasi:
Jismoniy tarbiYaning nazariy asoslarini bilish.
Jismoniy tarbiYa va sportning tarixi, olimpiada yutuqlarini bilish va rivojlantirish.
Texnika xavfsizligi, tibbiy-birinchi yordam qoidalarini bilish.
Ta’lim sifatini o‘zgartirishda o‘qituvchi kompetentligining roli.
Tashkilotchi-ijtimoiy pedagog: - o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydi.
Sinf etakchisi - sinfda ijobiy psixologik muhit Yaratadi va ta’sir ko‘rsatadi;
Metodist - ta’lim jarayonida o‘quvchilarning muammoni echishlariga yordam beradi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Faylasuf - bilim va tajribalarni tahlil qiladi, o‘z qarashlarini asoslaydi;
Tajribali Yaqin do‘st - o‘quvchilar oldidagi to‘siq va muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
Tadqiqotchi –novator Yangilik Yaratuvchi-muntazam ravishda o‘z ustida ishlaydi, Yangi g‘oYalar Yaratadi, tatbiq etadi.
o‘quv jarayoni rahbari va uni rag‘batlantiruvchisi -maqsadga etish vositalari, istiqbolini nazarda tutadi, o‘qitish uslublarini tanlaydi, o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatadi, ijodiy yondashadi.
O‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi - jamoa bo‘lib ishlay oladi va ishlashga o‘rgatadi.
Maslahatchi - shaxsiy namunasini o‘rgatadi
TarbiYachi - o‘quvchilarga jismonan, aqliy va ma’naviy tomondan rivojlanishlariga yordam beradi.
Psixolog - o‘zini Yaxshi biladi va tushunadi
O‘zgarishlarga yo‘naltiruvchi - o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini Yaxshilashga yordam beradi
Ma’lumotlarni taqsimlovchi - o‘quvchilarga asosiyYangi ma’lumotlarni etkazadi va amaliyotga tatbiq etishga o‘rgatadi.
O‘qituvchi o‘quv jarayonida maslahatchi sifatida faoliYat olib boradi.
YA’ni:
O‘quvchilarga ko‘nikmalarini o‘qish jarayonida rivojlantirishga yordam beradi;
Turli xil yo‘nalishdagi reja (strategiYa)larni qanday qo‘llash kerakligi bo‘yicha maslahat beradi;
Faol qayta aloqani ta’minlaydi;
Noan’anaviy usullar bilan o‘quvchilarning harakatlarini qo‘llaydi va mustahkamlaydi;
o‘quv faoliYatidagi qiyinchiliklarni engishga yordam beradi;
o‘quv faoliYatini individuallashtirishga yordam beradi;
O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ehtiyojlarini tahlil qiladi.
O‘qituvchi-Yangilik kirituvchi
Yagiliklarni ayniqsa o‘zga davlatlardan kirib kelayotganlarini farqlaydi va tushunib etadi;
Yagiliklarni tahlil qila olishga layoqatli;
Yagiliklarni turli xil vaziYatlarda qo‘llay oladi va kamchiliklarini to‘g‘rilaydi;
O‘z pedagogik amaliyotida Yagiliklardan ijodkorona foydalana olishga layoqatli.
Kasbiy kompetensiya modeli
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviYasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiYalash ishida bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiYalab etkazishga intilish bizning milliy xususiYatimizdir. SHu bois, mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk madaniYatimizni tiklash va Yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiYat berib, bu o‘rinda kadrlar tayyorlashga kompetentli yondoshuv muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |