O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti


-MAVZU: “O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI”. TOVUSHLAR TALAFFUZI: UNDOSH TOVUSHLAR



Download 1,13 Mb.
bet12/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

3-MAVZU: “O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI”. TOVUSHLAR TALAFFUZI: UNDOSH TOVUSHLAR.


O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI

O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIV asrga kelib mustaqil o‘zbek adabiy tili darajasiga ko‘tarildi. Faqat ushbu davrda turkiy til yoki turk tili kabi nomlar bilan atalib kelingangan. Hozir turkiy tillarda so‘zlashuvchi turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman, tatar, uyg‘ur, qoraqalpoq, chuvash, yoqut, nug‘ay, gagauz va boshqa xalqlar, shu jumladan, o‘zbeklarning ajdodlari XI asrgacha qadimgi turkiy tilda gaplashgan. Qadimgi turk tilida yaratilgan O‘rxun- Enasoy yodgorliklari, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” kabi asarlari bizgacha yetib kelgan.


O‘zbek tili asrlar davomida jamiyat hayoti bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanib keldi. Bu tilda juda ko‘p badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar yaratildi. O‘zbek adabiy tilining rivojlanishida buyuki shoir, mutafakkir olim Alisher Navoiyning xizmatlari juda katta. Alisher Navoiy o‘zining badiiy va ilmiy asarlari bilan o‘zbek tilining dunyodagi boy tillardan biri ekanligini nazariy isbotlab, amaliy jihatdan asoslab berdi.Alisher Navoiygacha Ahmad Yassaviy, Xorazmiy, Qutb, Sayfi Saroiy, Durbek, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi mashhur so‘z ustalari o‘zbek tilida ijod etishgan bo‘lsa, undan so‘ng bu tilda ijod etuvchilarning soni yanada ortib bordi. O‘zbek adabiy tilining rivojida Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodira, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Avaz O‘tar, Usmon Nosir, Cho‘lpon, Qodiriy, Oybek, G‘.G‘ulom, A.Qahhor va boshqa ko‘plab shoir, yozuvchilarning xizmati kattadir.
1989-yilning 21-oktabrida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Buning natijasida o‘zbek tili respublikamizning barcha jabhalarida yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizning jahon hamjamiyati o‘rtasidagi obro‘-e’tibor oshdi. O‘zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi. Ana shunday sharoitda mustaqillik qo‘lga kiritilgunga qadar qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi Qonunning ko‘p moddalari o‘z kuchini yo‘qotdi yoki tahrirtalab bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi.
1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi. Ushbu Qonun jami 24 moddadan iborat bo‘lib, bu qonunning 1-moddasida ham “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili O‘zbek tilidir”, deb yozib qo‘yilgan.
Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy asosga ega bo‘ldi. Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma’naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya’ni tilning huquqiy maqomi mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e’tibor, ehtiromi namoyon etildi. Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.
O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish muhim vazifadir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘zbek tili davlat tili, davlat ramzi, milliy madaniyat va ma’naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanilayotgani, xorijdagi ko‘plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda.
O‘zbekistonda nafaqat o‘zbek tili, balki boshqa millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishi milliy qonunchiligimizda aks etgan. Uning amaliy isbotini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasidagi quyidagi norma misolida ko‘rish mumkin: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida qayd etilishicha, davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Bu orqali davlat o‘zbek tilini asrash, boyitish va rivojlantirishda mas’ullikni o‘z zimmasiga olgan. Shu asosda yurtimizda o‘zbek tilini boyitish va takomillashtirishga doir ko‘plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli sohalarga oid lug‘atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha nashriyot matbaa-ijodiy uylari tomonidan ona tilimizning jozibasini bor bo‘y-basti bilan namoyon etishga doir nashrlar chop etilib, kitobxonlar e’tiborga havola etilayotganini alohida qayd etish lozim.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish