Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga husnixatga o’rgatishning textik-ta’limiy shartlari va amaliy asoslari haqida ma’lumot berish
Pedagogik vazifalar:
|
O’quv faoliyati natijalari
|
Yozuvga o’rgatishning texnik va ta’limiy shartlari,ularning xilma-xilligi haqida ma’lumot.
|
Texnik shartlarga:sinf jihozlarining ketma-ketligi, partada o'quvchining to'g'ri o’tirishi,ruchkani to'g'ri ushlashi,daftarni 65 % qiyalikda ushlash,daftar chiziqlarining aniq va ko'z tashlanib turishi; ta`limiy shartlar - o'qituvchining faoliyati bilan bog'liq bo'lgan shartlar majmui ekanligini aytib beradilar
|
Yozuvga o’rgatish jarayonida ko’rgazmalilik,uning turlari,husnixat darslarida ko’rgazmalilikning muhimligi haqida ma’lumot
|
Ko'rgazmali tasvir - bu o'qituvchi tomonidan birorta harfning tayyor yozma shakli ifodalansa, ko'rgazmali harakat o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi, bunda o'qituvchi har bir harfning yozilish shaklini doskada ko'rsatib berishini gapirib beradilar
|
Yozuv qurollari-ruchka va daftar bilan ishlash malakasini shakllantirish usullari,ularni to’g’ri tutishga
o’rgatish haqida ma’lumot.
|
O'qituvchi ruchkani ushlash jarayonida qo'1 holati qanday bo'lishini tushuntiradi. U ruchkani olib butun sinfga uni ushlash qoidalarini ko'rsatadi. Ruchkaning uchidan to qo'lning ko'rsatkich barmog'i uchigacha taxminan 2 sm. masofa bo'lishi kerakligini aytib beradilar.
|
Qiyalikda yozish malakasini shakllantirish,katta yo’lli daftarga o’tish davri va unga yozish yo'llari va usullari haqida ma’lumot
|
Daftar odatda parta ustida o'ng tomondan 65° qiyalikda qo'yilishi lozim yozuvda ikki chiziqli daftar yo’li kichik harflar uchun 4 mm, bosh harflar uchun 8mm o’lchamda bo’lishi. Haqida aytib baradilar.
|
O’qitish vositalari
|
UUM,ma’ruza matni,doska,,bo’r,latta
|
O’qitish usullari
|
Axborotli ma’ruza,blits-so’rov,aqliy hujum.
|
O’qitish shakllari
|
Frontal,jamoa ishi
|
O’qitish sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
O’g’zaki sovollar,blits so’rov.
|
“Husnixat va uni o’qitish metodikasi ” fani “Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari”mavzusi bo’yicha 8-muammoli ma’ruzaning texnologik xaritasi
Ish bosqich-
lari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa).
Reja:
|
1.1.Mavzu:“Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari”mavzusiga oid ilmiy va amaliy adabiyotlar obzori;
Maqsad: Mavzu haqida talabalarga ma’lumot berish. Mashg’ulot muammoli ma’ruza ekanligi haqida ma’lumot berish.
|
Talabalar tinglaydilar va yozib oladilar
|
II bosqich.
Asosiy (60 daqiqa)
|
2.1.Bilimlarni faollashtirish uchun talabalar bilimi quyidagi savollar orqali aniqlanadi:
1.“Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” bo’limining mazmuni nimadan iborat?
2.Yozuvga o’rgatishda muhim sanalgan shartlar qaysilar,ular bu fan uchun nega kerak?
3.Yozuvga o’rgatishda ta’limiy shartlar kim tomonidan amalga oshiriladi?
4.DTS dasturida husnixat faniga qanday talablar qo’yilgan?
2.2. Faollashtirilgan bilimlar asosida talabalarning mashg’ulotda yechiladigan muammoga e’tibor qaratishini boshqaradi. Taqdimot yuklaydi, muammoni yechishning eng maqbul chizmasini daftarga ko’chirib olishlarini aytadi va yakuniy xulosa qiladi.
|
Savollarga javob beradilar
Muammoni yechish bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar
Savollarda aks etgan har bir mayda muamoni yechish bo’yicha mini guruhlar vakillari mustaqil fikrlar bildiradilar, munozara qiladilar, xulosa chiqaradilar.
|
III bosqich.
Yakuniy (10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, berilagan ma’lumotlar kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tiborini qaratadi.
3.2. Mustaqil ish uchun quyidagicha topshiriq beradi: Tavsiya etilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlarda mazkur muammoga doir berilgan ma’lumotlar bilan yaqindan tanishish
|
Tinglaydilar
Topshiriqni yozib oladilar va bajaradilar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |