Kantitativ quyidagilarni o'z ichiga oladi: yangi ochilgan erlarning qo'shilishi; urush davrida hududiy yutuqlar yoki yo'qotishlar; davlatlarning birlashishi yoki parchalanishi; er o'lkalari orasidagi imtiyozlar yoki almashinuvlar.
Boshqa o'zgarishlar - sifati. Ular ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalarning tarixiy o'zgarishidan iborat; mamlakatda siyosiy suverenitetni egallash; hukumatning yangi shakllarini joriy etish; davlatlararo siyosiy ittifoqlarning shakllanishi, sayyoradagi "issiq joylar" paydo bo'lishi va yo'q bo'lib ketishi.
Ko'pincha kantitativ o'zgarishlarga sifatli hamrohlik qilinadi. Dunyoning so'nggi voqealari ko'rsatadiki, siyosiy xaritada miqdoriy o'zgarishlar tobora sifatga olib kelmoqda va bu urush o'rniga - hukumatlararo nizolarni hal qilishning odatiy usullari dialoglar yo'li, hududiy tortishuvlarni tinch yo'l bilan hal qilish va xalqaro nizolarni hal qilishni anglashga olib keladi.
3. Dunyoning siyosiy kartasi tarixiy yillar davomida global miqiyosidagi turli xil ja`rayonlar ta`sirida shakllanib turadi. Jumladan buyuk geografik kashfiyotlar davrida dunyoning bo`linib olinishi, birinchi va ikkinchi jahon urushlari natijasida davlatlarning vujudga kelishi, siyosiy ongning o`sishi, ma`naviyat va mafkuraning takomillashuvi bilan ma`lum bir tuzumning parchalanishi, mustamlaka tuzumining yemirilishi bilan o`nlab mustaqil davlatlarning barpo bolishi kabi jarayonlar bunga misol bo`ladi.
Bunungi kunga kelib jahonda 229 ta mamlakatlar mavjud bo`lib, shundan 57 tasi Afrikada, 50 tadan Amerika va Osiyo qit’asida, 45 tasi Yevropada, 26 tasi Avstraliya va Okeaniyadadir. Possiya Federasiyasi Yevrosiyodadir. Tadqiqotchilarning tahliliga ko`ra dunyoning siyosiy kartasi shakllanishiga ko'ra to`rtta davrni o`z ichiga olgan:
1. Qadimgi davr – davlatlar paaydo bo`lishidan toki sanog`imizning V asrigacha bo`lgan davrni o`z ichiga olgan siyosiy karta;
2. O`rta asrlar davri milodning V-XVI asrlarini o`z ichiga olgan siyosiy karta;
3. Yangi davr XV-XVI asrdan XX asrning birinchi jahon urushi yillarini o`z ichiga olgan siyosiy karta;
4. Eng yangi davr – birinchi jahon urushi hoziri kunlargacha bo`lgan darni o`z mazmuniga olgan siyosiy karta. Bu davrni yana 3 ta bosqichga bo`lishadi;
a) 1917-1939- yil siyosiy kartasi;
b)1930-1990- yil siyosiy kartasi;
v) 1990- -yildan boshlanib, hozirga qadar davom etayotgan jarayon, voqealar asosida vujudga kelgan siyosiy karta.
Xulosa
Eng yangi davrning uchinchi bosqichida , ya`ni 1990- -yildan boshlab dunyoning siyosiy kartasi mazmuniga butun dunyo hamkorligining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy hayotidagi tub yangi o`zgarishlar katta ta`sir ko`rsatadi. Jumladan, SSSR parchalandi, Mustaqil Davlatlar hamdo`stligi paydo bo`ldi; Sharqiy Yevropadagi Sobiq sosialistik davlatlar demokratik inqiloblar natijasida yangi mustaqil rivojlanish yo`liga o`tdilar; 1991 -yilda sosialistik lagerga kiruvchi davlatlarning Varshava sghartnomasi, o`zaro iqtisodiy yordam kengashining faoliyati to`xtadi va sosialistik tizim tugallandi.
1990-yil 3 oktyabrda Germaniya davlatining birlashib ketishi, Yugoslaviyaning parchalanishi va oqibatda Sloveniya, Bosniya, Gersogovina, Makedoniya, Xorvatiya, Yugoslaviya Ittifoqi Respublikasining siyosiy mustaqilligini e`lon qilinishi; 1990- yil mayda Yaman Arab Respublikasi va Yaman Halq demokratik Respublikasining birlashib ketishi, Chexoslovakiyaning 1993- yil 1 yanvarda Chexiya va Slovakiyaga bo`linishi va milliy Mustaqil davlatlar vujudga kelishi va boshqalar dunyoning yangi siyosiy kartasini tuzishga asos bo`ldi.
Markaziy Osiyoning siyosiy kartasi keyingi ikki asr davomida bir necha bor o`zgargan va o`ziga xos mazmunga ega bo`lgan. Uni mazmuniga ko`ra quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.
Birinchi bosqich- sobiq O`rta Osiyo va Qozog`iston hududlarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga qadar bo`lgan davr. Bu davrda Markaziy Osiyo hududida uchta yirik davlat Qo`qon va Xiva xonligi hamda Buxoro amirligi bo`lgan.
Ikkinchi bosqich- Mustamlaka davrini o`z ichiga olgan. Bu davrda hozirgi huddning katta qismi Rossiy imperiyasining Turkiston general gubernatorligi tarkibida qolgan va Xiva xonligi va Buxoro amirligi hamda Qo`qon uyezdidan iborat bo`lgan.
Uchinchi bosqich- 1917-1922-yillarni o`z ichiga olgan. Bu davrda Turkiston Muxtor Sovet Sosialistik Resoublikasi, Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari kabi mustaqil davlatlar bo`lgan.
To`rtinchi bosqich- 1924-1991- yillarni o`z ichiga olgan. Bu davrda Markaziy Osiyo hududida 5 ta Ittifoqdosh Respublika tuzildi. (O`zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg`iziston va Qozog`iston Sovet Sosialistik Respublikalari).
Beshinchi bosqich- 1991 -yildan boshlab, hozirgi kunlarni ham o`z ichiga oladi. Bu davrda istiqlol tufayli Markaziy Osiyodagi Ittifoqdosh Respublikalar o`rnida mustaqil davlatlar – Qozog`iston, Turkmaniston , O`zbekiston , Qirg`iziston va Tojikiston kabi mamlakatlar tashkil topdi.
Qozog`iston Respublikasida 16 dekabr 1991-yil;
Qirg`iziston Respublikasida 30 avgust 1991-yil;
Turkmanistonda 27- oktyabr1991-yil;
Tojikiston Respublikasida 9 sentyabr 1991-yil ;
O`zbekiston Respublikasida 1 sentyabr 1991 yil Milliy Mustaqillik kuni deb e`lon qilindi.
Qozog`iston Respublikasi Markaziy Osiyoning shimolida joylashgan. Uning maydoni 2,7 mln km2 , aholisi 16,1 mln kishi (2002- yil) .
Turkmaniston – Markaziy Osiyoni janubi- g`arbida joylashgan. Maydoni 488,1 ming km2, aholisi -4,8 mln kishi.
Qirg`iziston Respublikasi Markaziy Osiyoning sharqida joylashgan . Maydoni 198,5 ming km2, aholisi -4,6 mln kishi (1997- yil).
Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyoning janubiy sharqida joylashgan maydoni 143,1 ming km2, aholisi 6,0 mln kishi
O`zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning o`rta qismida, janubiy – sharqida Afg`oniston bilan chegaradosh. Maydoni 448,9 ming km2, aholisi -27 mlndan ortiq.
Yuqorida ta`kidlanganidek , dunyo siyosiy kartasi doimi global darajadagi jarayon va voqealar tufayli o`zgarib turadi. Bunday o`zgarishlar ko`p millatli etnik milliy jatrayonlarning rivoji, yo`nalishiga mamlakat va xalqlar o`rtasida iqtisodiy, siyosiy ma`daniy va ijtimoiy munosabatlarning ko`lamiga bog`liq holda davom etadi. Shuning uchun ham qayerda boshqarish (boshqarish arabchada siyosat ma`nosini anglatadi) o`zgarsa, hamda ustunlikka intilish kuchaysa, o`sha hududlarda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy voqea va hodisalar rivojlanadi, farqlanishlar sodir bo`ladi, bu esa bir butun davlatning parchalanishiga olib keladi.
Markaziy Osiyodagi Mustaqil davlatlar ham davlat qurilishini takomillashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirishda o`ziga xos tamoyil va yo`nalishlarni belgilamoqda, boshqarish shakli va mazmunini tanlamoqda. Ularning ijobiy yoki salbiy tomonlarini vaqt ko`rsatadi. Bu borada davlat arboblari, siyosatshunoslar, mutaxasislar ham muhim o`rinni egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |