O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti kafedra


“yevroosiyochilik” va uning asosiy g’oyalari



Download 44,9 Kb.
bet6/9
Sana22.06.2022
Hajmi44,9 Kb.
#693286
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Geopolitik nazariyada rivojlanish joyi tushunchasi

2.1 “yevroosiyochilik” va uning asosiy g’oyalari “Yevroosiyochilik” rus geosiyosiy maktabining eng kuchli va keng tarqalgan yo’nalishi edi. Bu yo’nalish vakillari Rossiya davlati va jamiyatining, umuman Yevroosiyo geosiyosiy makonining mavjudligi va kelajakdagi rivoji bilan bog’liq ilk realistik geosiyosiy kontseptsiyalarni ishlab chiqdilar. Yevroosiyochilar, shuningdek, rus klassik geosiyosatiga birinchi bo’lib kontinental Xartland g’oyasini kiritdilar. Bundan tashqari, ayni yevroosiyochilar Rossiyada birinchi bo’lib “geosiyosat” atamasini qo’llandilar, ko’pdan-ko’p geosiyosiy kategoriyalar va terminlarni ilmiy istilofga olib kirdilar, ularga tegishli izoxlar berdilar, o’zlarining original jaxon geosiyosiy modelini ishlab chiqdilar, milliy geosiyosiy vazifalar va ustuvor vazifalar to’g’risida realistik doktrinalarni taklif qildilar.
Ba’zi tadqiqotchilar Rossiyadagi yevroosiyochilik g’oyasining tarixi XV asr oxiriga taqaladi, deb xisoblaydilar. 1453 yilda Konstantinopolni turklar olganidan keyin jaxon pravoslaviyasining markazi asta-sekin Moskvaga o’tdi. XV asrning
oxiri – XVI asrlar yangi velikorus milliy ongining shakllanishi davri bo’ldi. Ayni shu davrda Yelizarov monastirining roxibi Filofey, yuqorida aytib o’tilganidek, o’zining mashxur maktubini yozdi. Bu maktubda u Rusni “Uchinchi Rim” deb atagan edi. Uning bu fikri keyinchalik slavyanparast aka-uka Aksakovlar, I.Kireevskiy, A.Xomyakov va boshqaning asarlarida yanada rivojlantirildi. Keyingi davrlarda bu g’oya yevroosiyochilar tomonidan faol rivojlantirildi.
XX asr boshida Rossiyada yevroosiyochilik xarakatining paydo bo’lishi tilshunos va filolog, knyaz N.S.Trubetskoy (1890-1938), pravoslav iloxiyotchisi va tarixchisi G.V.Florovskiy (1893-1979), taniqli san’atshunos olim P.P.Suvchinskiy (1892-1985) nomlari bilan bog’liqdir. Keyingi yillarda yirik tarixchi G.V.Vernadskiy (1887-1973), taniqli faylasuf, huquqshunos, universal olim, katta intellektual I.A.Ilin, shuningdek 1917 yilgi Oktyabr to’ntarishidan keyingi boshqa rus olimlarini ҳam
yevroosiyochilar qatoriga qo’shdilar. Yevroosiyochilik nazariyasining asoschilaridan va eng yirik tadqiqotchilaridan biri – rus klassik geosiyosatining yorqin namoyandasi, faylasuf, geograf, iqtisodchi va jamoat arbobi, katta aql-idrok soxibi Petr Nikolaevich Savitskiy (1895-1968) edi.
Savitskiy bilan knyaz N.S.Trubetskoy 1921 yilda Sofiyada yevroosiyochilik xarakatini tashkil qilishdi. Savitskiy uning asosiy nazariyotchisi va mafkurachisi edi.
O’sha yildan boshlab ular ikkita: “SHarqqa chiqish.Sezish va amalga oshirish” va “Yo’lda. Yevroosiyochilarning fikrlari” to’plamni chop ettira boshlaydilar. Bu to’plamlarda bosilgan maqolalarda yangi geosiyosiy xarakatning asosiy nazariy qoidalari bayon etildi, ko’pgina geosiyosiy masalalarni nazariy asoslash va hal qilish borasida noan’anaviy yondashuv taklif qilindi. Bu maqolalarda “Yevroosiyo”6 atamasining geosiyosiy makon sifatida izohlanishi, rus jamiyatining paydo bo’lishi va o’zgartirilishida bu makonning roli, Rossiya va aholisining o’ziga xosligi to’g’risidagi fikrlar faqat olimlarninggina emas, balki G’arbdagi keng o’quvchilar ommasining diqqatiga sazovor bo’ldi. SSSR tashkil etilgan, jaxonda sinfiy kurash va geosiyosiy ziddiyat kuchaygan bir davrda yevroosiyochilik xarakati markazi G’arb rasmiy doiralarining qo’llab-quvatlashi bilan asta-sekin Parijga ko’chib o’tadi. Ko’p o’tmay u yerda “Yevroosiyo” gazetasi va xronikasi chop etila boshlaydi.
Keyingi yillarda yevroosiyochilarnig Parij markaziga raxbarlik rus geosiyosatchisi L.P.Karsavinning qo’liga o’tadi. Uning sovet hukumati bilan yaqinlashish va hamkorlik yo’li 1930 yilda yevroosiyochilarning inqirozga uchrashiga sabab bo’ldi.
Karsavin va uning tarafdorlarining bunday yo’lini yevroosiyochilikning yetakchi nazariyotchilari ma’qullamadilar va 1930 yillarda bu geosiyosiy xarakat yo’q bo’ldi.
Yevrosiyochilarning ko’pchiligi, shu jumladan Savitskiyning dunyoqarashi slavyanparastlarning asarlari ta’sirida shakllandi. Ularning qarashlari shakllanishiga N.Ya.Danilevskiy va K.N.Leontevning (1831-1879) asarlari, ayniqsa, katta ta’sir ko’rsatdi. Yevroosiyochilar Leontevning “slavyanchilik bor, slavizm yo’qdir” degan mashxur tezisini quvvatladilar. U slavyan xalqlarining etnik va til jixatdan yaqinligi ularning madaniy va xarakter birligi xaqida so’zlash uchun yetarli asos bo’lolmaydi,degan edi. Slavyanparastlar kabi, yevroosiyochilarning asosiy g’oyasi rus
tarixi, an’analari va madaniyatining o’ziga xosligini tasdiqlash va muxofazasini ta’minlash zaruriyatidan iborat edi. Bu xarakat tarafdorlarini aloxida dunyo-sivilizatsiya soxibi bo’lgan Rossiya g’oyasi birlashtirar edi. Ularning nuqtai nazariga ko’ra, ayni mana shu Yevroosiyo mintaqasi xozirgi jaxon taraqqiyotining xal
qiluvchi omilidir.
Yevroosiyochilar slavyanparastlarning g’oyalarini shunchaki qabul qilib qo’ya qolishmagan. Ular slavyanparastlar “velikorosslar”ning madaniy birligini eng avvalo xalqning diniy va etnik xususiyatlari (gap pravoslaviya dini va slavyanlarga mansublik
ustida bormoqda) bilan bog’laganlarida haq edilar, deb hisoblashgan. Biroq, ularning fikricha, IX – XX asrlar slavyan madaniyatini rus madaniyati bilan ayni deb bo’lmaydi va barcha slavyanlarni “velikoross” deyish to’g’ri emas. Savitskiy aloxida ta’kidlagan ediki, slavyan dunyosi, slavyan madaniyatini rus madaniyati, deb gapirish uchun asos yo’q. Rus madaniyati o’ziga xos: unda Yevropa va Osiyo elementlari birlashib ketgan. Uning kuchli omoni ham shunda. Vizantiyani misol keltirar ekan, Savitskiy yozgan ediki, Vizantiya SHarq va G’arb madaniy elementlarini birlashtirgan bo’lsa-da,uning madaniyati butunlay Yevroosiyo madaniyati bo’lgan.
Bundan tashqari, yevroosiyochilar, slavyanparastlardan farqli o’laroq, diniy-madaniy yaqinlikning etnik birlikdan ustun ekanligini tasdiqlaganlar, shuningdek tarixiy birlikning etnik birlikdan ustuvorligini tan olganlar. Rus madaniyatining sharqiy ildizlari masalasiga birinchi bo’lib murojaat qilgan Leontevning yuqorida aytilgan tezisini ular shu tarzda tushunganlar.
Geosiyosat fanida “yevroosiyochilar” Rossiya va jaxon tarixi va rivojiga, bu hududlarda yashovchi xalqlarning xarakteriga juda o’ziga xos yondashganlar. Ularning kontseptsiyasiga muvofiq, Rossiya G’arb va SHarq, Yevropa va Osiyo o’rtasidagi “hartland”da markaziy o’rin egallaydigan aloxida etnografik va madaniy dunyodir.
Ko’rinyaptiki, yevroosiyochilarning Rossiyaning jaxon geosiyosatidagi o’rni va roli bilan bog’liq kontseptsiyasi ko’p jixatdan slavyanparastlarning va F.M.Dostoevskiyning rus milliy g’oyalari ta’siri ostida shakllangan. Yevroosiyochilar bu g’oyalarni rivojlantirib, “takrorlanmas taraqqiyot yeri” (“takrorlanmas geografik muhit”) deb atalgan yangi geosiyosiy atamani joriy etdilar. Bu atamaga kontinental
“hartland”ni qo’shdilar va bu hududlarda alohida individlar va yirik jamoalarning maydonga kelishi va taraqqiyotining xarakterli xususiyatlarini o’z nazariy yondashuvlari asosida izohlab berdilar.

Download 44,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish