O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


-MAVZU: YEM-XAShAK EKINLARINI TAKRORIY EKIN SIFATIDA YETIShTIRISh TEXNOLOGIYASI



Download 6,68 Mb.
bet78/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

11-MAVZU: YEM-XAShAK EKINLARINI TAKRORIY EKIN SIFATIDA YETIShTIRISh TEXNOLOGIYASI .
Reja:
1. Takroriy ekin tushunchasi.
2.Takroriy ekin turlari va ekish muddatlari.
3.Takroriy ekin hosildorligi.
Tayanch so’z va iboralar: Takroriy, ko‘k konveyer, hosildorlik, mehnat sarfi miqdori;
O’zbekistonning tuproq-iqlim sharoiti, keyingi yillarda g’alla ekin maydonlarining kengayishi, asosiy dehqonchilik sug’oriladigan sharoitda ekanligi takroriy ekinlar sifatida bir yillik o’tlar ekib yaxshi hosil yetishtirish imkoniyatini beradi.
Bu fikrni nazariy hisoblashlar ham tasdiqlaydi, ya’ni respublikamizning o’rta mintaqasida yil davomida 1 gektar ekinzorga 8 mlrd kkal fotosintetik aktiv radiasiya FAR keladi, shundan 3,2 mlrd kkal FAR o’simliklar vegetasiyasi (aprel-avgust oylari) davriga, qolgan qismi sentyabr-mart oylariga to’g’ri keladi. Kuz, qish va erta bahorning iliqligi oraliq ekinlar o’stirish uchun juda qulaydir. Asosiy ekindan keyin ekilib, yana shu ekin ekilgunga qadar hosili yig’ishtirilib olinadigan ekinlar oraliq deb yuritiladi.
Mamlakatimizda kuzgi bug’doy katta maydonlarga ekiladi. Bu ekin bizning sharoitimizda iyun oyining dastlabki o’n kunligida pishib yetiladi va yig’ishtirib olinadi. O’simliklar vegetasiyasi o’rtacha oktyabr oyi oxirlarigacha davom etishini e’tiborga olinsa, bu ekin o’rniga ozuqabop ekinlarni takroriy ekin sifatida ekib to’liq hosil yetishtirish mumkin.
Sug’oriladigan yerlarda takroriy ozuqabop ekinlar ekish chorvachilikning mustahkam ozuqa bazasini yaratadi, erta bahorda hayvonlarni ko’k o’t bilan ta’minlaydi, ko’k konveyer tashkil etish uchun asos bo’ladi. Shuningdek, bu ekinlar tuproq unumdorligini oshiradi, ilmiy ma’lumotlarga ko’ra, (M. K. Qayumov,1989) 1 t o’simlik ko’k massasini haydab, yerga ko’mib yuborish 4 t. go’ng solish bilan tengdir. Bu ekinlardan yuqori hosil olinganda bir gektar maydonda 5-7 va ortiq tonna o’simlik massasi (ildiz, poya, barg) qoladi. Bunday holat O’zbekistonda asosiy ekinlar hisoblangan g’o’za va kuzgi bug’doy hosiliga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va bu ekinlarga solingan o’g’itlardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
O’zbekistonning sug’oriladigan yerlari sharoitida kuzgi bug’doy yig’ishtirib olingandan keyin, o’simlik vegetasiyasi uchun qulay 100-120 kun mavjud. Qishloq xo’jaligini, xususan, chorvachilikni intensiv rivojlantirish shu kunlardan samarali foydalanishni taqozo etadi.
Takroriy ekin sifatida makkajo’xori va jo’xorini don, silos va ko’k massa uchun, soyani don va ko’k massa uchun, sudan o’ti, kungaboqar, qo’noq, karamgullilarga mansub raps, surepisa, xantal, perkoni ko’k o’t va silos tayyorlash maqsadida ekish mumkin, bu ekinlarga to’g’ri agrotexnika qo’llanilganda, bizning sharoitimizda, bahorda ekilgandan kam hosil bermaydi.
Bu ekinlarni ekib yuqori va sifatli ozuqa olish uchun xo’jalikning tuproq-iqlim sharoitiga mos ekin turi, navini tanlash, bunda o’simlikning biologik xususiyatlarini (vegetasiya davri uzunligi va boshqalar) e’tiborga olish, shuningdek, ekinni o’z vaqtida va sifatli ekishni tashkil etish muhim omillar hisoblanadi.
Yozda takroriy ekinlar ekiladigan davrda tuproq va havo haroratining yuqori bo’lishi o’simliklarning tez va yoppasiga unib chiqishi uchun noqulay, shuning uchun ekinni tez va to’la undirib olish uchun tuproqqa ishlov berish va unib chiqishi va unib chiqish davrida suv bilan yetarli ta’minlash tadbirlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Ilg’orlar tajribalari va ilmiy tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko’ra takroriy ekinlarni unumdor, oldingi ekin (kuzgi bug’doy) yaxshi o’g’itlangan maydonlarga ekilganda yuqori hosil olinadi.
Olinadigan ozuqa sifatini yaxshilash va ko’proq hosil olish maqsadida yuqoridagi ekinlarni 2-3 komponentli aralashma holda ekish ham mumkin, bunda dukkakli-don (soya, xashaki ko’k no’xot) dukkakli o’tlar (bersim va boshq.) foydalanish mumkin.
Takroriy ekinlarni ekish usullari, urug’ sarfi me’yori, parvarishlash, sug’orish, o’g’itlash va boshqalar asosiy ekin sifatida o’stirilgandagidan farq qilmaydi. Bular o’z o’rnida batafsil yozilgan.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish