O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


VII.4. Kichik guruhlar psixologiyasi muammosi



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/178
Sana27.06.2022
Hajmi2,25 Mb.
#709857
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA

VII.4. Kichik guruhlar psixologiyasi muammosi
Kichik guruhlar muammosi sotsial psixologiyada eng yaxshi ishlangan va 
ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’yektlardandir. Bu an’ana 
Amerikada 
o‘tgan 
asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo‘lib, 
ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda 
yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning 
yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, 
bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (interaktsiya) emas, balki 
ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining (koaktsiya) ta’siri o‘rganildi. 
Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ 
109


faoliyatining tezligi oshadi
, lekin 
harakatlar sifati ancha pasayishi 
aniqlandi. 
Bunday ma’lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayer, rus olimi 
V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham 
qayd etildi.
Bu psixologik hodisa sotsial psixologiyada sotsial 
fasilitatsiya
nomini oldi. 
Uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida 
bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib, bu ta’sir avvalo, sensor 
kuchayishlar hamda ish harakatlarning, fikrlashlarning tezligi namoyon bo‘ladi. 
Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatiladi, ya’ni boshqalar ta’sirida 
individ reaktsiyalarida tormozlanish, faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda 
ingibitsiya
nomini oldi. Lekin olgan faktlarning qandayligidan qat’iy nazar, olimlar 
uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator 
qonuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruhlarning hajmi uni tashkil etuvchi shaxslar soni 
xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh «diada» ikki kishidan tortib, to 
maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb qabul qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, 
avvalo oila, yangi shakllangan oila ko‘proq nazarda tutiladi, lekin samarali o‘zaro 
ta’sir nazarda tutilganda 7±2 kishi nazarda tutiladi. Bunday guruh turli sotsial 
psixologik tadqiqotlar uchun ham, sotsial psixologik treninglar o‘tkazish uchun ham 
qulay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning o‘lchami qanchalik katta bo‘lsa, uning alohida olingan 
shaxslar uchun qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. Ya’ni shaxsning ko‘pchilikdan 
iborat guruhdan o‘zini tortish va uning normalarini buzishga moyilligi ortib boradi.
Uchinchidan, guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o‘zaro 
munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida 
mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari uning o‘rtasidagi aloqalarda doim 
aniqlik bo‘lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar ochiq 
holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
To‘rtinchidan, agar guruh a’zolarining soni toq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar juft bo‘lgan holdagidan ancha yaxshi bo‘ladi. Shundan bo‘lsa kerak, 
110


boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy 
tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning guruh taz’yiqiga berilishi va bo‘ysunishi ham guruh 
a’zolarining soniga bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri 
kuchaya boradi. Lekin undan ortib ketgach ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, 
kuchada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, 
jabrlanganga yordam berishga intilish, mas’uliyat hissi pasayib boradi. Bu 
qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha yengillashtiradi.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish