Kurs ishi mavzusining maqsad va vazifalari. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi tasnif masalalarini va ular tarixini o‘rganish, o‘zbek tilidagi so‘z turkumlari tasnifini substansial asoslarda bilish, ular haqida xulosalar chiqarish, tasniflashlardagi farqli tomonlarni hamda so‘z turkumlarining ilmiy va mantqiiy izchil tasnif usullarini ilg‘ay olish .
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. So‘z turkumlari tasnifi masalasi amalga oshirilgan yangi tadqiqotlar asosida yana bir karra o‘rganildi. O‘zbek tilshunosligida an`anaviy (klassik) hamda hozirgi zamonaviy (formal-funksional) ilmiy yondashuvlar asosida so‘zlar tasnifi qiyosan taqlilga tortildi. So‘zlarni guruhlashdagi haqiqiy, idrokiy mezonlar o‘rganildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati nafaqat til hodisalari, balki boshqa hodisalarda ham serqirralilik xos ekanligi xususida hukm chiqarishga imkon beradi.
Amaliy ahamiyati o‘zbek tili grammatikalarini yaratishda, qo‘llanmalar yozishda manba vazifasini o‘tashi mumkin.
Ish mundarijasi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1- bob. So‘zlarni tasniflash masalalari
1 . So‘zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar
Uzoq o‘tmishda ham odamlar o‘z ona tillarida ishlatiladigan so‘zlarning so‘zlashuvda farqlanishiga e`tibor berishgan. Bir so‘zlar predmetlarni, boshqalari xususiyatlarni ko‘rsatadi, qolganlari kelishiklarda turlanadi, yana birlari shaxs va zamonlarda o‘zgaradi. Qadimgi hind va yunon tilshunoslari tomonidan qilingan bu kuzatishlar, ularga ikki aniq so‘z turkumlarini ajratish uchun asos bo‘ladi: Ot va fe`l. Arastu (mil. avv.384-322- yil ) so‘zlarni uchta so‘z turkumlariga ajratadi: ot, fe`l va bog‘lovchilar.
Miloddan avvalgi III-II asrladagi elinizm davrida Aleksandr grammatikasi maktabi tashkil etiladi va uning namoyondasi Aristarx Samofrakskiy tarixda birinchi marotaba sakkizta so‘z turkumidan iborat klassifikatsiya (tasnif) tuzadi. Bu so‘z turkumlari quyidagilar: ot, fe`l, sifatdosh, artikl, olmosh, predlog, ravish va bog‘lovchilar. Bu klassifikatsiyada sifat so‘z turkumi mavjud emas, bu o‘z navbatida yunon tilining tipologik mohiyatini aks ettiradi. Chunki o‘sha paytlarda sifat so‘z turkumi ot so‘z turkumi bilan umumiy tarzda turlangan va bir so‘z turkumini tashkil etadi, bu so‘z turkumi "ism" deb atalgan. Boshqa tomondan, bu klassifikatsiyada sifatdosh alohida so‘z turkumi sifatida ajratilgan.
Aristarx o‘z klassifikatsiyasiga asos qilib ikki tamoyilni oladi: morfologik tamoyil - "ot turlanadigan so‘z turkumi", semantik tamoyil - "jism va narsani ko‘rsatadi", shuningdek, u predmetning umumiy va xususiy qirralarini hisobga oladi. Ham umumiy, ham xususiy tarzda aytilganda (umumiy ma`no - odam, xususiy ma`no - Suqrot).
Yana bir aleksandriyalik grammatist Dionisiy Frakiyskiy (m.avv.170-90- yil) yunon tilidagi zamon tizimini quyidagicha tasvirlaydi: "Uch zamon mavjud - hozirgi, o‘tgan, kelasi. Bulardan o‘tgan zamon to‘rt turga bo‘linadi - uzoq muddatli, oldingi, oldin tugatilgan, cheklanmagan. Ularda uch xil tegishlilik bor - hozirgining uzoq muddatli bilan, oldingining oldin tugatilganligi bilan, cheklanmaganning kelasi bilan ".
Aleksandriyalik grammatistlar tuzgan so‘z turkumi tizimida ko‘pgina kamchiliklar borligiga qaramasdan, masalan: undagi ot va fe`lning to‘qnashadigan xususiyatlari, bu klassifikatsiya fan va maktab doirasida mustahkam o‘rnashdi va hozir ham ba`zi o‘zgarishlar bilan ishlatib kelinmoqda. Umuman ilmning rivojlanishiga aloqador bo‘lgan tilshunoslik fikrining rivojlanishi, shuningdek, har xildagi tillarning chuqur o‘rganilishi so‘z turkumlarining avvalgi klassik tizimini qayta ko‘rib chiqishga olib keldi.
F.I.Buslayev (1818-1897) ikki turdagi so‘z turkumlarini ajratardi - mustaqil, bunga u ot, sifat, fe`lni kiritgan, hamda yordamchi so‘z turkumlarini - olmosh, son, predlog, bog‘lovchi va ravish.
A.A.Potebnya (1835 - 1891) so‘z turkumining shu bo‘linishini saqlab turib ravishni mustaqil so‘z turkumiga, ko‘makchi fe`llarni yordamchi so‘z turkumlariga kiritdi; olmosh esa uning tizimida alohida o‘ringa ega.
Turlar bo‘yicha katta ahamiyatli so‘zlar tasnifini akademik F.F.Fortunatov (1848 - 1914) ishlab chiqdi. O‘z klassifikatsiyasida u faqat morfologik kriteriya (mezon)ni asos qilib oldi, ya`ni grammatik shaklning bor - yo‘qligi yoki biz hozir aytadiganimizdek, so‘zning so‘z o‘zgartiruvchi morfemalarni olish - olmasligi. U tildagi barcha so‘zlarni fikr-mohiyatni belgilaydigan to‘liq so‘zlar, qisman yuklamalarga bo‘ladi.
So‘z turkumlari guruhlardan yoki turlardan tashkil topganligi tufayli, ular bo‘yicha tildagi so‘zlar taqsimlanadi, ularda so‘zning ikki tomoni ham aks etilishi kerak. Bundan so‘z tavsifi uchun ikki mezon kelib chiqadi - semantik va shakliy morfologik. Semantik mezon muayyan so‘zni keng ma`nodagi kategoriyaga bog‘laydi. Bunda predmet ma`nosini bildirgan so‘zlar otlarning semantik turini tashkil etadi, predmet belgisini bildirgan so‘zlar sifatlarning semantik turini tashkil etadi. Bu kriteriy ancha oldin berilgan va tillarda so‘z turkumlarini ajratib ko‘rsatishning differensial xususiyatlaridan biridir. Morfologik kriteriy ma`lum so‘zni, uning morfologik xususiyatlariga ko‘ra aniq turga ajratish uchun ishlatiladi. Masalan: turlanish paradigmasining mavjudligi shu paradigmaga ega bo‘lgan so‘z ot-so‘z turkumiga mansubligini anglatadi. Albatta, agar bu morfologik xususiyat predmet semantik xususiyati bilan mos kelsa. Agarda turlanish paradigmasining mavjudligi sifat semantik xususiyati bilan mos kelsa, unda berilgan so‘z sifat so‘z turkumiga kiritilishi kerak.
Bu asosiy ma`no va shakl xususiyatlardan tashqari so‘zning so‘zlashuvda, gapda vazifa bajarish qobiliyati mavjud. Bundan ko‘rinadiki, tildagi barcha so‘zlar ham gapda vazifa bajarmaydi. Xuddi shunday predmet ma`nosini bildirgan so‘zlar, ya`ni otlar, odatda gapda ega vazifasini bajaradilar. Grammatikaning normativ kursidan ma`lumki, ot-eganing asosiy vazifasi kesim va to‘ldiruvchini boshqarishdir. Fe`lning asosiy vazifasi gapdagi ma`noni reallikka bog‘lash. Ravishning asosiy vazifasi kesimni yoki aniqlovchini tavsiflash.
Shuning uchun so‘z turkumini aniqlashning uchinchi kriteriyasi deb, bir so‘zning gapdagi vazifasi yoki funksional kriteriyni olishni shart deb bilamiz.
So‘zning turli guruhlarini tahlil qilayotganda biz shunga amin bo‘lishimiz mumkinki, hamma so‘zlar ham grammatik ma`noda bir-biri bilan mos kela olmaydi. Ravish sifat va fe`l bilan mos kelayotib, na ot na olmosh bilan mos keladi. Jumladan, ingliz tili ravishi ,,very" xuddi shunday ot bilan moslashmaydi- very house.
Nihoyat, har bir so‘z turkumi uchun faqat ungagina tegishli bo‘lgan so‘z yasovchi paradigmani ajratish mumkin. Barcha tilida ma’lum so‘z turkumiga xos bo‘lgan so‘z yasovchi affikslarga duch kelamiz. Masalan:
- ship - friendship -do‘stlik, kingship - qarindoshlik;
-ment -arrangement -tayyorlov. Shuning uchun ham so‘z yasovchi affikslar tizimi so‘z turkumini aniqlash kriteriyalaridan biri deb hisobga olinishi lozim. Yuqoridagilardan so‘z turkumlarini tipologik aniqlashning quyidagi kriteriyalari kelib chiqadi:
1) semantik kriteriy - berilgan so‘zni keng ma`noli kategoriyaga belgilash;
2) morfologik kriteriy - moddiy jihatdan ifodalangan morfologik kategoriyalarning mavjudligi;
3) sintaktik kriteriy -so‘zlashuv zanjirida berilgan so‘zning vazifasi;
4)moslashuv kriteriysi - bir so‘z turkumidagi so‘zlarning boshqa so‘z turkumlaridagi so‘zlar bilan moslasha olishi;
5 ) so‘z yasovchi kriteriy - bir so‘z turkumidagi so‘zlarning ma`lum tur bo‘yicha yangi so‘z yasay olishi. O‘zbek tilidagi so‘z turkumlari haqida gapirilganda, shuni aytib o‘tishimiz joizki, morfologik va sintaktik farqlarga qaramasdan, bu tillardagi so‘z turkumlari ma`lum darajada o‘xshashliklarga ega va ular quyidagilar:
1) ot 7) predlog
2) sifat 8) bog‘lovchi
3) son 9) yuklama
4) olmosh 10) artikl
5) fe`l 11) ko‘makchi fe`llar
6) ravish 12) chastitsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |