Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o‘rgatiladi



Download 10,96 Mb.
bet43/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o‘rgatiladi:
fransuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, matematika , tibbiy fanlar.
SHunday qilib 6-5-sinflar umumiy o‘rta ta’lim beradi: 4-3-sinflarda o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlagach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar.
SHundan keyin o‘15uvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O‘qish 3 yil davom etib 2-sinf kichik, 1-sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi.
O‘quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugattanlaridan so‘ng bakalavr unvoni va diplom ish uchun imtixon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish zsuquqini qo‘lga kiritadilar.
Fransiyada talablar pedagogika, poitexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtixon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi xam alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygozslarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtshyunsiz qabul qilinaveradi.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnalogik institutlar mingdan ortik. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. o‘kish muddati 2 yil bo‘lib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini xam ko‘zda tutadi.
Sirtqi ta’lim shoxabchalari juda keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga raxbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular raxbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muxitni barpo etish kabi jixatlarni o‘rganadi. o‘qishni yakunlagach, suxbatdan, test imtixonlaridan o‘tadilar.
Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Aksariyat xollarda direktorlar maktab koshidagi uyda yashaydilar. SHu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk raxbar sifatida faoliyat ko‘rsata olmasa, u yana qaytarilib o‘qituvchilikka o‘tkaziladi. Direktor 65 yoshdan so‘ng umuman ishlamaydi.
O‘qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi. YAxshi ishlamaydigan o‘qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspeksiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o‘qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o‘rtasidagi obro‘si diqqat bilan o‘rganiladi va tegishli chora ko‘riladi.
Maktab o‘qituvchilariga qo‘iilgan talab Fransiyada o‘ta yuqori. Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim.
O‘qituvchilar o‘z nazariy-uslubiy malakalarini oshirishga katta axamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab qo‘yilmagan. Vaqti-vaqti bilan o‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtixon topshiradilar. SHu imtixonlar davrida o‘qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga extiyoj aniqlansa, o‘z vaqtlari va mablag‘lari xisobiga malaka oshiradilar.
Ta’kidlab o‘tish joizki , Germaniyaning bozor iqtisodiyotga o‘tish yo‘li bizning Respublikamizdagiga o‘xshab ketadi. Ikki German davlati birlashgandan keyin sobik Germaniya Demokratik Respublikasida ta’limni isloh kilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham bizning sharoitimizga makbul keladi.
Germaniyaning hozirgi davr maorifidagi asosiy muammosi sobik GDRdagi ta’limni bir xil milliy me’yorga solishdan iboratdir.
Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat tomonidan ardoklanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettan mamlakatlar ichida kuchli oltilikka kirgan.
Germaniya ta’lim tizimlarining bayoni kuyidagicha: Germaniyada ta’lim tizimi: Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim 60S15ICH hisoblanadi. Uning 100 yildan orti15 tarixi bor. Bolalar bogchalari ta’limning kuyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, hususiy shaxslar, diniy muassaslar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalanganliklari uchun ancha mikdorda pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog‘chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli. Bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to‘la xaftalik o‘kishni bitiradi, keyin hunar-texnika bilim yurtida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘kishda o‘qiydi. Uqish davlat maktablarida tekin. Maktab o‘quvchilariga o‘kuv ko‘llanmasi, asosan darsliklar tekin ta’minlanadi. hususiy maktablar ozrok. O‘tsyash 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (fakat Berlinda 6 yil). Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu erda 5-6 sinf bosqichdagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar:
Bular: -asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘kish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar o‘kiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori maktabi o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu erda o‘kysh b yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to‘la ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘kuv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘$ksh hukukiga ega bo‘ladi. germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o‘kuv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi.
Gimnaziyani bitirganlik xaqidagi etuklik attestati oliy o‘quv yurtida O‘15ISH imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida xunar ta’limi muxim axamiyatga ega, chunki kjori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10 sinflar) 79%, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20% xunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat xollarda o‘qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. o‘kish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi yili asosiy xunar ta’limi beriladi. Bunga o‘khitilayotgan kasbga taalu15li maxsus fanlardan nazariy asoslash berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus xunar ta’limi beriladi. o‘kuvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o‘tish sinov imtixonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus xunar ta’limi yanada chu15urlashtirilib boriladi. Bitiruv imtixonlari maxsus komissiya tomonidan kdbul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, fideral erlardagi sanoat palatasi, xunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. hunar maktablarining diplomlari oliy o‘15uv yurtlariga kirish uchun xukuk, bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtixonsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi xujjatga asosan amalga oshiriladi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshkdrish xukukhiga ega. Oliy o‘kuv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshkaradi. o‘z-o‘zini boshkdrishda vazifalari ani15 taksimlab berilgan bir necha guruxlar boshichma-bosqich ishtiroki tamoyiliga amal hilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘kuvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘khishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘kuv bosqichlari bilan birga o‘kuv rejalari taklif etiladi. O‘qishga xaq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat xarajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliyaviy yordam oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi.
Mamlakatda ta’limni islox qilish masalasi ko‘pdan buyon muxokama qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoha. hozir universytetlarda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga 15adar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat hilishni xisobga olsak, talabalar xaqiqiy mexnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
SHuni ta’kidlash lozimki, Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Mamlakatda xar qaysi maktab tipi uchun maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar bor. Ularning xammasi oliy maktabni tugatgan bo‘lishlari shart. Boshlang‘ich va asosiy maktabning bo‘lajak hituvchilari olti semestr o‘qiydilar. Real maktab, maxsus maktab, gimnaziya va xunar-texnika bilim yurtlarining o‘qituvchilari ancha uzoq muddat o‘kishlari kerak. Uqish tamomlangandan keyin o‘qituvchilikka nomzodlarning xammasi imtixon topshiradilar. Keyin maktabda pedagogik amaliyot o‘tkazadilar va ikkinchi imtixon topshiradilar. uqituvchi lavozimiga ega bo‘lgandan keyin, qoidaga ko‘ra umrbod lavozimga tayinlanadi.
Quyidagi xolatga e’tibor qarataylik. Bo‘lajak o‘qituvchilar 3 yil o‘qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda ikki yillik pedagogik amaliyotdan o‘tadilar, xaftasiga 10-12 soatdan dars beradilar.
Bu davrda ularga maxsus murabbiylar belgilanadi, bu murabbiylar ularning faoliyatini nazoratda tutadilar, amaliyot tugagandan keyin shogirdlariga tegishli tavsifnomani beradilar. SHundan keyin maktab kengashi yuqori tashkilotlar bilan birgalikda bo‘lg‘usi o‘qituvchilardan imtixon oladi va ularning kelgusi ishlarini baxolab, tegishli tavsiyalar beradilar. Bu jarayonning yana o‘ziga xos tomoni shundaki, imtixon va tavsiyalardan keyin bo‘lgusi o‘qituvchi bir yilga sinov muddati bilan ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffakiyatli o‘tgandagina unga o‘qituvchi martabasi beriladi. Praktikant-talabalar qo‘iilgan talablarni bajara olmasa maktabga qo‘yilmaydi. Uning ustiga attestatsiyadan o‘tkazish va litsenziya berish keng rasm bo‘lganligini e’tiborga olsak, o‘qituvchi doim o‘z malakasini oshirib borishga majbur bo‘ladi, aks xolda u o‘qituvchilik lavozimidan maxrum bo‘lishi mumkin.
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya va maktab xaqida yuqorida bayon qilingan eng yaxshi tajribalarni o‘z ta’lim tizimidagi o‘zaro ta’lim tizimlarimizda joriy qilish Respublikamiz uz mustaqilligini qulga kiritgandan keyin boshlandi. Bu soxada bizga YUNISEF, YUNESKO kabi Xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning o‘zbekistondagi elchixonalari amaliy yordam bermoqdalar. Respublikamizdagi ta’lim muassasalari ta’limni takomillashtirish bo‘iicha xorijiy davlatlar bilan xamkorlikning barcha shakllaridan foydalanayotirlar.
Respublikamiz Oliy majlisining 1 - chaqiriq 1X-sesiyasida ta’limga oid ikki muxim xuyaokat - «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi mamlakat ta’limini jaxon andozalariga, rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya va maktab saviyasiga olib chiqishda ulkan voqea bo‘ldi.
Bizning maktabimiz jaxonda eng ilg‘or maktablar bo‘lib qolishiga Respublika raxbariyati va xukumati tomonidan xamma shart sharoit yaratilmoqda. Bizning ta’lim tizimlarimiz xam jaxonda e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biridir. SHu tufayli xam AQSH, YAponiya, Germaniya, fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ta’limining ustalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muloqotlarda Respublikamiz ta’limi tizimiga yuqori baxo berildi.
SHuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldida xozirgi kunda eng muxim vazifa - mustaqil o‘zbekistonning xozirgi ta’lim tizimlarini istiqlol ruxi bilan takomillashtirish, uni o‘zimizning mumtoz pedagogika an’analari bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilgor jixatlarni o‘zlashtirish, yangi - yangi samarali o‘quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jaxon davlat standartlari darajasiga olib chiqishdir. Buning uchun esa bizning iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlardagi quyidagi ilg‘or tajribalarni ta’lim tizimimizda qo‘llay bilishimiz maqsadga muvofiqdir. CHunonchi :

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish