Topshiriq. Cho‘lpon qalamiga mansub quyidagi she’rni yod oling. X tovushi ishtirok etgan so‘zlarning imlosini eslab qoling.
XALQ
Xalq dengizdir,
Xalq to‘lqindir,
Xalq kuchdir,
Xalq isyondir,
Xalq olovdir, xalq o‘chdir...
Xalq qo‘zg‘alsa, kuch yo‘qdirkim, to‘xtatsin,
Quvvat yo‘qkim, xalq istagin yo‘q etsin.
Xalq isyoni saltanatni yo‘q qildi,
Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi...
Topshiriq. Quyida berilgan Cho‘lpon haqidagi matnni o‘qing va shu matn asosida test tuzing
Adabiyot yashasa, millat yashar.
Cho‘lpon
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon avval eski maktabda, so‘ngra Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko‘rdi. Zamonning talabini ilg‘agan uning otasi – Sulaymonqul o‘g‘lini rus-tuzem maktabida ham o‘qitdi. Bo‘lajak shoir muntazam shug‘ullangani va tabiiy iste’dodi tufayli turk, fors, arab, rus tillarini puxta o‘rgandi va bu tillardagi adabiyotlarni doimo mutolaa qilib bordi. Shu bois unda adabiyotga havas erta uyg‘ondi va yoshligidan she’rlar ijod qila boshladi. Cho‘lponning dastlabki asarlaridayoq rus bosqinchilari zulmi ostida ezilayotgan Turkiston xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbat yorqin ko‘zga tashlanadi. U xalqini ozod va baxtli ko‘rishni juda-juda istardi. Buning uchun odamlarni ma’rifatdan, ilmu fandan bahramand qilish kerak, deb hisoblardi.
Cho‘lpon 1917-yilning fevralida Rossiyada sodir bo‘lgan inqilobga katta umid bilan qaradi. Lekin bu inqilob Turkiston o‘lkasiga chin ozodlik bermadi. O‘sha yilning oktyabrida ro‘y bergan to‘ntarish esa shoirning so‘nggi umidlarini ham yo‘qqa chiqardi. U o‘z she’rlarida xalqning zabun holini aks ettirib, xalqni bunday holatdan qutqarish yo‘llarini izlaydi. Jumladan, u o‘zining “Ko‘ngil” she’rida inson tirik ekan, zulmga bo‘yin egmasligi, shu zulmning moddiy timsoli – kishanni kiymasligi lozim, deb biladi:
Hаvо оchiq, hаmmа yоq оftоb.
Kuz kеldi, to‘kin-sоchinlik.
Quyosh g‘uborsiz ko‘kda
porlar edi.
Kuz kеldi, kеlgаndа hаm
qo‘yni-qo‘nji to‘lib kеldi
Tiriksen, o‘lmagansen,
Sen-da odam, sen-da insonsen.
Kishan kiyma,
Bo‘yin egma,
Ki sen ham hur tug‘ulg‘onsen!
Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari, «Kecha va kunduz” nomli
birinchi o‘zbek roman-dilogiyasining muallifidir. Afsuski, romanning ikkinchi kitobi Cho‘lpon qamalgan paytda yo‘q qilingan va hozirgacha topilgan emas. Birinchi kitob – “Kecha” mustaqillik sharofati ila qayta nashr qilindi. Cho‘lponning 1926 yillarda yaratgan “Yorqinoy” dramasi badiiy jozibasi va mavzu nuqtai nazaridan hozirgacha o‘z ta’sir kuchini yo‘qotmay kelmoqda.Abdulhamid Cho‘lpon o‘zbek o‘quvchilarini jahon adabiyotining durdonalari bilan tanishtirish borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Shekspirning “Hamlet”, Pushkinning “Boris Godunov” va “Dubrovskiy”, Gogolning “Tergovchi”, Gorkiyning “Ona” kabi asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, zamonaviy o‘zbek tarjima maktabiga asos soldi.
Cho‘lpon haqiqat va hurlikni e’tiqodiga aylantirgan ijodkor edi. Shu sababli
ham milliy zulmni milliy tenglik deb e’lon qilgan hukmron millatlarga uning ijodi
yoqmas edi. Ular shoirdan xalq baxtiyor, erkin va ozod yashamoqda deb kuylashni
talab etishdi. Haqiqat kuychisi va erk farzandi – Cho‘lpon bunday qila olmadi. Shu sababdan shoir 1937 yilning 13 iyulida qamoqqa olindi, uzoq qiynoqlar va tahqirlardan so‘ng, 1938 yilning 4 oktyabrida Toshkent yaqinida otib tashlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |