O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI XORIJIY TILLAR VA GUMANITAR FANLAR FAKULTETI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI, GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO‘NALISHI 109-GURUH MAGISTRANTI
JO‘RAXONOVA DINORANING
SO‘Z TURKUMLARINING NAZARIY MASALALARI FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: So‘zlarni tasniflash masalalari
Bajardi: D. Jo‘raxonova
Tekshirdi: PhD Sh. Normo‘minov
R E J A:
Kirish.
I-bob. So‘zlarni tasniflash masalalari.
1 . So‘zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar.
2 . Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha .
II-bob. So‘z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari
1 . Mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lgan grammatik belgilar.
2 . Yordamchi so‘zlarning grammatik tabiati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Til– kishilik jamiyatida eng asosiy kommunikativ vosita. Insoniyat paydo bo‘libdiki, kishilik jamiyati uchun umumiy va jamiyat a’zolarining har birida
individual holda aloqa-aralashuv vositasi sifatida til ham vujudga kelgan. Zeroki, inson yaralishi bilanoq muomala uchun til va undan foydalanish ehtiyoji paydo bo‘lgan. Shu bois til ijtimoiy ong kabi qadimiydir. Insonlar til vositasida fikr almashadilar, bir-biri haqidagi harakat-holatlar, voqea-hodisalardan voqif bo‘ladilar. Bu tilning aloqa-munosabat xususiyatidir .
Tilni faqat kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish insonning tabiiy tilini, bu benihoya murakkab va muhtasham hodisani, eng kami, jo‘nlashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mutlaqo mosuvo bo‘lgan sun‘iy tilga (masalan, esperanto kabi) tenglashtirishdan, yo‘l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli ―til‖ga baravarlashtirishdan boshqa narsa emas.1 Chindan ham, til faqat aloqa vositasi bo‘lganda edi, u juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bo‘lardi. Holbuki, til bemisl boy, sehru sinoatga, ruhu ruhoniyatga, ko‘rk-u komillikka limmo-lim bir xilqatdir.
Shu bilan birga, har bir tilni boshqasidan farqlaydigan milliy xususiyati bor. Taniqli tilshunos olim N.Mahmudov bu masalada: ―Bu ko‘hna zaminda, necha ming yillarkim, turfa qavmlar, elatu millatlar yashab keladi. Til ilmidagi taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, butun yer yuzida uch mingdan ortiq (ba’zi ma’lumotlar bo‘yicha besh mingga yaqin) til mavjud‖,-deb ma’lumot beradi. Olimning ―Tabiiyki, bu tillarning har biri muayyan bir qavmning dunyolarga alishmaydigan bebaho boyligi – ardoqli ona tilidir. Demak, kattadir, kichikdir, har qanday tilning o‘z egasi bor‖ degan mulohazalari ham ayni haqiqatdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, ―O‘zlikni anglash, milliy ong va mafkuraning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo‘ladi‖.
Milliy hamiyat va umuminsoniy qadriyat, milliy o‘zlik idrokining ustuvorligi, milliy g`urur va iftixor, Vatanga muhabbat va Mustaqillik mafkurasiga sadoqat kabi ma’naviy kamolotning o‘zagini tashkil etuvchi tushunchalarni ona tilidan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun alloma ajdodlarimiz ona tilini ana shu mo‘tabar tushunchalarni inson shuuriga muhrlamoqning eng ta’sirchan vositasi deb bilganlar .2
Har qanday shaxsning milliy-ruhiy mag`zini, irq-u tiqodidan, zamin-u zamonidan qat‘iy nazar, ona tili tayin va ta’min etadi. Xuddi shu milliy-ruhiy mag`z mutlaqo o‘ziga xos, betakror bir mohiyat bo‘lib, millatning tafakkur tarzini, ―idrok ko‘zi‖ni qat‘iy belgilab beradi. Nemis allomasi Vilgelm fon Gumboldtning ―Yer yuzidagi tillarning xilma-xilligi faqat tovushlarning turlichaligi emas, balki xalqlardagi dunyoni ko‘rishning xilma-xilligidir‖ degan gapi ham bejiz aytilmagan [12, 4]. Shunday ekan, muayyan tilda fikr yuritish shaxsning o‘sha xalq va millat vakili hisoblanishidan dalolat beradi. O‘zbek tilida fikr yuritgan kishi, tabiiyki, o‘zbek millatiga tegishliligini va o‘zbek tili – ona tili ekanligini isbotlashga ortiqcha zarurat yo‘q. O‘zbek tilining milliy qadr-qimmati, ijtimoiy nufuzi hamda ilmiy-amaliy ravnaqi uchun xizmat qilayotgan davlatimiz rahnamosi, davlat arboblari, millat ziyolilari, fidoyi tilshunoslar, til ilmining toliblari – barcha taraqqiyparvar insonlar maqsadi zukko tilshunos N.Mahmudovning ―Ona tiliga cho‘ng tibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir so‘zi qatlariga yashiringan ma’no injaliklari-yu mazmun teranliklarini idrok etmoq, ulardan huzurlanmoq, bu muqaddas xilqatda tin olgan ajdodlar ruhini his qilmoq va bu xilqatni fidoyilik bilan qo‘rimoqqa hamisha hozir bo‘lmoq Vatan farzandining bikir burchidir‖ degan jumlasida mujassamdir. Binobarin, ona tili milliy o‘zligimiz ko‘zgusi ekan, uning hamisha beg`ubor va ravshan bo‘lishi, kelgusi avlodlarga bebaho meros sifatida yetishi uchun har birimiz mas’ulmiz. Ayni mas’uliyat hissi bizni ona tilimizda so‘z turkumlarining milliy I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, ―O‘zlikni anglash, milliy ong va mafkuraning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo‘ladi‖.
Milliy hamiyat va umuminsoniy qadriyat, milliy o‘zlik idrokining ustuvorligi, milliy g`urur va iftixor, Vatanga muhabbat va Mustaqillik mafkurasiga sadoqat kabi ma’naviy kamolotning o‘zagini tashkil etuvchi tushunchalarni ona tilidan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun alloma ajdodlarimiz ona tilini ana shu mo‘tabar tushunchalarni inson shuuriga muhrlamoqning eng ta’sirchan vositasi deb bilganlar .
Har qanday shaxsning milliy-ruhiy mag`zini, irq-u e’tiqodidan, zamin-u zamonidan qat‘iy nazar, ona tili tayin va ta’min etadi. Xuddi shu milliy-ruhiy mag`z mutlaqo o‘ziga xos, betakror bir mohiyat bo‘lib, millatning tafakkur tarzini, ―idrok ko‘zi‖ni qat‘iy belgilab beradi. Nemis allomasi Vilgelm fon Gumboldtning ―Yer yuzidagi tillarning xilma-xilligi faqat tovushlarning turlichaligi emas, balki xalqlardagi dunyoni ko‘rishning xilma-xilligidir‖ degan gapi ham bejiz aytilmagan 3. Shunday ekan, muayyan tilda fikr yuritish shaxsning o‘sha xalq va millat vakili hisoblanishidan dalolat beradi. O‘zbek tilida fikr yuritgan kishi, tabiiyki, ozbek millatiga tegishliligini va o‘zbek tili – ona tili ekanligini isbotlashga ortiqcha zarurat yo‘q. O‘zbek tilining milliy qadr-qimmati, ijtimoiy nufuzi hamda ilmiy-amaliy ravnaqi uchun xizmat qilayotgan davlatimiz rahnamosi, davlat arboblari, millat ziyolilari, fidoyi tilshunoslar, til ilmining toliblari – barcha taraqqiyparvar insonlar maqsadi zukko tilshunos N.Mahmudovning ―Ona tiliga cho‘ng tibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir so‘zi qatlariga yashiringan ma’no injaliklari-yu mazmun teranliklarini idrok etmoq, ulardan huzurlanmoq, bu muqaddas xilqatda tin olgan ajdodlar ruhini his qilmoq va bu xilqatni fidoyilik bilan qo‘rimoqqa hamisha hozir bo‘lmoq Vatan farzandining bikir burchidir‖ degan jumlasida mujassamdir. Binobarin, ona tili milliy o‘zligimiz ko‘zgusi ekan, uning hamisha beg`ubor va ravshan bo‘lishi, kelgusi avlodlarga bebaho meros sifatida yetishi uchun har birimiz mas’ulmiz. Ayni mas’uliyat hissi bizni ona tilimizda so‘z turkumlarining milliy xususiyatlarini aniqlashga undadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |