KIRISH… 3
Bob. Rivojlanish joyi konsepsiyasi.…….......……….....………..............4
Sivilizatsion yondashuv nazariyasi.………………….......………....... ……4
Geografik detirminizm nazriyasi …………..................................................7
Bob. Rossiya yevropa ham Osiyo ham emas ...........................................13
Yevrosiyochilik” va uningasosiyg’oyalari…………………………….…13
XULOSA……………………………………………………………………….…27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………..29
Kirish Savitskiy bilan knyaz N.S.Trubetskoy 1921 yilda Sofiyada yevroosiyochilik xarakatini tashkil qilishdi. Savitskiy uning asosiy nazariyotchisi va mafkurachisi edi.
O’sha yildan boshlab ular ikkita: “SHarqqa chiqish.Sezish va amalga oshirish” va “Yo’lda. Yevroosiyochilarning fikrlari” to’plamni chop ettira boshlaydilar. Bu to’plamlarda bosilgan maqolalarda yangi geosiyosiy xarakatning asosiy nazariy qoidalari bayon etildi, ko’pgina geosiyosiy masalalarni nazariy asoslash va hal qilish borasida noan’anaviy yondashuv taklif qilindi. Bu maqolalarda “Yevroosiyo”1atamasining geosiyosiy makon sifatida izohlanishi, rus jamiyatining paydo bo’lishi va o’zgartirilishida bu makonning roli, Rossiya va aholisining o’ziga xosligi to’g’risidagi fikrlar faqat olimlarninggina emas, balki G’arbdagi keng o’quvchilar ommasining diqqatiga sazovor bo’ldi. SSSR tashkil etilgan, jaxonda sinfiy kurash va geosiyosiy ziddiyat kuchaygan bir davrda yevroosiyochilik xarakati markazi G’arb rasmiy doiralarining qo’llab-quvatlashi bilan asta-sekin Parijga ko’chib o’tadi. Ko’p o’tmay u yerda “Yevroosiyo” gazetasi va xronikasi chop etila boshlaydi.
Keyingi yillarda yevroosiyochilarnig Parij markaziga raxbarlik rus geosiyosatchisi L.P.Karsavinning qo’liga o’tadi. Uning sovet hukumati bilan yaqinlashish va hamkorlik yo’li 1930 yilda yevroosiyochilarning inqirozga uchrashiga sabab bo’ldi.
Karsavin va uning tarafdorlarining bunday yo’lini yevroosiyochilikning yetakchi nazariyotchilari ma’qullamadilar va 1930 yillarda bu geosiyosiy xarakat yo’q bo’ldi.
Yevrosiyochilarning ko’pchiligi, shu jumladan Savitskiyning dunyoqarashi slavyanparastlarning asarlari ta’sirida shakllandi. Ularning qarashlari shakllanishiga N.Ya.Danilevskiy va K.N.Leontevning (1831-1879) asarlari, ayniqsa, katta ta’sir ko’rsatdi. Yevroosiyochilar Leontevning “slavyanchilik bor, slavizm yo’qdir” degan mashxur tezisini quvvatladilar. U slavyan xalqlarining etnik va til jixatdan yaqinligi ularning madaniy va xarakter birligi xaqida so’zlash uchun yetarli asos bo’lolmaydi,degan edi. Slavyanparastlar kabi, yevroosiyochilarning asosiy g’oyasi rus
tarixi, an’analari va madaniyatining o’ziga xosligini tasdiqlash va muxofazasini ta’minlash zaruriyatidan iborat edi. Bu xarakat tarafdorlarini aloxida dunyo-sivilizatsiya soxibi bo’lgan Rossiya g’oyasi birlashtirar edi. Ularning nuqtai nazariga ko’ra, ayni mana shu Yevroosiyo mintaqasi xozirgi jaxon taraqqiyotining xal
qiluvchi omilidir.