Nazorat uchun savollar:
1.O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida oraliq ekinlarni qachon ekish mumkin.
2.Oraliq ekinlarni ekish usullarini ko‘rsating.
3.Oraliq ekinlarga qaysi ekinlar kiradi.
13-MAVZU: YASHIL KONVEYER TIZIMINI TUZISH.
Reja:
1.Yashil koveyer turlari.
2. Ko‘k konveyerni yaratish tartibi.
3. Turli hayvonlar uchun ko‘k konveyer yaratish.
Tayanch so’z va iboralar: Ko‘k konveyer, hosildorlik, mehnat sarfi miqdori;
Ko‘k konveyer - hayvonlarni ko‘k o‘t ozuqasi bilan bahor-Yoz-kuz davrlarida uzluksiz, ularning ehtiyojiga muvofiq to‘la ta’minlashni tashkil etishdir.
Xo‘jalikning ixtisoslashuvi, tabiiy sharoitlari, hayvonlar bosh soni, tabiiy ozuqa maydonlarining mavjudligiga qarab ko‘k konveyer turlicha bo‘lishi mumkin.
Chorva mollarini bahor-Yoz-kuz fasllarida ko‘k o‘t bilan uzliksiz ta’minlashni-ko‘k konveyerni xo‘jalikda tashkil etish ularning mahsuldorligini ko‘paytirishning muhim shartlaridan sanaladi.
Ko‘k konveyer uch xil bo‘lishi mumkin: tabiiy, ekilgan ozuqabop ekinlardan va aralash.
Tabiiy ko‘k konveyer, hayvonlar butun Yaylov davri davomida ko‘k ozuqani tabiiy Yaylovlardan olishiga asoslangan. Bunday ko‘k konveyer faqat tabiiy Yaylovlari katta maydonlarni egallagan (cho‘l, tog‘lik mintaqa) yoki Yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan madaniy sug‘oriladigan Yaylovlari mavjud, ya’ni hamma hayvonlarning ko‘k ozuqaga bo‘lgan talabini to‘la qondira oladigan xo‘jaliklarda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Ekilgan o‘tlar va ozuqabop ekinlardan tashkil topgan ko‘k konveyerni tabiiydan farqli, asosan, ekilgan ko‘pyillik o‘tlar va biryillik ozuqabop ekinlardan tashkil topadi. Bunday ko‘k konveyerni tabiiy ozuqa maydonlari yo‘q yoki juda oz bo‘lgan xo‘jaliklarda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarda, Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyati sharoitlarida tashkil etish Yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin.
Aralash yoki qo‘shma ko‘k konveyerni tashkil etishda tabiiy Yaylovlar bilan bir qatorda ekilgan maydonlardan (ekilgan ko‘pyillik o‘tlar va biryillik ozuqabop ekinlar) shirali ko‘k ozuqa yetishtirish ham nazarda tutiladi. Aralash ko‘k konveyer boshqalarga nisbatan keng tarqalgan va uni turli mintaqalarda tashkil etish mumkin.
Hayvonlarni uzliksiz va bir me’yorda ko‘k o‘t bilan ta’minlash uchun ko‘k konveyerni loyihalashda tabiiy Yaylovlari va ozuqa ekinlar ekilgan maydonlardan olinadigan ko‘k ozuqalarni hisobga olmoq kerak.
Ko‘k konveyerni loyihalash uchun quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmoq kerak: alohida Yaylovlardan Yaylov davri oylari bo‘yicha foydalanish muddatlari, ko‘k o‘t zaxirasining taqsimlanishi, ekilgan Yaylov, ko‘pyillik o‘tlar, biryillik ozuqabop ekinlar hosildorligi va boshqA*.
Do'stlaringiz bilan baham: |