Savol va topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing.
2. Notanish so‘zlarni toping va tarjima qiling.
3. O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan chegaradosh?
4. O‘zbekiston hududidagi daryolarni sanab bering.
5. Matnda qaysi tog‘ nomlari keltirilgan?
6. O‘zbekiston deganda, ko‘z o‘ngimizda qanday o‘lka gavdalanadi?
7. Matnning birinchi xatboshisidagi ikki harf bir tovushni ifodalagan so‘zlarni daftaringizga yozing.
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni o‘quv tilingizga tarjima qiling.
vatan – hudud – tog‘–
xalq – manfaat – vodiy –
el – chegaradosh – aholi –
millat – tekislik – obida –
Eslab qoling!
Vаtаngа mеhr-muhаbbаtli bo‘lish - g‘оyat chidаm, g‘оyat yuksаk оng tаlаb еtuvchi o‘zigа хоs ilm. Buni еgаllаsh hаm bеshikdаn bоshlаnmоg‘i vа оqibаt so‘nggi nаfаsgа qаdаr dаvоm еtmоg‘i jоiz. Vаtаnpаrvаrlik - Vаtаnni sеvmоqlikni аnglаtsа, bu ilmni еgаllаgаn kishi Vаtаngа jоnini аtаgаn kоmil insоn mаrtаbаsigа yеtgаn bo‘lаdi.
Vаtаndаn оlgаnimiz - qаrz, qаrzni еsа qаytаrmоq fаrz. Biz, hаr birimiz, Vаtаnni sеvаmiz, chunki Vаtаn - biz nаfаs оlаyоtgаn hаvоdir.
2-topshiriq. FSMU jadvalini to‘ldiring. O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o‘rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
Fonetikada tildagi tovushlar, ularning paydo bo‘lishi va turlari, nutq organlari, ularning tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va artikulyatsion xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo‘ladigan turli xil fonetik o‘zgarishlar kabi hodisalar o‘rganiladi. Demak, fonetika – (yunon. Phone - tovush) tilshunoslikning tovush tizimini o‘rganuvchi bo‘limi.
Unli tovush. Bo'g'izda paydo bo'lib, biror qarshilikka uchramaydigan, sof ovozdan iborat, cho'zilish xususiyatiga ega, urg'u qabul qiladigan tovush unli tovush deyiladi: i, e, a, u, o‘, o.
TOVUSH VA HARF
TOVUSH
|
HARF
|
Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi: [b], [l], [q], [g‘].
Bir tovush bir harf bilan ham, ikki harf bilan ham ifodalanishi mumkin: [o], [s], [v], [sh], [ch], [ng].
|
Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi: b, l, q, g‘.
Ikki harf bir tovushni ifodalaydi: sh, ch, ng; bosh, soch, tong kabi.
Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga tutuq belgisi (’) qo‘yiladi: Is’hoq
|
3-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni tarjima qiling.
O‘ngga, chapga, o‘ngdan, chapdan, oldda, orqada, olddan, orqadan, olg‘a, orqaga, yuqorida, pastda, yuqoriga, pastga, ichkarida, tashqarida, keyin, so‘ng, har yerda, hamma joyda, bu yerda, shu yerda, bunda, bu yerdan, u yerdan, juda, g‘oyat, nihoyatda, ko‘p, oz, kam, bir oz, ozgina, andak, sal-pal, ozroq, deyarli, yetarli, yetarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |