O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra


Geostrategik taraqqiyot nazariyasi



Download 44,9 Kb.
bet4/9
Sana22.06.2022
Hajmi44,9 Kb.
#693286
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geopolitik nazariyada rivojlanish joyi tushunchasi

1.3.Geostrategik taraqqiyot nazariyasi Rus klassik geosiyosatida rus armiyasining general-feldmarshali, xarbiy strateg Dmitriy Milyutin (1816-1912) asosiy geostrategik kontseptsiyalar, xususan “xarbiy-strategik yondashuv” nazariyasini yaratdi. U ko’pgina geosiyosiy va geostrategik asarlarning muallifidir.
Biroq geosiyosat nuqtai nazaridan uning “Xarbiy geografiya va xarbiy statiskaning axamiyatini tanqidiy tadqiq qilish”4 asari katta qiziqish uyg’otadi. Bu kitob uzoq vaqt davomida jaxon siyosiy fanida qiziqish uyg’otgan. Milyutin bu asarida rus geosiyosatining ҳarbiy-strategik masalalari bo’yicha nazariy va amaliy asoslarini yoritib bergan. Mazkur asar Rossiya xarbiy geografiyasi masalasidagi baxslarga yakun xam yasagan. 40 yoshidayoq general unvonini olgan, keng ma’lumot va kuchli taxliliy aql-idrok soxibi bo’lgan Milyutin 1860 yilda xarbiy vazir o’rinbosari bo’lgan, so’ng Rossiya xarbiy vaziri darajasiga ko’tarilgan. Aleksandr II ning so’nggi yillarida u amalda mamlakat Tashqi ishlar vazirligini boshqargan.
Milyutin Rossiyaning kelajakdagi geosiyosiy ustun vazifalarini imperiya sifatida belgilab bergan. U Britaniya imperiyasini asosiy raqib deb bilishiga qaramay, unga qarshi faol xarakat boshlashni erta deb xisoblagan. U Rossiya 1853-1856 yillardagi Qrim urushi yaralarini xali davolab bo’lgani yo’q, deb yozgan edi. Yevropa va Yaqin SHarqda muvozanatni saqlash uchun, uning fikricha, Rossiya bilan Germaniya ҳarbiy-siyosiy ittifoq tuzishilozim edi.
Milyutin o’sha vaqtlari buyuk Turkiston o’lkasi deb atalgan O’rta Osiyoning ulkan xududini Rossiyaga qo’shib olish tashabbuskori va yo’lboshlovchisi bo’ldi. U ilk navbatda O’rta Osiyo shaxarlarining yarim yovvoyi ko’chmanchi qabilalarga feodal
qaramligiga barxam berish lozim, deb yozdi. Turkistondagi strategik jixatdan muxim axoli punktlarini rus qo’shinlari tomonidan bosib olish uchun Miyutin maxsus xarbiy dastur tayyorladi. Uning fikricha, Britaniya imperiyasi qudratining asosi xisoblangan Hindistonga kelajakda xavf solish uchun bu mintaqani bosib olish zarur edi.
Milyutin Rossiyaning Usmoniylar Turkiyasi bilan geosiyosiy munosabatlarini xam ko’zdan qochirmagan. U shu munosabat bilan Turkiya bilan muxim ziddiyatlarni bartaraf etish yo’llarini taklif qildi. Xarbiy vazirning rejalariga ko’ra, turklar tezlikda butun Yevropadan quvib chiqarilishi va Rossiya nazorati ostida bo’lgan slavyan xalqlaridan iborat Bolqon konfederatsiyasi bunѐd etilishi lozim edi. Bunda Qora dengiz bo’g’ozlari barcha davlatlarga ochiq bo’lishi va betaraf status olishi darkor edi.
Milyutin Eron va Xitoyning ingliz aralashuviga qarshi Rossiya imperiyasidan kafolat olish istagini ҳisobga olib va bu mamlakatlarni Rossiyaning tabiiy ittifoqchilari deb bilib, ular bilan ittifoqchilik munosabatlarini avaylab-asrashga chaqirdi.
Rossiya general-feldmarshali uzoqni ko’zlovchi geosiyosiy fikrlarining mevasini Rossiya turklar bilan 1877-1878 yillardagi urush vaqtidayoq totib ko’rdi. O’sha vaqtda rus qo’shinlari Bolqonda turklarga yurish qilarkan, ingliz eskadrasining yolg’iz xolda faqat Dardanell bo’g’ozida cheklangan qadamlar tashlashga yuragi betladi xolos. SHunday qilib, Milyutin Yevroosiyo, Yevropa, O’rta Osiyo va
Kavkazdagi geosiyosiy va geostrategik vaziyatni mutlaqo aniqravshan tasavvur qilgan, geosiyosatga xarbiy-strategik yondashuv asosida xodisalarning uzoq muddatli jarayonini puxta rejalashtirgan. Sodir bo’layotgan xodisalarni u qator ob’ektiv va
sub’ektiv omillar asosida izoxlagan, shu nuqtai nazardan kelib chiqqan xolda Rossiyaning kelajakdagi strategik vazifalarini belgilab bergan. Ayni Milyutin rus geostrategiyasida xarbiy geografiyani amalda tatbiq etgan, xarbiy geografiyani nazariy fan, xarbiy strategiyaning tarkibiy qismi sifatida aniqlab bergan birinchi
olim va xarbiy strateg bo’ldi.
Xarbiy geografiya va xarbiy statistika predmetini tadqiq etgan Milyutin davlatlar amal qilishi va rivojining umumiy va xususiy belgilarini, siyosiy sistemasi, iqtisodiy va xarbiy qudrati, xududi, geografik xolatini, qo’shnilari bilan birgalikdagi umumiy topografik xususiyatlarini, chegaralarning axvolini va boshqa geostrategik masalalarni ҳam shu yerga oid etish kerak, deb ҳisoblagan. Xar xil mamlakatlarning xarbiy geografiyasini tadqiq etar ekan, u ba’zi davlatlar yanada uzoq masofaga cho’zilgan va qismlari sochilib ketgan, boshqalari bo’lsa doiraga olingan va yagona makonni tashkil etadi; biri o’z vaziyatiga ko’ra tamomila qit’a davlati, boshqasi bo’lsa dengiz davlati;
birovi mudofaa uchun boshqasiga qaraganda katta qo’shin saqlashga majbur, bittasi quruqlikdagi qo’shinlarga, ikkinchisi dengiz flotiga e’tibor beradi, deb yozgan edi.
Mana shulardan ko’rinib turibdiki, rus olimi ҳali 1846 yilda, ingliz-amerika geosiyosiy maktabining yaratuvchilaridan biri Makinder dunyoga kelishidan ancha oldin, AQSHning yana bir geosiyosiy nazariyotchisi, “dengiz qudrati” nazriyasining muallifi Mexen olti yashar bo’lgan vaqtdayoq geostrategik makon, qirg’oq chizig’i va chegaralarining, davlatni mudofaa etishda u yoki bu qo’shin turining roli xaqidagi fikrlarni ilgari surgan.
Xarbiy strateglar V.F.Glovachev (“Tarix asosida Rossiya uchun
flotning aҳamiyati xaqida” asarining muallifi), S.A.Skregin (“Dengizchilik va rus davlatining taraqqiѐtiga uning ta’siri”), vitse-admiral, dengizchilik soxasida yirik nazariyotchi, etnograf, iqtisodchi va siyosatchi V.M.Golovnin (“Kapitan Glovninning 1811, 1812, 1813 yillarda yapon asirligidagi mojarolari to’g’risidagi qaydlari”), flot katta leytenanti, dengiz tarixchisi

Download 44,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish