15-mаshg‘ulоt. Tilning substansial tadqiqi (2 soat)
Reja:
Til tizimiga substansial yondashuv va uning falsafiy asoslari.
Til birliklarining substansial mohiyatini o‘rganish: tahlil natijasi va ilmiy dalillar.
Substansial tilshunoslikda morfologik birliklar tahlili.
Sintaktik birliklarning substansial tahlili va natijalari.
Hozirgi o`zbek substansial tilshunosligining rivojlanishi Buxoroda bir necha yil ishlagan leningradlik turkolog professor Sergey Ivanov nomi bilan bog`liqdir. O`zbek fanida bu yo`nalishdagi ilk tadqiqot S.Ivanovning 1959 yilda Leningradda Leningrad universiteti nashriyoti e`lon qilgan 158 betli "Очерkи по синтаkсису узбеkсkого языkа (форма на -ган и ее производные)" asaridir.Keyingi yillarda olim bu ishida boshlagan tadqiqiqotlarini o`zining bir qator maqolalarida chuqurlashtirdi va doktorlik dissertatsiyasida umumlashtirdi. O`STning keyingi taraqqiyoti va hozirgi kunda O`zbekistonda ommalashishi S.Ivanovning shogirdi 1961-77 yillarda Leningard tilshunosligi ta`limini ko`rgan buxorolik olim Hamid Ne`matov va u yaratgan lingvistik maktab bilan bog`liq. O`zbekiston mustaqilligigacha O`ST fandagi bir oqim bo`lib qoldi va uning keng ommalashishiga imkoniyat yo`q edi, chunki SSSRda ta`lim tizimining yagonaligi butun Ittifoq bo`yicha ilmiy talqinlarning bir xilligini talab qilardi; grammatik talqinlar rus va milliy tillardagi ta`limgohlarda bir xil edi. O`STning talqinlari esa rasmiy rus tilshunosligidan keskin farq qiladi, shuning uchun u davrda ta`lim tizimiga tatbiq etilishi mumkin emas edi.
1991-yildan keyin o`zbek tilshunosligi, jumladan, o`zbek tilini ona tili sifatida maktab va oliygohlarda o`qitish mustaqil taraqqiyot yo`liga o`tdi; o`zbek tili bo`yicha maktab va oliygoh programmalari O`ST talqinlari asosida tuzildi, bu yo`nalishning ommalashishiga asos bo`ldi.
O`STning o`zagini Praga strukturalizmdagi (funksional lingvistikadagi) lison-nutq, lisoniy birlik-nutqiy birlik tushunchalarini dialektikaning umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) va yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat ( YAHVO) kategoriyalari mazmuniga muvofiq talqin qilish tashkil qiladi. Shu sababli O`STning bosh tamoyili lingvistik tadqiq jarayonida (- lisoniy birlik tabiatini oshish va talqin etishda -) dialektik tahlil usullaridan onglilik va izchillik bilan foydalanishdan iboratdir. Dialektika shakl va mazmun aloqadorligini tan olgan holda mazmunga ko`proq e`tobor qaratgani sababli O`STda fonetika-fonologiyada N.Trubetskoy-R.Yakobson-A.Reformatskiy tadqiq tamoyillari asosan saqlanib, tilning mazmun bilan bog`liq sathlari - leksika, morfologiya va sintaksis tadqiqi yetakchilik qiladi.
O`STda tilshunoslikning eng asosiy tushunchalari til~lison~meyor~nutq quyidagicha tushuniladi:
Til - sof insoniy qobiliyat va imkoniyat..U tafakkurni shakllantirishga (kodlashtirishga), xotirada qat`iy sistemaga tizib saqlashga, axbotrotni uzatish va qabul qilishga imkoniyat beruvchi eng nuhim (birlamchi) insoniy ijtimoiy-ruhiy bevosita va bilvosita kommunikatsiya vositasidir. Til lison~me`yor~nutq ning dialektik butunligidan iboratdir. Unda bosh ichki ziddiyat atash (nominativ) va ifodalash (ekspressiv) vazifalarning dialektik birligidadir.
Lison UMIS tabiatli lisoniy birliklarning serqirra, ko`pqavatli sathlaridan tashkil topgan barqaror, tashqi muhit ta`siriga o`ta sezgir, o`zgarish, rivojlnish va moslashish immanent qobiliyatini o`z ichida mujassamlashtirgan murakkab qurilishli iyerarxik sistemasidir.
Me`yor lisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil bo`lib lisoniy imkoniyatlardan - sinonimik qatorlardan, lisoniy birliklarning dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklaridan har birining voqelanish o`rinlari va xususiyatlarini belgilaydi.
Nutq lisonning me`yor elagidan o`tgan muayyan moddiy (yozma, og`zaki, tasviriy /imo-ishora, signal shakllaridan birida) voqelanishidir.
Lisoniy birliklar dialektik tabiatini ochish va ularni tavsiflashda O`ST sustansiallik, ichki ziddiyatlik, ko`p qatorlik, oraliq uchinchi asosiy tamoyilariga tayanadi. Bu tamoyillar O`STning metodologik asosini tashkil etganligi sababli ularning har birini alohida ko`rib o`tamiz:
1.Substansiallik. Lisoniy birlik nutqda voqelantiruvchi barcha ma`no va vazifalarini o`zida ontologik mujassamlashtirgan, yashirgan deb olinadi. Nutqda hech bir narsa yaratilmaydi,balki lisoniy birlikdagi imkoniyat faqat yuzaga chiqariladi, xolos. Shuning uchun tilshunoslik oldida lisoniy birlik voqelanishidagi nutqiy alohidaliklarni umumiy lisoniy ma`noga (allgemeine Sprachbеdeutung) birlashtirish va lisoniy imkoniyat sifatida ongda va lisoniy tizimda mavjud bo`lgan bu ma`noni nutqda muayyan ko`rinishlarda voqelantirish yo`llarini o`rganish vazifasi turadi.
2.Ichki ziddiyatlik. Lisoniy birlikning umumiy lisoniy ma`nosi ontologik ziddiyatli, qarama-qarshilikli - turli tabiatli tomonlarning birlashidan iborat bo`lgan dialektik butunlikdir.U hamisha serqirradir.
3.Ko`p qatorlik. Lisoniy birlik ontologik ziddiyatli tabiati bilan boshqa lisoniy birliklar bilan bir necha oppozitiv qatorga (munosabatlarga) - har bir qirrasi bilan alohida-alohida siralarga - paradigmalarga kiradi. Shuning uchun uning umumiy lisoniy ma`nosi bir necha oppozitiv siralardagi (paradigmalardagi) differensial belgilarining yig`indisi, mohiyatiga ega bo`ladi.
4.Oraliq uchinchi. Lisoniy birliklardagi qarama-qarshi ma`no va vazifalar, paradigmalardagi bir-birini inkor etuvchi birliklar zid tomonlarni o`z ontologik tabiatida birlashtiuvchi hodisa (birlik)da birlashadi va ikki qarama-qarshilik orasida birlashtiruvchi vosita - oraliq uchinchi mavqeyida bo`ladi.Tabiatan istagan lisoniy birlik oraliq uchinchi mohiyatiga egadir.
O`STda lisoniy tizim yaxlitlikda partonimik (butun-bo`lak) munosabatlarga, lekin lisoniy yaruslar izchil gipero-giponimk
(jins-tur) aloqalariga asoslanishi g`oyasi ilgari suriladi. Unda an`anaviy sinomiya, antonimiya kabi munosabatlar doirasi ancha cheklangan bo`lib, graduonimiya, giponimiyaga keng o`rin berilgan.
Lisoniy birlikning asosiy turlari sifatida fonema, morfema, leksema va qolip (model) ajratilib, modellarning morflogik (lug`aviy shakllar yasash, sintaktik shakllar yasash), derivatsion (sodda va qo`shma so`z yasash), sintaktik (nominativ birliklar - so`z birikmalari hosil qilish modellari, kommunikativ birliklar - gap hosil qilish modellari) turlari farqlanadi. Morfologik-derivatsion-sintaktik modellar o`zaro iyerarxik munosabatlarda turgan sanaladi. Bu modellar hosilalarining lisoniy birlaklarga o`tishi va lison xazinasini muttasil to`ldirib borishida ixtososlashish-soddalanish-tublanish bosqichlari ajratiladi.
O`STning leksikologiya, morflogiya, sintksis, qiyosiy tipologiya sohalarida amalga oshirgan ishlari M.Qurbonova va H.Ne`matovlarning maxsus islarida tahlil etilgan va umumlashtirilgan.
1 O`zbek fanida bu yo`nalish formal-funksional, zotiy,dialektik tilshunoslik deb ham nomlanadi.
2 С.Н.Иванов. Родословное древо тюроk Абул-Гази-Хана.Грамматичесkий очерk.Имя и глагол).Ташkент: Фан. 1969.200 стр.
Do'stlaringiz bilan baham: |