O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/178
Sana27.06.2022
Hajmi2,25 Mb.
#709857
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   178
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA

shartli
va 
real
guruhlarga 
bo‘ladi. 
Real
guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan laboratoriya tipidagi 
hamda 
tabiiy
guruhlarga bo‘linadi. Konkret faoliyat odamlarning 
tabiiy
ehtiyojlari 
asosida tashkil bo‘ladigan bunday 
tabiiy
guruhlarning o‘zi kishilarning soniga qarab 
104


katta
va 
kichik
guruhlarga bo‘linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning 
maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab, 
uyushgan
va 
uyushmagan
turlarga, 
kichiklari
esa o‘z navbatida 
endi shakllanayotgan diffuz 
hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasida ko‘tarila olgan 
jamoa
turlariga bo‘linadi. 
Guruhlarning sotsial psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta’rif 
berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan 
holda, bevosita 
guruh funksiyalari, parametrlari va strukturasini
o‘rganishga 
o‘tamiz.
 
VII.2. Guruh funksiyalari
Nima sababdan odamlar guruhlarga birlashadilar va ko‘pincha guruhga 
a’zoliklarini juda ham qadrlaydilar? Shubhasiz, guruhlar, umuman, jamiyatning va 
uning har bir a’zosining u yoki bu ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydi. Amerikalik 
sotsiolog Nil Djozef Smelzer quyidagi guruh funksiyalarini ajratib ko‘rsatadi:
1) ijtimoiylashtiruvchi;
2) instrumental;
3) ekspressiv (ifodali);
4) qo‘llab-quvvatlovchi. 
Ijtimoiylashtirish – bu shaxsni muayyan ijtimoiy muhitga jalb qilish va uning 
me’yorlari va qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayoni. Inson yuqori darajada uyushgan 
primatlar singari faqat guruhda o‘zini saqlab qolishi va yosh avlodga ta’lim va tarbiya 
berilishini ta’minlaydi. Guruhda, ayniqsa, oilada, shaxs bir qator zarur ijtimoiy 
ko‘nikmalarni egallaydi. Bola yashaydigan boshlang‘ich guruhlar uning kengroq 
ijtimoiy aloqalar tizimiga qo‘shilishi uchun asos yaratadilar. Shaxsning biror bir 
shaklda ijtimoiylashishi o‘zining butun hayoti davomida amalga oshiriladi. Shunday 
qilib, shaxs a’zo bo‘lgan turli xil guruhlar, unga ushbu jamiyatning qadriyatlariga 
muvofiq ravishda ma’lum darajada ta’sir qiladi. 
Guruhning instrumental funksiyasi odamlarning birgalikdagi faoliyatini amalga 
oshirishdir. Ko‘pgina ishlarni yolg‘iz amalga oshirish mumkin emas. Konveyer 
jamoasi, qutqaruv guruhi, futbol jamoasi, xoreografik ansambl – bularning barchasi 
105


jamiyatda muhim rol o‘ynaydigan guruhlarga misoldir. Ularni vazifaga yo‘naltirilgan 
guruhlar ham deyishadi. Bunday guruhlarda ishtirok etish, qoida tariqasida, odamga 
moddiy hayotni ta’minlaydi, unga o‘zini namoyon qilish imkoniyatini beradi. 
Guruhning ekspressiv funksiyasi odamlarning ma’qullash, hurmat va 
ishonchga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdir. Ushbu rolni ko‘pincha birlamchi va 
norasmiy guruhlar amalga oshiradi. Shaxs a’zo sifatida, unga psixologik jihatdan 
yaqin bo‘lgan odamlar, ya’ni qarindosh va do‘stlar bilan muloqot qilishni yaxshi 
ko‘radi.
Guruhning qo‘llab-quvvatlovchi funksiyasi odamlar ular uchun qiyin 
vaziyatlarda birlashishga moyil bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Ular yoqimsiz his-
tuyg‘ularni yengillashtirish maqsadida guruhdan psixologik qo‘llab-quvvatlashini 
istaydilar. Bunga yaqqol misol sifatida amerikalik psixolog Stenli Shaxterning 
tajribasini keltirish mumkin. Birinchidan, universitetlardan birining talabalari bo‘lgan 
respondentlarni ikki guruhga bo‘lishadi. Ulardan birinchisining a’zolariga ular elektr 
tokining nisbatan kuchli zarbalariga duchor bo‘lishlari haqida xabar berishadi. 
Ikkinchi guruh a’zolariga esa ularga juda yengil, qichishadigandek elektr toki urishi 
kutayotganini aytishadi. Bundan tashqari, barcha talabalarga eksperiment qanday 
tarzda boshlanishini xohlashlari haqida savol beriladi: yolg‘izmi yoki boshqa 
ishtirokchilar bilan birgami? Birinchi guruh respondentlarining tahminan uchdan ikki 
qismi boshqalar bilan birga bo‘lishni istashlari aniqlangan. Ikkinchi guruhda, 
aksincha, respondentlarning tahminan uchdan ikki qismi eksperimentning 
boshlanishini yolg‘iz yoki boshqalar bilan birga boshlanishining farqi yo‘qligini 
aytishadi. Shunday qilib, Shaxter biror kishi tahdid soluvchi omilga duch kelganda 
guruh unga psixologik qo‘llab-quvvatlovchi yoki dalda beruvchilik hissini berishi 
mumkin, deb xulosaga keladi. Xavf oldida odamlar bir-biriga psixologik jihatdan 
yaqinlashishga moyil bo‘ladilar.
Guruhning 
qo‘llab-quvvatlovchi 
funksiyasi 
guruh 
psixoterapiyasi 
mashg‘ulotlarida yaqqolroq namoyon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan 
odam psixologik jihatdan guruhning boshqa a’zolariga shu qadar yaqinlashib 
qoladiki, uning guruhdan ketishi yoki uni tark etishining (masalan, davolanishning 
106


umumiy yakuniga ko‘ra) boshdan kechirilishi qiyin bo‘lib qoladi. Shuning uchun 
guruh psixoterapiyasi kursini tugatish uchun maxsus variant – bu guruh tarkibini 
saqlab qolish va patsiyenlarning shifokorlarsiz ham aloqani davom ettirish 
hisoblanadi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish