O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra


“Geografik determinizm” nazariyasi



Download 44,9 Kb.
bet3/9
Sana22.06.2022
Hajmi44,9 Kb.
#693286
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geopolitik nazariyada rivojlanish joyi tushunchasi

1.2.“Geografik determinizm” nazariyasi
Rus klassik geosiyosatida L.I.Mechnikov (1838-1888) siyosiy geografiyaning
asosiy tadqiqotchisi va “geografik determinizm”ning asoschisi bo’ldi. Uning asosiy asari “Sivilizatsiya va katta daryolar. Xozirgi jamiyatlar rivojining geografik nazariyasi”3 vafotidan keyin (1889) nashr etilgan.Bu kitob rus geosiyosatida ilk bor
tabiiy-geografik omillarning inson va davlat taraqqiyotiga ta’siri masalasiga bag’ishlangan asardir. Tabiat va gidrosferaning jamiyat va davlat rivojidagi roli masalasiga to’xtalar ekan, Mechnikov barcha sivilizatsiyalar rivojining asosiy bosqichlari insonning gidrosfera bilan aloqasiga, uni o’z extiyojlariga bo’ysundirishi va tabiat ustidan xukmronlik qilishiga bog’liq, deb yozdi. Sivilizatsiyaning asosini daryo, dengiz yoki okean tashkil etadi, degan tushunchasiga muvofiq ravishda Mechnikov insoniyat taraqqiyoti tarixini uch asosiy davrga bo’ldi. U xar bir bosqich
insonning gidrosferaning borgan sari yangi vositalari – oldin daryolar, keyin dengizlarni, niҳoyat okeanlardan foydalanishni o’rganishi bilan belgilanadi, deb ҳisobladi. Olim jamiyat rivojida ҳamisha suv, suv ҳududlari va ular tomonidan yaratiladigan imkoniyatlar xal qiluvchi rol o’ynaydi, deb xisobladi va sayyoraviy sivilizatsiya tarixini suv yo’llaridan foydalanish tarixi bilan bog’ladi. SHu tezisga muvofiq, Mechnikovning sivilizatsiya tasnifida ularning uchta asosiy turi: daryo, dengiz va okean sivilizatsiyalari ajratib ko’rsatilgan. Mechnikov tomonidan ajratib ko’rsatilgan bu sivilizatsiyalar tarixiy taraqqiyotiga ko’ra, o’zgaradi va keyingi
darajaga o’tadi. Mechnikovning fikricha, insonlarning daryolardan foydalanishi, daryo soxillarida ovullarning paydo bo’lishi va rivojlanishi ibtidoiy jamiyat davrida yopiq tamaddunning paydo bo’lishiga muvofiq bo’ladi. Keyingi davrda dengiz sivilizatsiyasi tomonidan siqib qo’yilgan bu tamaddun yirik davlatlar va xalqlarni qamrab olgan, keng ishlab chiqarish va savdo munosabatlariga ega bo’lgan yanada yuqoriroq va rivojlangan ijtimoiy tuzilmaga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Uning aytishicha, insonlar okeanlardan foydalana boshlagan va ularni o’z extiyojlariga moslashtirgan vaqtdan boshlab sivilizatsiyaning eng yuqori bosqichiga qadam qo’yiladi, bu sivilizatsiyaning eng yuksak bosqichi bo’lgan kapitalizmga to’g’ri keladi. Makonni egallash bilan bog’liq masalani ko’rib chiqar ekan, Mechnikov original geosiyosiy nazariyani taklif etdi va insonlar faqat o’z ijtimoiy-siyosiy darajasiga mos bo’lgan makonni egallashlari va foydalanishlari mumkin, degan xulosaga keldi. U daryolarni o’zlashtirish va uning qirg’oqlarida turar joylarni barpo etish uchun insonlar quldorlik va mustabidchilikdan, dengizlarni o’zlashtirish uchun – krepostnoychilikdan foydalanganlar, okeanlarda xukmronlik qilish uchun esa erkin mexnat, tenglik va birdamlik tamoyillaridan foydalanish kerak bo’ladi, deb xisobladi. Olim tabiat ustidan xukmronlik uchun kurashda insonlarning birdamligi kuchaygan sari ijtimoiy tuzum shakli shunga muvofiq ravishda o’zgargan va sivilizatsiyalar almashgan,debҳisobladi.
Rus geosiyosiy maktabining XIX asrdagi atoqli tadqiqotchilari S.Solovev, B.I.CHicherin, A.P.Sapov va boshqalarning asarlarida ҳam geografik determinizm g’oyalari keng yoritilgan.

Download 44,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish