III. Yozuv malakasini ongli o'zlashtirish
Chiroyli yozuv qoidalarini yaxshi bilish yozuv malakasining shakllanishiga yaqindan yordam beradi.
Chiroyli yozuv qoidalarini qisqa va tushunarli qilib bayon etish lozim, shundagina o'quvchilar uni to'liq o'zlashtirishlari va amalda qo'llashlari mumkin. Masalan, birinchi sinfda dastlab to'g'ri o'tirish, ruchkani to'g'ri ushlash, daftarni to'g'ri holatda qo'yish kabi talablar asosida: so'zlarda harflarning balandligini va qiyaligini bir xilda
saqlash, so'zlarda harf unsurlari va harflarning oralig'ini bir xil uzoqlikda chamalab yozish qoidalari kelib chiqadi.
Faqat ikkinchi sinfdan boshlab chiroyli yozish malakasiga o'rgatishda yozuv texnikasiga oid bo'lgan: kichik va bosh harflarni bir xil balandlikda chamalab yozish; harf va 4-5 harfdan iborat so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yozish, tez va toza yozish kabi qoidalar talab etiladi.
Yuqorida ko'rsatib p'tilgan har bir qoida o'zining aniq mazmuniga ega bo'lishi kerak.
O'qituvchi har bir qoidani asta-sekin o'z o'rnida o'rgatib borishi lozim. Masalan, dastlab yozuvning qiyaligini to'g'ri saqlash qoidalari talab etilgan bo'lsa, bu alifbegacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bolalar qiya chiziqlar ahamiyatini yaxshi bilib olganlaridan so'ng, bu qoidalarni harf va so'zlarni yozishda qo'llaydilar.
Yozuvning qiyaligi haqidagi tushunchalar chuqur singdirilgandan so'ng, harflarni bir xil masofada tekis yozish qoidalari o'rgatiladi. Harflarni qo'l harakatini uzmasdan yozish qoidalari o'rganilgandan so'ng, so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan yozish qoidalari o'rgatiladi.
Chiroyli yozuv deganda biz toza, aniq chiziqlar bo'yicha, husnixat namunalarida ko'rsatilgandek yozilgan xatni tushunamiz.
Uchinchi sinfdan boshlab esa bu qoidalarga yana qo'shimcha tez va toza yozish qoidalari kiritiladi.
Ammo har bir qoidani har darsda o'quvchini bezdiradigan darajada takrorlash yaramaydi, bunda ongli ravishda o'zlashtirish uchun mo'ljallangan qoidalar asqotishi mumkin.
O'qituvchi yozuvga o'rgatishga boshlashdan oldin o'quvchilar bilan yuqorida qayd etilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim. Bu o'quvchilarga harflarning shaklini, uning harakatini yaxshi tushunishlariga katta yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, yozish malakasi o'qish malakasiga nisbatan ancha murakkabdir. Shuning uchun birinchi sinfda o'quv mashqlari uchun berilgan alifbegacha bo'lgan davrni birmuncha uzaytirish mumkin («Alifbe» kitobida esa bu davr uchun 20-25 kun berilgan). Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o'qish darsi o'rtasida birmuncha farq bo'lishi mumkin, bundan cho'chimaslik kerak, chunki bu vaqtda o'quvchilar so'z va harflarni o'tilgan materiallar asosida yozib o'rganadilar.
Keyinchalik esa o'qish bilan yozuv darsi bir-biri bilan uzviy bog'langan holda davom etadi. Yozuv darsiga taalluqli bo'lgan ayrim tomonlar hisobga olingan holda tayyorgarlik mashqlari beriladi.
Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari
1.Husnixat va uni o’qitish metodikasining asosiy uslublarini izohlang.
2.Fanning yordamchi usullari qaysilar? Ularni izohlang.
3.Chiroyli yozuvga o’rgatish tamoyillarini sanab bering.
4.Yozuv malakalarini ongli o’zlashtirish mashg’ulotlarni izohlab baring.
8-MAVZU
|
Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari.
|
(ma’ruza 4-soat)
1.1. Ma’ruzani olib borish texnologiyasi
O’quv soati 2-soat
|
Talabalar soni: 60
|
O’quv mashg’ulot shakli
|
Axborotli ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
|
1. Yozuvga o’rgatishning texnik va ta’limiy shartlari.
2. Yozuvga o’rgatish jarayonida ko’rgazmalilik.
3.Yozuv qurollari( ruchka va daftar) bilan ishlash malakasini shakllantirish
4.Qiyalikda yozish malakasini shakllantirish yo'llari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |